Rumiy Qozizoda (Salohiddin Muso ibn Muhammad) [taxminan 1360, Kichik Osiyodagi Brussa shahri (hozirgi Turkiyaning Bursa shahri) — 1437, Samarqand] — matematik va astronom. Xuroson va Movarounnaxrda bilim olgan. taxminan 1400 yilda Samarqandga oʻqish va ilmiy faoliyatini davom ettirish uchun kelgan. Amir Temur saroyining bosh astronomi Mavlono Ahmad qoʻlida ham oʻqigan. Ulugʻbek ilmiy maktabining yaratilishida R.ning ishtiroki katta. Xususan, R. tashabbusi bilan Gʻiyosidsin Jamshid Koshiy va boshqa olimlar Samarqandga taklif etilgan. U Ulugʻbek madrasasida mat. va astronomiyadan maʼruza oʻqigan. R.ni zamondoshlari "Aflotuni zamon" (oʻz davrining Platoni) deb atashgan. Ulugʻbek rasadxonasi qurilishining rahbarlaridan biri. Koshiy vafotidan soʻng umrining oxirigacha uning noziri. R. Ulugʻbekning barcha ilmiy tadbirlarida, jumladan, "Ziji Koʻragoniy" tuzishda ishtirok etgan.
R. arifmetikaga oid tenglamalarni yechishning Koshiy taklif qilgan iteratsion usuliga oid risola va boshqa asarlar yozgan. Koshiyning bu muxim ixtirosi bizgacha faqat R. va Miram Chalabiy asarlari orqali (har ikkisida turlicha bayonda) yetib kelgan. Shuningdek, Maxmud alChagʻminiyning "Astronomiyaning qisqa bayoni", Jamshiddin Samarqandiyning geometriya asoslariga doir, Masʼud Taftazoniyning "Ilmlar kaliti" asarlariga R. yozgan sharhlari keng tarqalgan. R.ning oʻgʻli Hasan Chalabiy, nevarasi Miram (Miriam) Chalabiy ham taniqli olim boʻlishgan.
Koshiy (Al-Koshiy), Gʻiyosiddin Jamshid (taxminan 1430-yilda Samarqandda vafot etgan) — atoqli matematik va astronom.
Asli Eronning Koshon shahridan boʻlib, boshlangʻich matematik maʼlumotni shu yerda olgan va XV asr boshida Ulugʻbekning taklifi bilan Samarqandga kelgan; bu yerda Qozizoda Rumiy bilan birga Ulugʻbek rasadxonasi va madrasasi qurilishiga rahbarlik qilgan. Koshiy Ulugʻbek qoʻl ostida ishlagan Husayn Birjoniy, Ash Qushchi va b.ning kamolotga yetishishiga katta qissa qoʻshgan. Koshiy astronomiyaga oid „Ziji Hoqoniy dar takmili ziji Elxoniy“ („Elxoniy astronomik jadvalini takomillashtirishda Hoqoniy astronomik jadvalining ahamiyati“), „Sullam us-samo“ („Osmon narvoni“), „Noʻzxat ul-xadoiq“ („Bogʻlar sayri“) va mat.ga oid „Risola al-muhitiyya“ („Aylana xaqida risola“), „Risola ul-atvor nal-jayb“ („Vatarlar va sinus haqida risola“), „Miftoh ulhisob“ („Arifmetika kaliti“) asarlarini yozgan. Koshiy birinchi boʻlib mat.ga pozitsion asosla oʻnli kasrlarni kiritdi va nazariy asosdagi, ixtiyoriy koʻrsatkichli ildiz chiqarishda qozir „Ruffini — Gorner“ usuli leb ataladigan usulni pa „Nyuton binomi“ning koeffiniyentlarini topishda formulaga toʻgri keladigan adlitin usulni qoʻlladi. Koshiy sin G na l (pi) so-nini oʻnlik sistemada 17 xona aniqlik bilan hisobladi. Koshiy Oʻrta asr Sharq mat.sini yuqori bosqichga koʻtarishga katta hissa qoʻshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |