Agar so’z tarkibida -gina sintaktik shakl yasovchidan keyin kelsa, u qanday qo’shimcha hisoblanadi?



Download 28,58 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi28,58 Kb.
#931254
Bog'liq
yuklama test


  1. Agar so’z tarkibida –gina sintaktik shakl yasovchidan keyin kelsa, u qanday qo’shimcha hisoblanadi?

  1. Lug’aiy shakl yasovchi qo’shimcha

  2. Qo’shimcha emas yuklama hisoblanadi

  3. Sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha

  4. So’z yasovchi qo’shimcha

  1. Berilganlardan kuchaytiruv –ta’kid yuklamalarni aniqlang.

  1. –gina; 2)hatto; 3)ham; 4)-ku; 5) nahot; 6)atigi; 7) –yu 8) g’irt

  1. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8

  2. 2, 3, 4, 6, 7

  3. Barcha berilganlari

  4. 2, 3, 4, 5, 7, 8

  1. Borib-borib menga gap tegmasa edi deyman-da!

Ma’no jihatdan ushbu gapda qo’llangan yuklama yuklamaning qaysi turiga oid?

  1. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamasi

  2. Gumon yuklamasi

  3. Ayiruv va chegaralov yuklamasi

  4. So’roq va taajjub yuklamasi

  1. Gaplarning qaysi birida yuklama ishtirok etmagan?

  1. Haykal ham qo’yingiz bamisli xayol.

  2. Tarraqiyot tasodif emas, balki zaruratdir.

  3. U o’z ishini sira vaqtida qilmaydi.

  4. Nihoyat, unday inson ham ko’rindi.

  1. Gumon yuklamasi qo’llanmagan gapni toping.

  1. U sizni yo’qlab kelgandir?

  2. Suv hayot manbayidir.

  3. Urug’ingdir, aymog’ingdir, Biror og’zi maymog’ingdir?

  4. Barcha gaplarda gumon yuklamasi qo’llangan.

  1. -mi, -chi, -a (-ya) qo’shimchalari yuklamani qaysi turiga kiradi?

  1. So’roq-taajjub yuklamalari

  2. Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari

  3. Ayiruv-chegaralov yuklamalari

  4. O’xshatish-qiyoslash yuklamalari

  1. Qaysi gapda ayiruv-chegaralov yuklamalari qatnashgan?

  1. Nuqtadan bir qush uchar, go’yoki behush uchar.

  2. Axir, bu muqaddas dargohda ko’plab buyuk kishilar ishlab ketganlar.

  3. Uka, bu gaplar kitobdagina bor, xolos.

  4. Bu yer mol o’tlaydigan, bolalar chillak o’ynaydigan yer-da!

  1. Qaysi gapda yuklama odatiy o’rinda qo’llanmagan?

  1. Na qo’shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshtilmadi.

  2. Yo zardo’zi to’ning to’zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging.

  3. Yupanch topdingmi dunyoga kelib, Ustoz yo shogirddan yoki tengdoshdan.

  4. Ayt-chi, go’zal Sanobar, qayer sening makoning?

  1. Qaysi gaplarda yordamchi so’zlar turkumiga xos birliklarning barcha turi ishtirok etmagan?

  1. Usmon Nosir nihoyatda ziyrak, irodali, keng mushohadali, o’ta qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq, mehnatkash edi va shu fazilatlari bilan ajralib turardi.

  2. Halollik buyuklik sari dastlabki qadamgina bo’lib qolmay, buyuklik va insoniylikning ayni o’zidir.

  3. Namiqqan shuvoqlar oldin tutab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, gurullab yondi.

  1. 1, 2, 3

  2. 2, 3

  3. 1, 2

  4. 1, 3

  1. Qaysi javobda bog’lovchi, ko’makchi, yuklamalarga ikkitadan misol keltirilgan?

  1. Nahotki, basharti, qadar, balki, hatto, faqat

  2. Naq, negaki, sayin, atigi, hamda, uzra

  3. Atigi, hatto, naq, mabodo, tufayi, uzra

  4. Nahotki, hatto, sayin, ya’ni, tufayli, uzra

  1. Qaysi javobda kuchaytiruv-ta’id ma’nosini bildiruvchi so’z-yuklamalar to’g’ri ko’rsatilgan?

  1. Hatto;

  2. –ki;

  3. Axir;

  4. Faqat;

  5. Nahotki;

  6. Naq;

  7. –u (yu);

  8. Nihoyatda;

  9. –da;

  10. ham

  1. 1, 2, 3, 5, 7, 9, 10

  2. 3, 5, 10

  3. 1, 3, 4, 5, 8, 10

  4. 1, 3, 5, 6, 8, 10

  1. Qaysi jaobda uchta yuklama qatnashmagan gap(lar) ko’rsatilgan?

  1. Ulardan faqat birga oldirilgan suratgina yodgor qoladi xolos.

  2. Qizning nihoyatda tasirlanib gapirgan fikrlaridan Feruza ham bir narsa deya olmadi-ya.

  3. Xullas, hammasi yaxshi ketayotgan edi-yu, to’satdan ikkiovlari ham shaharga, o’z uyiga qaytish fikriga tushib qolsa bo’ladimi.

  4. Nahot meni ham shu gapga ishonmadi deb o’ylaysiz-a?

  1. 1

  2. 2, 3

  3. 2, 3, 4

  4. Berilgan gaplarda uchtadan yuklama qatnashgan

  1. Chiroylidir go’yo yosh kelin,

Ikki daryo yuvar kokilin,
Qorli tog’lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
She’rdagi yuklamaning turi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

  1. Gumon yuklamasi

  2. Inkor yuklamasi

  3. Ayiruv-chegaralov yuklamasi.

  4. O’xshatish-qiyoslash yuklamasi.

  1. Qaysi javobda kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari berilgan?

  1. Ham, g’irt

  2. -da, -gina (-kina, -qina)

  3. Faqat, -oq (-yoq)

  4. -ku, -dir

  1. Qaysi qatorda faqat kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari berilgan?

  1. Hatto, -ku, ham, nahotki

  2. -da, -u, -yu, axir, faqat

  3. -oq (-yoq), -dir, ham, xuddi

  4. -ki, -chi, -a, -sira

  1. Qaysi qatorda so’zga qo’shib yoziladigan yuklamalar berilgan?

  1. -ku, -u, (-yu), -da

  2. -oq, -yoq, -mi

  3. Na…na

  4. –chi, -a (-ya)

  1. Qaysi yuklamalar o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi?

  1. –mi;

  2. –chi;

  3. –oq;

  4. –yoq;

  5. –a;

  6. –ya;

  7. –gina;

  8. –dir;

  9. –u;

  10. –yu;

  11. –da;

  12. –ku;

  1. 1, 3, 4, 11, 12

  2. 1, 2, 5, 6, 7

  3. 1, 3, 4, 7, 8

  4. 8, 9, 10, 11

  1. Quyidagi qaysi gapda -da yordamchisi o’rnida ham yuklamasini qo’llash mumkin?

  1. Yoshgina bir qiz atlas ko’ylagini hilpiratib, sahnaning o’rtasiga keldi-da, nimanidir e’lon qildi.

  2. Choy qaynatib ichishni-da unutdi.

  3. Namiqqan shuvoqlar oldin tutab, yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurullab ketdi.

  4. Birov kirdi-da, chiqib ketdi.

  1. Quyidagilardan qaysi biri yuklama?

  1. Balki; 2) Nahotki; 3) nihoyat; 4) axir; 5) agar; 6) hech; 7) sira

  1. 2, 4, 6, 7

  2. 1, 2, 4, 7

  3. 2, 3, 5, 6

  4. 2, 3, 4, 7

  1. Salimjon – nihoyatda ziyrak, keng mushohadali, qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq bola, shu fazilatlari bilan u maktabda ham hurmatga sazovor.

Ushbu qo’shma gapdagi yordamchi so’zlar sonini aniqlang.

  1. 3 ta

  2. 1 ta

  3. 2 ta

  4. 4 ta

  1. U faqat shoirgina emas, balki adabiy tanqidchi ham edi.

Mazkur gapda atash ma’nosiga ega bo’lmagan so’zlar miqdorini toping.

  1. 4 ta

  2. 3 ta

  3. 6 ta

  4. 5 ta

  1. Uzoq yurdim keksa tog’ sari,

Goh odimlab, gohida chopdim.
Nuragan tosh, qoya tagidan,
Go’yoki tog’ ko’zlarin topdim. (Sh. Rahmon)
She’rdagi yordamchi so’z turkumiga mansub so’zlar miqdori qaysi javobda to’g’ri berilgan?

  1. 2 ta

  2. 3 ta

  3. 4 ta

  4. 5 ta

  1. Yuklamarning qaysi tur(lar)i vazifadosh bog’lovchi bo’lib kelishi mumkin?

  1. Ta’kid

  2. Ta’kid va ayiruv-chegaralov

  3. Ta’kid, ayiruv-chegaralov, inkor

  4. Ta’kid va inkor

  1. Yuklama qatnashgan gapni toping.

  1. Abdumalik ota nabiralarini yeyishar deb, bahorda ko’chat ekadi.

  2. Vatanimiz poytaxtida, ya’ni Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko’p.

  3. Bu xabar unda hech qanday norozilik tug’dirmadi.

  4. Ahmad bu gapni sira kutmagandi, tok urgandek eti jimirlab ketdi.

  1. Yuklamalardan qaysi turlari faqat so’z yuklamalardan iborat?

  1. Inkor, ayiruv-chegaralov

  2. So’roq-taajjub, kuchaytiruv-ta’kid

  3. Ayiruv-chegaralov, gumon

  4. O’xshatish-qiyoslash, inkor


  1. Agar, basharti, garchi so’zlari bog’lovchining qaysi turiga kiradi?

  1. Teng bog’lovchi

  2. Aniqlov bog’lovchisi

  3. Sabab bog’lovchisi

  4. Shart bog’lovchisi

  1. Balki so’zi vazifadosh bog’lovchi sifatida qo’llangan gapni toping.

  1. Xalqni qo’rqitgan emas, balki xalqni dardiga sherik bo’lgan odam marddir.

  2. Balki, ertalab o’ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir.

  3. Bo’lib o’tgan voqea, balki, seni shoshirib qo’ydi?

  4. Balki so’zi vazifadosh bog’lovchi sifatida qo’llanilmaydi.

  1. Ba’zan u keladi, ba’zan biz boramiz. Ushbu gapda bog’lovchining qaysi turi qo’llangan?

  1. Zidlov bog’lovchi

  2. Ayiruv bog’lovchi

  3. Ergashtiruvchi bog’lovchi

  4. Bog’lovchi qo’llanmagan

  1. Bilimdonlikning sir-u asrori g’ayrat hamda matonat bilan o’qish va o’rganishdadir.

Ushbu gapdagi yordamchi so’zlar haqidagi qaysi malumot to’g’ri?

  1. Gapda 2 ta vazifadosh bog’lovchi ishtirok etgan.

  2. Gapda 2 ta ko’makchi ishtirok etgan.

  3. Gapda faqat bog’lovchilar ishtirok etgan.

  4. Gapda ko’makchi va bog’lovchi ishtirok etgan.

  1. Bog’lovchi-yuklamalar qanday bog’lovchilar guruhiga mansub bo’ladi?

  1. Shart bog’lovchilari

  2. Sabab bog’lovchilari

  3. Ergashtiruvchi bog’lovchilar

  4. Teng bog’lovchilar

  1. Darhaqiqat, buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo’gul va boshqa tillardagi so’zlardan ham mahorat bilan foydalangan. Ushbu gapda yordamchi so’z turkumiga mansub so’zlar soni nechta?

  1. 5

  2. 2

  3. 3

  4. 4

  1. Faqat o’tmish bilan yashamas inson,

Garchand bo’lolmaydi hech undan ozod.
Kechagi g’animni o’ylasa obdon,
Bukchayib qolardi bugun odamzod. (A. Oripov) Ushbu she’riy parchadagi yordamchi so’z turkumlariga mansub so’zlar miqdori qaysi javobda to’g’ri berilgan?

  1. 3 ta

  2. 4 ta

  3. 2 ta

  4. 5 ta

  1. Gap bo’laklari va gapni tobelantirib bog’lovchi, ular orasidagi shart ma’nosini ifodalovchi bog’lovchini toping.

  1. Ya’ni

  2. Negaki

  3. Garchi

  4. Balki

  1. Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar…

  1. Ko’makchilar

  2. Bog’lovchilar

  3. Yuklamalar

  4. Undov so’zlar

  1. Ham, hamda, bilan bog’lovchilari teng bog’lovchilarning qaysi turkumiga kiradi?

  1. Biriktiruv bog’lovchilari

  2. Zidlov bog’lovchilari

  3. Ayiruv bog’lovchilari

  4. Inkor bog’lovchilari

  1. Ko’makchi-bog’lovchilari berilgan qatorni toping.

  1. Tomon

  2. Keyin

  3. Haqida

  4. Bilan

  1. Ko’zimda yosh bilan kularman men ham,

Tilasam muhabbat tilarman men ham:
Ishq bilan dunyoni olarman men ham,
Muhabbat bor edi, muhabbat mavjud.
She’riy parchada yordamchi so’z turkumiga oid birliklar necha o’rinda qo’llangan?

  1. 2

  2. 3

  3. 5

  4. 4

  1. Ko’ngil, sen munchalar nega

Kishanlar birla do’stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?
She’rdagi bog’lovchining turini aniqlang.

  1. Briktiruvchi bog’lovchi

  2. Zidlov bog’lovchi

  3. Ayiruv bog’lovchi

  4. Inkor bog’lovchi

  1. Million o’zbeklarning umidlari jam,

Million bu ovozlar-nomus ham (1) ordir.
Chopdim she’rlarimni qo’ltiqlab men ham(2):
Egasi bor yurtning-ertasi bordir.
She’riy parchada qo’llangan ham so’zlari haqidagi to’g’ri hukmni belgilang.

  1. 1-, 2-bog’lovchi

  2. 1-yuklama, 2-bog’lovchi

  3. 1-bog’lovchi, 2-yuklama

  4. 1-, 2-yuklama

  1. Na …, na inkor bog’lovchisi qo’llangan gaplarning kesimi qanday shaklda bo’ladi?

  1. Bo’lishsiz shaklda

  2. Bo’lishli shaklda

  3. O’rni bilan bo’lishli yoki bo’lishsiz shaklda

  4. Barcha javob tog’ri

  1. Ona unga faqat kiydirish, yedirish uchun ona xolos. Gapda atash ma’nosiga ega bo’lmagan so’zlar soni nechta?

  1. 5 ta

  2. 2 ta

  3. 4 ta

  4. 3 ta

  1. Qanday so’zlar vazifadosh bog’lovchilar bo’lishi mumkin?

  1. Ko’makchilar;

  2. Yuklamalar;

  3. Modal so’zlar;

  4. Taqlid so’zlar;

  5. Bog’lovchilar

  1. 1, 2, 3, 4, 5

  2. 1, 2, 3, 4

  3. 1, 2, 3

  4. 1, 2

  1. Qaysi gapda biriktiruv bog’lovchisi qatnashgan?

  1. Cho’lquvarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi.

  2. Shundan so’ng ishlarim yurishib ketdi ham yerim yonimga qoldi

  3. Qish kirib keldi-yu, kunlar sovimadi.

  4. Shuni bilginki, haromning kasri yo farzandga, yo davlatga urar.

  1. Qaysi gapda mazmuniy munosabatni ro’yobga chiqarishiga ko’ra turli guruhga oid bo’lgan teng bog’lovchilar qatnashgan?

  1. Daraxtni gullata bilishgina emas, balki unda mo’l va shirin hosil yetkaza bilish ham san’atdir.

  2. Oqmoya ozg’in va chayir, oyoqlari uzundan kelgan, qarilig-u og’ir yukdan hali toliqmagan bebaho tuya edi.

  3. Bu xabar unda hech qanday norozilik tug’dirmadi, chunki ertaroq qaytishga juda ham orzumand emas edi.

  4. Agar havoda chang va tutun bo’lmasa edi, odam ming yil yashagan bo’lardi.

  1. Qaysi gapda vazifadosh biriktiruv bog’lovchisi qatnashgan?




  1. Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tekshirib qo’yishmaydi?

  2. Shuncha harakat qildi-yu, biror natijaga erisha olmadi.

  3. O’sha kuni qo’liga chelakni oldi-yu, anhor tomon yo’l soldi.

  4. U bir narsa demoqchiday og’iz juftladi-yu, hayajonlanganidan gapirolmay qoldi.

  1. Qaysi gapda yordamchi so’zlarning har bir turkumiga oid birliklar ishtirok etgan?

  1. Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar bilan do’st bo’l.

  2. Etibor berganmisiz yoki yo’qmi, bilmadim-ku, sizning sadoqatda tengsiz do’stingiz bor.

  3. Manaviyat ham insonga ona suti, ota namunasi va ajdodlar o’giti bilan singadi.

  4. Kun botgan, biroq hali atrof yorug’ edi-da!

  1. Qaysi gapda yordamchi so’zlarning har bir turkumiga oid birlik ishtirok etgan?

  1. Buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, xitoy, mog’ul va boshqa tillardan mahorat bilan foydalangan.

  2. Axir, men uning chinakam sehrli qalpoq ekanligini sinab ko’rishim kerak edi-da …

  3. Bir kuni to’satdan bahor jarchilari, ya’ni qaldirg’ochlar ham paydo bo’lishibdi.

  4. Ba’zan o’zing bilan ovora bo’lib, kunning qanday o’tganini ham bilmay qolasan.

  1. Qaysi gapda ikki o’rinda bog’lovchi qo’llangan?

  1. Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan ko’p ijobiy xislatlarga ega bo’lgan edi.

  2. Polvonning qo’li kuch bilan o’ziga tortar, ammo bir qarich ham oldiga siljitolmasdi.

  3. Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar bilan do’st bo’l.

  4. Mehmonlar sut-qatiq hamda choy ichib, darhol o’tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanmas uyquga ketdilar.

  1. Qaysi gapda ayiruv bog’lovchilari qo’llangan?

  1. Tinchilik va ozodlik – uning qo’shig’i.

  2. Dam salobati, dam jozibador yangrovchi tanbur sadosi tinglovchilarni go’yo sehrli qayig’i bilan allaqanday maftunkor sohil sari boshlar, goh tebratib, goh to’lqinlatib borardi.

  3. Malika na yurib charchaydi, na sovuqdan shikoyat qiladi.

  4. U ketdi-yu, alamli uzuq-yuluq xotiralar qoldi…

  1. Qaysi gapda ham teng bog’lovchi, ham ergashtiruvchi bog’lovchi ishtirok etgan?

  1. Ipak kiyim-kechak dazmollanmasligi ma’qul, agar zarur bo’lsa, teskari tomonidan yoki ustiga zig’ir tolasidan to’qilgan mato qo’yib, qattiq qizimagan dazmol bilan dazmollanadi.

  2. Mustaqillik! Seni hayotim bilan ham, san’atim bilan ham, she’rim bilan ham asrayman.

  3. O’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida shunchaki bakalavr emas, balki qo’sh ixtisoslikni ko’zda tutgan bakalavr-mutaxassis zarurligini hisobga olish va barcha hujjatlarni shu yo’nalishga moslashtirish kerak kerak.

  4. Ayol va ijod tushunchalari ayol va bahor kabi bir-biriga yaqin, uyg’un.

  1. Qaysi gapda vazifadosh bog’lovchi ishtirok etmagan?

  1. Bulut bo’ldi-da, yomg’ir yog’madi.

  2. Birrov kirdi-da, chiqib ketdi.

  3. …Chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gullab ketdi.

  4. Choy qaynatib ichishni-da unutdi.

  1. Qaysi gapda ham yuklamasi bog’lovchi vazifasida qo’llangan?

  1. Sekin unga yaqin bordim: bu manzara bizning ko’ngilga yaqin-da, qadrdon!

  2. Men ham eshitgan va ko’rganimni aytaman-da jo’ra.

  3. O’zi balo tog’ining boshida o’tirarmish kun-u tun, yoz ham qish.

  4. Barcha javoblarda yuklama sifatida qo’llangan.

  1. Qaysi gapda zid bog’lovchisi uyushiq bo’laklarni bog’lab kelgan?

  1. U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham shunday muomalada bo’lar edi.

  2. Dunyoda kasblar ko’p, biroq odamiylik kasbi hammasidan ulug’dir.

  3. U turmushidan, o’tgan kunidan rozi, lekin ana shu roziligini tushuntirib berolmas edi.

  4. Hamma gullarning hidi bor, ammo rayhonning hidi bo’lakcha.

  1. Qaysi gapda uchta o’rinda yordamchi so’z turkumiga oid birlklar qo’llangan?

  1. Man ham eshitgan va ko’rganimni aytaman-da, jo’ra.

  2. Yupanch topdingmi dunyoga kelib, ustoz yo shogirddan, yoki tengdoshdan.

  3. Biladilar-da bu kishi. Yovlar bilan olishgan-a.

  4. Berilgan barcha gaplarda.

  1. Qaysi gapda vazifadosh bog’lovchi ishtirok etmagan?

  1. Uni yotoq ham stipendiya bilan ta’minlabdilar.

  2. Hayotda ezgulik bilan yovuzlik yonma-yon yuradi.

  3. Ona-bola daraxtzorga kirdilar-da, yam-yashil xiyobonda ko’zdan g’oyib bo’ldilar.

  4. Jahlga minsam-da, ichimda tola mehr, qizim.




Download 28,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish