1-topshiriq quyidagi savollarni to’liq yoriting



Download 34,84 Kb.
bet1/3
Sana14.01.2022
Hajmi34,84 Kb.
#360949
  1   2   3
Bog'liq
Sanjarbek Mamatqulov 1.1


1-TOPSHIRIQ

Quyidagi savollarni to’liq yoriting


  1. Ta’lim jarayonini yaxlit tizim sifatida.

Bozor munosabatlariga asoslangan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlaridan biri-ijtimoiy raqobatning paydo bo’lishidir. Ijtimoiy raqobat mavjud bolgan sharoitda mo’tadil faoliyat yuritish, raqobatga nisbatan ishchanlik immunitetini hosil qilish manfaatlar to’qnashuvida “omon” qolish, yuqori mavqe’ga ega bo’lish uchun imkoniyat yaratadi. Shu bois fuqarolarda ta’lim olish, nazariy va amaliy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli yondashuv hissi qaror topmoqda. Bu esa ularda ta’lim olishga bo’lgan rag’batni hosil qilmoqda. Endilikda ta’lim olish, muayyan kasb-hunar yoki mutaxassislik ma’lumotlarini egallash, bu borada ma’lum ko’nikma va malakalarni shakllantirish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Ta’lim olishga bo’lgan rag’bat va uning mazmuni ta’lim jarayoni muvaffaqiyatining garovi, kafolati bo’la oladi.
Ta’lim olishga bo'lgan rag'bat o'quvchi hamda o'qituvchi ishtirokidagi o'quv-bilish faoliyati asosining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yaqin o’tmishda o’quvchining ta’lim jarayonidagi ishtiroki nazariy bilimlarni qabul qilib oluvchi va o’zlashtirilgan nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalarni namoyish etuvchi sub’ekt sifatidagi roli bilan kifoyalangan bo’lsa, ta’lim taxnologiyasi talablariga ko’ra o’quv ta’lim jarayonining etakchi sub’ekti, asosiy ijrochisi sifatida ko’rinadi. Endilikda o’quvchi o’qituvchi tomonidan uzatilayotgan axborot (bilim)larni qabul qilmaydi. Balki ta’lim beruvchining yo’llanmasi, ko’rsatmasiga muvofiq tavsiya etilgan o’quv manbalari bilan mustaqil ravishda tanishish orqali nazariy bilimlarni o’zlashtiradi, o’qituvchining nazorati ostida amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qiladi. O’quvchi mustaqil faoliyat yuritish, nazariy bilimlarni o’zlashtirish asosida o’zida fikrni ilgari surish, dalillar keltirish, o’z fikrini himoya qilish layoqatini tarbiyalay olishi, o’z-o’zini tanqid qilish, o’z-o’zini baholash sifatlarini qaror toptira olishi talab etiladi. Davr talabi o’quvchini ta’lim jarayonining sust tinglovchisi bo’lishdan faol ishtirokchisiga aylantirishni taqozo etmoqda.
O’quvchi faoliyati mazmunining to’laqonli yoritilishida ta’lim shakli, metod va vositalarininng ahamiyati katta. Zero, ular o’quvchining imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, bilim, ko’nikma va malakalarini aslidek, mavjud darajada yoritish uchun qulay shart-sharoit yaratib beradi.
Ta’lim jarayoninig maqsadi DTS, o’quv rejasi dasturi, shuningdek, darslik, qo’llanmalarda belgilab berilgan muayyan mavzu hamda fan (yoki kurs)ninig o’ziga xos jihatlari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar, o’quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ularning hayotiy ehtiyoji va qiziqishlari, ta’lim beruvchining bilim va malaka darajasi, dunyoqarashi, ijodkorligi vaziyatni baholay hamda unga muvofiq tezkor harakat qila olish layoqati va hokazo omillarni inobatga olish asisida belgilanadi.
O’quv jarayonninig maqsadi tashxisli ravishda aniq va ravshan belgilanmog’i lozim. Ta’lim maqsadining bunday belgilanishi ma’lum qilingan vaqtda didaktik jarayonni tashkil qilish va amalgam oshirilish darajasi yuzasidan xulosa chiqarish imkoniyatini yaratadi.
Maqsadning tashxisli belgilanishi quyudagi holatlar bilan tavsiflanadi:
– shaxsda shakllantirilgan ma’naviy-axloqiy sifatlar hamda aqliy salohiyat shu darajada aniq va ravshan tasdiqlanadiki, natijada ularni shaxsning har qanday istalgan, mazkur vaziyatgacha bo’lgan vaqt oralig’ida shakllantirilgan sifatlaridan osonlik bilan farqlash mumkin bo’ladi;
– shaxsning tashxislangan ma’naviy-axloqiy hamda aqliy sifatlarining shakllanganlik darajasini haqqoniy nazorat qilishga yonaltirilgan aniq usul mavjud bo’ladi;
– shaxsning tashxislangan sifatlarini aniqlash yuzasidan olib borilgan nazorat natijalari asosida uning samaradorligini aniqlash mumkin bo’ladi;
– o’lchov mezonlari asosida muayyan bilim, ko’nikma va malakalarning sifatini baholash ko’rsatkichlari mavjud bo’ladi.

Ta’lim shakli o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan faoliyatlarning ma’lum ifodasidir.


Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida o’tib boradi. Pedagogik tizim - bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo’lib, ular o’zgarishlarda ham barqarorligicha qolaveradi. Agarda o’zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo’lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o’rniga yangi boshqa xususiyatli tizim yuzaga keladi.
Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga detallashtirib yoyib ko’rsatilishi mumkin.

Qurilgan tizimning tarkibiy tuzilishi emas deb hisoblashga asoslarimiz bor. Ko’rsatib o’tilganlarga qo’shila olmaydigan pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, «Natijalar», «O’quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish», «Texnologiya»lardan iborat.


Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida uni alohida omillar birligi ekanligini ta’kidlagan holda ko’pincha, o’quv tarbiya jarayonining texnologiyasini ko’rsatadilar. Bunday yondashish pedagogik tizim ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo’ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim ham texnologiyadir. Ana shu belgisi bo’yicha pedagogik tizimni tarkibiy qismlar ixtiyoriy «To’plamidan» ajratib olish osondir. Texnologik - bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo’ysunuvchi imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir.
Pedagogik tizimni takomillashtirishning asosiy yo’llari ikkita: intensiv va ekstensiv. Intensiv rivojlanish pedagogik sistemani ichki imkoniyatlar hisobiga, ekstensiv yo’l esa qo’shimcha kuchlar jalb etish - ya’ni, vositalar, asbob-uskunalar, texnologiyalar hisobiga takomillashtirishni ko’zda tutadi. Pedagogika texnologiyaning intensiv rivojlanish imkoniyatlari tugagan deb hisoblanadi: maktabning mavjudligi ming yilliklar davomida hamma yo’llarni sinab ko’rib bo’lgan, hozirgi pedagoglar nasibasi qaytarish, tarbiya mazmuni va vazifasini, mantiqiy chuqur esga olish, uning birlamchi asoslariga chuqur tushib borishdan iborat.
Yana bir bor qaytarib aytamiz, agarda maktab hali o’lmagan bo’lsa, agarda u yashayotgan, rivojlanayogan va bolalarni o’qitayotgan bo’lsa, bu faqatgina o’zining konservativ tabiati hisobigadir. Ba’zi nazariyotchilar aytadilarki, juda yaqin vaqt ichida pedagogikada innovatsiya bir ma’noni - orqaga, o’tmishga, o’ylab va oqilona tarbiyalash, ma’naviy tarbiyalovchi, yangiliklarsiz va tirishishlarsiz tinch tizimga qaytishnigina bildiradi degan fikrni aytmoqdalar.

Pedagogik tizimning ochiqlik, dinamiklik, maqsadga yo‘naltirilganlik kabi asosiy xususiyatlari uning shakllanib borayotganligini, mukammallikka intilayotganligini ko‘rsatadi. Hayotning turli jabhalaridagi qayta o‘zgartirishlar jarayonida u mukammallashadi, tarkibiy, funksional, tarixiy va boshqa yo‘nalishlarda rivojlanib boradi.


Biz tadqiqotlarimiz davomida pedagogik tizimlarni tizimli tahlil qilish ikki kategoriyada amalga oshirilishi mumkinligini aniqladik, unda: sub’ektlar (ular o‘zaro ta’sirlashib, tizimning mavjudligiga asos bo‘luvchi maqsadga erishish uchun xizmat qiladi) va ob’ektlar (ular bilan ta’sirlashuv natijasida sub’ektlar shaxsiy funksiyalarini amalga oshiradi) orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ta’lim oluvchilar pedagogik tizimning sub’ektlari, ta’lim mazmuni esa uning ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Ta’lim mazmuni sub’ekt ongi yordamida o‘zlashtiriladi va o‘zgartiriladi, shaxs tomonidan o‘quv faoliyati jarayonida dunyoqarashga, qadriyatlar hamda mohiyatlar, e’tiqodlar, texnik-texnologik tasavvurlar, bilim va ko‘nikmalar tizimiga aylantiriladi.
Tizim elementlarini sub’ekt va ob’ekt kategoriyalariga ajratib olish printsipial jihatdan muhim bo‘lib, u sub’ektlar o‘zaro ta’sirlashuvining ahamiyatini, uning shaxslararo tavsifini, ya’ni shaxsning rivojlanishi faqatgina shaxslararo ta’sirlashuv natijasi sifatida amalga oshishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Olib borilgan tadqiqot ishlari va mavjud ilmiy nazariyalarga asoslangan holda aytish mumkinki, pedagogik tizimning tarkibiy komponentlari pedagogik tizim xususiyatlariga xos bo‘lgan tayanch elementlar hisoblanadi. Bu elementlar qatoriga quyidagilar kiradi:

pedagogik tizimni yaratishning yo‘naltiruvchi asosi - Davlat ta’lim standarti talablarida aks ettirilgan ta’lim maqsadi;


o‘quv reja, dastur, darslik va qo‘llanmalarda aks ettiriladigan ta’lim mazmuni;
pedagogik tizim maqsadidan kelib chiqqan holda ta’limning tashkiliy shakllari, o‘qitish metodlari va texnik vositalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi didaktik jarayonlar;
pedagogik tizim va faoliyatni tashkillashtiradigan professor-o‘qituvchilar;
ta’lim jarayoni natijalariga erishganligini aniqlovchi baholash tizimi.
Har qanday pedagogik tizim atrof-muhit bilan o‘zaro bog‘liqdir va muhit talablariga qarab o‘z faoliyatini unga moslashtiradi, uning ta’siri ostida bo‘ladi va har qanday pedagogik tizim ma’lum bir muddatga belgilangan bo‘ladi


  1. “Qonun”, “qonuniyat” va “tamoyil” tushunchalarining mazmun-mohiyati.

O’qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u didaktik prinsip (qonuniyat) larni qanchalik to’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. Ta‘lim qonuniyatlari bu - o’qitish jarayoniga qo’yiladigan talablar yig’indisidir. Ta‘lim prinsip (tamoyil) lari deb, ta‘limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o’qitish uchun asos bo’ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz. Ta‘lim qonuniyatlari o’quvchi va o’qituvchi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi.

O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017 yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Bu haqda Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e’lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o‘tdi. Ijtimoiy sohalarning rivojlantirishida milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlarining ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo’g’inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirishga hamda ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirishga e`tabor qaratilgan.


Ma’lumki, qonuniyat-bu barqaror, zaruriy u yoki bu xodisalar va jarayonlar o’rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar o’quv jarayonining harakteri, uning vazifalari, mazmuni, shakllari: usullari va vositalari qonuniy ravishda aniqlab beradi. Agar o’qitish jamiyat talablarini e’tiborga olmasa, u holda uni, albatta, qayta ko’rish, takomillashtirish kerak. Demak, ta’lim berish, tarbiyalash va o’quvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur.
Ifodalangan qonuniy didaktik aloqalarni va o’qitish qoidalarini ilmiy asoslangan o’zaro bog’lanishda qo’llash ko’nikma va malakalarni chuqur, puxta, ongli va ta’sirli o’zlashtirilishini ta’minlaydi. O’qitishni aynan shunday natijaga qaratish uning onglilik, puxtalik, ta’sirchanlik qoidalarini harakterlaydi.
Ta’limning mazmuni hayot, hozirgi zamon fani bilan bog’langan bo’lganligi uchun ham, vazifalarda mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish muammolari, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, kompyuterlash kabilar asosida intensivlash o’z aksini topishi kerak.
Har bir o’qituvchi shuni anglab yetishi muhimki, o’quv jarayonini samarali ko’rish - bu, ishda o’zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, didaktik qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni xal qilishda ijodiy foydalangan holda, ulardan butunlay va o’zaro aloqada foydalanish demakdir.
O’qitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun butun qonuniyatlar birligini va didaktik qoidalarini e’tiborga olish zarur.
O’qitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni o’qitish qoidalari deb ataladi. O’qitish qoidalarini bilish o’qitishning zarur usullarini yanada ishonchliroq tanlashga imkon beradi.
Ta’lim qoidalari - o’qituvchining faoliyatini va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilmlarning o’zlashtirilishi, tegishli ko’nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo’l – yuriqlarini o’z ichiga oladi. SHu bilan bir vaqtda ta’lim qoidalari har ikkala faoliyatni, ya’ni o’qituvchi va o’quvchi tomonidan o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi.
Ta`lim o`qituvchining faoliyati va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni o`zlashtirilishi, tegishli ko`nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonuni va yo`l-yo`riqlarni o`z ichiga oladi.
Ta`lim tamoillari o`qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy qonuniyatlaridir. Qonuniyat bu barqarorlik, zaruriyat, u yoki bu hodisalar va jarayonlar o`rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa.
Ta`lim tamoyillari deb, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o`qish va o`qitish jarayonlarining yo`nalishi, o`quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o`zlashtirishlari, bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun qoidalarining yig`indisiga aytiladi.
O`qitish prinsiplari ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.

Ta’lim prinsiplari o’quv-tarbiya jarayoniga qo’yiladigan ijtimoiy talablar



Ta’limni tashkil etish va boshqarishda rioya qilinadigan qoidalar sifatida amal qiladi. Ta’lim prinsiplari haqida tasavvurlar ikki xil yo’l bilan izohlanadi: 1) tasvir shaklida. Masalan, ilmiylik prinsipi fan va o’quv predmeti o’rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Bu yerda ilmiylik prinsipi tasvir orqali bayon qilingan; 2) qoida shaklida. Masalan, ta’limda oddiydan murakkabga qarab boriladi. Bu jumlada tushunarlilik prinsipi qoidaga solingan, ya’ni normallashtirilgan. Ta’lim prinsiplari qoida shaklini ollevergan sari, ulardan amaliyotda foydalanish imkoniyatlari ham kengayaveradi.
Mutaxassislar ta’lim prinsiplari xususiyatlarini, asosan, o’qituvchi faoiliyatiga nisbatan izohlashadi. Shu sababli ko’pchilik didaktik qo’llanmalarda “o’qitish prinsiplari” iborasi ishlatilgan. Ta’lim prinsiplari talim jarayonining ikkala sub’eaktiga- ham o’qituvchi, ham o’quvchiga daxldor. SHunga ko’ra biz ularni ta’lim prinsiplari deb nomladik. Ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga qo’yiladigan talablar, qoidalar ta’lim prinsipi deb aytiladi.
Ta`limning ilmiylik prinsiplari
Maktablarimizda ta`limning ilmiy bo’lishi prinsipi ta`lim jarayonida o`quvchilarning tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri taraqqiyoti haqidagi qonun va qoidalarni dialektik materialistik asosda egallab olishlarini, atrofini o`rab olgan ob`yektiv borliqdagi predmet, narsa, hodisa va voqealarning bir-biriga bog`liqligi, hamisha harakatda va rivojlanishda ekanligini ilmiy asoslarini anglab olishlarini, fakt va hodisalarni mustaqil tahlil qilish va xulosalar chiqarish, shunindek, ularga o`zlashtirilgan ilmiy bilimlarning turmushda bilish ko`nikma va malakalarni hosil qilish talabalarning o`z ichiga oladi.
Ta’limning ilmiy bo`lishi prinsipi ta`lim jarayonida o`quvchilarning hozirgi fan va texnika taraqqiyot darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollashtirishni hamda maktab ta`limi davomida yoshlarni ilmiy bilimlar bilan tanishtirib borishni ta`minlashga qaratilgan.
Didaktikaning ilmiylik prinsipi maktab ta`limining mazmunigagina aloqador bo`lib qolmay, o`qitish meto`dlariga ham aloqadordir.
U maktab ta`limi jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydala olishga qaratilgan o`qitish meto`dlarini ham takomillashtirishni talab qiladi.
Shuningdek, o`quvchilarning umumiy tayyorgarligi, saviyasi va yosh xususiyatlariga mos keladigan eng sodda shakldagi ilmiy tadqiqot meto`dlari bilan tanishtirishni ham talab qiladi. Ayniqsa o`quvchilarni, atrofni, narsa, voqea va hodisalarni mustaqil suratda kuzatish, eksperiment o`tkazish, dastlabki ilmiy tadqiqot meto`dlari bilan tanishtirishni talab qiladi.
Didaktikaning ilmiylik prinsipi o`quvchilar ilmiy materialistik dunyoqarashlarni shakllantirishga, atrofni o`rab olgan ob`ektiv borliqni o`rganish, bilishga bo`lgan qiziqishlarni o`stirish, shuningdek ularning mustaqil ravishda o`z ma’lumotlarini oshirishga mustaqil ilmiy ishlar olib borishga bo`lgan moyilliklarini rivojlantirish ham zarur bo`lgan ko`nikma va malakalar hosil qilishga olib keladi. Bularning hammasi o`quvchilarning ijodiy faolliklarini oshiradi.
3.Ta’limning umumiy va xususiy qonuniyatlari.
9. 1. Ta‘lim qonuniyatlari haqida umumiy tushuncha.
Ma‘lumki, o’qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u ta‘limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllaridan umumiy didaktik printsip (qonuniyat) larni qanchalik to’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. Qonuniyat deganda, bu barqaror, zaruriy, u yoki bu hodisalar va jarayonlar o’rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Demak, ta‘lim jarayonida ta‘lim berish, tarbiyalash va o’quvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur.
Ta‘lim qonuniyatlari bu - o’qitish jarayoniga qo’yiladigan talablar yig’indisidir. Ta‘lim printsip (qonuniyat) lari deb, ta‘limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o’qitish uchun asos bo’ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz. Ta‘lim qonuniyatlari o’quvchi va o’qituvchi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi.
O’qitishning printsiplaridan uning qoidalari kelib chiqadi va ular u yoki bu printsiplarning xususiy qoidalarini aks ettiradi. Har bir o’qituvchi shuni anglab yetishi muhimki, o’quv jarayonini samarali qurish – bu, ishda o’zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, didaktik qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni hal qilishda ijodiy foydalangan holda, ulardan butunlay va o’zaro aloqada foydalanish demakdir.
O’qitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun butun qonuniyatlar birligini va didaktik qoidalarini e‘tiborga olish zarur.
Ta‘lim printsiplariga o’tmishda mashhur allomalarimiz ham katta e‘tibor berganlar. Masalan, Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sinolar ushbu printsiplar xususida o’z asarlarida bayon qilganlar. Jumladan, qomusiy olim Ibn Sino asarlarida ham didaktikaning printsiplariga, xususan ko’rsatmali o’qitishga qiziqish bilan qaragan. Olim inson haqiqatdan mavjud narsalarni yoki ularning tasvirini ko’rib idrok etishi tufayli unda ob‘ektiv voqelikni to’g’ri aks ettiradigan tasavvur shakllanishini o’qtirgan.
O’qitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni o’qitish qoidalari deb ataydilar. O’qitish qoidalarini bilish o’qitishning zarur usullarini yanada ishonchliroq tanlashga imkon beradi.
Pedagog olimlarning yuqoridagi fikr-mulohazalarini umumlashtirib xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, o’qitish printsiplari yosh avlodga ta‘lim va tarbiya berish maqsadlariga muvofiq o’qitishning xarakterini belgilaydigan asosiy yetakchi qoidalardir.
9. 2. O’qitishning yetakchi qoidalari.
Ta‘lim qoidalari - o’qitishning faoliyatini va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, tegishli ko’nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo’l - yo’riqlarini o’z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda o’qitish qoidalari har ikkala faoliyatni, ya‘ni o’qituvchi va o’quvchi tomonidan o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi.
Ta‘lim qoidalari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o’qish va o’qitish jarayonlarining yo’nalishi, o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig’indisiga aytiladi.
So’ngi yillarda olimlar tomonidan yaratilgan pedagogik adabiyotlarda didaktik qoidalar turlicha guruhlashtirilmoqda. Ana shularga asoslangan holda quyidagicha ta‘lim qoidalarini ko’rsatib o’tish mumkin.
1. Ta‘limning ilmiy bo’lish qoidasi.
2. Ta‘limning tizimli va izchil bo’lishi qoidasi.
3. Ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi.
4. Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lishi qoidasi.
5. Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.
6. Ta‘limda ko’rsatmalilik qoidasi.
7. Ta‘lim jarayonida har qaysi o’quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish
va ta‘limning o’quvchiga mos bo’lishi qoidasi.
8. Puxtalik.
9. Ta‘limning tarbiyalovchilik xarakteri.
Ta‘limning ilmiy bo’lish qoidasi. Ilmiy bilimlar – voqelikning haqqoniy in‘ikosidir.
Ta‘limning ilmiyligi qoidasi o’quvchining o’quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir. Nazariy qoidalarni tushunish- materialni ilmiy asosda izohlab berishning muhim belgisi bo’lib, u o’quvchining fikrlash faoliyati xususiyatlarini belgilaydi.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e‘tiqod tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi. Ta‘limning ilmiy bo’lish qoidasi ta‘lim jarayonida o’quvchilarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishni ta‘minlashga qaratilgan.
Ta‘limning tizimli va izchil bo’lishi qoidasi.
O’qituvchining bilimlarni tizimli bayon qilishi o’quvchilarga o’quv predmetining strukturasi va mantiqini chuqurroq tushunish, fanning bosh g’oyasi va asosiy qoidalarini ajratish, tabiat va jamiyat hodisalari o’rtasidagi ichki bog’lanishni aniqlash imkonini beradi. Dars mazmunining muqobil tuzilishini tanlash, o’qitishdagi didaktikaning tizimlilik qoidasini hisobga olishni talab qiladi. O’qitishning tizimliligi o’qitishda muvaffaqiyat garovi bo’lib, fikrlarni tartibga soladi, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishni osonlashtiradi hamda yaxshilaydi.
Ta‘limda izchillikka rioya qilib o’qitish lozim, toki bugun o’rganilgan bilimlar kecha o’rganilganlarni mustahkamlasin, ertaga o’rganiladiganlarga zamin hozirlasin. Ta‘limning tizimli bo’lishi uning izchil bo’lishi bilan bog’liqdir. Izchillikka asoslangan ta‘limning xarakterli belgisi shundaki, u o’quvchilarning oldindan o’zlashtirgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularning o’zaro bog’lanishlarini takomillashtirish va aksincha, u yangi bilimlarini bayon qilish jarayonida oldindan o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta‘minlashga qaratilgandir.
Tizimlilik va izchillik o’quvchilarda har qaysi o’quv fanlarining bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lishini ko’rsatishda ham muhim ahamiyatga ega. Ta‘limning tizimli va izchillik qoidasi bayon qilinayotgan o’quv materiallarini mustahkamlash va ilgari o’tilganlarni to’ldirishga xizmat qilishini; o’quvchilarning uzluksiz va tizimli suratda mustaqil ish olib borishlarini; o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim va hosil bo’lgan ko’nikma, malakalarini hisobga olib borishni ham o’z ichiga oladi.
Ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi.
Yoshlarga ta‘lim berish, tarbiyalash va ularning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ta‘lim tizimida ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi asosiy va yetakchi qoidalardan biri hisoblanadi. Ta‘lim jarayonida o’tilayotgan katta va kichik mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to’g’ri belgilash va uni ta‘lim bilan birga, bir butunlikda amalga oshirishni ta‘minlash muhim ahamiyatga ega. Demak bir butun ta‘lim jarayoni ikki o’zaro bog’liqlik: hayotni bilish va unga bo’lgan munosabatni tarkib toptirish jarayoni bilan ajralib turadi. Maktabda beriladigan ta‘lim bilan tarbiya o’rtasidagi pedagogik jarayonning butunligini ta‘min etuvchi uzviy birlik hamisha mavjud. Ta‘lim-tarbiyaning birligi ta‘lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish va o’qitishning xilma-xil usul va uslublaridan foydalana olishga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Ta‘lim-tarbiyaning birligi ta‘lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish va o’qitishning xilma-xil usul va uslublaridan foydalana olishga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ayniqsa, ta‘lim bilan tarbiyaning birligini ta‘minlamoq uchun:
a) bayon qilinayotgan o’quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, g’oyaviy jihatdan to’g’ri tashkil qilinishi;
b) o’qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyati ochib berilishi, ta‘lim jarayonida hadis, hikmtlardan foydalanish imkoniyatini yaratilishi;
v) bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o’zlashtirilishi va turmushda unga amal qilinishi;
g) ta‘limda muammoli jarayonni vujudga keltirish, o’quvsilarning qiziqishlari, aktivlik va tashabbuskorliklarini ta‘minlashga e‘tiborni kuchaytirish;
d) ta‘lim jarayonida o’quvchilarning uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, o’zaro yordam hislarini tarbiyalashni ta‘minlamoq zarur.
Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.
Ushbu qoida o’qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o’quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qullash usullarini ongli va faol egallab olishadi. Ularda ijodiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq madaniyati va ilmiy dunyoqarash, e‘tiqod tarkib topadi.
O’qitish jarayonida onglilik va faollik qoidasi o’quvchilarda tafakkur va nutqni rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta‘lim jarayonida o’quvchilar faolligi, avvalo ularning aqliy faoliyati – tafakkur qilish faoliyatidir. Shunga ko’ra, ta‘limni ongli o’zlashtirish qoidasi, bir tomondan, o’quvchilarning mustaqil, faol fikrlashlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida o’quvchilarning mustaqillik va faolliklarini hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, rivojlantirib borishni nazarda tutadi.
Onglilik va faollik qoidasi o’quvchilarni mehnat va o’qitishda ijodiy faoliyat usullariga o’rgatishni talab etadi.
Ta‘limda ko’rsatmalilik qoidasi.
Bu qoida didaktik qoidalardan biri bo’lib, u o’qitish jarayonining sifatini orttiradi, o’quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Ko’rsatmalilik printsipi idrok etishni osonlashtirishi va nazariy bilimlarni hayot, amaliyot bilan bog’lash imkonini beradi. Bu qoida o’qitish jarayonida ko’rish, eshitish, hid bilish, ta‘m-maza bilish, teri, muskul-harakat kabi sezgi organlarining bir yo’la ob‘ekt ustida safarbar qilishini talab etadi, shuningdek o’rganilayotgan hodisalarga qiziqishni oshiradi, bilimlarni puxtaroq egallashga yordam beradi.
Ta‘limda bilimlarni puxta va mustahkam o’zlashtirish qoidasi.
Ta‘limning puxta o’zlashtirish qoidasi o’quvchi-talabalar tomonidan tizimli va ongli o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish hamda olgan bilimlarni o’z turmush faoliyatlarida qullay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Shunday ekan, puxta o’zlashtirishning xarakterli belgisi ta‘limni mustahkam esda saqlab qolishdir. Avvalo, bu qoida o’quvchilarning xotira faoliyatini, ya‘ni o’quv materiallarini esda qoldirish, esda saqlash va qayta esga tushirish kabi xotira jarayoni faoliyatiga bog’liqdir. O’quv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan mavzu mazmunini tizimli va ongli o’zlashtirilishiga bog’liq.
Shunday qilib, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishda puxta va mustakamligiga hamma o’qitish qoidalari: tushunarlilik, tizimlilik, va izchillik, nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi, ko’rsatmalilik kabi qoidalarni amalga oshirish bilan erishiladi. Puxta o’zlashtirishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan takrorlash va mashq qildirishga bog’liqdir.
9. 3. Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lish qoidasi.
Didaktikada ta‘limni turmush bilan, ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’lab olib borish eng asosiy va yetakchi qoidadir. Har bir fanni nazariy tushuntirish bilan birga uni amaliy tomonini, amaliyotga tadbiq etish yo’llarini ham o’rganish lozim. Binobarin, barkamol inson tarbiyasining maqsad va vazifalari ham, ta‘limning mazmuni ham, o’qitish usullari ham, ta‘limning tashkil etish shakllari ham nazariya bilan amaliyotning birligiga asoslanadi.
Ta‘lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasining izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida o’quvchilar o’quv materialining tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha to’g’ri, chuqur tushunib oladilar va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan mahorat, ko’nikma va malakalar hosil qiladilar. Bu qoida ta‘limning ilmiy qoidasi bilan mustahkam bog’langandir. O’quvchilar bilimlarini oshirar, mukammal egallar ekan, ilmni nazariy jihatdan o’rganar ekan, ilmning amaliy ehtiyoj tufayli paydo bo’lganini, ishlab chiqarish kuchlarini qanday taraqqiy etayotgani, texnika va iqtisod sohasidagi yangiliklarilmni tobora rivojlantira borishini, ilm esa, o’z navbatida ishlab chiqarishni takomillashtirishga va hayotni yaxshilashga yordam berishini bilib boradilar.
Ta‘lim maskanlarida ta‘lim tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasi dastavval o’quv fanining mazmuni va o’ziga xos xususiyatiga bog’liq holda o’qish jarayonida amalga oshiriladi. O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olgan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, mustahkamlaydilar va chuqurlashtiriladi. Bilimlarni amalda qo’llanish malakalarini hosil qiladilar. Nazariya bilan amaliyotning birlikda olib borilishi natijasida o’quvchi-talaba bilimlarni puxta egallaydi, mustaqil tafakkuri yaxshi shakllanadi, shuningdek kasb-korida, ishlab chiqarish va umuman ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topadi.
Ishlab chiqarish ta‘limi o’quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichidir. Ular egallab olgan nazariy bilimlar asosida tanlagan kasblariga doir mehnat ko’nikmalari hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilimlarga ham aniqlik kiritib boriladi. O’quvchi-talabalar korxona, tashkilotlarda o’tkazadigan ishlab chiqarish amaliyot mashg’ulotlari o’qishni unumli mehnat bilan bog’lab olib borishning yakunlovchi bosqichidir. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarning bajarayotgan barcha ishlari orqali ularda fan asoslarini o’rganish va mehnatga bo’lgan qiziqish, intilishi tobora rivojlanadi, mehnatga bo’lgan munosabati, mehnat ahliga hurmat, ehtirom kamol topadi.
9. 4. Ta‘limda ko’rsatmalilik qoidasi va uning ijobiy xususiyatlari.
Buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ko’rsatmalilikni ta‘limning asosiy vositasi deb ko’rsatadi. Ushbu qoidani yuqori printsip deb ataydi. Darsda buyum va narsalarning asli, tasviri, texnik vositalar, tasviriy-ko’rgazmali qurollardan foydalanib o’tilsa, ya‘ni mavzu shu asosda bayon etilsa dars to’g’ri tashkil qilinadi va samarali yakunlanadi. O’quv materialining ko’rsatmali bo’lishi yoshlarni o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni tajribada, ishlab chiqarish amaliyotida qo’llay olishlari uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradi.
Ta‘limning ko’rsatmalilik qoidasi didaktik qoidalarning biri bo’lib, u o’qitish jarayonining sifatini orttiradi, o’quvchilarning bilim olishlarin osonlashtiradi. O’qitishning ko’rsatmaliligi shuni tasdiqlaydiki, agar o’quvchilarda o’rganilayotgan narsa va hodisalarni bevosita idrok qilishga bog’liq muayyan hissiy-amaliy tajriba bo’lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli suratda o’zlashtiradilar. Bu qoida o’qitish jarayonida ko’rish, eshitish, hid bilish, ta‘m – maza bilish, teri, muskul – harakat kabi sezgi organlarining bir yo’la ob‘ekt ustida safarbar qilinishini talab etadi.
Ko’rsatmalilik qoidasi ta‘limning yetakchi qonun-qoidalarini va talablarini amalga oshirishda vositachilik qiladi. Chunonchi:
1. Bayon etilayotgan mavzuning mazmuniga mos keladigan materiallardan unumli va to’g’ri foydalanish o’quvchilarning o’tilayotgan materialni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishini ta‘minlaydi. Dars qiziqarli o’tadi.
2. O’quv jarayonida qo’llanilayotgan ko’rsatmali qurollar o’quvchilarning qay darajada yaqqol va aniq, obrazli idrok qilishini, ta‘minlasa va kuzatayotgan ob‘ektga mumkin qadar ko’proq sezgi organlari safarbar qilinsa, o’quv materiallari shunchalik tez, qulay va oson o’zlashtiriladi, uzoq vaqt esda saqlanadi. O’quvchilarning ayniqsa, sxema, jadval, diagramma kabilar ustida ish olib borishlari va material xususiyatlarini taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarishlari alohida ahamiyatga egadir.
3. O’quv materialining ko’rsatmali bo’lishi o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni tajribada, ishlab chiqarish amaliyotida qo’llana olishlari uchun zarur bo’lgan ko’nimka va malakalar bilan qurollantiradi.
Ta‘limda ko’rsatmalilikning samarali natijalar berishi uchun darsda qo’llaniladigan ko’rsatmali qurollar sinf o’quvchilarining yoshi va o’ziga xos xarakter xususiyatlari, umumiy tayyorgarligi – saviyasiga mos keladigan bo’lishi lozim. Shuningdek, dars jarayonida foydalanish uchun belgilangan ko’rsatmali materiallardan unumli foydalanmoq uchun zarur bo’lgan ta‘lim usullari to’g’ri tanlangan bo’lishi lozim.
Ta‘limning ko’rsatmali bo’lishi hozirgi zamon ta‘lim maskanlari oldida turgan eng muhim masalalardan biri bo’lib kelgan va hozir ham undan yanada samarali foydalanish borasida qator ishlar olib borilmoqda.
9. 5. Ta‘limda o’quvchi (talaba)ga xos xususiyatlarni hisobga olish va moslik qoidasi.
Ta‘lim – tarbiya jarayonining hamma tomonlari umumsinf o’quvchilari jamoasiga xos xususiyatlarga amal qilgan holda yo’lga qo’yiladi. Ammo, har bir o’quvchi (talaba) o’ziga xos jismoniy, axloqiy, aqliy, ruxiy va boshqa xususiyatlarga egaki, bu uning o’quv faoliyatiga katta ta‘sir etadi. Shu boisdan ta‘lim jarayonida (sinf) guruhdagi o’quvchi-talabalarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ish ko’rish muhim didaktik ahamiyatga ega.
Ta‘limning muvaffaqiyatli bo’lishida o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini kuzatish va o’rganish hamda shu xususiyatga mos muomala qilish hal qiluvchi o’rin tutadi.
Dars davomida har bir o’quvchining o’ziga xos xususiyatlarini to’la hisobga olish juda qiyin va har doim ham buning iloji bo’lavermaydi.
O’qituvchi o’quvchi-talabalarni darsdagi va amaliy mashg’ulotlar jarayonidagi ishini, uy vazifalarini bajarishini kuzatadi, ularning bilimi, yozma ishlari, bajargan topshiriqlarini, chizmalarini tekshiradi. Darsdan tashqari vaqtlarda o’rtoqlari va boshqalarga bo’lgan munosabati, xulqi, irodaviy sifatlarini o’rganadi, ular bilan suhbatlashadi. Kuzatish jarayonida pedagog o’quvchining kuchli va ojiz tomonlarini, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga mos bo’lgan xususiyatlarni bilib oladi, o’quvchilarning hayotiy va mehnat qobiliyatini o’rganadi. Mohir pedagog o’quvchilar psixologiyasini ham yaxshi o’rganib, ularda fanni o’zlashtirish darajalarini qay darajada oshirish yullarini topadi. Shuningdek, tarbiyasi og’irroq yoki sho’xroq o’quvchi-talabalar bilan qanday muomala qila olish yo’llarini mukammal o’rganib chiqadi va ular bilan yaxshi munosabatni yo’lga quyadi.
Darsda va uy vazifalarida differentsiallashgan ta‘lim elementlarini qo’llanishi o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishning muhim vositasidir.
Ta‘limning o’quvchilarga mos bo’lishi qoidasi bu- o’quv materiallarining mazmuni, uning hajmi, xarakteri, u yoki bu sinf o’quvchilarining jismoniy rivoji, aqliy qobiliyati, umumiy tayyorgarligi-saviyasi va imkoniyatlariga loyiq bo’lishi tushuniladi.
Ta‘limning moslik qoidasida ta‘limning ikki tomoni e‘tiborda tutiladi:
1) Ma‘lum sinf yoki guruh uchun belgilangan o’quv materiallarining xarakteri, mazmuni va hajmi shu sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos bo’lishi;
2) Har bir sinf uchun belgilangan bilim hajmi shu sinf o’quvchilarining saviyasiga mos bo’lishi lozim. Shuningdek, mashg’ulot mavzulari o’quvchi-talabalarning o’zlashtirishi uchun oddiydan murakkabga tomon o’rgatilishi lozim, ya‘ni har bir predmetni o’rganish osondan qiyinga tomon tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Ilg’or klassik pedagogika namoyondalari ta‘limning o’quvchilarga mos bo’lishi yuzasidan bir qator qoidalar ishlab chiqqanlar. Ularga «Osondan qiyinga qarab borish», «Ma‘lumdan noma‘lumga qarab borish», «Soddadan murakkabga qarab borish» qoidalari kiradi.
Moslik qoidasi yana bir qancha talablarga amal qilishni taqozo etadi. Ayniqsa mashg’ulot davomida bilimlarni o’quvchi-talabalar puxta o’qib olishlariga imkoniyat yaratish uchun aniq va mustahkam rejaga amal qilinishi, bayon qilinayotgan mavzulardan lo’nda xulosalar chiqarish; materiallarning ishonchli bo’lishi uchun omil, misol va dalillar keltirish – ko’rgazmali qurollardan foydalanish bayon qilinayotgan materiallarni turmush bilan, o’quvchilarning shaxsiy tajribalari bilan bog’lab olib borish talab qilinadi. Shuningdek, o’qitish usullari o’quv materialining xarakteriga mos holda to’g’ri tanlangan bo’lmog’i lozim.
4.Ta’limning mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillari.

Ta’lim prinsiplari maqomi. Har bir prinsipning o’z o’rni bor. Ularning

birontasini boshqasi bilan almashtirish mumkin bo’lmaganidek, birini ikkinchisi

o’rnida qo’llash ham mumkin emas. SHu bilan birga, ta’lim prinsiplaridan biri

ikkinchisi uchun o’lchov sanaladi. Masalan, ilmiylik prinsipini ta’limning turli

bo’g’inlarida – boshlang’ich, o’rta, o’rta maxsus maktablarda amalga oshirish

uchun tushunarlilik prinsipiga rioya qilinadi. Tushunarlilik prinsipi, bir

tomondan, o’quv-tarbiya ishlarini ta’lim darajalariga qarab asta-sekin

murakkablashtirib va qiyinlashtirib borishni taqoza etsa, ikkinchi tomondan,

o’quvchilarning o’z imkoniyatlari – faollik, onglilik kabi qator omillarni hisobga

olishni talab etadi. Xuddi shunday, sistemalilik izchillikka, mustaqillik faolikka,

ko’rgazmalilik onglilikka olib keladi.

3. Didaktik tamoyillar turlari

Ta’lim tamoyillari. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv

jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko’ra tashkil etiluvchi

ta’lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini

belgilovchi mazmundir. Ta’lim tamoyillarida ta’limning aniq, tarixiy tajribaga

asoslanuvchi me’yoriy asoslari (qoidalari) o’z ifodasini topgan. Ta’lim

tamoyillarini bilish o’quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish,

uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o’quv materialini mazmunini

tanlab olish, maqsadga muvofiq ta’lim shakli va metodlarini tanlash imkonini

beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o’qituvchilar va o’quvchilarga yaxlit

jarayonning bosqichlariga amal qilish, o’zaro aloqalar va hamkorlikni amalga

oshirishga imkon beradi.

Ta’lim tamoyillari o’zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta’lim

nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta’lim jarayonining yangi

qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari ham shakllanadi,

eski ko’rinishlari o’zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O’qitish

va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning

umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko’zga tashlanmoqda.

Tamoyillar ta’lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida

tomonlarini aks ettiradi.

Ta’limni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillaridan tashkil topgan

tizim sifatida e’tirof etish mumkin:

I. Ta’limning mazmunli tamoyillari. Ular ta’lim mazmunini tanlash bilan

bog’liq bo’lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g’oyalarni ifodalaydi:

- fuqarolik;

- ilmiyligi;

- tarbiyalovchi ta’lim;

- fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi (ta’limning hayot bilan,

nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi);

- tabiat bilan uyg’unligi;

- madaniyat bilan uyg’unligi;

- insonparvarligi.

Fuqarolik tamoyili. Unga ko’ra ta’lim mazmunini shaxsning

sub’ektivligini rivojlantirish, uning ma’naviyligi va ijtimoiy yetukligiga

yo’naltirishda

namoyon

bo’lishi

kerak.


U

ta’lim


mazmunini

insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash, O’zbekiston

Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, o’zbek

xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy

siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi tasavvurlarining

shakllanishi bilan bog’liq.

Ta’limning ilmiyligi tamoyili ta’lim mazmunini zamonaviy fan va

texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to’plagan tajribaga mos

kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta’lim vaqtida va o’qishdan tashqari vaqtda

amalga oshiriladigan ta’lim mazmuni o’quvchilarni ob’ektiv ilmiy dalillar,

hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib

berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari

bilan tanishtirishga yo’naltirilgan bo’lishini talab etadi.

Ta’limning tarbiyalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta’lim

va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta’lim jarayonida

barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko’zda tutadi. Ta’lim jarayonida

tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi

navbatda, o’quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual

qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog’liq.

Ta’limning fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi tamoyili umuiy o’rta

ta’lim maktablaridayoq o’quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan

o’tadilar. Mazkur holat an’anaviy didaktikada ta’limning hayot bilan,

nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi kabi ifoda etiladi.

O’qishda fundamentallik bilimlarning ilmiyligi, to’la va chuqur bo’lishini

ko’zda tutadi. U odamdan yuksak intellektual salohiyat, fikrlash layoqatining

tadqiqotchilik ko’rinishda bo’lishi, bilimlarini doimiy ravishda to’ldirib borish

istagi va malakalarini talab etuvchi zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga

asoslangan. Fundamental bilimlar aniq bilimlariga qaraganda sekin eskiradi,

shuningdek, inson va xotirasiga emas, ko’proq uning fikrlash layoqatiga bog’liq

bo’ladi. Ta’limning fundamentalligi bilimlar mazmunining muntazamligi,

nazariy va amaliy jihatdan o’zaro nisbatda bo’lishni talab etadi.

Ta’limning tabiat bilan uyg’unligi tamoyili. Ya.A.Komenskiy o’zining

tabiatga uyg’un bo’lishi g’oyasini ifoda etib, tabiatda hayot bahordan

boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini

ta’kidlaydi. Ertalabki soatlar mashg’ulotlarni bajarish uchun juda qulay

hisoblanadi. O’quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda

bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo’lishini

ta’minlaydi. Demak, tabiat bilan uyg’unlik g’oyasi asta-sekinlik, ketma-ketlik va

mustaqil faoliyat kabi ta’lim tamoyilining asosi hisoblanadi.

O’zbek pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878-1934 yillar) ta’lim va

tarbiyani yo’lga qo’yishda tabiatga uyg’un bo’lishi g’oyasining davomchisi

bo’lgan. O’zining “Turkiy guliston yohud axloq” nomli asarida bola shaxsining

tabiiy mukammalligiga ishonch bildiradi. Abdulla Avloniy bola tabiatan

go’zallik va mehribonlik bilan uyg’unlikda tug’iladi deb yozadi. Allomaning

fikricha, ta’lim va tarbiyaning vazifasi bola shaxsining rivojlanishi uchun

yordam beruvchi sharoitlarni yaratishdan iborat.

Abdulla Avloniy bolani milliy madaniyat, vatanga muhabbat asosida

tarbiyalash g’oyasining tarafdori bo’lgan, bu xususida allomaning asarlarida

quyidagi fikrlar o’z ifodasini topgan: “.... odam tug’ilgan va o’sib ulg’aygan

shaharni va shu shahar joylashgan mamlakatni bu odamning Vatani deb

aytadilar. Biz turkistonliklar o’zimizning quyoshli diyorimizni jonimizdan ham

ortiq yaxshi ko’rishimiz kabi arablar o’z Arabistonini, ... eskimoslar esa

o’zlarining SHimolini yaxshi ko’radilar” deb yozadi. A.Avloniyning fikricha,

xalqparvarlikka asoslangan ta’lim va tarbiya yoshlarga vatanparvarlik

namunalarini ko’rsatishga undashi kerak.

Ta’limda insonparvarlik tamoyilini bolaning shaxs sifatidagi qadr-

qimmati, uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini ta’minlash, uni

rivojlantirishi, ijodiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi, unga hayotda o’z

o’rnini topishda yordam ko’rsatishi va hokazolarni nazarda tutadi.

“Insonparvarlik” va “odamiylik” so’zlari yunoncha humanus

“odamiylik” bir so’zdan kelib chiqqan. Insonparvarlik, odamiylik ma’naviy-

axloqiy tushunchalardir. Insonparvarlik g’oyasi antik davr faylasuflari (Suqrot,

Aflotun, Arastu va boshqalar) qarashlarida ilk bor ko’zga tashlanadi. Markaziy

Osiyoda insonparvarlik g’oyalari SHarq Uyg’onish davrida keng rivojlandi. Abu

Nasr Forobiyning fikricha, bolani eng avval o’qimishli, saxovatli inson qilib

tarbiyalash kerak, zero, salbiy nuqsonlar bolalikdan paydo bo’ladi. SHu bois

oilada tarbiyani yo’lga qo’yishda xato qilmaslik zarur.

O’zbekiston Respublikasida huquqiy, demokratik jamiyat barpo

etilayotgan mavjud sharoitda uzluksiz ta’lim tizimi oldida barkamol, har

tomonlama rivojlangan, erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash vazifasi

turibdi. Mazkur vazifa ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan

insonparvarlik munosabatida bo’lish orqali ijobiy hal etiladi. Bolalarga nisbatan

insonparvarlik munosabatida bo’lish ularning taqdiri haqida qayg’urish, uning

qobiliyatini ko’ra olish, unga ishonish, shuningdek, bolaning xatoga yo’l

qo’yish, shaxsiy nuqtai nazarga ega bo’lish huquqini qadrlashni nazarda tutadi.

Ta’limning tashkiliy–metodik tamoyillari. Ta’limni tashkil etish

metodikasi ta’lim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas.

Bu borada muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish

zarur. Bunday talablar ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari deb

yuritiluvchi tamoyillar mazmunida o’z ifodasini topgan:

- Ta‘limning ilmiy bo’lish qoidasi;

- ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;

- ta’limda onglilik va ijodiy faollik;

- ta’limda ko’rgazmalilik;

- ta’limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi);

- ta’limning tushunarliligi;

- guruhli va individual ta’lim birligi;

- ta’limning o’quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;

- oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning

muvofiqliligi;

- pedagogik hamkorlik.

Ta‘limning ilmiy bo’lish qoidasi. Ilmiy bo’limlar-voqelikning xaqqoniy

in’ikosidir. Tevarak- atrofini o’rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va

xodisalarning ichki muhim xossalarini va o’zaro aloqalarini aks ettiruvchi

bilimlargina ilmiy hisoblanadi.

Ta’limning ilmiyligi qoidasi o’quvchininig o’quv materialidagi qonuniyatlarni

aks ettirishi, tushinishi va o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish maqsadida

zarurdir.

Nazariy qoidalarni tushinish - materialni ilmiy asosida izohlab berishning

muhim belgisi bo’lib, u o’quvchining fikrlash faoliyati xususiyatlarini

belgilaydi. Ilmiy-bilimlar ilmiyligicha qolib, voqelikni har xil bo’lish qoidasi.

Ilmiy izoh ta’limning hamma bosqichlarida, har bir sinfda ilmiylik qoidalari

vazifalaridan biri - nazariy ma’lumotlar tizimini shy ma’lumotlarda tevarak-

atrofdagi dunyoni qanchalik chuqur aks etganligi nuqtai nazaridan bilib olishdir.

Ilmiylik qoidasi barcha guruhlardagi va turli o’quv yurtlaridagi o’quvchilarga

o’rganish uchun ilmiy jihatdan ishonarli, amalda sinab ko’rilgan ma’lumotlar

berilishini talab etadi.

Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyo qarash,

e’tiqod tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi.

Ta’limning ilmiy bo’lish qoidasi ta’lim jarayonida o’quvchilarni Hozirgi zamon

fan-texnika taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan

qurollantirish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishni

ta’minlashga qaratilgan.

Didaktikaning ilmiylik qoidasi maktab ta’limning mazmunigagina

aloqador bo’lib qolmay, o’qitish usullariga ham aloqadordir. U ta’lim

jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydalana oladigan o’qitish usullarini

takomillashtirishni ham talab qiladi.

Ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamoyili bilish

bosqichlarining ob’ektivligini anglatadi.

Izchillik ta’lim mazmuni, uning shakli va usullari, o’quv jarayoni

ishtirokchilari bo’lgan sub’ektlarning o’zaro munosabatlariga taalluqli. U

alohida parsial (yunoncha partialis - qisman) va xususiy o’quv vaziyatlari,

predmet va hodisalar o’rtasidagi bog’liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-

sekin o’zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o’quv jarayoniga birlashtirishga

imkon beradi.

Izchillik ta’lim jarayonining ma’lum tizim va ketma-ketlik asosida

bo’lishini nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni

o’rganmay turib hal etib bo’lmaydi.

Muntazamlik va ketma-ketlik u yoki bu o’quv materialini o’zlashtirish

sur’ati, uning elementlari o’rtasidagi o’zaro mosligini tahlil qilishga imkon

beradi. Ta’limning muntazamliligi va ketma-ketligi ma’lum fanlar bo’yicha

bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish, borliqni yaxlit idrok etish

o’rtasidagi qarama-qarshilikni hal etishga imkon beradi. Ushbu holatlar birinchi

navbatda dastur va darsliklarni muayyan tizimda yaratish, fanlararo hamda

fanlar ichidagi bog’liqlikni ta’minlash evaziga namoyon bo’ladi.

Onglilik va ijodiy faollik tamoyili. Uning asosini fanni o’rganishda

muhim ahamiyatga ega bo’luvchi qoidalar majmuini shakllantirish tashkil etadi.

Bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bog’liq:

ta’lim motivlari, o’quvchilarning faollik darajasi, o’quv-tarbiyaviy jarayonning

samarali tashkil etilishi, o’qituvchi tomonidan qo’llanuvchi ta’lim metodlari va

vositalarining samaradorligi va boshqalar. O’quvchilarning faolliklari

reproduktiv va ijodiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Mazkur tamoyil

o’quvchilarning tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.

Ko’rgazmalilik tamoyili ta’lim jarayonini tashkil etish asosida yotuvchi

muhim qoidalardan biri hisoblanadi. YA.A.Komenskiy uni didaktikaning “oltin

qoidasi” deb atagan. Unga binoan ta’limda inson sezgi organlaridan foydalanish

kerak. “Agarda biz o’quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar paydo qilishni istasak,

unda biz umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko’rish bilan

Ta’limga intilishimiz kerak – deb ta’kidlaydi u – agarda qandaydir predmetni

baravariga bir necha sezgi organlari bilan qabul qilish mumkin bo’lsa, mayli ular

baravariga bir necha sezgilari bilan o’rganilsin”

1

.



Tajribalar asosida o’rganilayotgan narsani namoyish etish va jarayon

mohiyatini hikoya qilib berish o’zlashtirish darajasini birmuncha oshiradi.

Xususan, axborotlarni eshitib qabul qilish samarasi 15 foiz, ko’rib qabul qilish

esa – 25 foizni tashkil etadi. Ta’lim jarayonida ularni bir vaqtda ishtirok etishi

natijasida ma’lumotlarni qabul qilish samaradorligi 65 foizgacha ortadi.

Ko’rgazmalilikdan o’quv jarayoni barcha bosqichlarida foydalanish

mumkin: yangi materialni o’zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlarni tashkil

qilish hamda o’quvchilarning dastur materiallarini o’zlashtirishlarini tekshirish

va baholashda.

Ta’limning samaradorligi va ishonchliligi tamoyili. An’anaviy

didaktikada u mustahkamlik tamoyili kabi ifoda etiladi. Agarda o’qitish jarayoni

ta’lim maqsadlariga erishishni ta’minlamasa, u holda ushbu jarayonni tashkil

etish zaruriyati yuzaga kelmaydi. SHu bois ta’lim samarali, shuningdek,

rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo’lishi kerak.

Ta’limning ishonchliligi va mustahkamliligini ta’minlash uchun

o’quvchilar o’qish jarayonida o’quv-o’rganish harakatlarining quyidagi to’la

siklini o’zlashtira olishlari zarur: o’rganilayotgan materiallarni dastlabki qabul

qilish, uni chuqurroq anglab yetish, eslab qolish, o’zlashtirilgan bilimlarini

qo’llash bo’yicha ma’lum faoliyatni amalga oshirish, ularni takrorlash va

tizimlashtirish.

Ta’limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada an’anaviy

hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo’yiladi. CHuqur, mustahkam

bilimning asosiy belgisi eng fundamental g’oyalar, qoidalar, tushuncha,

kategoriyalarni tushunish, chuqur o’zlashtirish, o’rganilayotgan materiallar

mazmunini puxta anglashdan iborat.

Ta’limning

tushunarliligi

tamoyili

o’quvchilarning

mavjud


imkoniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog’lig’iga yomon ta’sir

etuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi.

Ta’limning tushunarli bo’lishi o’quvchilarning yoshi, bilish imkoniyatlarini

hisobga olib o’qishning mazmunini to’g’ri aniqlash demakdir, ya’ni, har bir

o’quv fani bo’yicha o’quvchilar egallab olishi zarur bo’lgan bilim, amaliy

ko’nikma va malakalari hajmini to’g’ri aniqlashdir. Bu tamoyil o’quv jarayonini

o’quvchilarda qiyinchiliklarni yengish istagini hosil qiluvchi va shaxsiy

muvaffaqiyatlarining natijalaridan quvonish tuyg’usini yuzaga keltirishga

yo’naltirilganligini ifodalaydi. Bu bolalarda ko’zga tashlanuvchi qattiq

hayajonlanish, shuningdek, o’quv masalalarini yechishdagi ishonchsizlikni

yo’qotishga yordam beradi.

Guruhli va individual ta’limning birligi tamoyili shaxsning, bir

tomondan atrofdagilar bilan munosabatda bo’lish, ijtimoiy aloqalarni yo’lga

qo’yishga intilishi, ikkinchi tomondan esa, yakka holda ta’lim olishga bo’lgan

xohishini aks ettirishga xizmat qiladi. Muomala faoliyatning alohida turi bo’lib,

uni tashkil etish jarayonida boshqalar haqidagi tasavvur va tushuncha yuzaga

keladi. Atrofdagilar bilan munosabatni yo’lga qo’yish o’zaro aloqalarning hosil

bo’lishi va rivojlanishini, alohida bo’lish esa shaxsning ijtimoiylashuvi hamda

rivojlanishini ta’minlaydi.

An’anaviy ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra guruhli hisoblanadi, zero, u 30-40

nafar o’quvchilardan iborat o’quv guruh (yoki sinf)larida tashkil etiladi. 100-200

nafar talabalardan iborat kurslarda esa ta’limga sarflanadigan harakatlarni

kamaytirish maqsadida ma’ruzalar o’qish tashkil etiladi. Guruhli ta’lim

munozara, muzokara tashkil etish uchun qulay sharoitga ega bo’lib, o’quv

masalalarini yechishning eng samarali yo’llarini birgalikda izlashni ta’minlaydi,

o’zaro yordam ko’rsatish uchun sharoit yaratadi, o’quvchilarning mas’uliyat

hissini oshiradi. O’quv muvssasalarida guruhli ta’limni tashkil etish jamoani

shakllantirishning asosiy shakli sanaladi.

Ta’limning o’quvchilarning yoshi va individual xususiyatlariga mos

kelishi tamoyili o’quvchilarning yoshiga ko’ra va individual yondashuvni

anglatadi.

YOshiga muvofiq yondashish o’quvchilarning psixik xususiyatlari,

shaxsiy rivojlanganlik darajasi, ma’naviy-axloqiy sifatlari, ijtimoiy yetukligini

baholay olishni nazarda tutadi. Agarda qo’yilayotgan talablar yoki ta’limning

tashkiliy tuzilishi o’quvchilarning yoshi imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki

ilgarilab ketsa, o’quv faoliyatining samarasi pasayadi. Individual yondoshish

o’quvchilarning murakkab ichki dunyosini o’rganish, yuzaga kelgan

munosabatlar tizimini tahlil qilish va shaxs shakllanishi sodir bo’ladigan ko’p

turdagi sharoitlarni aniqlashni talab etadi.

Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning birgaligi

tamoyili pedagog tarbiyalanuvchini shaxs sifatida hurmat qilishi zarur. Oqilona

talabchanlik maqsadga muvofiq bo’lsa, ta’lim-tarbiya jarayoni, shaxsning to’liq

va barkamol rivojlanishini ta’minlay olsa samarasi ancha yuqori bo’ladi.

O’quvchilarga nisbatan talabchanlik ularni tartibli, intizomli bo’lish, burchlarni

o’z vaqtida bajarish ko’nikmalariga ega bo’lishlarini ta’minlashi lozim. SHaxsga

hurmat insondagi ijobiy xislatlariga tayanishni ko’zda tutadi.

Hamkorlik tamoyili ta’lim jarayonida shaxsning ustuvor mavqeini

ta’minlash, uning o’z-o’zini anglashini anglatadi. Bu tamoyil o’zaro

munosabatlar jarayonida sub’ektlar o’rtasidagi aloqalarning dialog shakli,

shaxslararo munosabatlar mazmunida esa empatiya (yunoncha «empathlia» –

birgalikda tashvishlanish, ya’ni, boshqa odamning tashvishlarini tushunish)ning

ustunligiga erishishni talab etadi.

Ikkinchi bob bo’yicha xulosa

Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari bilan tanishish natijasida quyidagi

xulosalarga keldik. Qonuniyat-bu barqaror, zaruriy, u yoki bu hodisalar va

jarayonlar o`rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Ijtimoiy ehtiyojlar va

sharoitlar o`quv jarayonining xarakteri, uning vazifalari, mazmuni, shakllari,

usullari va vositalari qonuniy ravishda aniqlab beradi. Agar o`qitish jamiyat

talablarini e'tiborga olmasa, u holda uni, albatta, qayta qurish takomillashtirish

kerak.


Demak, ta'lim berish, tarbiyalash va o`quvchilarning umumiy

rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ifodalangan qonuniy

didaktik aloqalarni va o`qitish qoidalarini ilmiy asoslangan o`zaro borlanishda

qo`llash ko`nikma va malakalarni chuqur, puxta, ongli va ta'sirli

o`zlashtirilishini ta'minlaydi. O`qitishni aynan shunday natijaga qaratish uning

onglilik, puxtalik, ta'sirchanlik qoidalarini xarakterlaydi.

Har bir o`qituvchi shuni anglab yetishi muhimki, o`quv jarayonini

samarali qurish-bu, ishda o`zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar,

didaktik qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni hal qilishda

ijodiy foydalangan holda, ulardan butunlay va o`zaro aloqada foydalanish

demakdir. O`qitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun butun qonuniyatlar

birligini va didaktik qoidalarini e'tiborga olish zarur.

O`qitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan

muhim talablar kelib chiqadiki, buni o`qitish qoidalari deb ataydilar. O`qitish

qoidalarini bilish o`qitishning zarur usullarini yanada ishonchliroq tanlashga

imkon beradi.

Ta'lim qoidalari - o`qituvchining faoliyatini va o`quvchilar tomonidan

ilmiy bilimlarning o`zlashtirilishi, tegishli ko`nikma va malakalar hosil

qilishning asosiy qonun va yo’l-yo`riqlarini o`z ichiga oladi. Shu bilan bir

vaqtda ta'lim qoidalari xar ikkala faoliyatni, ya'ni o`qituvchi va o`quvchi

tomonidan o`z oldiga quyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish

imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi. Shunga

ko`ra ta'lim qoidalari o`qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy

jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.

Ta'lim qoidalariga quyidagilar kiradi:

1. Ta'limning ilmiy bo`lish qoidasi.

2. Ta'limning tizimi va izchil bo`lishi qoidasi.

3. Ta'limning tarbiyalovchilik xarakteri.

4. Ta'limda nazariyaning amaliyot bilan boglig` bo`lishi qoidasi.

5. Ta'limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.

6. Ta'limda ko`rsatmalilik qoidasi.

7. Ta'lim jarayonida har qaysi o`quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish

qoidasi.

8. Ta'limda ilmiy bilim va ko`nikma, malakalarni puxta, mustahkam

o`zlashtirish qoidasi.

9. Ta'limning o`quvchiga mos bo`lishi qoidasi.

10. Ta’lim va tarbiyaning birligi qoidasi.


Download 34,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish