Qo`l va ot-ulov yordamida bajariladigan ishlarni normalashtirish



Download 97,5 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi97,5 Kb.
#11062

Aim.uz

Qo`l va ot-ulov yordamida bajariladigan ishlarni normalashtirish

Fan-texnika taraqqiyoti davrida qishloq ho`jaligida yuqori unumli minglab traktorlar, kombaynlar va boshqa murakkab mashinalar ishlatilmoqda. Ammo hanuzgacha ayrim ishlar qisman yoki to`liq qo`l yordamida bajarilmoqda. Chunonchi, g`o`za, poliz va sabzavot ekinlarining qator oralig`ini chopiq qilish, sug`orish, chekanka qilish, hosilni yig`ib-terib olish ishlarini amalga oshirishda hamon qo`l kuchidan foydalanilmoqda.

Zamonaviy paxta terim mashinasi 2-3 o`tishda hosilning 80-85 foizini terib oladi, 10 foizi ko`rak terish mashinalari bilan teriladi, qolgan 5-10 foiz paxta erga to`kiladi. Uni qo`lda terib olish esa qimmatga tushmoqda.

Qo`l yordamida bajariladigan ishlarni normalashda muayyan ishchining ish maromini kuzatish natijalari asos bo`ladi. Bunday ishchi:



  • yil davomida ishga faol qatnashishi;

  • ma’lum darajada malakaga ega bo`lishi;

  • sofdil va doimo mehnat normalarini bajarib kelgan bo`lishi kerak.

Kuzatish ishlarini u yoki bu ishni boshlashdan 2-3 kun o`tgach, o`tkazish tavsiya etiladi. Bunda ishchi bir maromda ishlashga moslashadi.

Qo`lda bajariladigan ishlar og`ir, og`irligi o`rtacha va yengil ishlarga bo`linadi. Ularning normasiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat:



  • ekish davrida o`simliklarning baland-pastligi, tuproqning fizik holati, ekish sxemasi, ekish normasi, egat kengligi.

  • ekinlarga ishlov berish va ularni parvarishlash davrida dala maydonining begona o`t bosganlik darajasi, ekish sxemasi, qator oralig`i, 1 gektar yerdagi o`simliklar zichligi, ularning baland-pastligi, tuproqning og`ir-yengilligi.

  • ximikatlar bilan ishlanganda zaharli moddalarning holati(suyuq, kukun), ta’sirchanlik darajasi.

  • bir gektar yerning hosildorlik darajasi.

Paxtachilikda xilma-xil ishlar bajariladi. Shuning uchun sharoitga ko`ra, mehnat normalari ham tabaqalashtirilgan holda belgilanishi kerak.

G`o`zani yaganalashda mehnat normalarini tabaqalashtirish uchun ekin tuplarining zichligi hisobga olinadi. Dalalar ulardagi tup soniga ko`ra, o`simliklar siyrak, o`rtacha zichlikda va juda zich joylashgan maydonlarga bo`linadi.

Bir gektar yerdagi tup soni quyidagicha aniqlanadi: dalaning 5 ta joyidan har 10 metrdagi tuplar sanaladi. Bizning misolimizda ular 60, 75, 86, 110, 100 tup. Aniqlangan tuplar soni qo`shilib, yig`indi 5 ga taqsimlanadi. Taqsimlash natijasida olingan ko`rsatkich har gektar yerdagi tup sonini bildiradi (). Demak, har gektar yerda 86 tup bor.

Quyidagi formula yordamida bir gektar yerdagi o`simlik zichligi aniqlanadi:



Bunda:

Us – 1 gektar yerdagi o`simliklar soni (dona);

N – 10 pogan metrdagi o`simliklar soni (dona);

Ko - qator oralig`ining uzunligi (m).

Har gektar hisobiga 65-90 ming tup o`simlik bo`lgan dala siyrak, 90-115 ming tup bor dala zichligi o`rtacha, 116 mingdan ko`p o`simlik mavjud bo`lgan dala zich dala hisoblanadi.

Ot-ulov yordamida bajariladigan ishlarga belgilanadigan mehnat normasiga otlarning vazni, tortish kuchi ta’sir etadi. Shunga ko`ra, otlar 6 ta guruhga bo`linadi. Birinchi guruhga vazni 400 kg.gacha bo`lgan otlar, ikkinchi guruhga 401-500 kg.bo`lgan otlar, uchinchi guruhga 501-600 kg.bo`lgan otlar, to`rtinchi guruhga 601-700 kg.bo`lgan otlar, beshinchi guruhga 701-800 kg.bo`lgan otlar, oltinchi guruhga vazni 800 kg.dan yuqori bo`lgan otlar kiritiladi.

Ot-ulov yordamida bajariladigan ishlar yengil, o`rtacha darajada og`ir va og`ir ishlar guruhiga bo`linadi. Yengil ishni bajarish uchun ot vazniga nisbatan 9 foiz tortish kuchi talab etiladi.

O`rtacha darajada og`ir ishni bajarishda tortish kuchi otning vazniga nisbatan 12 foiz, og`ir ishlarni bajarishda 15 foiz bo`lishi kerak.

Otlarning vazni tarozida tortib o`lchanadi. SHuningdek, u prof. Motorin usuli yordamida ham aniqlanishi mumkin. Bunda otning ko`krak qafasi o`lchanib, taxminiy vazni 500 kg.- 5,3 koeffitsiyentga ko`paytiriladi. Yig`indidan 505 kg. olib tashlansa, otning haqiqiy vazni ±18 kg. xatosi bilan aniqlanadi.

Masalan, vazni taxminan 500 kg. bo`lgan otning ko`krak qafasi 180 sm. Unda





Agar otning vazni taxminan 501 kg.dan yuqori bo`lsa, ko`krak qafasi-koffitsienti 6,4 ga ko`paytirilib, undan 689 kg. olib tashlangach, uning haqiqiy vazni aniqlanadi:

.

Qo`l yordamida bajariladigan ishlarni normalash quyidagi formula asosida aniqlanadi:



Bu erda:


60 – doimiy koeffitsiyent;

Thq - ish joyiga xizmat qilish uchun normativ (min);

Tdo – bir soatli operativ vaqtga nisbatan olish vaqti (min);

Tlo – ishchining fiziologik talabini qondirish uchun smena davrida ajratiladigan vaqt normasi – 10 min;

Wsop – 1 soat operativ vaqt mobaynida mehnat unumdorligi – ga, metrkub, metrkv.

Bir soatlik operativ vaqt mobaynida mehnat unumdorligini quyidagi tartibda aniqlash tavsiya etiladi:

10 kishining ishi kuzatilib, har birining mehnat unumdorligi aniqlanadi:

Masalan, deylik g`o`zani yaganalashda 10 kishining kunlik ish unumdorligi bo`yicha quyidagi ma’lumotlarga egamiz: 350, 400, 460, 350, 330, 370, 380, 420, 470, 280 m2 joyni yagana qilgan. Norma hisobotida foydalanish uchun ularning to`g`ri yoki noto`g`riligi tekshirib ko`riladi. Buning uchun eng katta ko`rsatkich kichigiga taqsimlanadi:



Ko`rinib turibdiki, olingan natija 1,5 dan yuqori (1,67). Tartibga ko`ra, shu sababli ikkala raqam ham qatordan olib tashlanadi. Shundan so`ng 8 ta raqamdagi munosabat aniqlanadi:



Ko`rinib turganidek, olingan natija 1,5 dan past (1,67). Demak, qolgan 8 ta ko`rsatkich talabga mos keladi. Uning summasi aniqlanadi:



Demak, 8 ta ishchining 1 soat davomidagi ish unumdorligi 382,5 m. kv.ni tashkil etgan.

Endi olingan ma’lumotlarni formulaga qo`yib, smena normasi aniqlanadi:

Tsm – 420 min;

Ttya – 15 min;

Tlo – 10 min;

thq - 6 min;

tdo – 8 min;



Qo`l yordamida paxta terilayotgan dalaning har gektaridan necha sentner hosil ko`tarilishini aniqlash uchun diagonal bo`yicha maydonning har 10 pogon metriga necha tup g`o`za to`g`ri kelishi aniqlanadi.

Deylik, bu boradagi ko`rsatkich quyidagicha bo`lgan: 43, 41, 49. Demak, () har 10 pogon metr joyda o`rtacha 44,3 tup bo`lgan. Ulardagi ko`saklar soni : 387, 392 va 429 ga teng. Demak, ularda o`rtacha 403 ko`sak bo`lgan. Endi har tup o`simlikda nechtadan ko`sak borligini aniqlaymiz. Buning uchun o`rtacha 10 metrda joylashgan tuplardagi ko`saklar sonini o`simliklar soniga taqsimlaymiz: .

Demak, har tupda o`rtacha 9 tadan ko`sak bor. Har bir ko`sakning og`irligi 4 gr. desak (), demak, har tup o`simlikda 36 gr. paxta xomashyosi bor.

Yuqoridagi hisob-kitoblar bo`yicha 0,9 m qator oralig`ida 1 gektarga 95555 tup o`simlik to`g`ri kelgan. Demak, 1 gektarda hosildorlik 34,4 ts/ga ga to`g`ri keladi.



10 ta terimchining ishi ustidan olib borilgan kuzatish natijasida quyidagi ma’lumotlar olingan: 1 soat davomida terib olingan paxta: 12, 15, 14, 18, 17, 14, 16, 14, 20, 13 kg.

Eng katta ko`rsatkich bilan eng kichik ko`rsatkich nisbati 20:13. Demak, natija 1,5 dan yuqori. Ikkala raqamni qatordan o`chiramiz. Qolgan raqamlar munosabatini aniqlaymiz:.

Qolgan raqamlar nisbati 1,3. Demak, 8 ta terimchining o`rtacha mehnat unumdorligi aniqlanadi:

Tsm – 420 min;

Ttya – 12 min;

Tlo – 10 min;

thq - 6 min;

tdo – 7 min;

1 soatlik ish unumi

Demak, smena normasi 38,8 kg.

Ot-ulov yordamida bajariladigan ishlarni normalash quyidagi formula asosida bajariladi:

Bu yerda:



tas – bir gektar yer hisobiga vaqt sarfi.

tyord – 1 gektar hisobiga yordamchi ishlarni bajarish uchun sarf etiladigan vaqt normasi;

totj – bir gektar hisobiga otlarga dam berish vaqti.

Aim.uz


Download 97,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish