Musiqani sevib ardoqlang, evaziga u sizga shodlik va quvonch baxsh etadi. Botir Zokirov



Download 0.8 Mb.
bet1/2
Sana14.12.2019
Hajmi0.8 Mb.
  1   2
Fan: Musiqa madaniyati

Sana:26.02.2016

Sinf: 6-“H”

0’qituvchi: Qo’ng’irova Lobar


Musiqani sevib ardoqlang, evaziga u sizga shodlik va quvonch baxsh etadi.

Botir Zokirov
Darsning texnologik xaritasi

Maqsad va vazifalar





Maqsad:

  1. ta’limiy: o’quvchilarni xotiradan naturmort kompozitsiyasini ishlashga, naturani kuzatishga o’rgatish. Ranglarni o’z o’rniga qo’ya olish malakalarini mustahkamlash;

  2. tarbiyaviy: vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;

  3. rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mustaqil rasm ishlash,ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o’stirish, tasviriy malakalarini rivojlantirish.

Vazifalar: o’quvchilarga mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va kengaytirish, mavzuga oid tarqatmalar ustida mustaqil ishlashga undash.

O’quv jarayonining mazmuni

Bilim berish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi





Metod: og’zaki, yozma, ko’rgazmali, amaliy;

Tur: 1.Yangi bilim, tushuncha beruvchi; 2.Ko’nikma va malaka hosil qiluvchi; 3.Sinovchi; 4.Mustahkamlovchi; 5.Aralash.

Usul: Interfaol usullar ( “Aqliy hujum”, “Guruhlarda ishlash”, “Tanqidiy tafakkur”, “Zanjir”, “Slayd”, “Zigzag”, “Klaster”, “Zinama-zina”, “BBB”, “Qoidalar mashqi”, “Bahs-munozara”, “Blits-so’rov”, tarqatmalar bilan ishlash);

Jihoz: Darslik, tarqatmalar, test variantlari, rag’bat kartochkalri, mavzuga oid ko’rgazmalar, kompyuter, proyektor, ekran, kadoskop, elektron darslik, mavzuga oid ko’rgazmalar, markerlar, oq varaqlar, kubiklar.

Baholash: Besh ballik tizim asosida baholanadi

Kutiladi-

gan natija:


O’qituvchi: Qisqa vaqt ichida yangi mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma va malaka hosil qilinadi. Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg’or usullari vositasida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishiga erishadi. O’quvchi faolligini oshiradi. O’quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi..

O’quvchi: Yangi mavzuni tezlik bilan o’zlashtiradi, nutqi rivojlanadi, o’z-o’zini nazorat qiladi, savollar ustida mustaqil ishlaydi.



Kelgusi reja:


O’qituvchi: Yangi metod va usullarni tadbiq etadi. O’z mahoratini oshiradi.

O’quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga doir qo’shimcha ma’lumotlar to’playdi.



Mashg’ulot bosqichlari:


T/r


Dars bosqichlari


Vaqt

Jami


1

Tashkiliy qism


2




2

O’tilgan mavzuni takrorlash


7




3

Yangi mavzu bayoni








4

Mustahkamlash








5

Dars yakuni: baholash va uyga vazifa

5

45 daqiqa



Darsning borishi:

1. TASHKILIY QISM:

  • Salomlashish, suhbat;

  • Davomatni olish;

  • Yangiliklarni tinglash;

  • Psixologik iqlim yaratish;

II. Otilgan mavzuni mustahkamlash: o’tilgan mavzularni takrorlashdan oldin “Ovoz sozlash” mashqi o’tkaziladi.



  1. 1-ovoz sozlash mashqida notalar ketma-ketligi kuylanadi

Do, Re, Mi, Fa, Sol, Lya, Si, Do

  1. 2-ovoz sozlash mashqida har bitta nota 4 martadan kuylanadi

Do, Do, Do, Do, Re, Re, Re, Re, Mi, Mi, Mi, Mi va. h.k

  1. 3-ovoz sozlash mashqida akapella qilib kuylanadi, ya’ni jo’rsiz ovozda

Sen chamanni guli bo’lsang

Men chamanni bulbuli,

Sen chiroyingga ishonsang

Men taqdirimning quli.



“Tinchlik” qo’shig’ini kuylashga erishish.

Musiqa savodi:

O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida savol-javob tashkil etiladi. Uyga berilgan topshiriq so’raladi.



III. YANGI MAVZU BAYONI

ESTRADA MUSIQASI



Estrada so’zi lotin tilida “tepalik” (sodda qilib aytganda, supa) ma’nosini anglatadi. XX asrning 50-yillarida estrada so’zi musiqaga kirib keldi va tomosha san’atining kichik shakli sifatida qo’llanila boshlandi. Estrada musiqasi estrada san’atining yetakchi bir qismin tashkil etadi. Estrada-bu yengl maishiy xarakterga ega, ommabop musiqa bo’lib, unung tashkil topish tarixi g’arb xalqlarining teatr-tomosha shakllaridan boshlanadi. Bu G’arbda ommalashgan kafeshaktan, muzikxoll madaniyatining o’zaro ta’sirida rivojlandi. Asta-sekin jaz, Yevropa va Sharq garmoniya va ritmikasi, rok, pop kabi musiqalar va yo’nalishlar estradani egalladi.
WordArt 4


O’zbekistonda ham estrada musiqasi XX asrning 50-yillarida shakllana boshladi. Unga taniqli estrada yulduzi Botir Zokirov asos soldi. 1957-yili o’zbekistonlik yosh estrada guruhi Moskvada o’tkazilgan yoshlarning VI Xalqaro festivalida ilk bor muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli 4-o’ringa sazovor bo’ldi. Bu katta yutuq edi.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa