Sana ” yil Ma’naviyat fani Sinf: 11



Download 1,77 Mb.
bet13/17
Sana23.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#402695
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
11-sinf Din tarixi

O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.

Sana ___ ______”_________-yil DUNYO DINLARI TARIXI fani Sinf: 11_______
Mavzu: 20-21-§. Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili

O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:

Kommunikativ kompetensiya:

O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.

O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;

ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;



I. Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.

b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish

v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.



II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.

V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.

VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:

Darsning texnik chizmasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Darsni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa
VIII. Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash

c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX. O’tilgan mavzuni takrorlash

X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:

DIN VA KINEMATOGRAFIYA. DIN VA BADIIY ADABIYOT

Ertalab uyqudan uyg‘ongan vaqimizdan to kech uyquga ketgan vaqtimizgacha atrofimizdagi barcha narsalar bizga o‘zi haqida ma’lumot berib turadi. Bugungi kunda ma’lumotlar shu qadar ko‘pligidan keraksiz axborotlar bilan xotiramiz tobora to‘lib bormoqda.

Radio, televidenie, telefon, internet kabi axborot tarmoqlari orqali uzatilayotgan ma’lumotlar turli ko‘rinishga ega. Ular orasida matn, surat, video, turli belgilar tizimi va boshqalar mavjud. Kinematografiya bugungi kunda ma’lumot uzatishning eng intensiv usuliga aylandi. Kino nafaqat ma’lumot uzatish, balki tarbiyalash, mafkura, dunyoqarash va e’tiqodni shakllantirish vazifasini bajarmoqda.

Bugungi kunda kino olami va ularning insonlar ongiga ta’siri ortib bormoqda. Kinoning inson ongiga ijobiy jihatlari ham bisyor. Ammo «parda ortida» esa ular bilan bog‘liq bo‘lgan qator salbiy jihatlar ham mavjud. Chunki tomoshabin kinoni ko‘rib o‘tirar ekan, uning umumiy ma’nosini tushunishdan tashqari uning botiniy ma’no ham kasb etishini, to‘g‘risi, ko‘pchiligimiz tasavvur qilmaymiz. Tarixiy kino bo‘ladimi, drama, komediyami, bularning farqi yo‘q.

Eng qizig‘i tomoshabinning ongiga xuddi real voqelikda bo‘layotgan hodisalardek kirib keladi. Asta-sekin, ya’ni kino voqealarining davomida tomoshabin xayoliga ham kelmaydigan holatlarni shunaqangi ideallikda gavdalantiradiki, natjada u kinodagi voqelikka ishonib ketadi. Agar 3G formatidagi filmlar bo‘lsa, filmning ishtirokchisiga aylanasan. Texnika taraqqiyotidan salbiy maqsadlarda foydalanadigan kimsalar ham bor. Ular hali dunyoqarashi to‘liq shallanmagan bolalarni ongini zaharlashga urinishlarini uchratamiz

Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol foydasini ham, zararini ham ko‘r.

Boshqalarning fikrini o‘ylab o‘tirgandan ko‘ra o‘z ustingda ko‘proq ishla. Lev Tolstoy

O‘tgan asrning oxirida yoshlar o‘rtasida karate, kungfu kabi qo‘l jangi san’atini targ‘ib qiluvchi filmlarni qiziqib tamosha qilish urf bo‘ldi. Bunday filmlar jang san’atini chiroyli qilib ko‘rsatish sahnalari bo‘lishi bilan birga, ularda shafqatsizlik, hayosizlik, diniy va milliy urf odatlarga zid bo‘lgan sahna ko‘rinishlarini ham o‘z ichiga olgan edi. Bu esa, 1980-90-yillardagi jinoyatchilik bilan bog‘liq voqealarda o‘zining aksini namoyon qildi.

Turli missioner tashkilotlarning kinematografiya orqali o‘z g‘oyalarini ilgari surishlari har xil ko‘ri nishda – ochiq-oydin, ishora qilish, yashirin, psixologik ta’sir o‘tkazish va boshqa yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin.

Har bir oilada sevib tomosha qilinadigan turli g‘arb va boshqa davlatlarning seriallarida oilaning do‘sti ruhoniy barcha muammolarni hal etadigan, oila a’zolarining sir asrorlaridan xabardor shaxs sifatida targib etiladi. Yoki hind kinolarida biror-bir dinga sig‘inish marosimi (fil, maymun, sigir yoki boshqa) ko‘rsatiladi va ular xalaskor sifatida talqin etiladi.

Buning natigasida nafaqat bolalar balki kattalar ham aynan ana shu ⥇lmlardagi ibodat sahnalariga ba’zan bilib-bilmay taqlid qiladilar. Masalan «Faryod-1» o‘zbek filmida ota qizini qaytarib olib ketishlari uchun quda tomononga ikki kaftini bir biriga tirib (hind filmlaridagidek) iltimos qiladi.

VIRTUAL MESSENJERLAR VA ULARDAN TURLI EKSTREMISTIK OQIMLARNING FOYDALANISHI

Hozir g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchliroq bo‘lib borayotgan davrdir.

Yuzdan ortiq xalqaro kanallar oynai jahon hama global tarmoq orqali mafkuraviy xurujlar tahdid solib turgan davrda yashamoqdamiz. Internet virtual, ammo obyektiv hodisadir. Uning hayotimizga kirib kelishiga to‘siq qo‘yib bo‘lmaydi. Shuningdek, virtual messenjerlar orqali taratiladigan mafkuraviy tahdidlarga hech qanday chegara to‘sqinlik qila olmaydi. Internet orqali ijobiy ma’lumotlar bilan birga inson xulq-odobiga salbiy

ta’sir etuvchi axborotlar ham uzatilayotgani aniq.

Axborot vositalaridan g‘arazli maq sadda foydalanish, aholi ongiga salbiy ta’sir o‘tkazish orqali siyosiy va iqtisodiy hukmronlikka erishishga urinishni – axborotlar

urushi deyiladi.

Axborotlar urushi shaxs yoki mamlakatning tinchligiga tahdid solgan holda, unga bosim o‘tkazishda namoyon bo‘ladi. Axborotlar urushi ijtimoiy, siyosiy, etnik va boshqa tizimlarning o‘z manfaatlari yo‘lida bir-birlariga ochiq va yashirin maqsadli ta’sirlarini ham qamrab oladi.

Masalan, jangarilar o‘zlarining qabih maqsadi yo‘lida internetdan ustalik bilan foydalanmoqda. Buzg‘unchi guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan insoniyatga qarshi jinoyatlar ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, internet orqali ko‘p namoyish etilmoqda.

O‘ZBEKISTONDA AXBOROT XURUJLARINING OLDINI OLISH BO‘YICHA HARAKATLAR

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi «Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 10-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi hamda «Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomlar tasdiqlandi.

Ushbu Nizomlar O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish tartibini, diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatishga mo‘ljallangan diniy mazmundagi materiallarning davlat dinshunoslik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish bo‘yicha faoliyat hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatishga mo‘ljallangan diniy mazmundagi materiallarning davlat dinshunoslik ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda ushbu Nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi.

XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:

1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?

2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.

XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.

XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: DUNYO DINLARI TARIXI 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.


Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish