Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 0,52 Mb.
bet1/2
Sana18.04.2020
Hajmi0,52 Mb.
#45756
  1   2
Bog'liq
Amirov Toxir Agrokansalting kurs ishi - копия

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI


Qishloq xo`jaligida menejment fakulteti



Qishloq xo`jaligida menejment yo`nalishi

KURS ISHI
Mavzu: Qishloq xo’jaligida transport xizmatlaridan foydalanish bo’yicha axborot maslahat xizmatlari.
Guruh – 208

Bajardi: Amirov Toxir

Tekshirdi: Iragimov G`

SAMARQAND – 2018

Mundarija.

KIRISH.

  1. QISHLOQ XO’JALIGIDA TRANSPORT XIZMATLARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI.

    1. Transport haqida tushuncha……………………………..

    2. Transportlarning turlari va sinflanishi…………………..

    3. Axborot Maslahat xizmatlari haqida tushuncha………...

2. FERMER XO’JALIGIDA TRANSPORT XIZMATIDAN FOYDALANISH.

2.1. Fermer xo’jaliklarida transport xizmatini tashkil qilish xususiyatlari.

2.2. Qishloq xo’jaligida transport munosabatlari va qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi sub’yektlari bilan o’zaro aloqalari.

2.3. Transport munosabatlarning tashkiliy, iqtisodiy huquqiy mexanizmini o’rganish.



  1. QISHLOQ XO’JALIGIDA TRANSPORT XIZMATLARIDAN FOYDALANISH BO’YICHA AXBOROT MASLAHAT XIZMATLARIDAN FOYDALANISHNI RIVOJLANTIRISH.

    1. Qishloq xo’jaligidda transport xizmatlaridan foydalanish bo’yicha axborot maslahat xizmatlarini tashkil etish……...

    2. Qishloq xo’jaligida transport xizmatlaridan foydalanishda axborot maslahat xizmatlarini takomillashtirish…………..

XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………

FOYDALANILGAN ADABYOTLAR RO’YXATI……….

KIRISH

Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq xo‘jaligi sohasi muhim o‘rin tutadi. Zero, milliy daromadning ma`lum qismini aynan agrar sektor bermoqda. Ma’lumki, aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining aksariyati qishloq xo‘jaligida yetishtiriladi. Shu sababli qishloq xo‘jaligini zamo-naviy ilg‘or texnologiyalar asosida rivojlantirish respubli-kamizning bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida hal qiluvchi bo‘g‘in hisoblanadi. Ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish mahalliy sharoitlarga moslangan zamonaviy texnikadan samarali foyda-lanishni talab qiladi. Bu esa murakkab agregatlarni ishlatadigan mutaxassislarning maxsus kasbiy fanlar bo‘yicha egallagan bilimlariga bog‘liq.

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi kasb-hunar kollejlarida o‘qiti-ladigan maxsus fanlar orasida «Qishloq xo‘jaligi mashinalari» muhim o‘rin egallaydi.

So‘nggi vaqtlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu maqsadlarda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tizimi qayta tashkil qilindi. Natijada birgina 2017-yilda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va lizing bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish hajmi 1,7 baravar, mexanizatsiya xizmatlari hajmi 2,5 baravar oshdi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon texnika bilan ta’minlash, texnika parkini yangilash, shuningdek, ularga o‘z vaqtida servis xizmatini ko‘rsatish ishlarida jiddiy kamchiliklar saqlanib qolmoqda, xususan:

birinchidan, real ehtiyoj, agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish muddatlari va moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqib, mashina-traktor parklari, tegishli xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy tashkilotlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish, shartnomalar tuzishning bozor mexanizmlari mavjud emas;

ikkinchidan, eng maqbul agrotexnik muddatlarda ommaviy qishloq xo‘jaligi ishlarini amalga oshirish uchun o‘ziyurar qishloq xo‘jaligi texnikasi yetarli emas, o‘z vaqtida ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmagan;

uchinchidan, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasining pastligi, oqibatda, ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi tannarxining raqobatbardosh emasligi mexanizatsiya xizmatlari va ishlab chiqarilayotgan yakuniy mahsulot narxining oshib ketishiga olib kelmoqda;

to‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishni moliyalashtirish mexanizmi mukammal emas, lizing mexanizmlari, xususiy servis tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari mablag‘larini jalb etishdan yetarli darajada foydalanilmayapti. Qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash va modernizatsiya qilish hisobidan qishloq xo‘jaligini texnik jihatdan jihozlash darajasini yanada oshirish, agrotexnika ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan shakllantirilgan 2018-

yilda hududlar kesimida, jumladan, lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishning qo‘shimcha hajmlari

parametrlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish ustuvor ravishda bir yilda ikki marta –fevral-mart va sentyabr-oktyabr oylarida mahalliy va jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari ishtirokida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi o‘tkaziladigan hududiy yarmarkalar davomida amalga oshiriladi. Bunda fevral-mart oylarida qishloq xo‘jaligi texnikasini joriy yil uchun, sentyabr-oktyabr oylarida – kelgusi yil uchun yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha shartnomalar tuziladi; ishlab chiqaruvchilarga qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun oldindan to‘lov yetkazib berilayotgan texnika narxining 80 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda texnikani yetkazib berish boshlanishidan 120 kundan kam bo‘lmagan muddatda, yakuniy hisob-kitob esa yetkazib berilgan texnika qabul qilingandan keyin 10 ish kuni davomida amalga oshiriladi;

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK 1-ilovaga muvofiq yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish uchun tovarlarni sotib olish bo‘yicha import kontraktlarining kompleks ekspertizasini amalga oshiradi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda: 2018-yilda tumanlar kesimida qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishning qo‘shimcha hajmlari parametrlarini, shuningdek, ushbu qarorni inobatga olgan holda, ularni moliyalashtirish va yetkazib berishning oyma-oy grafiklarini; buyurtmalar portfelini shakllantirish va shartnomalar tuzish, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berishni moliyalashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashgan xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil etish sxemalarini tasdiqlasin.

4. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha

davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qishloq xo‘jaligi texnikasining mahalliy brendini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etishni nazarda tutgan holda Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish konsepsiyasini; 2018-2020 yillarda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining yangi ishlab chiqarishlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash yuzasidan investitsiya loyihalari ro‘yxati bilan birga qishloq xo‘jaligi texnikasining har bir turi bo‘yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini; 2018-2020 yillarda ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tarmoq kooperatsiyasi doirasida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va uning komponentlari tannarxini pasaytirish dasturini; qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berishni moliyalashtirishni yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish bo‘yicha takliflarni kiritsin.



  1. QISHLOQ XO’JALIGIDA TRANSPORT XIZMATLARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI.

1.1 Transport haqida tushuncha

O'zbekistonda umumiy foydalaniladigan yuk va yo'lovchilar tashuvchi transportning quyidagi barcha turi o'z rivojini topgan:

-temir yo'l transporti;

- avtomobil transporti;

- havo transporti;

- shahar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metro);

- daryo transporti;

- quvur transporti.

Respublika mustaqillikka erishgandan so'ng transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat ko'rsatishini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi (1992 y.), "O'zbekiston avtomobil transporti" ("O'zavtotrans") davlat- aksiyadorlik korporatsiyasi (1993 y.), "O'zbekiston temir yo'llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (1994 y.) va boshqa idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksionerlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksionerlik, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.

Moddiy ishlab chiqarish to'rt sohadan: yer resurslarini qazib oluvchi va ishlab chiqaruvchi sanoat, qishloq xo'jaligi va transportdan tashkil topgan. Transportning boshqa ishlab chiqarish sohalaridan farqi shundaki, u yangi mahsulot yaratmaydi, balki ishlab chiqarilgan moddiy boylikni iste’molga yetkazadi. Transport yordamida sohalar, soha ichidagi tarmoqlar, tarmoq ichidagi korxonalar bir-biri bilan bog`lanib ishlab chiqarish jarayoni maromida borishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Transport ishlab chiqarish bilan iste’mol o'rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat buyumlarini bir joydan ikkinchi joyga ko'chirib, jami iste’mol mahsuloti ko'lamiga ta’sir ko'rsatadi.

Transport vositalari yordamida moddiy boyliklar bir joydan ikkinchi joyga ko'chirilishi natijasida iste’molgacha yaqinlashadi, bu esa iste’mol qiymatining tashkil topishini tezlashtiradi.

Transport vositalarining o'ziga xos xususiyatlari ulardan moddiy boylik ishlab chiqarishning hamma sohalarida keng ko'lamda foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Transport vositalaridan foydalanish mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshiradi, mahsulot tannarxini kamaytiradi.

Qishloq xo'jaligida transport vositalaridan foydalanish xalq xo'jaligining boshqa sohalariga nisbatan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi:

birinchidan, qishloq xo'jalik mahsulotlari keng hududda yetishtirilishi tufayli ularni tashish bir qator qiyinchiliklar keltirib chiqaradi;

ikkinchidan, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini mavsumiyligi tufayli yuk tashishni yil mobaynida bir me’yorda amalga oshirib bo'lmaydi. Ayrim hollarda katta miqdordagi yuklarni qisqa vaqt ichida tashish zaruriyati paydo bo'ladi;

uchinchidan, turli xil transport vositalari talab etiladi;

to'rtinchidan, tashiladigan yuklar turi, hajmi, xususiyatiga ko'ra har xildir;

beshinchidan, yuk tashish masofasi har xil bo'ladi;

oltinchidan, transport vositalari shirkat xo'jaliklariga kam boradi. Qishloq xo'jaligida transport vositalaridan foydalanishning bu xususiyatlari qishloq xo'jalik mahsulotlari tannarxida transport xarajatlari miqdorining oshishiga olib keladi. Qilingan hisob-kitoblarga ko'ra mahsulot tannarxida transport xarajatlari 30-40% ni, don mahsulotlari tannarxida 26 % ni, makkajo'xori tannarxida 15 %ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda shirkat xo'jaliklarida tashiladigan yuklarning 80%i avtomobil transportiga, 16%i traktor transportiga va 4%i ot-ulov transportiga to'g`ri keladi. Xo'jaliklararo tashiladigan yuklarning katta qismi avtomobil transporti, xo'jaliklar ichida tashiladigan yuklarning aksariyati esa traktor transporti hissasiga to'g`ri keladi. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida shuningdek havo, suv va temir yo'l

transportidan ham foydalanilmoqda.

Transport vositalaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi ko'rsatkichlar yordamida aniqlanadi:

bir tonna kilometr yuk tannarxi - bu ko'rsatkich qilingan xarajatlarni tashilgan tonna kilometrga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi; transport vositalarining soatlik yoki smenalik ish unumi, bu ko'rsatkich tashilgan tonna kilometr yukning sarflangan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi;

mashinaning ishda bo'lish koeffitsienti - bu ko'rsatkich ishda bo'lgan mashina kunlari sonini mashinaning xo'jalikda bo'lgan mashina kunlari soniga bo'lish bilan aniqlanadi;

mashinaning yuk ko'tarish koeffitsienti - bu ko'rsatkich umumiy tashilgan yukning yuk bilan bosilgan yo'lga nisbati yordamida aniqlanadi. Bunday ko'rsatkichlar bilan birga avtomobilning texnik jihatdan tayyorgarlik koeffitsienti, mashinalarni ishga chiqarish koeffitsienti, mashinalarni o'rtacha ishda bo'lgan vaqti, sutkalik o'rtacha yurgan yo'li, o'rtacha texnik tezligi, yukni o'rtacha tashish masofasi, yuk tashish mavsumiyligi koeffitsienti kabi ko'rsatkichlardan ham foydalaniladi.



Qishloq xo`jaligi mashinalari



3 - G ’ i l d i r a k l I 4 - G ’ i l d i r a k l i

« T T Z 1 0 0 H C » P a x t a « T T Z 1 0 0 H C » P a x t a

yetishtiruvchi mashinasi yetishtiruvchi mashinasi



(99 ot kuchi) (99 ot kuchi)

«PLUS100» « A R I O N 6 3 0 C »

Universal Yer haydovchi traktor Universal Yer haydovchi traktor

(95 ot «G38» kuchi) (110/150 ot kuchi)

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasi tufayli barcha sohalar singari qishloq xo‘jaligi ham jadal rivojlanmoqda. Tarmoqni texnik jihatdan modernizatsiya qilishga, fermer xo‘jaliklari uchun qulaylik yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning ixtisoslashgan xalqaro ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish an’anaga aylandi. Toshkent traktor zavodi (TTZ) o‘z mahsulotlari bilan ana shunday xalqaro ko‘rgazmalar va savdo yarmarkalarida muntazam ishtirok etib kelayotir. Zavod qishloq xo‘jalik texnikasi vositalarini ishlab chiqarish va sotishda qator mamlakatlar bilan keng hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ayni vaqtda Rossiya, Tojikiston va Ozarboyjonda zavodning savdo uylari faoliyat yuritmoqda. Korxonamizda mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi oshib, ularning turlari tobora ko‘paymoqda, – deydi Toshkent traktor zavodi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Jamoliddin Isayev. – Ayni paytda, mahsulotlarning sifati ham doim nazoratda. Chunki mahsulot sifati qanchalik yuqori, narxi qanchalik arzon bo‘lsa, xaridori shuncha ko‘payadi. Mahsulotlarimiz o‘zining sifati va arzonligi bilan buyurtmachilarga ma’qul bo‘layotir. Hozir korxona muhandis-konstruktorlari yangi avlod traktorini yaratish ustida ish olib bormoqda. Uning texnik ko‘rsatkichlarini belgilashda zamonaviy traktorsozlikning eng so‘nggi yutuqlari hisobga olingan. Jumladan, u agregatlari sonining ko‘pligi va tezkorligi bilan ajralib turadi. Yangi traktorning osma tizimdagi yuk ko‘tarish quvvati 3000 kilogrammgacha yetkazilib, jahon standartlariga mos qulay va shinam kabina bilan jihozlandi. Ayni paytda korxona mutaxassislari tomonidan yaratilgan yana bir traktor sinovdan o‘tkazilmoqda. Yangi traktor bir yo‘la bir necha vazifani bajaradi: unga ekskavator asbob-uskunalari, kranli osma tizim, buldozer qismlari va tirkama ulash

mumkin. Bu esa iste’molchilar talabini yanada to‘laroq qondirish, mahsulot narxini arzonlashtirish imkonini beradi. Joriy yilning o‘tgan davrida zavodda ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy qiymati 39 milliard so‘mdan oshdi. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan sezilarli darajada ko‘p demakdir. Xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida mahsulotlarning asosiy qismi ichki bozorda lizing asosida sotilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida ikki yuzdan ortiq TTZ- 80.10 va TTZ-80.11 traktori sotildi. Ta’kidlash joizki, ayni vaqtda mamlakatimiz dalalarida ana shunday minglab texnikadan samarali foydalanilmoqda. Turkmaniston, Qozog‘iston, Ozarboyjon kabi davlatlarga qariyb to‘rt million AQSH dollariga teng mahsulot eksport qilindi. Jumladan, “Turkmanpaxta” davlat konserni bilan umumiy qiymati 3,03 million AQSH dollariga teng mingdan ziyod traktor tirkamasi uchun shartnoma tuzilib, hozirgacha mahsulotning asosiy qismi buyurtmachiga yetkazib berildi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish