Buxoro viloyati qishloq joylari turizm imkoniyatlari. Buxoro viloyati mahalliy va xorijiy sayyohlar orasida ziyorat turizm salohiyati bilan tanilgan. Buxoro viloyatida jami 829 ta moddiy-madaniy meros ob’ektlari davlat muhofazasiga olingan bo‘lib, 2022-2026-yillarda sayyohlar tashrif buyuradigan madaniy meros ob’ektlari soni 139 tadan 200 taga yetkazilmokda. Viloyatda xalq amaliy san’atining zardo‘zlik, zargarlik va an’anaviy hunarmandchilik, gilamdo‘zlik, qandolatchilik shakllari rivojlangan bo‘lib, sayyohlar tomonidan mazkur mahsulotlar keng harid qilinadi. Buxoro shahridagi YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Tarixiy markaz” infratuzilmasi yaxshilanmokda. 2022-2026-yillarda Abu Ali ibn Sino tug‘ilgan joy - Peshko‘ tumani Afshona qishlog‘ida “X asr yetnik qishlog‘i”ni barpo etish, Vobkent tumani “Shirin”, G‘ijduvon tumanining “Qo‘rg‘on” mahallalarida turizm qishloqlari, Buxoro shahrida “gastronomik ko‘cha”, Qorovulbozor tumanidagi “Jayron” ekomarkazida turistk majmua barpo yetiladi. Navoiy viloyati qishloq joylari turizm imkoniyatlari. Navoiy viloyatiga sayyohlar geoturizm, rekreatsion (Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, Tudako‘l suv havzasi), ziyorat, yetno, tibbiyot sarguzasht turizmi yo‘nalishlarida tashrif buyuradi. 2022-2026-yillarda Nurota tumanining «Sar Koriz» qadimiy yer osti suv yetkazib berish quvurini rekonstruksiya qilish orqali ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish va “Sentob” MFYda “Sentob turizm qishlog‘i”ni tashkil qilish, Navbahor tumani Sarmishsoy darasidagi noyob qoyatosh suratlari (petrogliflar), arxeologik-madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish maqsadida YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi yodgorliklari ro‘yxatiga kiritish va Karmana tumanidagi “Amir Olimxon chorbog‘i” tarixiy maskanini rekonstruksiya qilish choralari ko‘rilmokda - Sirdaryo viloyati qishloq joylari turizm imkoniyatlari. Sirdaryo viloyati agro, yeko hamda tibbiyot turizm yo‘nalishlarida yuqori salohiyatga yega. Viloyatda “Barxan», “Chinor”, «Kalgansir» yekoturizm maskanlari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Kelgusi yillarda viloyatda yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish orqali turizm va savdo xizmatlari tashkil qilinadi, Sirdaryo daryosi bo‘yida yengil konstruksiyali joylashtirish vositalari va ko‘ngilochar xizmatlar istiqboldagi sayyohlarga taqdim yetiladi. Agroturizm yo‘nalishida intensiv bog‘lar, sitrus mevalar yetishtiriladigan issiqxonalar, anorchilik va baliqchilik xo‘jaliklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali sayyohlarga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilmokda.
- Jizzax viloyati qishloq joylari turizm imkoniyatlari. Jizzax viloyatida yeko, agro, gastronomik, tog‘ va tibbiyot turizmi rivojlangan bo‘lib, 2021-2026-yillarda “Zomin”turistik-rekreatsion zonasi, «Suffa platosi 2 400» xalqaro umummavsumiy kurorti va «O‘riklisoy» turizm majmuasi ishga tushiriladi. Forish tumanidagi “Uxum”, Zomin tumanidagi “Duoba”, Baxmal tumanidagi“Mo‘g‘ol” qishloqlarida turizm qishloqlari tashkil qilinmokda
Do'stlaringiz bilan baham: |