Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Transportlarning turlari va sinflanishi



Download 0,52 Mb.
bet2/2
Sana18.04.2020
Hajmi0,52 Mb.
#45756
1   2
Bog'liq
Amirov Toxir Agrokansalting kurs ishi - копия

1.2. Transportlarning turlari va sinflanishi

Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish mavsumiy xarakterga ega bo’lganligi sababli yuklarni tashishda transport vositalaridan yil davomida bir xil maromda foydalanilmaydi. Masalan, dehqonchilikda yilning 3-choragida yuklarning 71%i tashiladi. Yilning qolgan to’qqiz oyi mobaynida atigi 29% yuk tashiladi. Chorvachilik mahsulotlarini tashishda transport vositalaridan deyarli bir xil maromda foydalaniladi. Lekin, shu tarmoqda ham II- III choraklarda tashiladigan yuk miqdori umumiy tashkiladigan yuklarning 63%ni tashkil etadi.

Quyida mamlakatimizdagi transport xizmati va tashkilotlari bilan tanishib chiqamiz:

Temir yo’l transporti. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakat hukumati temir yo’l transportini rivojlantirishga alohida e’tibor qarata boshladi. 1994 yil 7 noyabrda sobiq O’rta Osiyo temir yo’lining respublika hududida joylashgan uchastkalari asosida “O’zbekiston temir yo’llari” Davlataksiyadorlik temir yo’l kompaniyasi (DATK) tashkil etildi.

O’zbekistonda birinchi temiryo’l qurilishi 1874 yilda boshlangan bo’lib, Orenburg-Toshkent temir yo’li mintaqani Kaspiy dengizi bilan bog’lagan.

Temir yo’llar davlatning asosiy transport tizimi sifatida O’zbekiston xalq xo’jaligining strategik muhim tarmog’i sanaladi. Mamlakat temir yo’l transporti yordamida qolgan barcha transport turlarida tashilganidan ko’p yuk tashiladi. Ayniqsa, yuklar eksporti va importida uning ahamiyati salmoqli. Bundan tashqari, O’zbekiston temir yo’li orqali Shimol va Janubni, Sharq va G’arbni bog’lovchi katta tranzit yuk oqimi o’tadi. Hozirgi O’zbekiston hududi Buyuk Ipak yo’lining markaziy va asosiy bo’g’ini bo’lgani bejiz emas.

Tarmoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:



  • yagona temir yo’l transport tarmog’ini barpo etish;

  • temir yo’llarning asosiy uchastkalarini elektrlashtirishni davom ettirish;

  • temir yo’l transporti infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, temir yo’llarni modernizasiya qilish hamda optik-tolali telekommunikasiya tizimiga o’tish;

  • harakatdagi sostavlarni ta’mirlashning mustaqil bazasini yaratish;

  • jahon bozoriga chiqish va respublika eksport salohiyatini oshirishni ta’minlaydigan muqobil transport yo’laklarini izlash;

  • respublika hududi bo’ylab tashish uchun qo’shimcha tranzit yuklarni jalb etish.

O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transporti xalq xo’jaligining yuklar va yo’lovchilarni tashish ehtiyojlarini qoplaydi va ayni paytda katta imkoniyatlarga ega. 2005 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, “O’zbekiston temir yo’llari” DATK asosiy yo’llarining foydalanish uzunligi 4014,2 km. ni tashkil etadi. Bundan tashqari, 1877,4 km. stansiya yo’llari va 332,6 km. respublika sanoat korxonalari shoxobcha yo’llaridan foydalaniladi. Yo’lning kundalik ta’minoti bilan 15 ta yo’l ta’mirlash korxonasi shug’ullanadi. Davlatlararo temir yo’llar bilan 18 ta tutashuv punkti mavjud.

Har kuni o’n mingga yaqin kishi temir yo’l xizmatlaridan foydalanadi. 2004 yilda “O’zbekiston temir yo’llari” DATK stansiyalaridan 45,321 million tonnadan ziyod turli yuklar jo’natilgan. Temir yo’l transportining yuk aylanmasi barcha turdagi transport yuk aylanmasi umumiy hajmining 66 foizidan ko’prog’ini tashkil etadi. Eksport-import yuklarni tashishda solishtirma salmog’i qariyb 80 foizni tashkil etadigan temir yo’l transporti O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini ta’minlashda alohida ahamiyatga ega. Hozirgi paytda asosiy moliyaviy va boshqa mablag’lar “Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on” yangi temir yo’l yo’nalishi, avtomobil yo’li, “Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus” yangi temir yo’l yo’nalishi infratuzilmasi ob’yektlari qurilishiga, elektrlashtirishga, temir yo’llarni tubdan ta’mirlash bo’yicha Osiyo Taraqqiyot banki zayom mablag’larini jalb etish bilan loyiha amalga oshirildi.

Temir yo’lni tub ta’mirlash bo’yicha ishlar yakunlangach, yuk va yo’lovchilarni yanada samarali tashish ta’minlanadi, tranzit yuklar hajmini oshirish muvofiqlashtiriladi, yo’lovchi poyezdlar tezligini soatiga 100 km., yuk poyezdlarinikini esa 90 km. gacha oshirish, yuk va yo’lovchilarning yo’lda yurish muddatlarini qisqartirish imkoniyatlari yuzaga keladi. Xalqaro moliya va transport tashkilotlari bilan mustahkam aloqa o’rnatib, shuningdek, tashish bo’yicha marketing tadqiqotlari ma’lumotlariga tayangan holda mamlakatimizda joylashgan Buyuk Ipak yo’lining o’rta qismini rivojlantirayotgan “O’zbekiston temir yo’llari” DATK tashishni o’stirishga o’z vaqtida texnik tayyorgarlik siyosatini qat’iy qo’llab-quvvatlamoqda. Bugungi kunda kompaniya asosiy shoxobchalari elektrlashtirilgan, hisobga olishning barcha turlari (sutkalik, tezkor, moliyaviy, yuk va yo’lovchi tashishdan daromadlar) mavjud, joriy rejalashtirish, me’yorlashtirishning ko’plab masalalari kompyuterlashtirilgan temir yo’l tarmog’iga egalik qilmoqda. Kompaniya yuk va yo’lovchilarni tashish bo’yicha har qanday topshiriqni yuqori sur’atda bajarish salohiyatiga ega.

Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat:

1. Hisoblash markazi.

2. Yagona dispetcherlik xizmati.

3. Energiya ta’minoti xo’jaligi

4. Aloqa va signalizasiya xo’jaligi

5. Yo’l xo’jaligi

6. Lokomotiv xo’jaligi

7. Vagon xo’jaligi

8. Yo’lovchi xo’jaligi

9. «O’ztemiryo’lkonteyner» filiali

10. «O’ztemiryo’lyo’lovchi» ochiq hissadorlik jamiyati

11. «O’ztemiryo’lekspedisiya» davlat korxonasi

12. «Yo’lreftrans» ochiq hissadorlik jamiyati

13. «O’zta’mirvagon» hissadorlik jamiyati

«O’zbekiston temir yo’llari» 50 mingdan ortiq turli shakldagi yuk vagoni va Germaniyada tayyorlangan refrijiratorlarga, 1450 yo’lovchilar tashiladigan vagonlarga ega. Tashiladigan yuklarning asosiy qismini qurilishi materiallari (salmog’i 21%), paxta tolasi (3%), neft va neft mahsulotlari (35%), g’alla, sement, kimyoviy mahsulotlar va mineral o’g’itlar, ko’mir, sabzavot va boshqa yuklar tashkil etadi. Yuk tashishda teplovozlar, yo’lovchilar tashishda teplovoz va elektropoyezdlar xizmat ko’rsatadi. O’rta hisobda har yili temir yo’l transportida 15,0 mln.dan oshiq yo’lovchi tashiladi.



Avtomobil transporti davlat uchun iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega. Strategik ahamiyatga harbiy, favqulotdagi holatlarda, masalan, tabiiy ofatlarda paydo bo’ladigan masalalarni yechishga avtomobil transportini qodir ekanligi kiradi. Yuk va yo’lovchilarni tashish bilan moliya iqtisodning qon aylanish tizimi bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy aloqalarning tez rivojlanishi yuk tashishni ham rivojlanishini talab etadi.

Avtomobil transporti quyidagi o’ziga xos afzalliklari bilan ko’pgina masalalarni yecha oladi:



  • yuk jo’natuvchi omboridan yuk oluvchi omborigacha, o’rtada yuklarin ortib-tushurishsiz, belgilangan vaqtda yukni tashib berish;

  • yuk tashishni yuqori tezligi va u aylanma mablag’larga bo’lgan talabni kamayishi va sarmoyani aylanishini tezlashtirishi;

  • mijozlar xohishiga binoan kichik partiyali yuklarni tashish imkoniyati mavjudligi.

Avtomobil transporti – iqtisod va aholining yo’lovchi, bagaj va yuk, shu jumladan pochtani, avtomobilda tashish extiyojini qondiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarni o’z ichiga olgan ishlab chiqarish-texnologik tarmoqdir.

Shahar yo’lovchi transporti deganda, O’zbekiston Respublikasi hududida ro’yxatdan o’tgan, yo’lovchi va bagajlarni shahar ichida tashishga mo’ljallangan avtomobil va elektr transporti tushuniladi. Shahar transportiga avtobuslar, tramvaylar, troleybuslar, metropoliten, yo’nalishli va oddiy taksilar kiradi.

Avtotransportda tashish uchun aniq tarif miqdori Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat va Toshkent shahar hokimiyatlariga yuklangan.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat va Toshkent shahar hokimiyatlarining avtomobilda tashish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardir:



  • avtomobil transportini rivojlantirishning hududiy kompleks dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, viloyat xalq xo’jaligi va aholiga muntazam avtotransport xizmatini ko’rsatish uchun sharoit yaratish;

  • avtotransport xizmati bozorida raqobat holatini shakllantirish, barcha mulkchilik shaklidagi avtotashuvchilarning faoliyati uchun bir xil sharoit yaratish;

  • yo’lovchi tashish yo’nalishlarini belgilash va yo’lovchi avtomobil transportini shaharda, shahar atrofida, shaharlararo (viloyat ichida) yo’nalishlarda harakatlanish grafigini tuzish;

  • hududdagi avtotransportda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish va ijtimoiy ahamiyatli tashishlar uchun tarif siyosatini amalga oshirish ustidan nazorat qilish.

Avtotashuvchilarning hududiy uyushmalariga quyidagi asosiy vazifalar va funksiyalar yuklangan:

  • avtomobil transporti sohasida bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirishni ta’minlash, avtotransport korxonalarini aksionerlash va xususiylashtirish jarayonini rivojlantirish;

  • yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish madaniyatini va sifatini oshirish, avtotransport servisini kengaytirish;

  • zamonaviy texnika va texnologiyani joriy etish, ta’mirlash bazasini rivojlantirish va yangilash, harakat tarkibidan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha investisiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;

  • shahar, shaharlararo, viloyatlararo yuk va yo’lovchi tashishda avtotransport korxonalarining faoliyatini muvofiqlashtirish.

Respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondirish darajasida rivojlangan avtomobil transportiga egadir. Sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, suv xo’jaligi, aloqa, savdo, sog’liqni saqlash, kommunal xo’jaligi, madaniyat, mudoafaa va boshqa tarmoqlarda ixtisoslashtirilgan yirik avtotransport korxonalari mavjud.



1-chizma. Avtomobil va daryo transporti boshqaruvi tarkibi

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tarkibiy va institusional o’zgartirish masalalarini hal qilish, xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirishga hamda avtomobil va daryo transportida yuk va yo’lovchilar tashish havfsizligini ta’minlashga ko’maklashish uchun maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruvi organi sifatida 1998 yilda tashkil etilgan.

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida tijorat sohasidagi tashishlarda 240 mingdan ziyod avtomobil vositalaridan foydalanilmoqda, ularning 164 mingtasi yuk avtomobili, 35 mingtasi avtobus va mikroavtobus, 43 mingtasi esa engil avtomobillardir. Yuk aylanmasi va yo’lovchi aylanmasida avtomobil transportining solishtirma salmog’i transportning barcha turlariga nisbatan mos ravishda 33,7 va 80,0 foizni tashkil etadi.

Raqobatbardoshlik nuqtai nazaridan avtomobil transporti avvalo o’ta tezkorligi va harakatchanligi bilan temir yo’l transportidan ham ustunlik qiladi.

Uzoq bo’lmagan va o’rtacha masofalarda qimmatbaho yuklarni tashishda, chakana savdo, ishlab chiqarish, qurilish sanoati, agrokompleks, shuningdek, kichik biznesni transport bilan ta’minlashda avtomobil transportining o’rnini bosadigan harakat sostavlari topilmaydi.

Aksiyadorlik, mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, xususiy korxonalar va tadbirkorlar sifatida namayon bo’lgan nodavlat sektor (davlat mulkining arzimas ulushi bilan) avtomobil transportida yuk va yo’lovchi tashishning 90-95 foizini amalga oshirmoqda. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari qilib belgilangan:


  • avtomobil va daryo transportini tashkil etish va takomillashtirish bo’yicha me’yoriy-huquqiy bazani shakllantirishni ta’minlash;

  • iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashishlarga bo’lgan talablarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • avtomobil va daryo transporti xizmati bozorida bozor munosabatlari va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratilishini ta’minlash;

  • avtomobil va daryo transportida yo’lovchi va yuk tashishni lisenziyalashni tashkil etish; -avtomobil va daryo transporti sohasida yagona texnik siyosatni shakllantirish va yuritish;

  • avtomobil va daryo transportida kadrlarni o’qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.

Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda avtomobil transportida tashish va yo’l harakati xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash bo’yicha 100 dan ziyod me’yoriy-huquqiy hujjatlar va hukumat qarorlarining bir qator loyihalarini ishlab chiqdi. Agentlik, Ichki ishlar vazirligining yo’l harakati xavfsizligi, Davlat soliq qo’mitasining organlari bilan hamkorlikda mazkur xujjatlarni ijro etish bo’yicha doimiy ishlar olib bormoqda.

Istiqbolda yo’lovchi va umumiy foydalanishdagi yuklarni avtomobil transportida tashishni rivojlantirishning yuqori sur’atlari kutilmoqda. Yo’lovchi aylanmasi va yuk aylanmasi hajmlari 2010 yilga borib, 2003 yilga nisbatan mos ravishda 1,4 va 1,5 marta, 2015 yilda esa 1,6 va 1,7 marta o’sishi ko’zda tutilmoqda.

Respublika bo’yicha 3000 dan ortiq avtobus marshrutlarida (593 shahar, 1768 shahar atrofi, 532 shaharlararo) avtobuslar qatnaydi. Har kuni deyarli 5 mln kishiga xizmat ko’rsatiladi.

Mamlakatimizda xalqaro (3343 km), respublika (18901 km), mahalliy ahamiyatga ega (21439 km) bo’lgan avtomobil yo’llari mavjud. Yo’l xo’jaligida 34,5 ming ishchi va injener-texnik band. Umumiy yo’llarning uzunligi 120 ming km.dan ortiq.

1992 yil 3 iyulda «Avtomobil yo’llari to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.

1992 yil fevralda tuzilgan “O’zavtoyo’l” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi tuzilmasiga umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llarini loyihalashtirish, qurish va ta’mirlash bo’yicha tashkilotlar va korxonalar, shuningdek, loyiha-tadqiqot institutlari, avtomobil yo’llari, aerodromlar va boshqa sun’iy inshootlar qurilishiuchun materiallar ishlab chiqaruvchi korxonalar, yordamchi xo’jaliklar va boshqalar kiradi.

Kompaniyaning qurilish bazasi maydalovchi-saralovchi qurilmalarni, asfalt qorish, yo’l belgilarini ishlab chiqarish zavodlarini, beton qorish qurilmalarini, “Katerpiller”, “Seppelin”, “Virtgen”, “Libxerr”, “Xamm”, “Ammann”, “Fogel”, “ABG”, “Daynapak”, “Xitachi”, “Komatsu”, “Kato”, “Nissan”, “Elba”, “Nordberg”, “Volvo” va boshqa kompaniyalarning zamonaviy yo’l qurilish mashinalarini, mexanizmlarini va transport vositalarini o’z ichiga oladi.

Kompaniya avtomobil yo’llar, ko’priklar, aerodromlar, temir yo’llar, suv omborlari va boshqa sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va ta’mirlashda boy tajribaga ega. Har yili 5 ming km. dan ziyod avtomobil yo’llarini va 100 dan ortiq ko’priklarni loyihalashtirish, qurish, qayta qurish va ta’mirlash amalga oshiriladi.



Suv transporti. XX asr boshlarida Amudaryo va Orol dengizida suv yo’llari bo’ylab yuklar va yo’lovchilarning ancha qismi tashilgan. Suv yo’llari 1924 yilda – 887 km, 1980 yilda – 2800 km, hozirda – 1000 kmdan ortiq. Hozirda mamlakatimizda «Termiz daryo porti», «Xorazm daryo porti», «Qoraqalpog’iston daryo porti» ishlab chiqarish birlashmalari mavjud. Respublikada Termiz daryo porti, Sharlavuq, To’rtko’l, Beruniy, Qoratov, Xo’jayli bandargohlari, Amudaryoda To’rtko’l-Xonqa, Chalish-Beruniy suzma ko’priklari, Xo’jayli kema ta’mirlash zavodi ishlab turibdi. Termiz daryo porti yiliga 2,5 mln tonna yukni qabul qilish-jo’natish quvvatiga ega. Respublikada 150 ga yaqin teploxod, shuningdek, barjalar, zemlesoslar, suzuvchi ekskavatorlar, port kranlari va boshqa yordamchi kemalar, texnika vositalari bor.

Havo transporti. O’zbekistonda 1924 yil 12 mayda uzunligi 800 km bo’lgan Toshkent-Jambul-Bishkek-Olmaota marshrutida dastlabki reys amalga oshirildi.

Aviasiyadan qishloq xo’jaligi zarakunandalariga qarshi kurashda va sanitariya maqsadlarida ham foydalaniladi.

Bugungi kunda “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy aviakompaniyasi (MAK) Janubiy-Sharqiy Osiyo va MDHning yirik milliy aviakorxonalaridan biridir. 1992 yilda tashkil etilgan aviakompaniya jahonning 30 dan ziyod mamlakatlariga yo’lovchi va yuklar tashishni amalga oshirmoqda. “O’zbekiston havo yo’llari” MAK xalqaro, shuningdek, MDH bo’yicha reyslarda xizmat ko’rsatadigan Boeing-757/767, Airbus-310, RJ-85 zamonaviy avialaynerlar parkini muvaffaqiyatli ishlatib kelmoqda. Aviakompaniya tashkil topgan paytdan buyon xalqaro yo’nalishlar tarmog’i ancha kengaydi.

“O’zbekiston havo yo’llari” MAK Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga reyslarni amalga oshira borib, Markaziy Osiyoda Toshkent va Nyu-York o’rtasida bevosita aloqa o’rnatgan birinchi aviakompaniya hisoblanadi.

Zamonaviy avialaynerlar parki va O’zbekistonning qulay jug’rofiy makonda joylashganligi yuqori sifatli xizmat ko’rsatish va Yevropani Osiyo bilan bog’lash imkoniyatini beradi. Yevropalik mijozlar uchun aviakompaniya “Toshkent” xalqaro aeroportida tutashuv (tranzit) orqali Hindiston, Malayziya, Koreya, Xitoy, Yaponiya, Tailand singari ko’plab yo’nalishlarda uchish imkoniyatini bermoqda. MAK Yevropa-Osiyo va Yaqin Sharq-Osiyoga tutashuv orqali uchishdan tashqari biznesmen va turistlar uchun keng yo’nalishlar xizmatini taqdim etib, O’zbekistondan aviatashish bozoriga ham chiqmoqda.

Bugungi kunda O’zbekistonda o’n ikkita, shu jumladan, beshta xalqaro aeroport (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch va Termiz) faoliyat ko’rsatmoqda.

Poytaxt va viloyat aeroportlarida har kuni o’nlab havo kemalariga xizmat ko’rsatilmoqda. Ular uzoq va yaqin xorijiy davlatlarning 30 dan ziyod aviakompaniyalariga tegishli. Bu aviakompaniyalar - “Eyr Frans”, “Lyuftganza”, “Turk Havo Yo’llari”, “British Eyrveys”, “Aziana Eyrlaynz”, “Iran Eyr”, “O’zbekiston havo yo’llari” “Transaero”, “Aeroflot-Rossiyskiye avialinii”, “Domodedovskiye avialinii”, “Sibir”, “IMEYR”, “Altыn eyr”, “Uralskiye avialinii”, “PULKOVO”, “Aeroflot-Don”, “Tatarstan”, “Krasnoyarskiye avialinii”, “RUSAERO”, “Strimlayn OPS”, “Samara” va boshqalar. Har yili 40 dan ziyod aviakompaniya respublikamiz aeroportlariga charter reyslarini amalga oshirmoqda.

Hozirgi paytda mahalliy havo liniyasi aerovokzali har jihatdan qulay zamonaviy binosi bilan e’tiborga sazovor. Unda yo’lovchilar va yuklarni ro’yxatga oladigan yetarli miqdorda peshtaxta, bar, magazin, ma’lumotlar berish xizmati, shaharlararo telefon xonalari va boshqalar mavjud. U 1976 yilda qurilgan. O’tgan yillar davomida bu yerda ko’rsatilgan xizmatlardan o’n millionlab kishilar foydalandi. Yaqinda bajarib bo’lingan qayta ta’mirlash ishlaridan so’ng u qit’ada yirik va har jihatdan qulay aerovokzallardan biriga aylandi.

Respublikamizda yangi yirik xalqaro aeroport Uchquduqda qurila boshlandi.

Quvur transporti. O’zbekistonda dastlab uzunligi 20 km bo’lgan quvur 1908 yilda Chimyon neft konidan Oltiariq neftni qayta ishlash zavodiga tortilgan. Neft konlaridan Farg’ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlariga umumiy uzunligi 228,5 km bo’lgan quvurlar tortildi. 1994-97 yillarda uzunligi 100 km bo’lgan Ko’kdumaloq-Buxoro neftni qayta ishlash zavodi quvuri ishga tushdi. Bundan tashqari quvur transporti gaz tashish maqsadida ham ishlatilib kelinmokda.


1.3. Axborot kansalting xizmati tushunchasi va xizmat turlari.

"Konsalting" iborasi inglizga "consulting" so`zidan olingan bo`lib "xizmatlar", "konsultatsiyalar"(maslahatlar) degan ma’nolarni bildiradi. Konsalting - bu tashqi maslahatchilar tomonidan u yoki bu muammoni hal etish bo`yicha kursatiladigan xizmat turi hisoblanadi. Konsalting- bu intelektual faoliyat turi bo`lib, uning asosiy vazifalariga buyurtmachilarning taqdim etgan masalani hal qilish, hamda ilmiy, texnik va tashkiliy iqtisodiy innovatsiyalardan foydalangan holda muammo echimi va uning istiqboldagi taraqqiyotining asoslash demakdir.O`z o`rnida konsalting boshqaruv, iqtisodiy, moliyaviy, korxonalarning investitsion faoliyatini, strategik rejalashtirish, korxonaning umumiy faoliyatini optimizatsiyalash, biznes yuritish, bozor talablarini o`rganish va prognoz qilish, narx-navolarni o`zgarishini bashorat qilish va boshqa masalalarni hal qiladi. Boshqacha qilib aytganda, konsalting- bu u yoki bu masalani hal qilishda tashqi konsultantlar tomonidan ko`rsatiladigan yordamning barcha ko`rinishidir. Konsaltingning asosiy maqsadi bu boshqaruv sifatini oshirish, bozor sub’ekti faoliyati samaradorligini oshirish va har bir xodimning shaxsiy mehnat unumdorligini oshirishdir. Agrokonsalting – qishloq xo`jalik sohasida axborot maslahat xizmati bo`lib, fermer va dehqon xo`jaliklari rahbarlari va agrar sohadagi boshsa barcha tadbirkorlik sub’ektlariga xo`jalik faoliyatini tashkil etish, yuritish va boshsarish hamda istiqbolini belgilashga oid tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnologik va boshqa yo`nalishlarda qarorlar qabul qilishda nisbatan ob’ektiv fikr, tasavvur, qarash va g`oyalarni shakllantirish va oqilona hamda to`g`ri qarorlar qabul qilishlariga ko`maklashish maqsadida axborotlar majmuini ma’lum tartib, qoida, tizim va tasnif hamda tamoyillar asosida etkazib beruvchi su’bektdir. Bugungi kunda qishloq xo`jalik korxonalarining axborot bilan ta’minlash boshlang`ich bosqichda turibdi. Turli mulk shaklidagi xo`jalik yurituvchi korxonalarni bozor sharoitida samarali faoliyat yuritishda axborot ta’minoti xizmati muqobil mulk xuquqi tamoyillariga tayanadi. Bu tashqari malakali mutaxassislar salohiyatini (potensiali) shakllantirish imkoniyati yaratiladi. Agar respublika qishloq xo`jaligida axborot maslahat xizmati (AMX) bo`yicha bajarilgan ishlanmalarni zamonaviylashtirish tovar ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash, tijorat axborotlarni o`zlashtirishni osonlashtirish imkonini beradi. Mazkur masala echimi quyidagi hal qilinishi zarur bo`lgan qator muammolar bilan bog`liqdir:



Birinchidan – shakllantirilgan axborot-maslahat xizmati markaziga uzatiluvchi,ayniqsa tugallangan ilmiy-texnik ishlanmalarga va innovatsiyalarga tegishli ma’lumotlar bazasini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi ishlab chiqarilishi zarur.

Ikkinchidan – axborot iste’molining asosiy iste’molchisi AMX bo`lganligi uchun AMXning o`rnatilgan tartibda jahon ma’lumotlar banki bazasiga kirishini ta’minlash lozim. To`laqonli axborotlartlarga ega bo`lmasdan turib, tovar ishlab chiqaruvchilarga zamon talablariga javob beradigan malakali axborot xizmati ko`rsatib bo`lmaydi.

Uchinchidan – O`zbekiston sharoitida AMX yangi institut ekanligini hisobga olib, boshqaruvning barcha bo`g`inlarida mutaxassislar tayyorlash vaqayta tayyorlash tizimini yo`lga qo`yish lozim.

To`rtinchidan – qishloq xo`jaligida AMXni tashkil etish va faoliyatini moliyalashtirish masalalarini hal qilish uchun qishloq xo`jaligi korxonalarining to`lov qobiliyatini oshirish masalasini hal qilish zarur.

Axborot maslahat xizmatini tashkil etish va olib borishning o`ziga xos xususiyati bu qishloq xo`jaligidagi muammolarni aniqlash, echimi bilan bog`liq axborotlarni izlash, aniq echimlar berish va ularni qo`llash uchun tavsiyalar berish, tovar ishlab chiqaruvchilarni fan va ishlab chiqarishdagi yangiliklar bo`yicha o`quvlarni tashkil etishlarni o`z ichiga oladi.

Axborot-konsalting markazlarining faoliyat funksiyasi va xizmatlar yo`nalishi quyidagilardan iborat bo`ladi:

- o`qitish, qayta o`qitish, kasbiy mahorat va malakasini oshirish;

- ilmiy-amaliy, ilmiy-uslubiy xizmatlar ko`rsatish;

- axborot ta’minoti xizmatlari ko`rsatish;

- maslahat xizmatlari ko`rsatish;

- innovatsiya va ilg`or tajriba, ish uslubi, texnologiya va ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) borasida maslahatlar berish, uni amalga

oshirish-o`zlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratishga yordam berish, xizmat ko`rsatish;

- reklama va targ`ibot ishlarini (vakolati va qonun doirasida) olib borish borasida xizmat ko`rsatish;

- ko`rgazmalar, ko`riklar, namoyishlar va tanlovlar tashkil etish;

- on-layn video anjumanlari, mavsumiy-davriy va maxsus ruknlar hamda mavzular bo`yicha anjumanlarini tashkil etish;

- xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlash, ularga istiqbolli loyihalar va investitsiya faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari haqidagi ma’lumotlarni takdim qilish;

- xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar o`rtasida uchrashuv va muzokaralarni tashkil etish va boshqalar.

Bugungi kunda respublikamiz hududlarida faoliyat ko`rsatayotgan axborot-konsalting markazlarining asosiy qismi uchta katta yo`nalishda faoliyat ko`rsatmoqda.

Birinchi yo`nalish. Turli ixtisoslikdagi fermer va dehqon xo`jaliklari va boshqa tadbirkorlik sub’ektlariga agrotexnologik maslahatlar berish bilan shugullanayotgan markazlar. Jumladan, agronomiya va tuproq unumdorligi, o`simliklarni himoya qilish, ilg`or agrotexnologiyalar, naslchilik ishlari, irrigatsiya va melioratsiya bo`yicha va boshqalar.

Ikkinchi yo`nalish. Moliyaviy, biznes- reja tayyorlab berish, buxgalteriya va normativ huquqiy hujjatlarni tayyorlab berish hamda ular talabnomalari asosida xizmat ko`rsatish va mahsulot topshirish shartnomalari bo`yicha to`lovlar va tushumlarni undirishga amaliy yordam ko`rsatish yo`nalishlarida faoliyat yuritayotgan markazlar. Masalan, biznes - rejalar tayyorlab berish, bankdan kredit olish uchun hujjatlar tayyorlab berish, investitsiyalarni jalb qilish uchun texnik-iqtisodiy asosnoma tayyorlash, buxgalteriya xizmatlarini bajarish va boshqalar.

Uchinchi yo`nalish. Qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini va boshqa iste’molchilarni turli xildagi agrotexnologik, iqtisodiy ma’lumotlar va axborotlar bilan ta’minlash xizmati ko`rsatish yo`nalishlarida faoliyat yuritayotgan markazlar. Jumladan, qishloq xo`jaligi mahsulotlari va moddiy-texnika resurslari narxlari, yangi texnika vositalari va ilg`or texnologiya va biostimulyatorlar, shuningdek, ob-havo va iqlim to`g`risidagi ma’lumotlar va boshqalar. Bugungi kunda bunday tuzilmalar mamlakatimizning turli hudud, shahar va tumanlarida vazirlik, qo`mita, xolding, korporatsiya, aksionerlik jamiyati, kengash, uyushma hamda turli nufuzli xalqaro tashkilotlar va muassasalar, ta’lim muassasalari va ilmiy-taqiqot institutlari qoshida, davlat byudjeti, hissadorlar ulushi, loyiha va grantlar asosida, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlar moliyaviy ko`magida davlat unitar korxonasi, xususiy korxona va mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan.

2. FERMER XO’JALIGIDA TRANSPORT XIZMATIDAN FOYDALANISH.

2.1. Fermer xo’jaliklarida transport xizmatini tashkil qilish xususiyatlari.

Qishloq xo’jaligida transport vositalaridan foydalanish xalq xo’jaligining boshqa sohalariga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi:

- qishloq xo’jaligi mahsuotlari keng hududda yetishtirilishi tufayli ularni tashish bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi;

- qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning mavsumiyligi tufayli yuk tashishni yil mobaynida bir me’yorda amalga oshirib bo’lmaydi. Ayrim hollarda katta miqdordagi yuklarni qisqa vaqt ichida tashish zarurati paydo bo’ladi;

- turli xil transport vositalari talab etiladi;

- tashiladigan yuklar turi, hajmi, xususiyatiga ko’ra har xildir;

- yuk tashish masofani har xil bo’ladi;

- transport vositalari shirkat xo’jaliklariga kam boradi.

Qishloq xo’jaligida transport vositalaridan foydalanishning bu xususiyatlari qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxida transport xarajatlari miqdorining oshishiga olib keladi. Hisob-kitoblarga ko’ra, mahsulot tannarxida transport xarajatlari 30-40%ni, don mahsuotlari tannarxida 2%ni, makkajo’xori tarnnarxida 15%ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda shirkat xo’jaliklarida tashiladigan yuklarning 80%i avtomobil transportiga, 16%i traktor transportiga va 4%i ot-ulov transportiga to’g’ri keladi. Xo’jaliklararo tashiladigan yuklarning ko’pi avtomobil transporti, xo’jaliklar ichida tashiladigan yuklarning ko’p qismi esa traktor transportlari hissasiga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida havo va suv, temir yo’l transportidan ham foydalanilmoqda.

Hozirgi paytda qishloq xo’jaligida transport vositasi sifatida oltmishga yaqin turli xil mashina va mexanizmlar qo’llanilmoqda. Ular quyidagi belgilarga qarab tabaqalanadi:

- ishlab chiqarish belgisiga qarab, xo’jalik ichidagi va xo’jalikdan tashqaridagi transport vositalari;

- keltirilgan (moslashtirilgan) transport vositalaridan foydalanishga qarab, mexanik moslamalarga asoslangan texnika vositalari (avtomobil, traktor, suv va xavo transportlari), mexanik moslamalarsiz (ot-ulov, qo’l bilan tashi);

- funksional vazifaga qarab texnologik va yordamchi turlarga bo’linadi.

O’zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo’lovchilar tashuvchi transportning barcha turi – temir yo’l, avtomobil, aviasiya, shahar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten), daryo, quvur transporti, shuningdek umumiy foydalanmaydigan (sanoat) transporti – temir yo’l, avtomobil, tasmali transport, osma arqon transporti mavjud.

Mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8%i transport tarmoqlariga to’g’ri keladi. Transport aloqalarida band bo’lgan ishchi-xizmatlarning 5%iga yaqini shu tarmoqlarda faoliyat ko’rsatayapti. Jumladan temir yo’l transportida 58,4 ming, suv (daryo) transportida 0,6 ming, avtomobil, shahar elektr transporti, yuk ortish-tushirish korxonalarida 239,3 ming kishini tashkil etadi.

Respublikamizda transport tizimini boshqarishni takomillashtirish maqsadida «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi (1992 yil), «O’zbekiston avtomobil transporti» («O’zavtotrans») davlat hissdorlik korporasiyasi (1993), «O’zbekiston temir yo’llari» davlat Aksiyadorlik kompaniyasi (1994) va boshqa korxonalar tashkil etildi.

Respublikaning transport tizimi temir yo’l, avtomobil yo’llari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan vokzallar, stansiyalar, yuk omborlari, pristanlar, aeroportlar va boshqa infratuzilma bo’linmalarini qamrab oladigan murakkab iqtisodiyot majmuini tashkil etadi.

Qishloq xo’jaligining rivojlanishida transportning roli juda kattadir. Hozirgi vaqtda mahsulot ishlab chiqarish, uni iste’molchilarga yetkazib berish, xom-ashyo va materiallar zaxirasini vujudga keltirishda transport vositalaridan xalq xo’jaligida keng foydalanilmoqda.

Ma’lumki, moddiy ishlab asosan quyidagi 4 ta tarmoqni o’z ichiga oladi:

1. Qazib oluvchi.

2. Ishlab chiqaruvchi, sanoat.

3. Dehqonchilik va chorvachilik.

4. Transport.

Har qanday mahsulot iste’mol joyiga tashib keltirgandan so’nggina tayyor mahsulot hisoblanadi. Bunda uning qiymati esa transport xarajatlari hisobiga ko’payadi.

Qishloq xo’jaligida transport vositalari agrosanoat kompleksini xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari bilan aloqasini ta’minlaydi. Shuningdek, transport vositalari ishlab chiqarish resurslarini, mehnat predmetlarini va ishchi kuchini tashishda ishlatiladi.

Qishloq xo’jaligi yuklar ko’proq tashishga moslashgan tarmoqdir.

Hozirgi paytda, har getktar ekin ekiladigan maydonga o’rtacha 70-80 tonna tashiladigan yuk to’g’ri keladi. Shundan 55 tonnadan ortiqrog’i avtomobil transportiga to’g’ri keladi.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ketgan umumiy xarajatning (25-30) foizi transport xarajatiga to’g’ri keladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, jamoa va shirkat xo’jaliklarida ish haqi fondining 25% transport xaydovchilariga hamda yuklarni ortish va tushirish bilan band bo’lgan kishilarga sarflanadi.

Hozirgi paytda respublikamizda qishloq xo’jalik mahsulotlarini tashish uchun asosan quyidagi transoprt turlaridan foydalaniladi:

- Temir yo’l transporti.

- Havo transporti.

- Quvur transporti.

- Avtomobil transporti.

Hozir qishloq xo’jaligida yuklarni tashish uchun asosan avtomobil transporti va quvurlardan foydalaniladi. Shuningdek, qishloq xo’jaliklari tashqarisida yuklarni tashishda avtomobil transportidan tashqari temir yo’l transportidan ham keng foydalaniladi.

Transportning boshqa ishlab chiqaruvchi sohalardan farqi shundaki, u yangi mahsulot yaratmaydi, balki ishlab chiqarilgan moddiy boylikni iste’molchiga yetkazadi.

Transport yordamida sohalar, soha ichidagi tarmoqlar, tarmoq ichidagi korxonalar bir-biri bilan bog’lanib, ishlab chiqarish jarayoni maromida borishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Transport ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Ish kuchi, mehnat qurollari va mehnat buyumlarini bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib, jami iste’mol mahsuloti ko’lamiga ta’sir ko’rsatadi.

Transport vositalari yordamida moddiy boyliklar bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilishi natijasida iste’molgacha yaqinlashadi, iste’mol qiymatining tashkil topishi tezlashadi. Transport vositalarining o’ziga xos xususiyatlari ulardan moddiy boylik ishlab chiqarishning hamma sohalarida keng ko’lamda foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.

Transport vositalaridan foydalanish mahsulot ishlab chiqarish va uni realizasiya qilish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshiradi, mahsulot tannarxini kamaytiradi.

Transport vositalaridan unumli foydalanish qishloq xo’jaligida yo’llar qurish, ularning yuk tashish qobiliyatini oshirish, ta’mir ishlarini muntazam ravishda olib borish, yo’l xo’jaligi ixtiyorida texnikani takomillashtirish va ulardan unumli foydalanish, demakdir. Kuzatishlar avtomobilning yuk ko’tarish qobiliyati qattiq qoplamli yo’llar qattiq qoplamsiz yo’llardagiga nisbatan 25-80%, tezligi 2-3 marta oshishini, yonilg’i sarfini esa 2 marta kamayishini ko’rsatadi. Shuning uchun xo’jaliklararo va xo’jalik ichidagi yo’llarni rekonstruksiyalash va o’z muddatida ta’mirlash, yo’l qurilishini kengaytirish va qishloq xo’jaligini yanada intensiv rivojlantirish uchun real sharoitlar yaratadi.

Yuklar o’z solishtirma og’irligi va transport vositalarining yuk tashishda foydalaniladigan koeffisiyetiga qarab 4 ta kassaga bo’linadi.

Qishloq xo’jaligida 1-klass yuklarga solishtirma og’iriligi 0,9-1,1 t/m3 bo’lgan yuklar kiradi, bu yuklar umumiy tashiladigan yuklarning 39,3%ni tashkil etadi.

II – klass yuklarga solishtirma og’irligi 0,5-0,9 t/m3 bo’lgan yuklar kiradi, bular umumiy yuklarning 22,4%ni tashkil etadi.

III – klass yuklarga esa solishtirma og’iriligi 0,3-0,5 t/m3 bo’lgan yuklar kiradi. Bular umumiy yukning 17,0%ni tashkil etadi.

IV – klass yuklarga solishtirma og’irligi 0,3 t/m3 gacha bo’lgan yuklar kiradi. Bular umumiy yuklarning 20,4%ni tashkil etadi.

II-IV – klass yuklar engil yuklar hisoblanib, ular tarmoqdagi yuklarning 60%idan ko’prog’i tashkil etadi. Qishloq xo’jaligida tashiladigan barcha yuklarning o’rtacha xajm og’irligi 0,76 t/m3 ga to’g’ri keladi.

2.2. Qishloq xo’jaligida transport munosabatlari va qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi sub’yektlari bilan o’zaro aloqalari.

Qishloq xo’jaligida transport vositalaridan foydalanish xalq xo’jaligining boshqa sohalariga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi:

- qishloq xo’jaligi mahsuotlari keng hududda yetishtirilishi tufayli ularni tashish bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi;

- qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning mavsumiyligi tufayli yuk tashishni yil mobaynida bir me’yorda amalga oshirib bo’lmaydi. Ayrim hollarda katta miqdordagi yuklarni qisqa vaqt ichida tashish zarurati paydo bo’ladi;

- turli xil transport vositalari talab etiladi;

- tashiladigan yuklar turi, hajmi, xususiyatiga ko’ra har xildir;

- yuk tashish masofani har xil bo’ladi;

- transport vositalari xo’jaliklarga kam boradi.

Qishloq xo’jaligida transport vositalaridan foydalanishning bu xususiyatlari qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxida transport xarajatlari miqdorining oshishiga olib keladi. Hisob-kitoblarga ko’ra, mahsulot tannarxida transport xarajatlari 30-40%ni, don mahsuotlari tannarxida 2%ni, makkajo’xori tarnnarxida 15%ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda shirkat xo’jaliklarida tashiladigan yuklarning 80%i avtomobil transportiga, 16%i traktor transportiga va 4%i ot-ulov transportiga to’g’ri keladi. Xo’jaliklararo tashiladigan yuklarning ko’pi avtomobil transporti, xo’jaliklar ichida tashiladigan yuklarning ko’p qismi esa traktor transportlari hissasiga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida havo va suv, temir yo’l transportidan ham foydalanilmoqda.

Hozirgi paytda qishloq xo’jaligida transport vositasi sifatida oltmishga yaqin turli xil mashina va mexanizmlar qo’llanilmoqda. Ular quyidagi belgilarga qarab tabaqalanadi:

- ishlab chiqarish belgisiga qarab, xo’jalik ichidagi va xo’jalikdan tashqaridagi transport vositalari;

- keltirilgan (moslashtirilgan) transport vositalaridan foydalanishga qarab, mexanik moslamalarga asoslangan texnika vositalari (avtomobil, traktor, suv va xavo transportlari), mexanik moslamalarsiz (ot-ulov, qo’l bilan tashish);

- funksional vazifaga qarab texnologik va yordamchi turlarga bo’linadi.

Qishloq xo’jaligida yuqori aytganimizdek, asosiy transport vositasi bu avtomobil transpotidir. O’z vazifasiga qarab avtomobil transporti yuk tashiydigan, odam tashiydigan, maxsus transport va shatakchi (tyagach) kabi turlarga bo’linadi.

Keyingi vaqtlarda qishloq xo’jaligida quvur transportidan foydalanish ham keng yo’lga qo’yilgan. Ko’pgina jamoa va shirkat xo’jaliklarida suv tashish uchun omuxta yem va sut tashi uchun quvurlardan foydalanilmoqda.

Qaysi transport turidan foydalanish asosan tashiladigan yukning xarakteriga, yo’l sharoitiga, ob-xavoga, yuk tashiladigan masofaga bog’liqdir.



2.3. Transport munosabatlarning tashkiliy, iqtisodiy huquqiy mexanizmini o’rganish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida va sog’lom raqobat muhitida, avtotransport korxonalari o’z mijozlari, ya’ni yuk egalari yuklarni o’z vaqtida, sifatli tashilganligi va albatta, tashishlar va boshqa ishlar hamda xizmatlarga belgilangan narxlardan qoniqishlarini ta’minlashga intilishlari lozim. Xo’jalik yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik sharotida avtotransport xizmatlari uchun narx-navo (tarif)lar davlat tomonidan markazlashtrilgan holda belgilangan va har bir avtotransport korxonasi uchun yagona hisoblangan. Oqibatda ko’pchilik korxonalar zarar bilan ishlaganlar. Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan avtotransport korxonalarining narx-navo (tarif)larni belgilash tizimiga o’zgartirishlar kiritish taqozo etilmoqda. Hozirgi kunda har bir korxona o’zining tarx-navo (tarif) siyosatini ishlab chiqadi, chunki tariflar doimo nazorat ostida bo’lishi, tahlil qilinishi kerak. Zero avtotransport korxonasi tomonidan shunday narx-navo siyosati qo’llanilishi lozimki, u mijozlarni ham qoniqtirish, shu bilan birga, korxona foyda bilan ishlashini ham ta’minlashi lozim.

Firmalar konsepsiyasi nazariyasida narx-navo shakllanishi muhim ahamiyatga ega. Ushbu konsepsiyaning asosiy ma’nosi korxona faoliyat ko’rsatishi va eng yuqori foyda olishga intilishidan ibortdir. Binobarin, har bir korxonada mahsulot bahosini aniqlashga qaratilgan ma’lum ishlar amalga oshirilishi lozim.

Yuk tashuvchi avtokorxonalarda, ushbu ishlar, ya’ni yuk tashish, boshqa ishlar va xizmatlarga tariflarni belgilash mutaxassis-menejerlar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Narx-navo (tarif) lar yuzasidan uzil-kesil qaror qabul qilishdan oldin menejerlar kerakli ma’lumotlarga ega bo’lishlari zarur. Menejerlarni yetarli, haqiqiy va dolzarb ma’lumotlar bilan ta’minlash avtotransport korxonasida boshqaruv hisobi qay darajada yo’lga qo’yilganligi bilan belgilanadi.

Avtomobil tashuvlari, boshqa ishlar va xizmatlarga tariflarni belgilash ko’p omillarni hisobga oluvchi murakkab jarayondir. Narx-navo shakllanishiga ta’sir etuvchi barcha omillarni ikki guruhga tashqi va ichki omillar ajratish mumkin.

Narx-navo shakllanishiga ham tashqi, ham ichki omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Tannarx asosiy ichki omillardan biridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning kalkulyasiyasi to’g’ri tashkil qilinmasa va yo’lga qo’yilmasa, korxona muqarrar ravishda inqirozga uchraydi.

Daromadlarni hisobga olish asosiy vazifalardan biri bo’lib, asosiy xo’jalik faoliyati (tushum) dan olingan daromadlarni tan olish hisoblanadi. BHMSning muhim mazmunli jihati moliyaviy hisobotning u yoki bu elemetini tan olish shartlarini belgilashdir. Ushbu andozaga muvofiq, avtomobil tashuvlaridan, boshqa ishlar va xizmatlardan olinadigan daromadlar buxgalteriya hisobida quyidagi shartlar mavjud bo’lgan holda tan olinadi:

- daromad summasi yuqori darajali haqiqiylik bilan baholinishi mumkin bo’lganda;

- bitim bilan bog’liq bo’lgan daromad avtotransport korxonasiga kelib tushi ehtimoli mavjudligida;

- buxgalterlik balansining yakuniy hisobot sanasigacha bitimning yakunlanishi yuqori darajali ehtimol bilan baholanganda;

- bitimni ijro etish va yakunlash jarayonlarida sarflangan xarajatlar miqdorini aniqlash yuqori darajali ehtimol bilan baholanganda.

Daromad (tushum)ni tan olish shartlaridan yana biri – yuklarni tashish, boshqa ishlar va xizmatlarni amalga oshirishga oid aniq bir shartnomadan kelib chiqqan holda, ushbu daromad (tushum)ni olish huquqiy mavjudligidir.

Transport vositalaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi, chunonchi:

- bir tonna kilometr yuk tannarxi ko’rsatkichi qilingan xarajatlarni tashkilgan tonna kilometrga bo’lish yo’li bilan;

- transport vositalarining soatlik yoki smenalik ish unumi ko’rsatkichli tashilgan tonna kilometr yukning sarflangan vaqtga nisbatan bilan;

- mashinaning ishda bo’lish koeffisiyenti ko’rsatkichi ishda bo’lgan mashina-kunlari sonini mashinaning xo’jalikda bo’lgan mashina kunlari soniga bo’lish bilan aniqlanadi.

- mashinaning yuk ko’tarish koeffisiyenti ko’rsatkich umumiy tashkil yukning yuk bilan bosilgan yo’lga nisbati bilan aniqlanadi.

Bunda avtomobilning texnik jihatdan tayyorgarlik koeffisiyenti, mashinalarni ishga chiqarish koeffisiyenti, o’rtacha ishda bo’lgan vaqti, sutkalik o’rtacha yurgan yo’li, o’otacha texnik tezligi, yukni o’rtacha tashish masofasi, bk tashi mavsumiylik koeffisiyeti kabi ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi.

Transport vositalaridan unumli foydalanish va ularning xarajatlarini kamaytirish avtomashina va uni boshqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirish, moylash va yoqilg’i materiallarini tejab-tergash, joriy qarovlar uchun qilinadigan xarajatlarni tejashga bog’liq.

Hozirgi sharoitda barcha sohada bo’lgani kabi transport tizimida ham bir qator muammolar o’z yechimini kutib to’ribdi. Transport sohasidagi eng asosiy yunalishlar quyidagilar hisoblanadi:

- Iqtisodiyot, moliya va tashish jarayonlarini boshqarishni tashkil etish;

- Texnika siyosati;

- Moddiy-texnika ta’minoti;

- Tashqi iqtisodiy faoliyat;

- Kadrlar, mehnat va ijtimoiy masalalar va boshqa yo’nalishlar.

Birinchi sohani oladigan bo’lsak, transport iqtisodiyoti va moliyasi bevosita transport ishidan ya’ni tashishdan kelib chiqadi. Tashish jarayonida boshqarishni oqilona tashkil etish uchun birinchi navbatda ish faoliyatni yaxshi rejalashtirib olish zarur. Buning uchun quyidagi talablarni xisobga olish kerak:

Davlat, transport maxsuloti va xizmati hamda iste’molchilarning iqtisodiy qiziqishlari va manfaatlarini ta’minlash

Transport turlari ichida raqobatbardoshlikni ta’minlash

Transport sohasidagi korxonalarning ishonchli moliyaviy-iqtisodiy va texnik rejalarini ishlab chiqishda axborotlar bilan mukammal ta’minlash

Mavjud imkoniyatlardan to’la va oqilona foydalanib, transportning tashishdan va boshqa xizmatlardan oladigan daromadi hamda foydasini oshirishni ta’minlash

Tashishni va boshqa xizmatlarni rejalashtirishning asosiy usullari ya’ni zamonaviy kompyuterlar, axborot texnologiyalaridan foydalanishni ham nazarda tutish va boshqalar.

Transport tizimidagi korxonalarni eng zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan batafsil ta’minlab borish, eskirgan xarakatdagi vositalar xamda jihozlarni o’rniga, yangi xar tomonlama qulay xarakatdagi vositalar, texnika-texnologiya, jihozlar va asbob-uskunalar bilan ta’minlash texnika siyosatidan iboratdir.

Bu yo’nalishda «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat aksionerlik temir yo’l transporti kompaniyasi 2007 yilgacha quyidagi investision loyihalarni amalga oshirishni bosh yo’nalish qilib belgiladi:


  • aloqa kanallarida «volokkonno-optik» liniyalarni qo’llash xisobiga kuchaytirish

  • yangi xaraktdagi vositalarni (elektrovozlar, lakomotivlar, vagonlar) sotib olish, hamda mavjudlarini modernizasiya qilish

  • yangi temir yo’l liniyalarini qurish

  • temir yo’l liniyalarini elektrlashtirish

  • temir yo’llarni kapital ta’mirlash, kompaniya zavodlarida extiyot qismlar ishlab chiqarishni tashkil etish buyicha loyixalarni amalga oshirish va hokazo.

Avtomobil transportida esa faqat shahar yo’lovchilarni tashish avtobus saroylari yangi zamonaviy va xar jixatdan qulay xarakatdagi vositalar bilan ta’minlanmokda. Yuk tashiydigan avtotransport korxonalari esa yangi xarakatdagi vositalarni sotib olishga qurbi yetmaydi. Shuning bilan birga 80-90% ga yaqin avtomobillar eskirib, kapital ta’mir xolatidadir. Bularning barchasi yuk tashuvchi korxonalarga katta investisiya jalb qilishni talab etadi.

Transport tizimida moddiy-texnika ta’minoti, tashqi iqtisodiy faoliyat, kadrlar masalasi, mehnat sharoiti va ijtimoiy masalalar ham bugungi kunning eng dolzarb muammolaridandir. Bu masalalarni oqilona hal etish orqali transport tizimidagi iqtisodiy muammolarni yechish mumkin. Buning uchun eng avvalo transport tizimida boshqarishning tashkiliy strukturalarini yaxshilash lozimdir



3. QISHLOQ XO’JALIGIDA TRANSPORT XIZMATLARIDAN FOYDALANISH BO’YICHA AXBOROT MASLAHAT XIZMATLARIDAN FOYDALANISHNI RIVOJLANTIRISH.

3.1. Qishloq xo’jaligida transport xizmatidan foydalanish samaradorligini oshirish.

Transport vositalaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi ko'rsatkichlar yordamida aniqlanadi:



bir tonna kilometr yuk tannarxi - bu ko'rsatkich qilingan xarajatlarni tashilgan tonna kilometrga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi;

transport vositalarining soatlik yoki smenalik ish unumi - bu ko'rsatkich tashilgan tonna kilometr yukning sarflangan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi;

mashinaning ishda bo'lish koeffitsienti - bu ko'rsatkich ishda bo'lgan mashina kunlari sonini mashinaning xo'jalikda bo'lgan mashina kunlari soniga bo'lish bilan aniqlanadi;

mashinaning yuk ko'tarish koeffitsienti - bu ko'rsatkich umumiy tashilgan yukning yuk bilan bosilgan yo'lga nisbati yordamida aniqlanadi.

Bunday ko'rsatkichlar bilan birga avtomobilning texnik jihatdan tayyorgarlik koeffitsienti, mashinalarni ishga chiqarish koeffitsienti, mashinalarni o'rtacha ishda bo'lgan vaqti, sutkalik o'rtacha yurgan yo'li, o'rtacha texnik tezligi, yukni o'rtacha tashish masofasi, yuk tashish mavsumiyligi koeffitsienti kabi ko'rsatkichlardan ham foydalaniladi.

Transport vositalaridan unumli foydalanish va ular xarajatlarini kamaytirish, avtomashina va uni boshqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirish, moylash va yoqilg`i materiallarini tejab tergash, joriy tag`mir va joriy qarovlar uchun qilinadigan xarajatlarni tejashga bog`liq.

Transport vositalaridan unumli foydalanish qishloq xo'jaligida yo'llar qurish, ularning yuk tashishga qobiliyatini oshirish, ta’mir ishlarini muntazam ravishda olib borish, yo'l xo'jaligi ixtiyoridagi texnikani takomillashtirish va ulardan unumli foydalanish demakdir. Kuzatishlar avtomobilni yuk ko'tarish qobiliyati qattiq qoplamali yo'llarda qattiq qoplamasiz yo'llardagiga nisbatan 25-80%, tezligi esa 2-3 marta oshishini, yonilg`i sarfi deyarli 2 marta kamayishini ko'rsatadi. Shuning uchun xo'jaliklararo va xo'jalik ichidagi yo'llarni rekonstruksiya qilish va o'z muddatida ta’mirlash, yo'l qurilishini kengaytirish va qishloq xo'jaligining yanada intensiv rivojlantirish uchun real sharoitlar yaratadi.

3.3. Qishloq xo’jaligida transport xizmatlaridan foydalanishda axborot maslahat xizmatlarini takomillashtirish.

Qishloq xo'jalik korxonalarini moddiy-texnik ta’minlash-ning tashkiliy shakli sifatida lizing qator ijobiy tomonlar bilan birga kamchiliklarga ham ega. Ijobiy tomonlari: zaruriy texnikaga bir zumda katta xarajatlarsiz ega bo'lish; lizing to'lovlari muddatini uzaytirish; lizing predmeti qiymatining indeksatsiyalanishi xavfi yo'qligi; lizing xizmatlariga faqat pul emas balki natura shaklida ham to'lash mumkinligi; lizingda qishloq xo'jalik korxonalariga imtiyoz berish; lizing to'lovlarini joriy zararlarga kiritish; ijara texnikasidan yuksak samarali foydalanish va boshqalar kiradi.

Qishloq xo'jaligi korxonalarining moddiy-texnika ta’minotini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari quydagilardir:


  • har bir qishloq xo'jaligi zonasiga mos keladigan va iqtisodiy jihatdan qulay bo'lgan texnika ishlab chiqarish va shu asosda ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashtirish;

  • ishlab chiqarishni avtomatlashtirish vositalaridan keng ko'lamda foydalanish;

  • qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini kimyolash darajasini oshirish va iqtisodiy jihatdan qulay bo'lgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishga urinish;

  • ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurilishini keng ko'lamda avj oldirish va qurilish ishlarini takomillashtirish;

  • erlarning meliorativ holatini yaxshilash va qishloq xo'jaligini suv bilan to'la ta’minlashga erishish, ya’ni yerlarga mahalliy o'g`itlar solish hamda sug`orishning ilg`or texnologiyalarini (masalan, Isroilning tomchilatib sug`orish texnologiyasini) qo'llash orqali;

  • chorvachilik fermalarini mahsuldor zotli hayvonlar bilan ta’minlash va elektrlashtirish darajasini oshirish;

  • qishloq xo'jalik ekinlari kasalliklariga bardosh bera oladigan yuqori hosildorlikka ega, tezpishar urug` navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish;

  • qishloq xo'jalik korxonalariga xizmat qiluvchi korxonalarning (ta’mir, qurilish, ilmiy-tekshirish institutlari va hokazo) moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Hozirda O'zbekistonda rivojlanayotgan, ammo moddiy-texnik bazasi kuchsiz bo'lgan fermer, shirkat xo'jaliklari uchun mulkchilikning turli shaklidagi mashina-texnika stansiyalari tarmoqlarini rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Bunda iste’molchiga texnikani ijaraga lizing yoki oddiy shaklda berish mumkin. Ushbu sharoitda lizing shartlaridagi ijara to'lovi amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan aniqlanadi. Qishloq xo'jaligi korxonalarini moddiy-texnik jihatdan texnika ijarasi usulida ta’minlash ham yuqorida tag`kidlanganidek bo'ladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, qishloq xo'jaligi korxonalarini transport vositalari bilan ta’minlashni tashkiliy shakllari va yo'llari rang-barangdir. Shu sababli, qishloq xo'jaligi korxonalariga har bir aniq holatda bu shakl va yo'llarning yutuq va kamchiliklarini hisobga olgan holda asoslangan eng qulay variantini tanlash tavsiya qilinadi. Respublika mustaqillikka erishgandan so'ng transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat ko'rsatishini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi (1992 y.), "O'zbekiston avtomobil transporti" ("O'zavtotrans") davlat- aksiyadorlik korporatsiyasi (1993 y.), "O'zbekiston temir yo'llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (1994 y.) va boshqa idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksionerlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksionerlik, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.



TAKLIF

Qishloq xo’jaligida transport xizmatlaridan foydalanish bo’yicha quydagi takliflarni berishimiz mumkin



  1. Qishloq xo’jaligida transport unimli va samarali foydalanib

biz mehnat unimdorilgini oshirishimiz bu esa bizga iqtisodiy tomandan foydali hisoblanadi.

  1. Qishloq xo’jaligida transport xizmatlaridan foydalanishada hozirgi davrda yangi innovatsion texnika texnalogiyalardan

Foydalanishni taqqozo etmoqda.

3.Qishloq xo’jalik transportlarining xorij tajribalarini o’rganish va amaliyotga joriy qilish.

4.


FOYDALANILGAN ADABYOTLAR RO’YXATI

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.

T.: O’zbekiston, 2008.

2. O’zbekiston Respublikasi QSXV buyrug’i. Paxta yetishtiruvchi qishloq xo’jalik korxonalariga topshirgan paxta hosilidan ularga tegishli bo’lgan paxta sheluxa va kunjarasini kaytarish tartibi to’grisida Nizom. № 169. 04.08.2006

3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –T.: O’zbekiston, 2009.

4. KarimovI.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: O’zbekiston, 2011. – 440 b.

5. Azizqulov B. Ilg’or texnologiyalar iqtisodiy samaradorligi // O’zbekistonqishloqxo’jaligi. –Toshkent, 2008. -№ 9. -35-b.

6. Doliyev T. Sarhisob pallasi//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2008. -№10. -3-b.

7. Jo’rayev F. Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish. –T.: Istiqlol, 2004.

8. IsmoilovA., MurtazayevO. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. –T.: Moliya, 2005.

9. Murtazayev O. Agrosanoat majmuasi samaradorligini oshirish muammolari. –T.: FAN, 2005.

10. Murtazayev O., G’aniyev I., Hasanov Sh., Axrorov F. Agrar siyosat va qishloq xo’jalik bozorlari. –Samarqand, 2009.

11. Nazarov R., Murtalibov M. Qishloq xo`jaligi mashinalari //O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2012. -№1. -6-b.

12. R.X. Po`latova Qishloq xo`jaligi infiratuzilmasi. ToshDAU tahririyati - Nashriyot bo'limi. Toshkent2008

13. O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari

14. Internet saytlari:

14.1 www.agro.uz – Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi sayti

14.2 www.edu.uz - Oliy ta’lim sayti

14.3 www.lex.uz –qonun hujjatlari sayti

14.4 www.samqxi.uz– Samarqand qishloq xo’jalik instituti sayti

14.5 www.usda.gov – AQSh qishloq xo’jalik departamenti sayti

14.6 www.uza.uz – O’zbekiston Axborot agentligi sayti



14.7 www.uzreport.com – biznes hisobot portali

14.8 www.ziyonet.uz – Ziyonet ta’lim portal
Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish