001.002.026.BMI. 2018 y.
boshlari xosilni yig‘ish fursatidan yaxshi shakllanib, to‘liq etiladi. Va chuqur tinim
xolatida bo‘ladi. SHuning uchun ular uzoq muddat davomida yaxshi salanadi.
Etishtirish mavsumda noqulay ob-xavo sharoitiga qaramasdan, agronom tegishli
agrotadbirlarni tanlab, ular salbiy ta’sirini kamaytirishi mumkin. SHuning uchun
maxsulot saqlashga uning xolati va saqlash rejimini muntazam, sinchiklab nazorat
qilish zarur.
Sug‘orish o‘gitlar va boshqa agrotabdirlar Sug‘orish va o‘gitlash
xosildorlikni oshirish va maxsulot sifatini yaxshilashga ta’sirgan vositalar
xisoblanadi. Ko‘p sug‘orish ayniqsa, etilish davrida xosildorlikni oshirish mumkin,
lekin maxsulotlarning saqlanuvchanligi keskin kamayadi. Meva sabzavot saqlash
bilan shug‘illanuvchi mutaxassislar suvda o‘ta qondirilgan olxo‘ri, uzum, pomidor
va boshqa iboralarni qo‘llashadi. Bunday mevalarni o‘rtacha miqdori
mavjudligidan xujayra kabi kattalashadi, ularning devorchalari yupqalashadi.
To‘qimalarning mexanik pishiqlishi pasayadi. SHuning uchun meva-sabzavotlar
yig‘im-terim va tashishda kuchli shikastlanadi, so‘ngra saqlash davrida fitopatogen
mikroorganizmlarda qarshiligi susayadi. Sabzavotlarning o‘rtacha sug‘orish
danakli meva, uzum va rezavorlarni sifati xamda saqlanuvchanligiga sadbiy ta’sir
etmaydi.
Ortiqcha ishlatilgan azot o‘g‘itlari kuchli vegetativ rivojlanishga sabab
bo‘ladi, reproduktiv organlari etilishi sekinlashtiradi. Natijada maxsulot qisqa vaqt
saqlani, isrof miqdori sezilarli kupayadi. Kalit o‘gitlari aksincha, barlarda
assimiyatorlarni jamg‘arma organlari o‘tishini va yuqori molekulyar brikmalar,
jumladan, kletchatka va unga mansub brikmalar biosentezni kuchaytiradi.
O‘simliklarni kaliy va fosfor bilan etarli ta’minlash sabzavot va mevalar
etilishining jadallashtirishga olib keladi.
Ma’danli
o‘gitlarning karam xosildorligi, kimyoviy tarkibi va
saqlanuvchanligi ta’sirini o‘rganish e’tiborga loyiqdir. Karam azotli o‘git bilan
oziqlantirilganda, saqlash davridagi nuqtali pekroz bilan ta’sirlanishiga aniqlanib,
undagi barglarga mayda nuqta ko‘rinishidagi dog‘lar paydo bo‘ladi. Bunday
karamning oziq-ovqat qiymati tushmaydi, lekin uni sotish qiyin bo‘ladi. Azotli
o‘g‘itlarni ko‘p miqdorda qo‘llash, nafaqat sabzavot va mevalarning
saqlanuvchanligiga susaytiradi, ularning qayta ishlashdagi texnologik sifat
ko‘rsatkichlarini yomonlashtiradi. Kartoshka etishtirishda yuqori darajada azot
bilan oziqlantirish hosil miqdorini oshirish mumkin, ammo tuganaklarda kraxmal
miqdori kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |