Masalan, Bo‘stonliq tumani "Chorvoq” erkin turistik zonasi, Ugom-Chotqol milliy bog‘i, “Chorvoq” suv omboriga ega, hududda turizmning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish imkoniyati mavjud; Parkent tumani – tog‘ oldi hududi hisoblanib, tabiati go‘zal, hududning ziyoratgohlari, agroturizm maskanlari, mazali ovqatlanish shoxobchalari mavjud; Zangiota tumani - tarixiy hudud, u ziyorat turizmi ob’ekti bo‘lgan “Zangiota” majmuasi, hunarmadchilik markazlari, savdo majmualariga ega; Ohangaron tumani tarixiy manzilgohlar, madaniy meros ob’ektlariga boy, sanoat turizmi yo’nalishi bo‘yicha turizm namoyishi ob’ektlariga ega; Bo‘ka tumanining gastronomik turizm yo‘nalishida o‘ziga xos turistik ob’ektlari mavjud; Chinoz tumani Toshkent va vohani bog‘lovchi asosiy magistral yo‘l bo‘yida joylashgan bo‘lib, agroturizm, gastronomik turizm va turizmning boshqa turlarini rivojlantirish imkoniyatlariga ega; Angren shahri sanoat shahri ekanligi bilan mashhur, Yangiobod va Lashkarak hududlarining tabiati go‘zal, sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘lbo‘yi ovqatlanish shoxobchalari bor. Ta’kidlash joizki, mazkur konsepsiya doirasida dastlab turizm salohiyati yuqori bo‘lgan Bo‘stonliq, Parkent, Zangiota, Ohangaron, Bo‘ka, Chinoz tumanlari va Angren shahri qamrab olinadi, keyinchalik esa viloyatning boshqa hududlariga ham tatbiq qilinadi. Toshkent viloyatida agro, yeko, tog‘, tibbiyot, gastronomik, yekstremal, tarixiy-madaniy, ziyorat turizmi istiqbolli yo‘nalishlari hisoblanadi. qiladi. Viloyatdagi «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurorti yirik investitsion loyihalardan biri hisoblanadi. Toshkent viloyatidagi turizm obyektlari bo‘ylab sayohat qilish uchun «Oltin xalqa» turizm yo‘nalishi ishlab chiqilgan. 2022-2026-yillarda Toshkent viloyatining Ohangaron tumani «Ovjazsoy» va “Ertoshsoy» turizm qishloqlari, Angren shahrining «Yangiobod” MFY hududlarida “turizm mahallasi”ni tashkil etish, Parkent tumani So‘qoq qishlog‘ida “gastronomik turizm ko‘chasi” tashkil qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmokda. Shu bilan birga, mahalliy aholi bandligini ta’minlash va sayyohlarga maqbul narxlarda joylashtirish xizmatlarini taqdim etish maqsadida oilaviy mehmon uylari tashkil qilishga alohida e’tibor ko‘rsatilgan. Toshkent shahrida biznes (ishchi), tarixiy-madaniy, MICE, gastronomik, yetno, shopping turizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Kelgusi 5 yilda shaharda xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantiriladi va xizmat sifati yaxshilanadi. Yangihayot tumanida«Ekstremal turizm zonasi”, Toshkent shahrida biznes (ishchi), tarixiy-madaniy, MICE, gastronomik, yetno, shopping turizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Yashnobod tumanidagi yer usti metrosi bo‘ylab zamonaviy «Food truck»larni tashkil yetish, Olmazor tumanida ziyoratchi turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi “Halol turizm markazi» faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda Ramazon oyida xorijiy tajribadan kelib chiqib, yarmarka va turli ko‘ngil ochar tadbirlarni Suzuk ota, Xasti Imom, Shayx Zayniddin ziyoratgohlari hududida tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |