Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi



Download 0,79 Mb.
bet2/12
Sana14.11.2019
Hajmi0,79 Mb.
#25948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
9 adabiyot 2019


Lug’at bilan ishlash. 1Mina – manavi; 2Juz’ya – g‘ayridinlarga solinadigan katta miqdordagi soliq.

1Ovqatlarni – tirikchiligini.

1Tabla – ot bog‘lanadigan joy, otxona; 2Lo‘k – yuk tashiydigan tuya; 3Norcha – yosh

erkak tuya; 4Bel – dovon; 5Qaba – tartibsiz, o‘zgaruvchan; 6Eliboylar – chorvadorlar.

1Javlik – hamma, yoppa; 2Jiyib – yig‘ib, to‘plab.

1Do‘g‘ilib - yig‘ilib, to‘dalashib; 2Burumi – soch o‘rimi.


IV. Mustahkamlash. Savol va topshiriqlar ustida ishlash.
V. Uyga vazifa. O’qib kelish
VI. Baholar tahlili

O’IBDO’ ___________



Sana______________9-sinf Adabiyot 5-dars
Dars mavzusi: “Alpomish” dostoni to’g’risida
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: doston haqida tushuncha xosil qilish

2. Tarbiyaviy maqsad: doston orqali o’quvchilarimizga vatanparvarlik, mardlik tarbiyasini berish, milliy g’ururni shakllantirish.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
Xalq og‘zaki ijodi badiiy adabiyotning eng qadimgi shaklidir. Negaki, odamlar badiiy asarlarni dastlab og‘zaki shaklda yaratishgan va ular og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurgan. Bu asarlar qattiq ta’sir kuchiga ega bo‘lganliklari uchun ham xalqning badiiy xotirasi tufayli davrlar osha avlodlarga yetib kel­gan. Kim tomonidan yaratilgani noma’lum bo‘lgani uchun ham bunday asarlarga xalq og‘zaki ijodi namunalari deyiladi.

O‘zbek folklorida xalq dostonlari alohida o‘rin tutadi. Olimlar XIX asr oxiridan XX asrning ikkinchi yarmiga qadar o‘zbek baxshilari tomonidan kuylangan yuz ellikka yaqin doston borligini aniqlashgan va variantlari bilan qo‘shib hisoblaganda, ulardan to‘rt yuztacha asar yozib olingan. Folklorchi olimlarning aytishlaricha, birgina «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi dostonlar yuzdan oshadi, yolg‘iz «Alpomish”ning qirqdan ortiq yozib olingan varianti bor.

«Doston» forscha so‘z bo‘lib, qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif ma’nolarini bildiradi. Adabiy atama sifatida ham folklorning, ham yozma adabiyotning muayyan janrini anglatadi. Xalq og‘zaki ilodiga mansub asarlarni yozma dostonlardan farqlash uchun ular xalq dostonlari deb yuritiladi. Favqulodda xususiyatlarga ega qahramonlarning boshidan o‘tgan qaltis voqealar she’r va nasriy yo‘lda aralash tasvirlangan yirik hajmli, muallifi noma’lum epik asar­lar xalq dostonlari deyiladi.

Xalq dostonlar olimlar tomonidan quyidagi turlarga ajratilgan: 1. Qahramonlik dostonlari. 2. Jangnoma dostonlar. 3. Romanik(romantik) dostonlar. 4. Tarixiy dostonlar. 5. Kitobiy dostonlar.

Yozma dostonlar aniq muallif tomonidan she’riy yo‘lda yozilib, biror personaj kechirgan hodisalar shoirning tuyg‘ulari bilan uyg‘unlikda tasvirlanadi. Bu xil asarlar adabiyotshunoslikda «poema» deb ham yuritiladi.

She’r bilan nasrning aralash kelishi xalq dostonlarining muhim belgisidir. Dostonlardagi she’rlar, asosan, o‘n bir bo‘g‘inli bo‘lib, barmoq vaznida aytilgan bo‘ladi. Qahramonlarning o‘y-mulohazalari, nisbatan tinch ruhiy holati tasviri, o‘zaro so‘zlashuvlari o‘n bir bo‘g‘inli she’r bilan ifodalanadi Ba’zan dostonlarda tasvir talabiga ko‘ra yetti, sakkiz bo‘g‘inli she’riy ifodalar ham uchraydi. Otlar chopishi, jang manzaralari, personajlarning tezkor harakatlari aks etgan o‘rinlar yetti-sakkiz bo‘g‘inli she’rlar bilan ifodalanadi. Siz 7-sinfda o‘qigan «Ravshan» dostonida o‘g‘lini qutqarish uchun shoshilinch ketayotgan Hasanxon tasviri aynan yetti bo‘g‘inli misralarda berilgan: «Qulon yurmas yerlardan Quvib o‘tib boradi, Bulon yurmas yerlardan Buvib o‘tib boradi». Sakkiz bo‘g‘inli misralar esa maydon talashayotgan otlar holati yoki jang ko‘rinishi tasvifiga qo‘llaniladi: «Dushmanlarni to‘plab olib, Yetganiga qilich solib, Har dara o‘likka to‘lib, Bosh kesar maydon ichinda».

Xalq dostonlarining deyarli hammasida uchraydigan ifoda va tasvirlar folklorshunoslikda «epik qoliplar» deyiladi. Ular xalq dostonlarida takrorlanib turadigan holatlar tasvirida qo‘llaniladi. Dostonlarning boshlanish va tugallanishi, personajlarning ko‘rinishi, o‘zaro munosabatlari, tulporlarga berilgan ta’riflar, safar yoki jang tasvirida epik qoliplardan foydalaniladi. Misol uchun: «Dam shu damdir, o‘zga damni dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema» yoki: «Kokillarim eshilgandir tol-tol, Har toliga bersa yetmas dunyo mol».

Xalq dostonlarida asardan asarga ko‘chib yuradigan, badiiy qolip holiga kelib qolgan she’riy qatorlar yoki folklorshunoslar tili bilan aytganda, uslubiy formulalar ham muhim badiiy ahamiyat kasb etadi. «Yana bahor bo‘lsa, ochilar gullar, Gulni ko‘rsa, mast bo‘b sayrar bulbullar», «Qiyg‘ir degan qush o‘tirar qiyada», «Ot chopsa, gumburlar tog‘ning darasi, Botirni ingratar nayza yarasi», «Xazon bo‘lmay bog‘da gullar so‘ldimi, So‘lgan gulga bulbul kelib qo‘ndimi?» singari uslubiy formulalar ko‘plab dostonlarda kelib, ham tasvirning ta’sirchanligini oshiradi, ham aytuvchi baxshining nafas rostlashiga, fikrini to‘plab olishiga, quyilib kelayotgan tuyg‘ularni yaxshiroq ifodalash uchun zarur so‘zlarni topishiga imkon yaratadi.



Lug’at bilan ishlash. 1Shabgir tortish – tinmaslik, dam olmaslik; 2 Shоbir – xabar, ovoza, belgi.

1Nаrmоdа – erkak-urg‘ochiligi noma’lum odam, xunasa, gey.

1Qаyqi – egilgan, qiyshiq; 2Shаmiyon qаytаrib – gerdayib, hovliqib, vahima qilib.

1Pоyim – fahm, ma’no; 2Bоg‘оnоg‘i – boyagi.

1Zinkiyib – qaqqayib, qayqayib; 2Nimish – nima ish?

1Yo‘lli – yo‘li ochiq, omadli; 2O‘niki mom – o‘n ikki imom; 3Chiltоn – qirq avliyo.

1Kulli erаnlаr – barcha erkaklar, askarlar. Bu yerda buyuk avliyolar ruhlari ma’nosida.

1Chuydа – bo‘yin sirtidagi yo‘g‘on tomir; 2Suqsur – makiyon o‘rdak.

1Таngqа tаylаb – tog‘ni egallab; 2Gаlа – suruv. 3Mоya – urg‘ochi tuya; 4Bоlа kundа



– bolalikda; 5Quyonchiq – tutqanoq. Shibаnib – yeng shimarib, shaylanib.

1Anday – juda zo‘r; 2Jоdirim – jabr ko‘rgan.

1Dаbgiridаn аdаshib – aqli shoshib, esini yo‘qotib; 2Qutbi zаmоn – zamon avliyosi.

IV. Mustahkamlash. Savol va topshiriqlar ustida ishlash.

V. Uyga vazifa. 45-46-betlar

VI. Baholar tahlili
O’IBDO’ ___________

Sana__________________9-sinf Adabiyot 6-dars

Dars mavzusi: 1-nazorat ishi. Dostondan olgan taassurotlarim

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning ijodiy bilimini sinash.

2. Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarga axloqiy tarbiya berish.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, og’zaki va yozma savodxonligini oshirish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: yozma nazorat;

Darsning jihozi: o’quvchilarning yozma ish daftari

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.

II. Yangi mavzu bayoni.

__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

O’IBDO’ ___________

Sana_______________9-sinf Adabiyot 7-dars

Dars mavzusi: Ijodiy ish tahlili

Darsning maqsadi:

a) ilmiy maqsad — o'quvchilarni xatolar ustida ishlashga o'rgatish;

b) tarbiyaviy maqsad - o'quvchilarda o'z harakatiga tanqidiy qarash tuyg'usini tarbiyalash;

v) rivojlantiruvchi maqsad - og'zaki va yozma savodxonlikni o'stirish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.



Darsning jihozi: O’zbek tilining imlo lug’ati.

Darsning rejasi:

  1. Imlo xatolar ustida ishlash.

  2. Uslubiy xatolar ustida ishlash.

  3. Ishoraviy xatolar ustida ishlash.

O'quvchilarga daftarlarni tarqatib, xatolari bilan tanishib chiqish topshiriladi. So'ng o'qituvchi avvaldan umumlashtirib qo'ygan tipik xatolarga oid lug'at diktant o'tkazadi. Lug'at diktantda o'quvchilarning inshosida uchragan imlo xatoga oid qoidalar mustahkamlanishi mumkin bo'lgan so'zlar tanlanadi. O'qituvchi matnni ko'chma taxtada avvaldan tayyorlab qo'yadi. O'quvchilar ana shu matnga qarab xatolarni tuzatadilar. Bu keyinchalik ana shunday imlo xatolarining takrorlanmasligiga asos bo'ladi.

Imlo xatolar ustida ishlab bo’lingach, o'quvchilar bayonida uchragan uslubiy xatolar va ularning sabablari o'quvchilarga tushuntiriladi. Tegishli nazariy qoidalar takrorlanadi.

Ishoraviy xatolar ustida ishlashda o'quvchilar qaysi ishoraga oid xato qilgan bo’lsa, o'sha ishoraning ishlatilishi bilan bog'liq bo'lgan nazariy qoidalar takrorlanadi.
Uyga vazifa. Takrorlash
O’IBDO’ ___________


Sana___________________9-sinf Adabiyot 8-dars
Dars mavzusi: Alisher Navoiy hayoti va ijodi
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarimizga axloqiy tarbiya berish.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III.Yangi mavzu bayoni.

Sharqda xamsachilikning o‘ziga xos tarixi va an’anasi mavjud. «Xamsa» yozishni ozarbayjonlik ulug‘ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. Lekin u bu asarini avvaldan niyat qilib, ma’lum bir reja asosida yaratmagan. Nizomiy 1173—1179-yillarda Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab «Maxzan ul-asror» («Sirlar xazinasi») nomli hamdnoma yozadi. 1180—1181-yillarda Iroq hukmdori To‘rg‘ul II ning iltimosiga ko‘ra «Xusrav va Shirin» dostonini yaratadi. 1188-yilda Shirvonshohlardan Axsatan I Nizomiyga «Layli va Majnun» dostonini yozishni buyuradi. 1196- yilda hukmdor Alovuddin Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan shoh Bahrom haqida «Haft paykar» («Yetti go‘zal») maydonga keldi. 1196—1201- yillarda «Iskandarnoma» yaratiladi. Shu tariqa 1173-1201- yillar oralig‘ida — 28 yil davomida muallifning besh dostoni dunyo yuzini ko‘rdi. Shundan so‘ng adibda turli yillarda bitilgan bu dostonlarni jamlab, yagona bir nom bilan atash fikri tug‘ilgan va «Panj ganj» («Besh xazina») nomi bilan mashhur bo‘lgan birinchi «Xamsa» vujudga kelgan.

Nizomiydan yuz yildan so‘ng asli shahrisabzlik turkiy urug‘lar avlodidan bo‘lgan Xusrav Dehlaviy (1253-1325) o‘zining «Xamsa»sini 1299-1301-yillarda yozib tugalladi. U «Matla’ ul-anvor» («Nurlarning boshlanmasi»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Hasht behisht» («Sakkiz jannat»), «Oyinayi Iskandariy» («Iskandar oynasi») dostonlarini yaratib, Nizomiy ishini davom ettirdi va natijada adabiyotda xamsachilik an’anasi paydo bo‘ldi.

Shunga ko‘ra har bir asar «Xamsa» deb atalmog‘i uchun: a) besh dostondan tashkil topmog‘i; b) birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo‘lmog‘i; d) ikkinchi doston Xusrav va Shirin munosabatlariga bag‘ishlanmog‘i; e) uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog‘i; f) to‘rtinchi doston shoh Bahrom va beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog‘i shart edi.

Dehlaviydan qariyb 200 yil keyin yana bir buyuk xamsanavis maydonga chiqdi. Bu Navoiy edi. Alisher Navoiyning «Xamsa»si boshqalardan farqli ravishda muallifning ona tilisida-turkiy tilda yozildi. Buni o‘zbek kitobxonlarining ortib borayotgan ehtiyoji, o‘zbek adabiy tili va adabiyotining taraqqiysi hamda istiqboli talab qilar edi. Bunday ulkan, katta jasorat talab qiladigan mas’uliyatli ishga daho ijodkor Navoiygina jur’at qila olardi. Adibning fikricha, xalqqa uning o‘z tilida, unga manzur bo‘lgan asar yaratishi lozim. Shuning uchun «Layli va Majnun» dostoni xotimasida Nizomiy va Dehlaviyni ta’riflar ekan, turkiy (o‘zbek) tilda «Xamsa» yozishning sababini shunday izohlaydi:

...Gar nuktalari jahonni tutti,

G‘avg‘olari ins-u jonni tutti.

Chun forsiy erdi nukta shavqi,

Ozroq edi andi turk zavqi.

Ul til bila nazm bo‘ldi malfuz,

Kim forsiy anglar o‘ldi mahfuz.

Men turkcha boshlabon rivoyat,

Qildim bu fasonani hikoyat.

Kim shuhrati jahonga to‘lg‘ay,

Turk eliga dog‘ bahra bo‘lg‘ay...
IV. Mustahkamlash.

1. Navoiydan bizga qanday asarlar meros bo’lib qolgan?

2. Xamsachilik an’anasi, xamsanavislar haqida gapiring.

Lug’at bilan ishlash. 1Nuktа – so‘z, bu yеrdа ijоd, аsаrlаri mа’nоsidа qo‘llаngаn; 2Мisrаning mа’nоsi: Bu (fоrsiy) til bilаn nаzm (аsаr) yarаtilsа; 3Мisrа mа’nоsi: fоrslаrgаginа tushunаrli edi; 4Fаsоnа – аfsоnа, bu yеrdа dоstоn mа’nоsidа qo‘llаngаn; 5Dog‘i – shuningdek, yana. Mukarrar – takror.

1Mulk – mamlakat.


V. Uyga vazifa.47-53 betlarni o’qish
VI. Baholar tahlili
O’IBDO’ ___________


Sana______________9-sinf Adabiyot 9-dars
Dars mavzusi: Alisher Navoiy ijodi
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalash.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:

b) davomatni aniqlash:

v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)

b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III.Yangi mavzu bayoni.

Navoiy o‘z salaflarining yuksak san’atkorligini sharaflaydi, ularning adabiy tajribalaridan ta’lim olganligini e’tirof qiladi. Dostonlarning muqaddima qismida ustozlariga bag‘ishlab maxsus boblar yozib, ularni ulug‘laydi. Mas’uliyatli bu ishda ularga ruhan suyanadi va «Yo‘ldasa bu yo‘lda Nizomiy yo‘lim, Qo‘ldasa Xisrav bila Jomiy qo‘lim», - deb madad tilaydi. Biroq Navoiy oldingi xamsanavislarni takrorlamaydi yoki ularga ko‘r-ko‘rona taqlid qilmaydi. O‘z oldiga yangi, o‘ziga xos «Xamsa» yaratish vazifasini qo‘yadi. Buni muallif «Xamsa»ning bir necha o‘rnida ochiq-oydin ta’kidlaydi. Jumladan, u «Farhod va Shirin» dostoni muqaddimasida shunday yozadi: «Ani nazm etki, tarhi toza bo‘lg‘ay, Ulusqa mayl beandoza bo‘lg‘ay. Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq Mukarrar aylamak sendin ne loyiq?»

Bu misralari orqali Navoiy «Xamsa» yozishdagi belgilab olgan o‘z yo‘riqlarini bayon etadi: Shunday asar (nazm) - doston yozginki, o‘ziga xos (tarhi toza) bo‘lsin, o‘qigan odamlarga (ulusqa) yangi, boshqa asarlarga o‘xshamas (beandoza)ligi sezilib tursin. Aks holda (yo‘q ersa), asari o‘zgalar (xaloyiq) yozgandek bo‘lsa, bunday takrorlash (mukarrar) senga loyiq emas. Yaxshisi, bunday asar yozmagan ma’qul. Lekin bu oson ish emas. Buning uchun Yaqin va O‘rta Sharq o‘lkalarida qalam mislsizligi e’tirof etilgan Nizomiy va Dehlaviy bilan ijodiy bahsga kirishishi lozim bo‘ladi. Bu juda katta bilim va yuksak adabiy didni, iste’dod hamda mashaqqatli mehnatni talab etar edi. Bu haqida «Farhod va Shirin»da yozadi:

Emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasig‘a panja urmoq.

Kerak sher ollida ham sheri jangi,

Agar sher o‘lmasa, bore palangi.
Haqiqatdan ham Nizomiydek nazm she’ri ila maydonda turmoq oson emas. U bilan bahslashish (panjasiga panja urmoq) uchun sher yoki hech bo‘lmasa, yo‘lbars (palang) bo‘lmog‘i darkor. Navoiy sher bilan tenglashadigan sher bo‘ldi. U og‘ir va mas’uliyatli vazifani muvaffaqiyat bilan ado etdi. Nihoyat qisqa bir muddat - ikki yil (1483 — 1485) davomida 51 ming misradan ortiq besh dostonni yozib tugalladi. U 1483- yilda «Hayrat ul-abror» falsafiy-ta’limiy dostonini, 1484- yilda uch asarni: «Farhod va Shirin» hamda «Layli va Majnun» ishq qissalarini, «Sab’ai sayyor» ishqiy-sarguzasht dostonini, 1485- yili esa «Saddi Iskandariy» qahramonlik dostonini yaratdi.

“Xamsa” – Navoiy dahosining mahsuli, ayni paytda millatimiz tafakkur ko‘lami hamda ma’naviy qudratining timsoli. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyat tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimiz g‘ururi, sha’nu-sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa”. Chunki Navoiyni bilish o‘zlikni bilish, Navoiyni sevish millatni sevish, Navoiyga sadoqat eng ezgu insoniy qadriyatlarga sadoqat demakdir


IV. Mustahkamlash. Savol va topshiriqlar ustida ishlash

V. Uyga vazifa. 53-59-betlarni mazmunini so’zlashga tayyorlanish.

VI. Baholar tahlili

O’IBDO’ ___________



Sana___________________9-sinf Adabiyot 10-dars
Dars mavzusi: Alisher Navoiyning “ Xamsa “ asari. “Farhod va Shirin” dostoni.
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish

2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalash.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish