IV.Yangi mavzuning bayoni. . Braziliya Janubiy Amerikadagi yirik davlatlardan biri bo`lib unda 15 mln. aholi yashagan. Braziliya, aym paytda, eng qoloq davlat ham edi. Braziliyada qullik, qashshoqlik, jaholat va huquqsizlik keng avj olgan edi. Qullarni sotadigan bozorlar, o`z oilasiga, o`z uyiga ega bo`lish huquqidan mahrum bo`lgan kishilarni sotish, zahmatkash qulni nazoratchilar tomonidan qamchilab ishlatish 70-80- yillarda odatiy hol edi. Yirik qo`zg`olonlardan biri Riu-Grandi-du-Norti viloyatida Bonifatsio boshchiligida shakarqamish plantatsiyalarida ko`tarilgan qullar qo`zg`oloni bo`ldi. Qullar o`zlarining negr respublikasini e`lon qildilar va Bonifatsioni uning prezidenti etib sayladilar. Respublikaning asosiy vazifasi qullarni ozod qilish, deb hisoblagan Bonifatsio viloyat poytaxti Natal shahriga yurish boshladi. Biroq, hukumat qo`shinlari yoida unga yetib oladi va tor-mor qiladi. Negr Andres Rebusaz Braziliyaning ko`zga ko`ringan muhandisi va Rio-de-Janeyrodagi qulchilikka qarshi bo`lgan konferensiyaning tashkilotchisi bo`ldi. 1883- yilda do`sti, publitsist Joze va Patrosino bilan birga qullikdan ozod qilishga chaqiruvchi «Ozodlik manifesti»ni yozdilar. Burjualashgan plantatorlar abolitsionistik harakatni quvvatladilar. Eng yirik plantator Antonio Predo o`z qullarini ozod qilib yubordi. U saroy vaziri bo`lgach, qullarni ozod qilish haqida taklif kiritdi. Kasalligi uchun Yevropada yashayotgan imperator Pedru II o`rnida vaqtincha turgan regent-malika Izabel 1888- yil 13- mayda Braziliyada qullarni ozod qilish haqidagi «Oltin qonun» nomi bilan mashhur qonunga qo`l qo`ydi. Mamlakatda bu paytda 750 ming qul bor edi. Respublika e'lon qilinishi. Qulchilik bekor qilingach, respublika uchun kurash kuchayib ketdi 1889-yil 14-iyulda Rio-de Janeyroda respublika tarafdorlarining katta namoyishi bo`lib o`tdi. Namoyishda talabalar, hunarmandlar, savdogarlar va shaharliklar qatnashdi. Politsiya namoyishni tarqatishga urinib ko`rdi va boshliqlarini turmaga tashladi. Bu namoyishdan armiyada marshal Deodoru de Fonseko rahbarligida isyon ko`targan respublikachilar foydalandi. 1889- yil 19-noyabrda Pedru II taxtdan voz kechib, ingliz kemasida Portugaliyaga jo`nab ketdi. Hokimiyat harbiylar qo`liga o`tdi. Deodoru de Fonseko boshchiligidagi hukumat mamlakatni Respublika deb e'lon qildi. Braziliya 1891- yilda qabul qilgan yangi Respublika Konstitutsiyasiga binoan Braziliya Qo`shma Shtatlari deb ataladigan bo`ldi. Barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini e'lon qildi. Yozish va o`qishni biluvchi fuqarolarga umumiy saylov e'lon qildi (aholining 90 foizi savodsiz edi). Mamlakatning iqtisodiy ahvoli og`ir edi. V. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |