Mavzu: Avtomatikaning funksional elementlari
Reja:
Axborotni aks etish vositalari
Elektrolyuminissent indikatorlar
Axborotni qabul qilib uning vizual formaga aylantirib maxsus ekranlarda aks etuvchi vositalar axborotni aks etish vositalari deyiladi.
Axborot televizion tasvir, rasm, grafik, xarf yoki raqam ko’rinishida aks etilishi mumkin.
Proyeksion indikatorlar. Proyeksion indikatorlar (5.1-rasm) linzalarga aks ettilgan raqam va xira oynadan iborat. Ushbu tipdagi indikatorlar yordamida har hil simvollarga erishish mumkin. Bundan tashqari tasvir rangli bo’lishi mumkin. Operativ boshqarish tizimlarida PT-2M, PP-21M, PP-21MA hamda PP-30M tipidagi proyeksion indikatorlar keng qo’llaniladi.
proyeksion indikatorlar; b)-tuzilishi; v)-elektrolyuminissentli raqamli indikatorning tashq ko’rinishi
Elektrolyuminissent indikatorlar. Elektrolyuminissent indikatorlar (5.2-rasm) tasviri bo’yicha xarif-raqamli, mnemonik hamda belgi indikatorlarga ajratiladi. Xarif-raqamli elektrolyuminissent indikatorlar eng keng qo’llaniladigan axborotni aks etish vositalardan biridir. Belgi va raqamlar ularda har hil konfiguratsiyadagi segmentlardan iboratdir. O dan 9 gacha raqamlarni aks etish uchun 7, 8, 9, segmentli elektrolyuminissent indikatorlar qo’llaniladi. 19 segmentli elektrolyuminissent indikatorlar esa hamma arab raqamlari va lotin hamda rus alfavit xarflarini aks etadi.
Elektrolyuminissent indikatorlarning ish prinsipi qattiq moddani o’zgaruvchan elektr maydonda yorug’lik tarqatishga asoslangan. Ularning konstruksiyasi quyidagicha: oynaga 1 tiniq elektr o’tkazuvchan 2, metalik 4 va elektrolyuminissent qatlamlari qotirilgan.
Gazorazryadli axborotni aks etish vositalar ham juda keng tarqalgan. Bu lampalar arzon bo’lib kichik inersionlikka ega. Bu indikatorlarning ish prinsipi quyidagicha: anod tok shaklida bajarilgan, katod esa har hil ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin. Tanlangan katod va anodga kuchlanish ulansa katodni formasini takrorlovchi mi1t.i11a.nma. razryad hosil bo’ladi
Suyuq kristalli axborotni aks etish vositalari
Suyuq kristalli axbarotni aks etish vositalari rang indikatori bo’lib xonadagi normal yorug’ligda ishlayveradi. Bu indikatorlar eng past energiya manbalaridan ishlab perspektiv hisoblanadi. Ushbu indikatorning ish prinsipi suyuq kristallarni o’tayotgan nurlarni sindirishga hamda elektrik maydon ta’sirida xira bo’lishiga asoslangan.
Konstruktiv nuqtai nazaridan oraliq masofasi 10-20 mkm ikkita oynani orasiga suyuq kristallar moddasi bilan to’ldirilgan. Oynalarga esa elektr o’tkazuvchan material sepilgan. Demak oynalar elektrod vazifasini bajarishadi. Xar biri esa 7 yoki 8 sektordan iborat.
Topshirish va taqqoslash elementlari
Bundan oldingi bo’limlarda turli tipdagi va har hil ishlarga mo’ljallangan datchiklar ko’rib chiqildi. Shunda bu datchiklar rostlanuvchi miqdorni o’lchash uchun, qaysi ob’ektda ishlatilishidan qat’iy nazar alohida olib ko’rildi. Shuni qayd qilish kerakki, yuqorida bayon etilgan datchiklar va turli elektrik o’zgartkichlarning hillari juda ko’p, jumladan elektrolitik, magnitostriksion, elektrokinetik, polyarografik va boshqa o’zgartkichlar ko’rib chiqilmadi. Bular maxsus adabiyotlarda yoritilgan.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ARS larda nazorat qilinayotgan kattaliklarni topshirilgan satxda; yoki kattaliklarni topshirilgan funksiya bo’yicha o’zgartirish yoki kirish signali o’zgarilishi bilan boshqarish signallarini hosil qilish uchun tizimlardan topshirish va taqqoslash vositalari keng qo’llanadi.
Topshirish vositasi (zadatchik) - boshqarilayotgan kattalikni topshirilgan belgiga o’rnatish uchun xizmat qiladi.
Topshiruvchi qurilmalar beradigan signalining xarakteriga qarab ikki asosiy sinfga: analogli va raqamli qurilmalarga bo’linadi. Analogli qurilmalar o’z navbatida, uzluksiz va diskret topshiruvchi qurilmalarga ajraladi. Diskretlik vaqt bo’yicha xam, ishlab chiqiladigan signalning qiymati bo’yicha ham bo’lishi mumkin. Raqamli topshiruvchi qurilmalar diskretli signallar ishlab chiqaradi.
Bundan tashqari, topshiruvchi qurilmalar ishlab chiqiladigan signallar energiyasining turiga qarab ham farqlanadi. Elektrik, pnevmatik, gidravlik va mexanikaviy (kuchishlar yoki kuch tarzida) signallar ishlab chiqaruvchi topshiruvchi qurilmalar ishlatilmoqda.
Rostlagich tomonidan realizatsiya qilinishi lozim bo’lgan programma yoki topshirilgan funksional bog’lanish turlicha olinishi mumkin. Masalan, uzluksiz ishlaydigan topshiruvchi qurilmalarda ko’pincha qulachoqli mexanizmlar (bikr va rostlanuvchi), funksional potensiometrlar, qog’ozga yozilgan diagramma va richagli mexanizmlar ishlatiladi. Diskret ishlaydigan topshiruvchi qurilmalarda programma elitgich sifatida ko’p zanjirli almashlab ulagichlar, perfokartalar, magnitli plyonkalar, kino plyonkalar va hokazolar ishlatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |