bola:- Bugun biz barcha bayramlar ichra eng e’zozlisi - O‘zbekiston Mustaqilligini shodon nishonlaymiz!
bola:- Farzand bo‘lib maqtayman,
Xursand bo‘lib maqtayman!
Shu o‘lka suvin ichdim,
Dilband bo‘lib maqtayman!
Onajon, O‘zbekiston!
Jonajon, O‘zbekiston!
(P.Mo‘min) (O‘zbekiston haqida she’rlar o‘qiladi. Qo‘shiq va raqslar ijro etiladi.) Tarbiyachi:- Aziz mehmonlarimizni sayohat qildirsak bo‘lar edi, lekin ularni eng avvalo qayerga olib borsak ekan?
Bolalar:- Buxoroga, Xivaga, Samarqandga, Surxondaryoga, Toshkentga, Qo‘qonga, Andijonga...
Tarbiyachi:- O‘zbekistonning eng chiroyli va qadimiy shaharlarini tanladingiz-ku. ammo ularga qanday borishni aytmadingiz! Bolalar:- Sehrli «qo‘qon arava»da!
Tarbiyachi:- Xayolimdan ko‘tarilibdi, to‘g‘ri aytasiz, sehrli aravaga chiqib, biz mehmonlar bilan bir zumda istagan joyimizga yetib borishimiz mumkin. Qani, ayting sehrli so‘zlarni!
O‘rtaga «sehrli arava» chiqadi va bolalar mehmonlar bilan birga yo‘lga otlanadilar.
Bolalar:
- Ezgulikdadir qudrat,
Dilda yo‘q gina-kudrat,
Yo‘l tanobin tortamiz,
Termizjonga boramiz!
Shu tarzda «sehrli so‘z»larning oxirgi satri o‘zgarib, istalgan viloyatga borish mumkin. U yerda mehmonlarni raqs tushib, qo‘shiqlar aytib - tantanali ravishda kutib olishadi. «Andijon polkasi», Xorazm «Lazgi»si ijro etiladi va hokazo.
Tarbiyachi:- Bolalar, men mehmonlarimizning bir siridan ogoh bo‘ldim - ular sizlarga chiroyli sovg‘a tayyorlab kelishgan ekan. U nima ekan deb o‘ylarsiz? Mana, ko‘ring! (Mehmonlar ijrosida arabcha, turkcha va zamonaviy raqslar). Sovg‘alar sizlarga ma’qul bo‘ldimi? Mehmonlarimizga chin dildan «RAHMAT» aytamiz-a?! Rahmat sizlarga, bizlarni juda xushnud etdingiz!
Bayramimiz yana davom etadi.
O‘zbek xalq kuylari sadosi ostida musiqa mehmon-xonasiga «Humo» qushi uchib kirib, jozibali raqs ijro etadi. Unga milliy libosdagi qizlar jo‘r bo‘ladilar va o‘yin so‘ngida tarbiyachi oldiga Humo qushini yetaklab keladilar.
Bolalar:- Qarang, bog‘chamizga Humo qushi uchib keldi! Tarbiyachi:- Bu xushxabaringiz uchun rahmat! Humo qushi gerbimizdan joy olib, O‘zbekiston yurtining baxt-saodat ramzini bildiradi, posboni sanaladi. Uni sevib, ardoqlang, aziz bolajonlar! Mehr-oqibatli, mehnatsevar bo‘lib kattalarni hurmat qilib, yurtimizning boyligiga boylik qo‘shib, Humo qushini abadul-abadga saqlang! (Qo‘shiq ijro etiladi).
Barcha bolalar bayroq oldiga kelib, tantanavor holda turib O‘zbekiston Respublikasi madhiyasiga jo‘r bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |