Kultivator
Kultivator (
lotincha
: cultivo —
ishlov berish, chopiq qilish) — shudgorda tuproq qatlamini
agʻdarmay yumshatish,begona oʻtlarni yoʻqotish, chopiq qilivadigan ekinlarning qator
oralariga ishlov berish, oʻsimliklarni mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish, niholdarni yaganalash
va egat ochishga moʻljallangan qishloq xoʻjaligi quroli. Vazifasiga koʻra,
yoppasiga
ishlaydigan, chopiq qiladigan, oziklantirgich-K., muayyan ishlarni bajaradigan maxsus K.larga;
trak-torga qoʻshilishiga koʻra, tirkama va oʻrvatma K.larga boʻlinadi. Har qanday K. rama, osish
mexanizmi (oʻrvatma K. uchun) yoki tirkash qurilmasi (tiralma K. uchun), ish organlari, ish
organlarining ishlash chuqurligini rostlash va ularni koʻtarish mexanizmlari, ta-yanch
gʻildiraqlardan iborat. K.ga uning vazifasiga qarab quyidagi ish organlari oʻrvatiladi (1rasm).
K.ning aso-siy ish organi panja hisoblanadi. Yoppasiga ishlaydigan K. shudgorda begona
oʻtlarning
ildizini qirqish, ekish oldidan tuproqni 12 sm gacha chu-qurlikda yumshatish uchun
qoʻllaniladi. Chopiq qiladigan K. qator oralarini ishlash, ekinlarni sugʻorish uchun egatlarni
ochish, qatorlarga mineral oʻgʻitlar solish ishlariga moʻljallangan. K. oziqlantirgich ekin qator
oralarini ishlash (yumshatish, oʻtoq qilish va boshqalar) bilan birga oʻsimliklarning oʻsish
davrida mineral-organik oʻgʻitlar solishda qoʻllaniladi. Maxsus K.ga begona oʻtlarning poyasi,
ildizi va urugʻlarini yonuvchi gazlarning alangasi hamda issiqligi bilan kuydirib yoʻqotadigan
olovli K., tuproq qatlamini agʻdarmasdan chuqur yumshatadigan yotiq kesuvchi1-rasm.
Kultivatorning ish organlari: a — bir yoklama yassi (yotiq) kesuvchi panja; 6 —
yassi kesuvchi
oʻq yoysimon panja; v — universal oʻq yoysimon panja; g — yumshatuvchi vayzasimon panja; d
— yumshatuvchi iskana-simon panja; ye — yumshatuvchi aylantirma panja; j — okuchnik; z —
six (igva)li disk.
K., shudgorni begona oʻtlardan xoli qi-ladigan oʻtoq K., qator oralari 4–10 m li bogʻlar
tuprogʻini 14—20 sm chu-qur yumshatadigan bogʻbop keng kamrovli K.,
shudgorda
tuproqning yuza qat-lamini 10—15 sm chuqurlikda kesib, oʻzining ustki gʻilofiga urib maydalab
yumshatadigan frezali K., chopiq qilinadigan ekinlarning qator oralarini aylanadigan frezalar
bilan yumshatadigan frezali chopiq K. va boshqa kiradi.
Paxtachilikda KRX-4, KRT-4, KRX3,6, KXU-4A, KXO-3,6/4,2, KXO-5,4 va boshqa kultivator-
oziklantirgichlar ishlatiladi. Oʻzbekistonda "Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding" kompaniyasi
gʻoʻza va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlariga moʻljallangan K.ning bir necha modifikatsiyasini
ishlab chiqarmoqda. KXU-4A; KXO-3,6/4,2; KXO-5,4; KOV-4 va boshqa KXU-4A modifikatsiyasi
(2-rasm) paxtachilikka moʻljallangan 4 qatorli universal K. boʻlib,
ekinning qator oralariga
ishlov beradi, begona oʻtlardan tozalaydi, tuproqni yum-shatadi, joʻyaklar oladi, qator oralariga
oʻgʻit tashlab ketadi. Bu K.dan gʻoʻzadan tashqari kanop, makkajoʻxori va boshqa uzun poyali
ekinlarni oʻgʻitlashda ham foydalanish mumkin. K.ga PRX-4 ro-tatsion ish organi boʻlgan
moslama oʻrvatib 60 va 90 sm qator oraligʻida ekilgan goʻzalarga
tasma usulda ishlov berish
mumkin. Moslama katorga yaqin yerni yumshatadi. Bunday K. 40— 70 kVt quvvatli
traktorlarga agre-gatlanadi. KXO-3,6/4,2 va KXO-5,4 modifikatsiyadagilari gʻoʻza, makkajoʻxori,
pomidor, piyoz, sabzi, turp, kartoshka va boshqa ekinlarning oʻsish davrida bir yoʻla 6 qator
oralariga ishlov beradi (oʻtoq qiladi, tuproqni yumshatadi,
egat ochadi, qator oralariga oʻgʻit
soladi). Bunday K. 70—100 kVt kuvvatli traktorlarga agregatlanadi. KOV-4 modifikatsiyasi
pomidor, piyoz, sabzi, turp, kartoshka va boshqa sabzavot ekinlarini oʻsish davrida qator
oralarini oʻtoq qiladi, yerini yumshatadi, egat ochadi, oʻgʻit soladi.
Bunday K. 40—70kVt kuvvatli traktorga agregatlanadi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kultivat
or&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Kultivator&oldid=2301337
"
dan
olindi