4.3. Foyda summasi, rentabelik darajasi va qoshimcha tarmoqda ularni oshirish yollari
Foyda korxona faoliyatining muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi bo‘lsada, uning samaradorligini to‘la tavsiflab bermaydi. Korxona faoliyati samaradorligini aniqlash uchun natijalarni (foydani) xarajatlar yoki bu natijalarga erishish uchun sarflangan resurslar bilan solishtirish lozim Korxonada foyda turli xil faoliyat natijasida olinishi mumkin. Barcha foydalar yig‘indisi korxonaning yalpi foydasini tashkil qiladi. YAlpi foydaning tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat:
bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat va mahsulot sotishdan olingan foyda;
asosiy fondlar, shuningdek, korxonaning boshqa mulki sotishdan olingan
foyda;
korxonaning moliyaviy faoliyati orqali olinuvchi foyda. Foydani taqsimlash tamoyillari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijasida oladigan foydasi davlat va korxona o‘rtasida xo‘jalik sub’ekti sifatida taqsimlanadi;
foydaning davlatga to‘lanuvchi bir qismi soliq va yig‘imlar ko‘rinishida byudjetga kelib tushadi. Soliqlar tarkibi va foizi, ularni hisoblash tartibi va byudjetga to‘lanuvchi boshqa to‘lovlar qonunchilik tomonidan belgilanadi;
• soliqlar to‘langandan so‘ng korxona tasarrufida qoluvchi foyda miqdori, uning ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijalarini yaxshilashdan manfaatdorligini kamaytirmasligi lozim.
Korxonada foydani oshirishning asosiy yo‘llari. Har bir korxonada foydani oshirish bo‘yicha rejali chora-tadbirlar ko‘zda tutilishi kerak. Umuman olganda, bunday choratadbirlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish;
ortiqcha asbob-uskunalar yoki boshqa mulkni sotib yuborish yoki ijaraga berish; * moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ishchi kuchi va ish vaqtidan unumliroq foydalanish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish;
ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish;
mahsulot bozorini kengaytirish va hokazolar. Rentabellik ko‘rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini ko‘rsatadi.
Quyida korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan. Korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha:
~ 28 ~
Aktivlar rentabelligi. (Ra): u erda:
SF
Ra =
JAyk
SF - sof foyda;
JAyk - korxona jami aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati.
Korxonaning jami aktivlari rentabeligi korxona aktivlariga qo‘yilgan mablag‘larning bir so‘miga to‘g‘ri keladigan sof foyda, aktivlardan qanchalik darajada foydalanilganligini ifoda qiladi
Sotilgan mahsulot rentabelligi (RSM): yoki
YaF
Rsm =
SST
yoki
SF
Rsm =
SST
Bu erda: RSM- sotilgan mahsulot rentabelligi;
YAF - yalpi foyda;
SF - sof foyda;
SST - mahsulot sotishdan sof tushum.
Sotilgan mahsulot rentabelligi sotilgan mahsulotning har bir so‘mi qancha yalpi foyda yoki sof foyda keltirganini ko‘rsatadi.
Xususiy kapital rentabelligi (Rxk):
SF
Rxk =
XK
Bu erda: SF - sof foyda;
XK - xususiy kapital o‘rtacha yillik qiymati.
Mulkdor tomonidan kiritilgan kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlashda foydalaniladi va bu ko‘rsatkich boshqa qimmatli qog‘ozlarga kiritilganda olinishi mumkin bo‘lgan daromad bilan solishtirish imkonini beradi.
Xususiy kapital har bir so‘mi qancha sof foyda keltirganini ko‘rsatadi.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari rentabelligi (Rix), bu ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir so‘miga olingan yalpi foyda yoki sof foydani ifoda qiladi. Bu ko‘rsatkichdan turli mahsulotlar ishlab chiqarishning solishtirma samaradorligini aniqlashda keng foydalaniladi.
YaF
MIT
yoki
ix
SF
MIT
Bu erda: YAF - yalpi foyda;
SF - sof foyda;
MIT - mahsulot ishlab chiqarish tannarxi.
Asosiy vositalar rentabelligi. Asosiy vositalar rentabelligi har bir so‘mlik yoki ming so‘mlik asosiy vosita hisobiga to‘g‘ri keladigan foyda summasini xarakterlaydi. Ushbu ko‘rsatkich sof foyda summasini asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
R = Cof foyda*100% /Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
Oborot aktivlar rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich oborot aktivlarning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda, sof foyda summasini xarakterlaydi. Oborot aktivlar rentabelligi olingan sof foyda summasini oborot aktivlarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida aniklanadi:
R= Cof foyda*100% / Oborot aktivlar o‘rtacha yillik qiymati
Qarz mablag‘lari rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxona sof foydasini qarzga olingan mablag‘lariga nisbati asosida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich har bir so‘mlik qarz mablag‘iga to‘g‘ri keladigan foyda summasini ifodalaydi.