Samarqand veterinariya meditsinasi instituti iqtisodiyot va agrotexnalogiya fakulteti


Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati va fermer xo’jaliklarning ular bilan taminlanganlik holati



Download 171,42 Kb.
bet4/19
Sana05.05.2020
Hajmi171,42 Kb.
#49150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
XUDOYBERDIYEV OBID KURS ISHI DIVERSIFIKATSIYA(1)

2. Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati va fermer xo’jaliklarning ular bilan taminlanganlik holati.

Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish ikkita zarur tarkibiy qismdan: bir tomondan, moddiy resurslar va ikkinchi tomondan, inson resurslaridan, ya’ni kasb malakalari va bilimlariga ega bo‘lgan xodimlardan iborat. Inson resurslari moddiy resurslar bilan bir qatorda iqtisodiy rivojlanish omili sifatida namoyon bo'ladi. Inson resurslari — bular odamlardir, ular faqat moddiy ne ’matlar yaratib qolmay, shu bilan birga ularni iste ’mol ham qiladilar.

Odamlar o'zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan bir xil emaslar. Bunga ularning jinsi, yoshi, sog‘lig‘i, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, psixofiziologik sifatlari sabab bo'ladi, shuning uchun bir kishi ikkinchisiga o‘xshamaydi. Mehnat sohasida odamlarning muhim ehtiyojlari amalga oshadi, lekin hamma ehtiyojlari ham ro‘yobga chiqavermaydi. Mehnatdan samaraii foydalanish uchun insonning shaxs sifatidagi talablarini esda tutish muhimdir. Iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishi shuni taqozo qiladiki, murakkab xo'jalik mexanizmining samaraii faoliyat ko'rsatishi uchun amalga oshiriladigan hamma sohada inson manfaatlariga rioya qilinishi lozim. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davrida hamma narsalarni inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir.Mehnat resurslari — mamlakat aholisining о ‘zpsixofiziologik va aqliy sifatlari bilan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar ко‘rsatishga qodir bo'lgan qismidan iboratdir. Mehnat resursiari deb, о ‘lining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilarga aytiladi. Mehnat resursiari o‘ziga iqtisodiyotda mehnat bilan band va mehnat bilan band bo'lmagan mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lgankishilami qamrab oladi. Mehnat resursiari haqiqiy (real) va potensialxodimlardir. Inson tanlagan biror faoliyat sohasida ishlay olishi uchun ungamuayyan jismoniy va ma’naviy rivojlanish darajasi zarur bo'ladi.Jismoniy rivojlanish darajasi, birinchidan, iqtisodiyotning ehtiyojlari bilan, ikkinchidan, jamiyatning o'z fuqarolarining sog'lig'ini muhofaza qilish va mustahkamlashdan manfaatdorligi bilan belgilanadi, chunki ular kishilik jamiyatining eng muhim boyliklaridan hisoblanadi.Ma’naviy rivojlanish darajasi deganda, umumta’lim va kasbiy,bilimlar hamda ko'nikmalar, shaxsiy xususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar insonning tanlagan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur shartdir. Insonning har ikkala sifati bo'lgan jismoniy va ma’naviy rivoji ahamiyati iqtisodiyotning rivojlanib borishiga qarab doimiy holda o'zgarib boradi. Bu hoi, o'z navbatida, mehnat sohasidagi mavjud jahon tamoyilini to'liq aks ettiradi, iqtisodiyotda, umuman, jamiyatdatez va chuqur o'zgarishlar bo'lib turgan davrlarda kishilarning jismoniy va ma’naviy fazilatlarining ahamiyati ortadi. Hozirgi davrda qishloqlarni rivojlantirish jarayonida insonning tashabbuskor va faol bo'lishi talab etiladi. Uning qanday yashashi o'zining yangi iqtisodiy tizimga singib, u bilan hamohang bo'lib ketishi o'z mahoratiga bog'liq bo'ladi. Insonning jismoniy imkoniyatlari va ma’lumotlilik darajasi, ma’naviyati qanchalik yuqori bo'lsa, bu narsa shunchalik muvaffaqiyatliroq kechadi. Zarur jismoniy va ma’naviy imkoniyatlar insonning yoshiga bog'liq bo'ladi. Ular inson hayotining ilk va yetuk davrlarida shakllanadi va rivojlanib boradi, qarilik chog'ida esa, tabiiy ravishda birmuncha kamayadi.Statistik amaliyotga ko'ra mehnat resursiari mehnatga layoqatli fuqarolardan va mamlakat iqtisodiyotida ishlayotgan yosh va o'rta yoshdagi mehnatga qobiliyatli kishilardan iborat. Ko'pincha yoshroq bo'lganlami ishlovchi o'smirlar, katta yoshdagi kishilami ishlayotgan nafaqaxo'riar deb atashadi. Tarixda mehnatga layoqatli yosh chcgaralari ijtimoiy vti iqtisodiy sabablarga ko'ra o‘zgarib turgan. Hozirgi vaqtda mehnatga layoqili yoshlarning quyi chegarasi 16 yosh, yuqori chegarasi crkaklar uchun У) yosh va ayollar uchun 54 yosh hisoblanadi. Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ma’lum qismini esa ishlamagan yoki sog'lig'i yomon bo'lganligi uchun ishlashdan to'xtagan kishilar tashkil etadi. Bu o'rinda gap I va II guruh nogironlari haqidabormoqda, davlat ularni nafaqa bilan ta’minlab turadi. Bu kishilar mehnat resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Biroq I va II guruh nogironlarining ayrimlari (agar ishlab chiqarishda qulay sharoitlar yaratilsa) ishlashlari mumkin. Shuning uchun ham mehnatga layoqatli yoshdagi kishilar davlat tomonidan nafaqa belgilanganga qadar mehnat resurslariga kiradi (ishlamaydigan I va II guruh nogironlari bundan mustasnodir). Mehnatga layoqatli yoshdagi ahoU orasida ishlamaydigan nogironlaming soni nisbatan kamroq va nisbatan barqarordir.Mehnat resurslarining tarkibiga yosh nuqtayi nazaridan murojaat qilish, ayniqsa, muhimdir, u bozor sharoitida ko'proq ahamiyatgaega. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvafifaqiyati ko‘p jihatdan yoshlarning soniga bog'liq bo'ladi. Yoshlar yangi iqtisodiy “ruh”ni o'zlari va mamlakat foydasi uchun muvaffaqiyatliroq o'zlashtirib oladilar. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samaradorligi mehnat resurslarining miqdori, tarkibi, malakasi va ulardan foydalanish samaradorligiga bog'liq. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining mehnat resurslari tarkibi:

doimiy ishchilardan

muddatsiz ishga qabul qilinganlar;

mavsumiy ishchilardan

6 oygacha muddatga qabul qilinganlar;

vaqiinchalik ishchilardan — 2 oygacha muddatga qabul qilinganlardan;



shuningdek, shtatda turuvchi o ‘smirlar, nafaqaxo‘rlardan iborat.

Korxonalaming mehnat resurslaridan tashqari ba’zi hollarda qishloq xo'jaligida (mavsumiy ishlarda) mehnat shartnomasi asosida chetdanjalb qilinganlar mehnatidan ham foydaianiiadi, shu jumladan, yollanma ishchilardan ham. Qishloq xo'jaligida mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud bo'lib, bular quyidagilar:

- xodimlar mehnatining biologik ishlab chiqarish vositalari, tirik organizmlar

- tuproq, o‘simlik, hayvonlami rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish uchun yo'naltirilganligi. Bu qishloq xo'jaligi ishlabchiqarishida tirik organizmlarning rivojlanishi, o'zgarishiga, ulaming tabiatini noorganik elementdan organik moddalarga sintezlashuviga bog‘liqdir;

- mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligi tabiiy, xususan, yeming umumdorligi va ob-havo iqlim sharoitlariga bog'liqligi.

- xodimlaming bir necha turdagi mehnat vazifalarini bajarishi.

Ish turining ko'pligi va bajarish muddatining mavsumiyligi. Qishloq xo'jaligi xodimi alohida texnologik operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashgan tor malakali emas, aksincha, ma’lum turdagi pirovard mahsulot yetishtirishga keng ixtisoslashgan bo'lishi kerak;

- ishlab chiqarish jarayonida yer, chorva mollari va boshqa resurslarning mustaqil emasligi. Pirovard mahsulot natijasiga iqtisodiy javobgarlikni ta’minlash uchun xodimlarga umumiy yerlarni emas, balki aniq dalalarni, butun hayvonlami emas, balki aniq mollar bosh sonini birkitib qo'yish lozimdir;

- mehnat jarayonlarining o'z-o'zini boshqarishi. Biologik ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, qishloq xo'jaligida, ayniqsa, dehqonchilikda biologik jarayonda sharoitlar tez-tez o'zgarib turadi, shuning uchun bu yerda chetdan turib boshqarish imkoniyati ancha chegaralangan;

- dehqonchilik va chorvachilikda xodimlar daromadining pirovard iqtisodiy natijalarga bog'liqligi. Bu bog'Uqlik mehnat operatsiyalarini bajarish paytida xodimdan texnologik talablarga rioya qilishda o'zini qattiq nazorat qilishi shart bo'lib hisoblanadi. Samarali qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi uning mehnat resursiari bilan me’yor bo'yicha ta’minlanishiga bog'liq. Ishlab chiqarishning ish kuchi bilan yetarlicha ta’minlanmasligi ishlab chiqarish texnologiyasiga rioya qilinmasligiga, pirovard natijada mahsulotning yetarlicha olinmasligiga olib keladi. Mehnat resursiari bilan me’yordan ortiq darajada ta’minlanganlik esa ish kuchidan samarasiz foydalanishga va mehnat unumdorligining pasayishiga sabab bo'ladi. Ta’kidlangan xususiyatlar tarmoqda sarflanadigan mehnatning miqdoriga, sifatiga va samarasiga bevosita ta’sir etadi. Turlicha tabiiy sharoitda, har xil darajada ixtisoslashgan xo'jaliklarda bir xil ish jarayonlarini amalga oshirish uchun har xil miqdorda bir turdagi mehnat sarflanadi, uning samaradorligi ham bir-biridan farq qiladi. Kech kuz qish va erta bahorda mehnat sarfi keskin kamayib, hosilni yig'ib olishda unga bo'lgan talab ortadi. Shu davrda mavsumiy ishchilar shartnoma asosida jalb etiladi. Dehqonchilik va chorvachilikda bajariladigan ishlarning ko'pchiligi yuqori darajada bilim va malaka talab etmaydi. Qishloq xo'jaligidagi mehnat tarkibida ayollar mehnatining salmog‘I hozirgi davrda ancha yuqori. Shuning uchun ham tarmoqda mehnatga to‘lanayotgan haq kamroq. Tarmoqning yangi, unumli texnikalar bilantalab darajasida ta’minlanmaganligi ayrim ish jarayonlarini (sug'orish, chekanka qilish, hosilni yig'ib olish, chorva hayvonlarini oziqlantirish,sog'ish...) to'liq mexanizatsiyalashtirish imkonini bermaydi, natijada oddiy jonli mehnat xarajatlari ortadi. Qishloq xo'jaligida mehnat jarayonini amalga oshirishda uning samarali bo'lishini ta’minlash uchun barcha xususiyatlami e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. Mavjud mehnat resurslarining katta qismi qishloq xo'jaligida faoliyat ko'rsatadi. Ular o'zlarining ongli, maqsadli mehnatlari bilan qishloq xo'jaligini rivojlantirishga, uning samaradorligini yuksaltirishga ulkan hissa qo'shishi lozim. Ularning mehnatlari unumli bo'lishi kerak. Mehnat unumdorligi foydalanilayotgan texnikalar, texnologiyalar yordamida bir birlikdagi mahsulotni yetishtirish, ishni bajarish uchun sarflanadigan vaqt miqdoridir.


Download 171,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish