Bola: Bizlarga odob va axloqni o‘rgatuvchi opamiz.
Bola: Bizlarga turli xildagi aqliy va milliy o‘yinlar o‘rgatuvchi opamiz.
Bola: Ular bizga tinmay bilim beradilar, hisob-kitobni o‘rgatadilar.
Bola: Ulug‘larni eslashni,
Hikmatlarni yodlashni,
Vatanni e‘zozlashni,
Ham qo‘ynida yayrashni,
Bulbul bo‘lib sayrashni,
O‘rgatadi opamiz.
Boshlovchi: Barakalla, juda to‘g‘ri topdingiz. Ustoz ana shunday ulug‘ zotdir. Bugun qalbimizdan ona kabi joy olgan ustozlarga qancha shirin so‘zlar, she’rlar aytsak, shuncha kam.
Bola: Assalom, aytamiz sizga azizlar!
Ming kalom aytamiz, sizga ustozlar.
Assalom so‘ziday aziz bo‘lingiz,
Eng quvnoq, eng shodon inson bo‘lingiz.
Bola: Bugun bayram tantana,
Bayramingiz muborak.
Aziz ustoz, murabbiy,
Ayyomingiz muborak!
Bola: Tongda turib opajon,
Bizni deya shoshasiz,
Bizni ko‘rib uzoqdan,
Qaynoq quchoq ochasiz.
Bola: Sizdan oldik ko‘p bilim,
O‘rgatingiz tolmasdan.
Onalarni sevishni,
Unga ko‘mak berishni.
Bola: Bu olamni asrashni,
Odam bo‘lib yashashni.
Bog‘da gulzor yaratib,
O‘rgandik bog‘bon bo‘lishni.
Bola: Bog‘larimiz oralab,
Gullar terdik saralab.
Gullarning eng sarasin,
Sizga berdik dastalab.
«Qari navo» o‘zbek xalq kuyiga raqs ijro etadilar.
Boshlovchi: Aziz bolajonlar, ustozlarning burch va vazifalari sizlarga ta’lim-tarbiya berish bo‘lganidek, shogirdlarning ham o‘z ustozlari oldida burch va vazifalari bor. Qani, ana shu burch haqida kin aytadi?
Bola: Ustozlarga itoatli bo‘lish, nasihatlariga rioya qilish.
Bola: Ustozning dushmani bilan do‘st tutinmaslik.
Bola: Ustozning qarindosh-urug‘larini hurmat qilish.
Bola: Ustozning quvonch va qayg‘usiga sherik bo‘lish.
Bola: Ustoziga hamisha rost so‘zlash.
Bola: Ustozini xafa qilmaslik, uning sirlarini saqlay bilish.
Bola: Ustozi oldida xokisor bo‘lish.
Bola: O‘zining yomon odatlarini tark etish.
Boshlovchi: Barakalla, bolajonlar, javoblaringiz meni mamnun etdi. Men buvijonimdan eshitgan bir rivoyatni aytib beraman. (Rivoyat aytadi.)
Boshlovchi: Aziz ustozlarni ulug‘lovchi qanday maqollarni bilasiz?
Bola: Ustoz - otangday ulug‘.
Bola: Ustoz ko‘rmagan shogird, olam sirini bilmaydi.
Bola: Ustozlar aqli - donolar naqli.
Bolalar «Yurtim» qo‘shig‘ini kuylaydilar (G.Qo‘chqorova musiqasi).
Boshlovchi: Mana shunday mashuliyatli kasb egalari bo‘lmish ustoz murabbiylar, jajji bolajonlarga bor mehrini berib, sabr-toqat bilan mehnat qilayotgan tarbiyachilar, butun xalqimizning har bir kuni bayram bo‘lsin!
Mehrjon - bayram sayli
Zal bayram ko‘rimshida bezatilgan. Bolalar musiqa sadolari ostida zalga kirib keladilar.
boshlovchi:
Kuz keldi o‘lkam bo‘ylab,
Mardlik qo‘shig‘in kuylab, Bizning go‘zal yurtimizda, To‘kin-sochin yo‘lida.
Kuz bizga keldi.
Shirin-shakar mevalar. Sabzavot, qovun, tarvuz,
Oppoq paxta, bug‘doy kon.
Hadya qildi bizlarga,
To‘kin-sochin dasturxon.
boshlovchi:— Aziz mehmonlar va qadrli bolajonlar, sizlarni Mehrjon
hosil bayrami bilan tabriklaymiz! Mehrjonning fasllar orasida alohida o‘rni bor. Yurtimiz noz-n’matlarga mo‘l-ko‘lligi paytida, ayni pishiqchilik pallasida bayram qilinadi. Bahorda Navro‘z bayramini keng nishonladik. Bugun esa, Navro‘zning birodar ukasi, Mehrjon bayramini nishonlayapmiz. Ular zaminning ikki ko‘zidir.
Bola:- Bugun, Navro‘zga esh to‘y,
Hosil to‘ydir, Mehrjon.
Mehrdan turilgandir,
Hosil to‘yim, Mehrjon.
Bola:- Navro‘z ila Mehrjon
Yetsin mangulik davom.
Zamin qosh-ko‘zi ular,
E‘tiqod shudir mudom.
Bola: - Salom, sayri kuzimiz,
Chetda qolmang odamlar.
Bugun Navro‘zga esh to‘y,
Hosil to‘yim, Mehrjon.
Bolalar «Vatanim» qo‘shig‘ini kuylaydilar. (F.Nazarov musiqasi).
Chaman-chaman bog‘larga,
Sayroqi bulbullarga,
Toshqin daryo ko‘llarga, Joydir go‘zal Vatanim.
Ko‘kni quchgan kuylarga, Boydir go‘zal Vatanim.
Yagonadir chiroying,
El bag‘ridk bag‘ring kng,
Sen hayot, ilxom berding, Yor bo‘l, go‘zal Vatanim. Porlar g‘olib bayrog‘ing, Kundik yorug‘ chirog‘ing, Boylikka kon har yog‘ing, Bor bo‘l, go‘zal Vatanim.
Katta guruh bolalari qo‘llarida barglar bilan doira bo‘lib turadilar. «Oltin barglar» qo‘shig‘ini kuylaydilar. Qo‘shiqning so‘z va musiqasiga mos harakatlar bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |