Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


IV. Mustahkamlash. Savol va topshiriqlar ustida ishlash



Download 0,79 Mb.
bet4/12
Sana14.11.2019
Hajmi0,79 Mb.
#25948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
9 adabiyot 2019


IV. Mustahkamlash. Savol va topshiriqlar ustida ishlash.

V. Uyga vazifa. Doston mazmunini o’rganish.VI. Baholar tahlili.

O’IBDO’ ___________



Sana______________9-sinf Adabiyot 16-dars

Dars mavzusi: Alisher Navoiyning “ Farhod va Shirin “ dostonidagi timsollar ustida ishlash
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni mehnatsevarlikka o’rgatish .

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

Farhoddan ishqda tuban, kuchda ojiz Xusrav uni yuzma-yuz olishuvda yengolmagach, makr-hiyla bilan g‘olib chiqmoqchi bo‘ladi. Bir hiylagar kampir yollab, Farhodning oldiga yuboradi. Kampir: “Mehinbonu jiyanini Xusravga berishga rozi bo‘ldi. Shirin buni eshitib, o‘zini o‘ldirdi. «Farhod! Farhod! deb jon berdi», — degan yolg‘on xabarni yetkazadi. Bu xabar Farhodning bag‘ri go‘yo o‘tkir pichoq urdi. Fig‘on tortib yiqildi. Shundan keyin Farhod umri tugab borayotganini bilib, yurtini, ota-onasi-yu yaqinlarini yod etdi:

Tugangan fahm etib umri baqosin,

Sovug‘ oh urdi yod aylab atosin.
Anosi ham ko‘zi oldig‘a keldi,

Ko‘zidin ikki qonlig‘ rud ochildi.


Dedi: — «Ne hol erur, hayhot-hayhot,

Netar jonimni olsang, ey ajal, bot?!


O‘lardin burna yuz o‘lmak nedur bu?!

Boshim yuz tig‘ ila boimak nedur bu?!


Kuyuk tang‘a yolin urmoq ne erdi?!

Momug‘ uzra choqin urmoq ne erdi?!


IV. Mustahkamlash. Savol va topshiriqlar ustida ishlash.
V. Uyga vazifa. Doston mazmunini o’rganish.
VI. Baholar tahlili.

O’IBDO’ ___________



Sana_______________9-sinf Adabiyot 17-dars

Dars mavzusi: KOMIL INSON
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni mehnatsevarlikka o’rgatish .

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: noan’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

«Xamsa»ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht xarakteridadir. Hajmi 5782 bayt. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Muallif bu asarni «shavq dostoni»deb ataydi. Sababi unda ishq kuylanadi, talqin qilinadi va ulug‘lanadi. Bu shunday ishqki, u insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o‘zligini tanitadi, bir so‘z bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Chunki u odamga, olamga, butun borliqqa mehr bilan, muhabbat bilan yo‘g‘rilgan va oxir borib Yaratganning o‘ziga ulashib ketadigan ishqdir. Dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o‘ylari ham ifoda etilgan.

O‘ziga xoslikka intilgan adib o‘zigacha bo‘lgan an’analarga ijodiy yondashadi. Doston Navoiygacha «Xusrav va Shirin» shaklida mashhur edi. Ularda markaziy obraz shoh Xusrav edi. Lekin u — komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi xudbiri shaxs. Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhabbatiga ham, yozilajak dostonidagi bosh obraz darajasiga ham loyiq ko‘rmaydi. U Farhodni bosh obraz qilib oldi va bu bilan dostonning qurilishini, mazmunini tamomila o‘zgartirdi. Mazkur o‘zgarish, unga o‘g‘il ato etdi

III. Yangi mavzu bayoni

Tasavvuf - musulmon olamida keng tarqalgan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta’limot. Tasavvuf orqali insoniyat Islom dinining ichki va tashqi go‘zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Tasavvufning maqsadi insonni ruhiy, ma’naviy jihatdan poklash, ya’ni komil insonni tarbiyalashdir. Qalb pokligiga erishgan, yuksak ma’naviyatli, barkamol shaxs komil insondir. Aksariyat adabiyotlarda komil inson ruhiy poklangan inson tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Demak, ruhni poklash g‘oyat muhim. Poklanishning yo‘li esa bitta, u nafsni yengishdir.

Nafs deganda yemoqlik, ichmoqlik, kiymoqlikdan tashqari yana johillik, ilmsizlik, manmanlik, kibru-havo, dunyoparastlik, zulm, o‘g‘rilik, tanballik, g‘urur, tama’, ko‘rolmaslik, baxillik, mansabparastlik, shahvat, ko‘ngli torlik, g‘azab, umuman, inson ruhini, qalbini bulg‘aydigan, uni Ollohdan uzoqlashtiradigan barcha illatlar yig‘indisi tushuniladi.

Qur’oni karimning bir qator oyatlarida ochiq yoki ishora bilan nafsni jilovlash, yengish lozimligi mazmunida hukmlar bor. Shuningdek, payg‘ambar Muhammad alayhissalomning hadislarida ham bu borada ko‘rsatmalar talaygina. Misol tariqasida Hazrati Aliga aytgan ushbu nasihati (hadisi)ni keltirish mumkin: «Yo Ali, valoyat (avliyolik) maqomiga yetishgan zotlar ko‘p-ko‘p ibodat qilganlaridan emas, o‘z nafslarini yengganliklaridan bunday ulug‘ darajaga erishganlar». Nafs insonning juda qudratli, xavfli dushmani. Unga tobe inson ma’naviy va jismoniy tubanlikka, halokatga mahkum. Shuning uchun Navoiy «Nafs itin qilsang zabun olamda yo‘q sendek shujo» deb yozsa, «Qisasi Rabg‘uziy»da bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi deb ta’kidlanadi. «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhod olishib yenggan ajdaho, Axraman dev, temir odam shunchaki xayoliy, afsonaviy obrazlar emas, balki Farhodning ichki olamidagi nafsoniy istak, shaytoniy intilishlarning ramziy timsollaridir. Farhodning oshiqligi uni bu nafs lashkari bilan kurashga otlantirdi, ishq unga kuch, sabot va iroda ato etdi. Ko‘rinadiki, nafsni yen­gish quroli - bu ISHQ ekan.

Tasavvufda ishq deganda faqat mehr, sevgi kabi tuyg‘ulargina emas, ulardan tashqari yana iroda, sabot, ilm, ibodat, oqillik, xokisorlik, sabr, qanoat, g‘ayrat, kamtarinlik, adolat, saxiylik, halimlik, mardlik, hayo, pokizalik, shirinso‘zlik, shafqat, umuman inson qalbini, ruhini poklashga xizmat qiladigan, uni Ollohga yaqinlashtiradigan barcha ezguliklar, pokliklar yig‘indisi tushuniladi. Ishqning o‘rni ko‘ngilda bo‘ladi. Ko‘ngil ishq tufayli poklanadi. Ko‘ngil poklansa, ishq yanada o‘tli, nurli bo‘ladi, ilohiy mohiyat kasb etadi. Tasavvufga ko‘ra ko‘ngilni poklash ham bir ilmdir. Ilm esa ustozlardan o‘rganiladi. Farhodning ustozlaridan kasb o‘rganishini eslang. Ular shunchaki hunarmand ustalar obrazi emasdi. Boniy — ko‘ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o‘rgatgan piri komil. Moniy — Olloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini anglatgan ustoz. Qoran - ko‘ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid. Shular kabi yana Suhaylo, Suqrotdek ulug‘lardan ishq sirlarini, poklanish ilmini o‘zlashtirgan insongina hayotlik davrida o‘z botinida dev, ajdaho, arslondek bo‘lgan nafsoniy illatlarni yenga biladi, kundalik hayotda duch keladigan o‘z nafsiga qul Xusrav, Sheruya kabi odam qiyofasidagi shaytonlarga bas kela oladi. Bir so‘z bilan aytganda, u insoniy o‘zligini yo‘qotmay, poklanish yo‘lida davom etadi. Poklanishga erishgan komil inson ayni paytda yuksak axloq va odob timsoliga aylanadi. Shu ma’noda Farhod o‘zbek adabiyotida mukammal yaratilgan komil inson obrazidir.
IV. Mustahkamlash. Savol va topshiriqlar ustida ishlash.
V. Uyga vazifa. 85-86-betlar. Doston mazmunini o’rganish.
VI. Baholar tahlili.

O’IBDO’ ___________

Sana___________ 9-sinf Adabiyot 18-dars

Dars mavzusi: 2-nazorat ishi. Insho va uning tahlili


Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: Oquvchilar savodxonligini oshirish.

2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilar ongida she’riyatga muhabbat uyg’otish.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: yozma nazorat, suhbat

Darsning jihozi: darslik, adib kitoblari.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

II. Yangi mavzu bayoni.


O’quvchilar mustaqil fikrlab insho matnini yozadilar.


Uyga vazifa: Takrorlash

O’IBDO’ ___________


Sana___________ adabiyot 9-sinf 19-DARS


Dars mavzusi: Insho tahlili

Darsning maqsadi:

ilmiy maqsad — o'quvchilarni xatolar ustida ishlashga o'rgatish;

tarbiyaviy maqsad - o'quvchilarda o'z harakatiga tanqidiy qarash tuyg'usini tarbiyalash;

rivojlantiruvchi maqsad - og'zaki va yozma savodxonlikni o'stirish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Imlo xatolar ustida ishlash.

Uslubiy xatolar ustida ishlash.

Ishoraviy xatolar ustida ishlash.

O'quvchilarga daftarlarni tarqatib, xatolari bilan tanishib chiqish topshiriladi. So'ng o'qituvchi avvaldan umumlashtirib qo'ygan tipik xatolarga oid lug'at diktant o'tkazadi. Lug'at diktantda o'quvchilarning bayonida uchragan imlo xatoga oid qoidalar mustahkamlanishi mumkin bo'lgan so'zlar tanlanadi. O'qituvchi matnni ko'chma taxtada avvaldan tayyorlab qo'yadi. O'quvchilar ana shu matnga qarab xatolarni tuzatadilar. Bu keyinchalik ana shunday imlo xatolarining takrorlanmasligiga asos bo'ladi.

Imlo xatolar ustida ishlab bo’lingach, o'quvchilar bayonida uchragan uslubiy xatolar va ularning sabablari o'quvchilarga tushuntiriladi. Tegishli nazariy qoidalar takrorlanadi.

Ishoraviy xatolar ustida ishlashda o'quvchilar qaysi ishoraga oid xato qilgan bo’lsa, o'sha ishoraning ishlatilishi bilan bog'liq bo'lgan nazariy qoidalar takrorlanadi.


Uyga vazifa. Takrorlash

O’IBDO’ ___________

Sana___________adabiyot 9-sinf 20-dars
Dars mavzusi: Xoja hayoti va ijodi (1480-1547)
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasini berish .

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni.

Xojaning to‘liq ismi Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja bo‘lib, millatimiz tarixida davlat va din arbobi, lirik va epik janrlarda birdek barakali ijod qilgan betakror adib sifatida alohida o‘rin tutadi. Toshkentlik mashhur avliyo Zangi Ota avlodlaridan. 1480- yilda Ashxobod yaqinidagi qadim Niso shahrida shayxulislom Abdulvahhob xoja oilasida tug‘ilgan.

Dastlab otasidan, so‘ng e’tiborli murabbiylardan tahsil olgan Poshshoxoja yigitlik bo‘sag‘asidayoq davlat xizmatiga kirishadi, ya’ni 16 yoshida temuriylar saroyida ishlay boshlaydi. Keyinchalik shayboniylar hukmronligi davrida Nisoga tegishli Darun viloyatiga hokim, Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida saroy mulozimi vazifalari da ishlaydi. 1529- yilning kuzidan Navoiyning kindik qoni to‘kilgan Hirotning, 1534- yildan esa Balx shahrining shayxulislomi vazifasiga tayin etiladi. Umrining so‘nggi yillarida davlat ishlaridan iste’fo bergan adib Buxoroga qaytadi va butun borlig‘ini badiiy ijodga, xalqning ma’naviy tarbiyasiga bag‘ishlaydi. Xoja 1547- yilda Buxoroda vafot etadi va Bahovuddin Naqshband qabri yonida dafn qilinadi.

Xoja XII asrda Buxoroda Abduxoliq G‘ijduvoniy asos solgan mashhur “xojagon” silsilasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan edi. Bu silsila dunyoga Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahror, Abdurahmon Jomiy kabi ko‘plab dovruqli murshidlarni yetkazib bergan.

Xojaning o‘g‘li Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob” asarida otasining qilgan ishlari, hayot tarzi, axloq-sajiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Darhaqiqat, Xojaning mavqei zamonasida baland bo‘lgan. Bu birgina uning nasl-nasabi sababidan emas, ilmi, fe’li, adolati tufayli ham edi. XVI asrning mashhur shaxslaridan “maxdumi a’zam” nomi bilan shuhrat qozongan Xojagi Kosoniy Xoja haqida

Adabiy merosi. Nisoriy uning turkcha va forscha devon tartib qilganini xabar beradi. Biroq bu devonlar bizgacha yetib kelgan emas. Taqdiri noma’lum. Nisoriy keltirgan turkiy va forsiy baytlar haqiqatan ham, Xojaning iste’dodli shoirlardan bo‘lganini ko‘rsatadi. Xususan, bir g‘azalini Zahiriddin Boburga yuborganini va she’r unga ma’qul bo‘lib, maqtaganini qayd etib o‘tadi. Mana o‘sha she’r:

Kunduz avqotim1 sening hajringda nolon kechadur,

Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur.

Anbarin zulfung xayolidin ko‘zumga, ey pari,

Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur.

Ulki, jondin kechadur, sham’i visolingni ko‘rub.

Vah na xush vaqt-u na xush soat na oson kechadur.

Ravshan o‘lg‘ay davlati vaslida hijron oqshomi,

Gar gunohimdin bilib, ul mohi tobon kechadur.

Xoja yanglig‘ nola qil, zulfi g‘amidin kechalar

Kim, mahali nola-vu faryod-u afg‘on kechadur.

Darhaqiqat, she’r yuksak san’atkorlik bilan yozilgan. Shoir so‘zlarning ma’no va ohang tovlanishlaridan juda ustalik bilan foydalangan. Masalan, g‘azalda radif bo‘lib kelayotgan “kechadur” ko‘p o‘rinlarda ikki ma’noda kelyapti. Uchinchi-to‘rtinchi baytlarda bular yoniga “voz kechmoq”, “gunohini kechmoq” ma’nolari ham qo‘shilyapti. Bir so‘z bilan aytganda, butun she’rni birgina so‘z — “kechadur“ har maqomga solib o‘ynatmoqda. Bu juda nozik, yuksak mahorat talab qiladigan ishdir. Dastlabki baytlariga ko‘z tashlaylik.

She’rning har bir misrasi bir necha xil ma’no ifodalaydi. Jumladan, matladagi ilk misraning birinchi ma’nosi: kunduzi vaqtim sening hajringda nola bilan o‘ta (kecha)di. Ikkinchi ma’nosi: kunduz kunim sening hajring tufayli nolalarga to‘la qora tun (kecha)dir. Birinchi misrada oshiqning kunduzgi holati ifodalangan bo‘lsa, keyingi misrada tun (kecha)dagi to‘lg‘onishlari aks etgan. Misraning birinchi ma’nosi: Bu kecha zulfing kabi holimni parishon qilgan kecha (tun)dir. Ot so‘z turkumiga mansub “kecha” so‘zi misraning boshi va oxirida ega va ot kesim munosabatida takror qo‘llanyapti.
IV. Mustahkamlash.

Savol va topshiriqlar:

1. Podshohning adolatli hukmdor ekanligi qaysi o‘rinlarda aks etgan deb o‘ylaysiz?

2. “Yigirma qatla Ka’bag‘a yayog‘ boribturur va taqi haj qilib turur va hech kishining oshin yemas” jumlasini o‘qib, sizda zohid haqida qanday taassurot uyg‘ondi?

3. Yigirma hajning savobidan ko‘ra bir soatlik adolatning savobi ortiqligi haqidagi fikrga o‘z mulohazalaringizni bildiring.



Lug’at bilan ishlash. 1Avqot – vaqtlar 1Inoq quli – hukmdor qattiq ishongan saroy mulozimi ma’nosida; 2Harna – har qan-

day; 3Bosh urdilar – bosh egdilar, ya’ni rozi bo‘ldilar; 4Tonglosi – ertasi.
V. Uyga vazifa. 87-91 betlar.

VI. Baholar tahlili.

O’IBDO’ ___________


Sana___________Adabiyot 9-sinf 21-dars


Dars mavzusi: Xoja ijodi. Hikoyat.
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasini berish .

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni.

HIKOYAT


Kunlardan bir kun bir podshoh bor edi. Bisyor odil erdi.

Bir kun vazirina aydi:

– Haj tavof qilmoqg‘a borurman, san borurmusan?

Vazir aydi:

– Ey podshohim, taxtni bo‘sh qo‘yub, Ka’bag‘a borsangiz,

el-xaloyiq boshtoq bo‘lmasmu?! – tedi.

Podshoh aydi:

– Boshtoq bo‘lmas, yo‘q ersa, manga haj qilg‘on hojining savo-

bin sotg‘un olib bering, qiyomatda hojilar birla turgayman.

Vazir „Podshoh uchun haj sotg‘un olmoq kerak“ deb istab yurur

erdi, bir kimarsag‘a yo‘luqti. Ul kishi aydi:

– Falon yerda bir zohid borturur. Yigirma qatla Ka’bag‘a yayog‘

boribturur va taqi haj qilibturur va hech kishining oshin yemas, anga

boring. Ul bir haj sotsa, podshoh uchun oling.

Borib ul zohidni podshohg‘a olib keldilar. Podshoh aydi:

– Ey zohid, bir yo‘li qilg‘on hajingning savobin bizga soturmisan?

Zohid aydi: – Nega olursiz?

Sulton aydi: – Ming qizil tanga berayin.

Zohid aydi: – Ming qizil tanga oz turur.

Sulton aydi: – Ey zohid, oz bo‘lsa, o‘n ming qizil tanga berayin.

Zohid aydi: – Oz turur.

Sulton aydi: – O‘zing na tilasang tilagil.

Zohid aydi: – Ey podshohim, bir haj na bo‘lg‘ay, yigirma hajim-

ning savobini sizga berayin, siz bir soat adl qilg‘oningning savobini

manga bering.

Sulton aydi: – Ey zohid, bir soat adl qilg‘onning savobi na bo‘lur?

Zohid aydi: – Bir soat adl qilg‘onning savobi odamlarning va farishtalar ning va hurlarning ibodatidin ortuq turur.
IV. Mustahkamlash.

Savol va topshiriqlar ustida ishlash.

Podshohning adolatli hukmdor ekanligi qaysi o‘rinlarda aks etgan deb o‘ylaysiz?

2. “Yigirma qatla Ka’bag‘a yayog‘ boribturur va taqi haj qilib turur va hech kishining oshin yemas” jumlasini o‘qib, sizda zohid haqida qanday taassurot uyg‘ondi?

3. Yigirma hajning savobidan ko‘ra bir soatlik adolatning savobi ortiqligi haqidagi fikrga o‘z mulohazalaringizni bildiring.
V. Uyga vazifa. 90-91-betlar.


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish