Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi



Download 0,79 Mb.
bet8/12
Sana14.11.2019
Hajmi0,79 Mb.
#25948
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
9 adabiyot 2019


IV. Mustahkamlash.

V. Uyga vazifa. 12-132-betlarni o’qib kelish.

VI. Baholar tahlili.
O’IBDO’ ___________
Sana_______________ 9-sinf adabiyot 37-dars

Dars mavzusi: Imom al-Buxoriy. Hadislar.

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni

HADISLARDAN NAMUNALAR

ONANI ROZI QILISH HAQIDA

Bahz ibn Hakim (r.a.) otasi va bobosidan rivoyat qildi, bobosi aytdi: “Rasulullohdan: “Ey Rasulalloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?” — deb so‘radim. “Onangga”, dedilar.

Men shu savolimni uch marotaba qaytarsam ham, Rasululloh: “Onangga”, deyaverdilar. To‘rtinchi marotaba so‘raganimda: “Otangga va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga”, dedilar”.

OtA-ONA HAQINI ADO QILISH HAQIDA

Abu Muso Ash’ariy (r.a.)ning o‘g‘li Abu Burda (r.a.)ning aytish-laricha, Abdulloh ibn Umar (r.a.) bir yamanlik odam o‘z onasini opichlab, xonayi Ka’bani tavof qildirib yurganini ko‘rdilar. U odam quyidagi baytni ohang bilan o‘qirdi: Onayi zorim uchun bo‘ynimni eggan tevaman,

Tevaga mingan onam horsalar ham men charchamam. U shuni o‘qib turib Abdullohga qaradida: “Ey Abdulloh ibn Umar, mana shu xizmatim bilan men onamning haqini ado qila

olma dimmi?” — deb so‘radi. “Yo‘q, bu xizmating seni tug‘ish vaqtida onangni qiynab tutgan to‘lg‘oqlarining bittasiga ham barobar emas”, — dedi. Keyin Abdulloh ibn Umar (r.a.) xonayi Ka’bani tavof qildilar va maqomi Ibrohimga borib, ikki rakat namoz o‘qib olib, menga qarab: “Ey, Abu Muso Ash’ariyning o‘g‘li! Mana shu yerda o‘qiladigan ikki rakaat namoz o‘zidan ilgarigi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, dedilar”.
ODAM OtA-ONASINI HAQORAT QILMAYDI

Abdulloh ibn Amri rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Odam qiladirgan gunohi azimlardan biri — ota-onas in i haqorat qilmoqdir!” — dedilar. Shunda: “Yo

Rasululloh, odam o‘z ota-onasini qanday qilib haqorat qilmog‘i mumkin?” — deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Birovning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘lur”, — deb javob qil dilar”.

QArINDOSH-UrUg‘LArIgA MeHr-OQIBAtLI ODAMNINg rIzQI ULUg‘ BO‘LMOg‘I HAQIDA

Abu Hurayra raziyallohu anhu: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Kimki rizqim ulug‘, umrim uzoq bo‘lsin desa, qarindosh-urug‘lariga mehr-oqibatli bo‘lsin!” deganlarini

eshitganmen”, — deydilar.

BeMOrLIK KAFFOrAtI VA ALLOH tAOLO NINg “KIMNINg QILMISHI YOMON erSA, JAzO tOrtg‘USIDIr!” DegAN KALOMI SHArIFI XUSUSIDA

Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zavjalari Oyisha onamiz raziyallohu anho bunday degan erkanlar: “Musulmon kishiga yetadirgan har bir musibat, hattoki badanining biror yeriga kirgan tikan ham, uning gunohiga kafforat bo‘lg‘usidir”.

* * *

Abu Hurayra raziyallohu anhuning rivoyat qilishlaricha, Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday debdirlar: “Mo‘min odam balo-qazolarga toqat etmoqlikda sabza giyoh monanddir. Chunkim mo‘min har tarafdin shamol esganda egilib, so‘ng yana qaddini tiklab olg‘uvchi sabza giyoh yanglig‘ balo-qazolarga chidab, yengilmag‘aydir. Fojir (osiy) odam ersa,



mo‘rt arz (kedr) og‘ochi1 kabidir, Alloh taolo uni, istasa, birdaniga sindira olur!”.

Abu Hurayra raziyallohu anhuning rivoyat qilishlaricha, Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday degan erkanlar: “Alloh taolo qaysi bandasiga yaxshilikni ravo ko‘rsa, o‘shanga biror musibatni yuborgaydir”.

MASt QILUVCHI ICHIMLIKLAr HAQIDA

Ibn Umar raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Har bir mast qiladigan narsa xamrdir va har bir mast qiladigan nar-

sa haromdir. Kim dunyoda xamr ichsa va vafot etsa va u unga mukkasidan ketgan bo‘lsa, oxiratda ichmaydi”2.

* * *


Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam “Kimki bu dunyoda mast qilguvchi ichimlik ichgan bo‘lsa-yu, keyin ichganiga tavba qilmagan bo‘lsa, oxiratda tavba qilmoqdan mahrum qilingaydur!” — dedilar”.

IV. Mustahkamlash.

1 Og‘och – daraxt; 2Jannatga kirmaydi, jannatdagi nasibasini ichmaydi ma’no-

sida; 3Inga chaqt irish – ya’ni zaharli hashorotlarga (yoki ilonga) chaqtirish-

dir. Bu o‘rinda to‘g‘ri ma’no ham, majoziy ma’no ham bor, binobarin, aqlli

odam bir xatoni ikki bor takrorlamaydi.

1Qo‘shni haqi – qo‘ldan kelgancha unga yaxshilik qilish, masalan, hadyalar

berish, ko‘rganda ochiq yuz bilan muomala qilish, ahvolidan xabar olib tur-

ish, iloji boricha moddiy yordam berishdan, agar moddiy yordam qo‘lidan

kelmaganda, unga ozor beradigan ishlarni qilmaslikdan iborat. Rasululloh

(s.a.v.) bergan ta’limotga ko‘ra, qo‘shnichilikda din va millat tanlanmaydi,

barcha tengdir.
V. Uyga vazifa. 132-135-betlar. Hadislardan yod olish.
Sana_______________ 9-sinf adabiyot

Dars mavzusi: Imom al-Buxoriy. Hadislar.

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni

HADISLARDAN NAMUNALAR

GUMON QILISH HAQIDA

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.): “Gumondan saqlanish, zero gumon so‘zlarning yolg‘onidir. Josuslik qilmang, bir-biringiz bilan raqobatlashmang, o‘zaro adovat qilmang, bir-biringizga hasad qilmang va g‘azab qilmang, Allohning solih bandalari bo‘ling!” – dedilar.

* * *


Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: “(Narsasi) o‘g‘irlangan odam gumon qila-qila hatto o‘g‘ridan ham (gunohi) kattaroq bo‘la boshlaydi”.

MArHAMAtSIz KISHIgA MArHAMAt QILINMAYDI

Abu Said (r.a.) rivoyat qildi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Marhamat qilmagan kishiga marhamat qilinmaydi”, — dedilar.

QO‘SHNICHILIKNINg AHAMIYAtI HAQIDA

Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): “Hz. Jabroil qo‘shni haqiga1 rioya qilish to‘g‘risida menga shu qadar ko‘p vasiyat (toshpiriq) qildilarki, men uni hatto molimga ham merosxo‘r qilib qo‘ysalar kerak, deb o‘yladim”, — dedilar.

* * *


Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: Men Rasululloh (s.a.v.)dan: “Yo Rasululloh! Mening ikkita qo‘shnim bor, hadyani shulardan qaysi biriga berishim kerak?” — deb so‘raganimda, “Qaysi bittasining eshigi senga yaqinroq bo‘lsa, o‘shanga berasan”, dedilar.

YAXSHILIKKA YAXSHILIK QILISH HAQIDA

Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): “Kim moddiy jihatdan birovga yaxshilik qilsa, unga ham yaxshilik qayt arilsin. Yaxshilik qilishga qurbi kelmasa, u kishini g‘oyibona maqtasin, chunki maqtash tashakkur o‘rnida o‘tadi. Ammo u kishining yaxshiligini yashirsa, undan tongan, yaxshilikni bilmagandek bo‘ladi. Kim o‘zida yo‘q narsani menda falon narsa bor deb maqtansa, ikki qavat kiyim bilan o‘ralgan hisoblanadi”, — dedilar.

YAXSHI XULQ SAMArASI

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.): “Islom jihatidan saviyasi balandlaringiz xayrli bo‘lganidek, axloq jihatidan esa eng yaxshilaringiz xayrlidir”, dedilar.

* * *


Muoviya ibn Abu Suf’yon (r.a.) aytdilar: “Men Rasululloh (s.a.v.)-dan bir so‘z eshitdim. Shu so‘z tufayli Alloh taolo menga manfaat yetkazadi. Rasululloh (s.a.v.): “Sen kishilar ning aybi

va kam chiligini surishtirib yursang, ularni bu zib qo‘yasan”, degan edilar. Shuning uchun men ularni buzib qo‘ymay deb kamchiliklarini tekshirib yurmayman”1.

KISHI SeVgAN ODAMI BILAN BIrgA BO‘LISHI HAQIDA

Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: “Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan: “Ey Allohning payg‘ambari! Qiyomat kuni qachon bo‘ladi?” — deb so‘raganda, Rasululloh(s.a.v.): “Sen qiyomat kuni uchun

qand ay amallarni tayyorlab qo‘yding?” — deb so‘radilar. U: “Men qiyomat kuni uchun deyarli katta bir amal tayyorlaga nim yo‘q, faqat Alloh taoloni va uning Rasulini sevaman”, — dedi.

Shunda Rasululloh (s.a.v.): “Har bir kishi o‘zi sevgan kishisi bilan birga bo‘ladi”, — dedilar”. Anas ibn Molik (r.a.): “Bu so‘zni eshitg an musulmonlar shu qadar xursand bo‘ldilarki, buning tasviriga qalam ojiz”, — dedilar.

KISHI eSHItgAN NArSASINI gApIrAVerMASLIgI HAQIDA

Abdulloh ibn Umar (r.a.) otalari hz. Umar (r.a.) dan naql qildilar: “Kishi eshitgan narsasini gapiraverishi yolg‘onchiligi uchun yetarlidir”.

MASXArA QILISH HAQIDA

Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: “Boshiga musibat tushgan odam bir to‘da ayollarning oldidan o‘tayotganida ayollar uning ustidan kulib masxara qildilar. (Oqibatda) ulardan ba’zilarining boshiga ham musibat tushdi”.

HAYO, UYAtCHANLIK HAQIDA

Abu Mas’ud Aqaba ibn Amr Ansoriy (r.a.) aytdilar: “Rasululloh (s.a.v.): “Sen xudodan va bandalardan uyalmasang, xohlagan ishingni qilaver, deyilgan so‘z o‘tmish payg‘ambarlardan meros bo‘lib kelgan va keyin kishilar ham uni o‘zlariga dasturulamal qilib olgan bir nasihatdir”, — dedilar”.

* * *

Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilinganiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.): “Hayo qayerda bo‘lmasin kishini bezaydi, chirkin1 so‘z har qayerda kishini jirkanch ko‘rsatadi”, — dedilar.


IV. Mustahkamlash.

Kishilar aybini qidirib, uni fosh qilinsa, oshkora qilinib yuradigan gunohlar maxfiylashadi. Unda bir gunoh o‘rniga ikki gunoh qilib, axloq tanazzulga yuz tutadi.(s.a.v.) bergan ta’limotga ko‘ra, qo‘shnichilikda din va millat tanlanmaydi, barcha tengdir.


V. Uyga vazifa. 136-139-betlar. Hadislardan yod olish.
O’TIBDO’________________________________________H.Qosimov
Sana_______________ 9-sinf adabiyot

Dars mavzusi: Imom al-Buxoriy. Hadislar haqida.

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni

HADISLAR HAQIDA

Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan bo‘lib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan “Al-jome’ as-sahih”, “Al-adab al-mufrad”, “At-ta’rix as-sag‘ir”, “At-ta’rix al-avsot”, “At-ta’rix al-kabir”, “Kitob al-ilal”, “Barr ul-volidayn”, “Asomi us-sahoba”, “Kitob al-kuna” va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Buyuk allomaning eng muhim asari, shubhasiz, “Al-jome’ as-sahih”dir. Bu asar “Sahiyh al-Buxoriy” nomi bilan ham mashhur. Uning g‘oyat ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-Buxoriygacha o‘tgan muhaddislar o‘z to‘plamlariga eshitgan barcha hadislarini tanlab o‘tirmay qarasiga kiritaverganlar. Imom al-Buxoriy esa turli roviylardan eshitgan hadislarni tabaqalarga bo‘lib, ularning ishonchlilarini ajratib, alohida kitob yaratdi.

Alloma ibn Salohning ta’kidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta bo‘lib, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadis dan iborat.Sahih hadislar to‘plamiga tartib berishdek sharafi ishni birinchi al-Buxoriy boshlab bergan bo‘lib, keyin qator olimlar unga taqlid qilib, shu zaylda hadislar to‘plamini yaratganlar. Imom al-Buxoriyning ushbu yirik asari yozilganiga taxminan 1200 yil bo‘ldi. O‘sha davrdan boshlab toki shu vaqtgacha insoniyatni ezgulikka, ikki dunyo saodatiga yetaklovchi bosh manbalardan biri sifatida iymonli qalblar ehtiromi va e’zozidadir.

Shu o‘rinda hadisga berilgan ta’rifga e’tibor qaratamiz. Payg‘ambarimiz Muhammad (a.s.)ning aytganlari, ko‘rsatmalari, biror masala (narsa, voqea-hodisa, xatti-harakat) yuzasidan bergan qarorlari hadis sanaladi. Hadislarning ahamiyatini ham chuqur idrok etishimiz lozim. Ma’lumki, tarixan g‘oyatda qisqa muddatda nozil bo‘lgan Qur’oni karim oyatlari ba’zi hollarda umumlashtirilgan, murakkab holda keltirilgan. Payg‘ambarimiz hadislari ushbu oyati shariflarni kengroq talqin etadi, ularni oddiylashtirib bayon qiladi. Ayni paytda keltirilgan voqea va hodisalarni ko‘pchilikka tushunarli qilib mufassal holatda sharhlaydi. Hadis sanad va matndan iborat bo‘ladi. Sanad hadisning kimning huzurida, qachon va qay sharoitda aytilganligi haqidagi ma’lumot bo‘lsa, matn uning mazmunidir. Hadislarni ishonchli kishilardan olib, o‘zidan keyingilarga yetkazuvchi zotlarni roviylar deymiz. Roviyning ismi hadisning sanadida keladi.

Payg‘ambarimiz alayhissalom hadislari u zoti sharif yashagan davr uchun haqiqiy bir ko‘zgu vazifasini ham o‘taydi. Chunki ular sarvari olamning hayotlari, husni axloqlari, adolatli jamiyat qurish yo‘lida ko‘rsatgan beqiyos sa’y-harakatlari, yaxshilig-u xayr-barakotga asoslangan faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Mana shularga binoan oldin o‘tgan hech bir payg‘ambarlar va ulug‘larga ko‘rsatilmagan alohida bir e’tibor bilan ilm ahllari hadislarni to‘plashga kirishdilar. Hadis ilmi bilan shug‘ullanish eng aziz va sevimli mashg‘ulot hisoblandi. Ularni to‘plash uchun olim-u ulamolyar butun aql-zakovati-yu qalb qo‘ri bilan kirishganlarini alohida ta’kidlash zarur.

Hadislarning mavzu qamrovi hayot muammolari, turmush masalalari qadar keng va turfadir. “Al-jome’ as-sahih” asarining birinchi kitobida dastlabki bob iymon haqida bo‘lsa, uning ikkinchi bobi ilm haqida. Bu dinimizda iymondan keyingi mavqe ilmga tegishli ekanligiga ishora qiladi. Kitobga kiritilgan ilk hadisga e’tibor qarataylik: Alloh taolo oyati karimasida: “Alloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab, martabasini ulug‘ qilg‘aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir”, – deyilgan. Yana boshqa oyati karimada esa: “Yo robbiy, ilmimni ziyoda qilg‘aysen,deb ayt!” – deyilgan. Bundan dunyo va oxirat omonligi, farovonligi ilm bilan bo‘lishi, Yaratgandan eng avval ilm so‘rash lozimligi anglashiladi. Ilm olish osonlik bilan kechmaydi: o‘ziga xos mashaqqati, turli murakkabliklari bo‘lishi tabiiy. Ilm tolibi buni oldindan bilgan, ularni bo‘yniga olgan holda bilim olishga kirishmog‘i lozim. Ana shuni nazarda tutib boshqa bir hadisda: “Ilmni Chinga borib bo‘lsa ham olinglar”, deyilgan. Hadisdagi “Chin” faqat Xitoy yurtinigina bildirmaydi, ayni paytda u ramziy ma’noda ham masofa jihatdan uzoqlik, ham vaqt jihatdan uzoqlik – davomiylik va bu jarayonlardagi qiyinchilik, mashaqqatlarni ifodalaydi. Demak, qayerda, qachon va qay muddatda bo‘lishidan qat’iy nazar zahmatlar chekib bo‘lsa ham ilm egallashga astoydil bel bog‘lash lozim. Hadis mazmuniga e’tibor etgan holda mumtoz adiblarimiz o‘z asarlarida ilm ahamiyatiga alohida to‘xtalganlar.

IV. Mustahkamlash.

Savol va topshiriqlar:

1. Ota-ona mavzusidagi hadislardan o‘zingizga qanday xulosalar chiqardingiz?

2. Insonning boshiga tushgan musibat, tashvishlar nima uchun uning gunohiga kaforat bo‘lishini mulohaza qiling. Ular har qanday holatda ham kaforat bo‘ladimi yoki buning shartlari bormikan?

3. Mast qiluvchi ichimlik (xamr)ning harom qilinishi sababini qanday izohlaysiz? Uning jamiyat, xususan, oilaning ma’naviy asoslarini yemirishini hayotiy misollar bilan asoslang.

4. Oxirgi hadisga diqqat qiling. Sanalgan olti narsaning nechtasi so‘z va nechtasi amal bilan bog‘liq? Har biriga to‘xtaling. Omonat nima? Kishi bo‘ynidagi boshqa kishilar, oila, millat va davlatning omonatlari haqida o‘ylab ko‘ring.

5. Keltirilgan boshqa hadislarni sinfdoshlaringiz bilan tahlil qiling. Ularni hayotda ko‘rgan, kuzatgan, kitoblarda o‘qigan voqeliklar bilan solishtirgan, asoslagan holda tushuntirishga harakat qiling.



V. Uyga vazifa. 139-144-betlar. Hadislardan yod olish.

O’TIBDO’________________________________________H.Qosimov


Sana_______________ 9-sinf adabiyot 39-dars

Dars mavzusi: Oybek hayoti va ijodi

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni

Hayot va ijod yo‘li. Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905- yilning 10- yanvarida Toshkentning Gavkush mahallasida, hunarmand to‘quvchi oilasida tug‘ildi. Ota-onasi uni yoshligida eski maktabga o‘qishga berishgan. Oybekning so‘zga bo‘lgan muhabbati onasi Shahodatbonu yordamida kuchaydi. Muso o‘n to‘rt yoshga to‘lganda «Namuna» nomli yangi usuldagi boshlang‘ich sho‘ro maktabida o‘qishni davom ettiradi. U o‘n olti yosh­ga yetganda, Navoiy nomidagi ta’lim-tarbiya texnikumiga o‘qishga kirdi. Texnikumdagi tahsil uning mumtoz adabiyotga muhabbatini yanada teranlashtirishdan tashqari, qiziquvchan o‘spirinni rus adabiyoti bilan yaqinlashtirdi. Oybek o‘z xotiralarida: «Xayol daryosi keng edi menda. O‘qtin-o‘qtin o‘zimcha mashq qilib, bitta-yarimta she’r yozib ham qo‘yardim. Xotiramda bor, ilk she’rim texnikumning «Tong yulduzi» nomli devoriy gazetasida chiqdi. Keyin shu gazetaga o‘zim mas’ul muharrir bo‘ldim. Sekin-sekin respublika gazetalarida she’rlarim bosila boshladi» deya ta’kidlaydi. Shu tariqa Oybek adabiyot olamiga kirib keladi.

Shu texnikum talabasi, Oybekning bo‘lajak rafiqasi Zarifa Saidnosirova o‘z xotiralarida shunday yozadi: «Oybek oriq va novcha yigit bo‘lib, qo‘ng‘ir... qalin sochlari do‘ppisidan toshib turardi. Yirik qora ko‘zlari shogirdlik davrdayoq teran ma’noli va xayolchan edi... Oybek «Tong yulduzi» devoriy gazetamizning muharriri edi. U ba’zan yo‘limni to‘sar, gazetaga biror narsa yozib berishim yoki rasm solishimni so‘rar edi. U bir kuni she’rga liq to‘la, qalingina, sariq muqovali daftarni qo‘limga tutqazdida, she’rlarning boshi va oxiriga kichik-kichik rasmlar chizib berishimni so‘radi. Yo‘q deya olmadim va eng nozik mo‘yqalam va akvarel bo‘yoqlar ila rasmlar chizdim...».

1925- yilda texnikumni tugatgan Oybek O‘rta Osiyo davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti iqtisod bo‘limiga o‘qishga kirdi. Oybek o‘qishini 1927- yilda Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomidagi xalq xo‘jaligi institutiga ko‘chirdi. Namxush va zax Peterburgda tahsil bilan o‘tgan ikki yil shoirning salomatligiga yomon ta’sir ko‘rsatdi va u 1930- yilda o‘zi o‘qigan universitetga qaytib keldi. O‘qishni tugatgach, besh yil davomida o‘sha yerda siyosiy iqtisod va marksizm-leninizm asoslaridan ma’ruzalar o‘qidi.

Adabiyotga shoir sifatida kirib kelgan, Cho‘lpon hamda rus simvolistlarining ta’sirida bo‘lgan Oybek tez orada o‘ziga xos ovozga ega ijodkor ekanligini ko‘rsatdi. 30-yillarda u «Dilbar davr qizi», «O‘ch», «Baxtigul va Sog‘indiq», «Navoiy» singari o‘nga yaqin doston yaratdi. U hikoyachilikda ham o‘zini sinab kordi.

1937- yilgi qatag‘on shamoli Oybekni ham chetlab o‘tmadi. U til va adabiyot institutidagi ishidan haydaldi. Yozuvchilar uyushmasi safidan chiqarildi. Mahalliy matbuot eshiklari uning uchun yopildi. Lekin shoir umidsizlikka tushmadi, o‘zining butun kuchini ijodga bag‘ishladi. Tinmay yozdi. «Qutlug‘ qon» romani qonga botgan 1938- yilda yozilgan.

Oybek urush yillarida ham samarali ijod qildi. Uning mashhur «Navoiy» romani 1942- yilda yozildi. Shu yillarda adib «Mahmud Torobiy» tarixiy dramasini ham yaratdi. 1943- yilda O‘zbekistonda Fanlar akademiyasi tashkil etilishi bilanoq, Oybek G‘afur G‘ulom bilan birga uning haqiqiy a’zosi qilib saylandi va o‘sha kunlardan to 1951- yilga qadar akademiyaning gumanitar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishladi.

Ikkinchi jahon urushi tugagach, Oybek O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisligiga saylandi va 1949- yilgacha shu lavozimda mehnat qildi. Shu yillarda adib «Oltin vodiydan shabadalar» romanini yozdi. Oybek 1951- yilda og‘ir xastalikka chalindi. Gapirolmay qolgani, harakatlari cheklangani, hotirasi susayganiga qaramay, u umrining keyingi yillarida «Quyosh qoraymas», «Ulug‘ yo‘l» romanlari, «Nur qidirib», «Bolalik», «Bola Alisher» qissalarini yaratdi. Talaygina she’r va dostonlar bitdi.

Mashhur ximik olima, Oybekning ayoli Zarifa Saidnosirova shunday yozadi: «1968-yilning 1- iyulida, oltmish uch yoshida Oybek vafot etdi. Men hayotimning birdan-bir ma’nosi bo‘lgan ulug‘ insondan judo bo‘ldim. Men hozir Oybekning o‘limoldi kunlarini yozishga qanchalik shaylanmay, qo‘lim qaltirab, nafasim tiqilib qolmoqda. Qulog‘imda hali ham: «Men o‘lyapman, Zairifa. rozi bo‘l!»— degan so‘zlari jaranglab turibdi». Oybek faqat uydagilarga emas, balki o‘zi bilan aloqada bo‘lgan har qanday odamga yaxshilik qilishga uriadigan shaxs edi. Shundan bilinadiki, a ijodkor sifatidagina emas, balki, odam sifatida ham atrofidagilarning mehr-u hurmatini qozongan, ularning yuragidan chuqur joy olgan shaxs edi.

Siz to‘qqizinchi sinfda Oybekning sof lirik she’rlaridan ayrim namunalar va mashhur «Qutlug‘ qon» romanidan olingan parcha bilan tanishasiz.


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish