Mavzu: Avtomatika relelari
Reja:
Relelar xaqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi
Rele kontaktlarining ekspluatatsion kattaliklari
Rele deb ma’lum bir kirish signali o’zgarganda chiqish signali sakrashsimon o’zgaruvchi moslamaga aytiladi. Rele qishloq xo’jalik avtomatikasida eng ko’p qo’llaniladigan elementlardan biri hisoblanadi. Ta’sir qiladigan fizik kattaliklariga qarab ular elektrik, mexanik, magnit, issiqlik, optik, radioaktiv, akustik va kimeviy relelarga bo’linadi.
Ish prinsipi bo’yicha elektrik relelar o’z navbatida 9-turga bo’linadi (3.1-
rasm).
rasm. Elektrik relelarning klassifikatsiyasi.
Elektromagnit relelarida chulg’amdan o’tayotgan tok ta’sirida magnit maydon xosil bo’lib yakorning va kontaktlarning xolati o’zgartiriladi.
Magnitoelektrik relelarda chulg’am ramka kurinishida bajarilib o’zgarmas magnit maydonida joylashtirilgan. Chulg’amdan tok utayotganda ramka prujinani kuchini yengib xarakatga keladi va kontaktlarning xolatini uzgartiradi.
Elektrodinamik rele ish prinsipi buyicha magnitoelektrik relega o’xshash lekin undagi magnit maydoni maxsus uyg’otish cho’lg’ami bilan hosil etiladi.
Induksion relening ish prinsipi relening cho’lg’ami hosil qiladigan o’zgaruvchan magnit oqimi va xarakatlanuvchan diskda hosil bo’ladigan tok o’zaro ta’siriga asoslangan.
Ferromagnit relelar magnit kattaliklari (magnit oqimi, magnit maydoni kuchlanganligi) yoki ferrodinamik materiallarining magnit tavsifnomalari o’zgarilishi ta’sirida ishlaydi.
Elektron va ion relelari bevosita kuchlanish yoki tok kuchi natijasida hosil bo’ladigan sakrashsimon o’zgarishlar ta’sirida ishlaydi.
Elektroissiqlik relelari xarorat ta’sirida ishlaydi. Ularning ish prinsipi yuqorida ko’rib chiqilgan bimetalik va bilatomitrik datchiklarning ish prinsipiga o’xshash bo’ladi.
Rezonans relelari ish prinsipi elektrik tebranish tizimlarda hosil bo’ladigan rezonasga asoslangan.
Relelarning asosiy ko’rsatkichlari
Ishga tushish ko’rsatkichi - relelar ishga tushish paytidagi kirish kattaligining eng kichik qiymati - Xi.t.
Qo’yib yuborish ko’rsatkichi-relening oldingi holatiga qaytishi uchun zarur bo’lgan kirish kattaligining eng katta qiymati - Xk.yu.
Qaytish koeffitsiyenti-Kk=Xk.yu./ Xi.t. nisbati.
Ishchi parametri - rele uzoq vaqt ishlashi uchun zarur bo’lgan kirish kattaligining qiymati (nominal) rejimidagi - Xish.
Zahira (zapas) koeffitsiyenti: ishga tushishi
к Хиш
К.з.и.т. = 1,5
Хи.т
qo’yib yuborish К.зк.ю. = Хкю' 1,5
Хиш
Kuchaytirish koeffitsiyenti - kontaktlardagi quvvatning kirish signalidagi quvvatga nisbati
„ Рконт
Кк =
Риш
Relelarning yana bir muxim parametrlaridan (3.2- rasm) biri - ularning ishga tushish va qo’yib yuborish vaqtlari. Cho’lg’amga kuchlanish berilganda u shu vaqtning o’zida ishga tushmasdan, balki bir oz vaqtdan keyin ishga tushadi. Ushbu T i.t vaqt ishga tushish vaqti deb ataladi. Kuchlanish cho’lg’amidan ajratilganda ham qo’yib yuborish ma’lum bir vaqt ichida amalga oshadi - Tk 10. Bu vaqt quyib yuborish vaqti deyiladi. Ushbu inersionlik chulg’amning katta induktivlik bilan tushuntiriladi. Grafikdagi 0 nuqtasi chulg’amni manbaga ulanishiga to’g’ri keladi. T siljish vaqti mobaynida relening xarakatlanuvchi qismlari tinch xolatda bo’ladi. Tok esa I toki qiymatigacha o’sadi. T=T vaqt mobaynida relening xarakatlanuvchi qismlari bir turg’un holatdan ikkinchi turg’un holatga o’tishadi. Shundan keyin tok o’zining nominal ko’rsatkichi - I n gacha oshadi.
Kuchlanish ajratilishi bilan relening toki T gacha kamayadi. Bu vaqtda yakor o’zining eski holatiga qaytadi. Demak relening ajralishi T vaqt mobaynida amalga oshadi.
Ishga tushish vaqtiga qarab relelar tez xarakatlanuvchi (T=50-150 ms), o’rta xarakatlanuvchi (T=1-50 ms) va sekin xarakatlanuvchi (T=0,15-1 s). Agar T = 1 sek bo’lsa bunday rele vaqt relesi deyiladi.
Rele kontaktlarining ekspluatatsion kattaliklari
Relelarning puxtaligi va kontaktlarining kommutatsion xususiyatlari asosan kontaktlarga bog’lik. Relelarning kontaktlari quyidagi ekspluatatsion ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Ruxsat etilgan chegaraviy tok - I r.e. Bu ko’rsatkich kontaktlar qizib o’zining fiziko-mexanikaviy xususiyatlarini yo’qotmaydigan xarorat bilan aniqlanadi. Ruxsat etilgan chegaraviy tokni oshirish uchun kontaktlarning qarshiligini kamaytirib, ularning sovitish yuzasini oshirish kerak.
Ruxsat etilgan chegaraviy kuchlanish-U r.e. Kontaktlar o’rtasidagi izolyatsiyani va kontaktlararo masofada teshib o’tish kuchlanishi bilan aniqlanadi.
Ruxsat etilgan chegaraviy quvvat - R r.e. Bu ko’rsatkich kontaktlar ajralish jarayonida turg’un - yoyni (dugani) hosil qilmaydigan zanjirning quvvati bilan aniqlanadi.
Kontaktlarning ish rejimini yengillashtirish maqsadida kontaktlarga (3.2 - rasm, a, v) yoki cho’lg’amga (3.2 - rasm, v, g, d) shunt sifatida qo’shimcha elementlar ulash maqsadga muvofiqdir.
Cho’lg’amning induktivligi hisobiga yig’ilgan magnit energiyasi kontaktlararo masofada sarflanmasdan, rezistor va kondensator yoki cho’lg’amning o’zida sarflanadi. Rezistor qarshiligi cho’lg’amning aktiv qarshiligidan 5-10 barobar katta bo’lishi kerak. Kondensatorning sig’imi esa S=
5 - 2,0 mkf.
. Rele kontaktlari ishini yengillashtiruvchi sxemalar.
Mavzu: Mantiqiy elementlar
Reja:
Mantiq algebrasining asosiy tushunchalari
Mantiqiy jadvallari tuzushni o`rgatish
Xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida mehnat unumdorligi bilan mos ravishda avtomatlashtirish darajasining o’sishi elektr qurilmalari sxemalarining murakkablashuviga olib keladi. Bu sxemalardagi asosiy qurilma rele hisoblanadi. U qoidaga binoan, elektr signallarining ko’payishi, kuchayishi va bloklash uchun xizmat qiladi. Relelar ishining ishonchligi esa yuqori emas. Relening qo’zg’aluvchan elementlari deyiladi, tebranishdan vintli birikmalarning mexanik mustaxkamligi buziladi, kontaktlar kuyadi va xokazo. Shuningdek tashqi omillar, ya’ni xaroratning ko’tarilishi, chang, agressiv muhit ta’siri metall narsalarning oksidlanishiga, elektr ulanishning buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari rele juda hajmdor qurilma. U ishlayotganda shovqin va tebranishlar tarqatadi. Ular katta og’irlikka va inersionlikka ega.
Zamonaviy elektronikada rele qurilmalari o’rniga ularning vazifasini to’la bajara oladigan kontaktsiz elementlar qo’llaniladi. Releli va kontaktsiz sxemalarda signalning o’tishi maxsus matematik apparat yordamida yoziladi. Bu to’g’rida quyida tushuncha beriladi. Mantiq algebrasi fikrlar orasidagi turli mantiqiy bog’lanishlarni o’rganadi va faqat ikkita qiymat xaqiqiy “I” va sohta “O” bilan ish ko’radi. Mantiq algebrasida uchta asosiy mantiqiy funksiya bor.
Mantiqiy ko’paytiruv, ya’ni kon’yunksiya “VA”.
Mantiqiy qo’shuv, ya’ni diz’yunksiya “YoKI”.
Mantiqiy inkor “YO’Q”.
Logika algebrasi - bu 0 va 1 qiymatlarini qabul qilib, o’zgaruvchan kattaliklar o’rtasidagi bog’liqliqni o’rganadigan analiz va sintez matematik apparatidir. Bu ikkita qiymatga har hil o’zaro qarama-qarshi hodisalar, shart va holatlar qo’yiladi. Masalan, kontaktning ulanishi-1, kontaktning ajralishi-0: signal mavjudligi-1, signalning yo’qligi-0: yopiq zanjir-1, ochiq zanjir-0. Bu yerda
shuni nazarda tutish kerakki, 0 va 1 raqamlari miqdoriy nisbatni anglatmaydi va
son ham emas, balki ular simvol hisoblanadi.
Logik o’zgaruvchi deb faqat ikkita 0 va 1 qiymatlarini qabul qiluvchi
kattalikka aytiladi. Logik funksiya deb-argumentlari kabi faqat 0 va 1 qiymatlarni
qabul qiluvchi funksiyaga aytiladi.
Logik funksiyalarda kirishdagi va o’zgaruvchi qiymatlarning turli xil
amallari termalar deyiladi. Kirishdagi o’zgaruvchilar qiymatlari va logik
funksiyalar qiymatlari termasi funksiyaning haqiqiylik jadvali deyiladi. Jadvaldan
foydalanishning afzalligi shundaki, funksiyaning matematik yozuvi, uning tarkibini
hamma vaqt ham yaqqol ko’rsatavermaydi. Quyida asosiy funksiyalar to’g’risida
bayon berilgan.
Mantiqiy elementlar bajaradigan funksiyalar.
«TAKRORLOVChI»
«TAKRORLOVChI» funksiyasining matematik ko’rinishi y= k • x bo’lib,
bu ifoda logik elementning chiqish signali y kirish signali x dan k marta farq
qilishini anglatadi.
Bunda ularning ishoralari bir xil. Bunday elementlar kirish signalini
kuchaytiruvchi va bo’luvchilar hisoblanadi.
“ EMAS ” funksiyasi logik inkor deyiladi va matematik ko’rinishi quydagicha: y= x-. Bu ifoda elementning chiqishdagi y signali, kirishdagi x signali bo’lmaganda mavjudligini va aksincha bo’lishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |