Qashqadaryo viloyati qishloq joylari turizm imkoniyatlari. Qashqadaryo viloyatida yeko, yekstremal, astro, yetno, agro, gastranomik turizm turlarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar mavjud bo‘lib, qo‘shimcha ravishda trekking, chodirli kemping, parashyutdan sakrash, alpinizm, otda sayr qilish kabi xizmatlar tashkil qilinadmokda. Qashqadaryo viloyatning tekislik va cho‘l mintaqalari bo‘lgan Nishon, Mirishkor, Muborak, Qarshi, Koson va Kasbi tumanlari poliz ekinlari yetishtirishga ixtisoslashgan. Tarvuz-qovun yetirishtirish Chiroqchi tumani, Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlari uzumchilik va bog‘dorchilik rayonlariga aylantirilgan. Kitob va Shahrisabz tumanlari qadimdan anorchilik va bog‘dorchilikka ixtisoslashgan bo‘lib, ulardan agroturizmni rivojlantirishda samarali foydalanish mumkin. Mirishkor, Qarshi va Nishon tumanlarida baliqchilik xo‘jaliklarining tashkil etilganligi turizm sohasini rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. Kelgusi besh yilda Shahrisabz shahridagi “Shahrisabz tarixiy markazi”da “Shahrisabz gilamlari va do‘ppilari” xalqaro muzeyi, Qamashi tumanida “Langar ota” ziyoratgohi yaqinida «Hattotlik» maktabini yaratish va Shahrisabz tumanining “Miraki», “Suvtushar”, «Ko‘l», “G‘yelon” qishloqlari, Kitob tumanining“Bashir”, “Qaynar” qishloqlari, Yakkabog‘ tumanining “Tatar” va Mirishkor tumanining“Jeynov” qishloqlarida “turizm qishloqlari” tashkil qilinmoqda. “Varganza” turizm qishlog’iga aylantirildi. - Surxondaryo viloyati qishloq joylari turizm imkoniyatlari. Surxondaryo viloyatida arxeologik, yeko, agro, ziyorat, tibbiyot, gastronomik, yekstremal turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. 2022-2026-yillarda viloyatning Sariosiyo tumanida “Sangardak”, Sherobod tumanida “Chorbog‘”, Oltinsoy tumanida «Xo‘jaipok» va Boysun tumanida “Omonxona” hamda “Sayrob” turizm qishlog‘i tashkil yetish, Termiz shahrida “Gastronomik ko‘cha”, “Turizm ko‘chasi”, “Kushonlar davlati tarixi” muzeyini barpo yetish, arxeologik va ziyorat turizmi obyektlarni saqlab qolish, Boysun tumanidagi Xo‘jamayxona darasida“geologik park” tashkil yetish, tibbiyot turizmiga qo‘shni davlatlar fuqarolarini jalb yetish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Toshkent shahrida biznes (ishchi), tarixiy-madaniy, MICE, gastronomik, yetno, shopping turizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Kelgusi 5 yilda shaharda xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantiriladi va xizmat sifati yaxshilanadi. Yangihayot tumanida«Ekstremal turizm zonasi”, Yashnobod tumanidagi yer usti metrosi bo‘ylab zamonaviy «Food truck»larni tashkil yetish, Olmazor tumanida ziyoratchi turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi “Halol turizm markazi» faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda Ramazon oyida xorijiy tajribadan kelib chiqib, yarmarka va turli ko‘ngil ochar tadbirlarni Suzuk ota, Xasti Imom, Shayx Zayniddin ziyoratgohlari hududida tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |