Samarqand tamadduni tarixi fanidan bajargan ishlari


Ilk o’rta asrlarda Samarqand ixshidlari nomlari



Download 2,35 Mb.
bet5/24
Sana21.11.2022
Hajmi2,35 Mb.
#869892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
3-kurslar uchun QULLANMA

Ilk o’rta asrlarda Samarqand ixshidlari nomlari

Hukmronlik qilgan yillari

1

Shishpir

640-655 yillar

2







3







4







5







6







7









2-Mashq. Testni ishlang
1.Afrosiyob yodgorligidan Elchilar zali devoriy suratlari nechinchi yilda topilgan?
A) 1965-yilda; B0 1970-yilda; C) 2007-yilda


2.Xitoy yilnomalarida Samarqand shahri qanday nomda keltirilgan?
A) Xe; B) Kan; C) An; D)Shi


3. E.SHefer Samarqandlik mashshoyiqlar va raqqosalarning musiqa asboblari, ijrosi, kiyimlari, raqs turlari to‘g‘risida ma’lumot berib, Uning ma’lumotlarida qanday musiqa va raqs nomlarini keltiriladi.
A)“Sug‘dlik­lar vino ichayaptilar”, C)Barcha javoblar to’g’ri
B)“To‘p o‘yinda musiqasi”, D)“Qordagi suv bilan cho‘milish raqsi”

4. Samarqand tarixiga doir qimmatli ma’lumot beruvchi “Tan shu” (“Tan sulolasi tarixi”) solnomasi qaqysi xalqqa tegishli yozma manba hisoblanadi?


A) arman; B)Eron sosoniy; C) Xorazm; D) Xitoy
3-Mashq. Mavzu yuzasida tuzilgan quyidagi krossvordni ishlang

1




2







3







4




5




6




7

8
















9





































10

























11




12







13




14






















15




























16

17




























18


































19
































































20




21










22







23




24
















25

























26





































27




















































28










29













30










31










Savollar: 1. Qadimda Samarqandda yashagan xalq. 2. Samarqand ixshid (hukmdor)laridan biri, 710-738 yillarda hukmronlik qilgan. 3. Qaysi Samarqand ixshidi davrida Sug’d konfederatsiyasi gullab-yashnagan, uning davrida Afrosiyobda Elchilar zali devoriy surat bilan bezalgan edi. 4. Ilk o’rta asrlarda xitoy manbalarida Kattaqo’rg’on qanday atalgan? 5. Ilk o’rta asrlarda xitoy manbalarida Maymurg’ qanday atalgan? 6. Qaysi milliy bayramda Ilk o’rta asrlarda Samarqandliklar g’ozlarni cheksiz davr mifologik xudosi Zurvanga atab qurbonlik qilishgan? 7. Ilk o’rta asrlarda Samarqand savdo aloqalarni o’rnatgan O’rta Osiyo davlatlardan biri. 8. Ilk o’rta asrlarda Xitoyliklarni hayratda qoldirgan Samarqand san’ati. 9. Qadimda va ilk o’rta asrlarda Sug’d askarlari Samarqand hukmdoriga sadoqatli xizmat qilishga, so’zsiz bo’ysunishga va doim qullab-quvvatlashga … ichishgan 10. Samarqand ixshid (hukmdor)laridan biri, 700-710 yillarda hukmronlik qilgan. 11. Afrosiyobdagi elchilar zalining G’arbiy devorida tasvirlangan qayerlik elchining etagida 16 qator sug’d yozuvi bitilgan? 12. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. 13.Zardushtiylikdagi muqaddas unsurlardan biri. 14.Afrosiyob muzeyida saqlanayotgan bu buyumdan qadimda Samarqandlik malikalar, zodagon ayollar o’zlariga oro berishda foydalanishgan, bu qaysi buyum. 15. Afrosiyobdagi elchilar zalining G’arbiy devorida tasvirlangan qaytarma yoqali, boshiga qush patlarini taqqan elchilar qaysi millatga mansub bo’lishgan? 16. Otashparastlik dini kohinlari doim oq rangdagi kiyimlarni kiyishgan, oq rang nimani ramzi hisoblangan? 17. Zardushtiylikda o’lgan odamlarning suyak qoldiqlarini saqlanadigan sopol yoki yog’ochdan yasalgan tobut, ossuariy. 18. Ilk o’rta asrlarda Navro’z bayramida Samarqandliklar g’ozlarni qaysi mifologik xudosiga atab g’ozlarni qurbonlik qilishgan? 19. Ehtirom, hurmat, izzat, ikrom. 20. Ilk o’rta asrlarda sug’d xalqlarining madaniyatini o’rgangan olimlardan biri, Tarix fanlar doktori G’oyibov … Sobirovich. 21. Afrosiyobdagi elchilar zalining G’arbiy devorida tasvirlangan personajlaridan biri. 22. Ilk o’rta asrlarda Xitoyliklarni hayratda qoldirgan Samarqand san’ati. 23. Ilk o’rta asrlarda xitoy manbalarida Ishtixon qanday atalgan? 24. Ilk o’rta asrlarda Samarqand savdo aloqalarni o’rnatgan davlatlardan biri. 25.Ilk o’rta asrlarda Samarqand ixshid (hukmdor)lari qaysi metalldan tanga zarb etishmagan? 26.Samarqandning qadimgi nomlaridan biri. 27.100 yil. 28.Tafakkur, miya. 29.Samarqand hukmdori Varxuman qaysi urug’ga mansub bo’lgan. 30.Ziyo, yorug’lik. 31.Saroy,




2-SEMINAR MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SAMARQAND
Amir Temur nomini insoniyat tarixida qoldirgan omillardan biri u kishining bunyodkor shaxs sifatida, mamlakat obodonchiligi va el-yurt faro­vonligi yo‘lida ko‘rsatgan faoliyatidir. Amir Temur mo‘g‘ullar bosqini davrida vayronaga aylangan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv kabi qadimiy shaharlarni, bir qancha katta-kichik qal’a va istehkomlarni qayta tikladi. Shaharlar tevarak-atroflarida ma’muriy binolar, suv inshootlari qurilib, bog‘u-bo‘stonlar barpo etiladi, minglab gektar qo‘riq va bo‘z yerlar o‘zlash­tirilib, sug‘orma dehqonchilik maydoni kengaytiriladi.
Darhaqiqat, Samarqand saltanat poytaxtiga aylantirilgandan keyin qo‘plab saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbara va xonaqoxlar qurildi. Amir Temur o‘gitlarida ta’kidlanishicha, «Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqoxlar qurishni, musofir, yo‘lovchilar uchun yo‘l ustiga rabotlar bino qilishni, daryolar ustiga ko‘priklar qurishni buyurdim» - deb ta’kidlanadi.
Amir Temur yuqoridagi fikrini davom ettirib, shunday deydi: «Xarob bo‘lib yotgan yerlar egasiz bo‘lsa, xolisa tarafidan obod qilinsin. Agar egasi bo‘lsa-yu, (lekin) obod qilishga qurbi yetmasa, unda turli asboblar va kerakli narsalar bersinlar, toki o‘z yerini obod qilib olsin» - deb izohlaydi. Shahar tashqarisida bog‘-rog‘lar barpo etildi. 1403-1404 yillarda Samarqandda bo‘lgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Temurning olib borayotgan bunyodkorlik ishlaridan hayratda qolgan edi.
Xuddi shu davrda Shohizinda me’moriy yodgorliqlari guruhining Shodimulk og‘a, Amir Husayn, Shirinbeka og‘a, kabi qator ajoyib maq­baralari, jome masjidi, Go‘ri Amir dahmasi va boshqalar bunyod qilindi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mo‘g‘ullar bosqini davrida butunlay vayron etilgan va aholisi tomonidan tashlab chiqilgan Samarqand
shah­ri Temur hukmronligi davrida o‘zining qadimgi o‘rnidan birmuncha janubroqda yangidan qayta quriladi. Qurilishga Amir Temurning eng yaqin sarkardalaridan biri Oq Bug‘a boshchilik qiladi. Shahar atrofida Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Qorizgoh, So‘zangaron va Feruza kabi nomlar bilan yuritiluvchi oltita darvozali mustahkam qal’a devori bilan o‘rab chiqiladi.
O‘sha davrda yangidan qad ko‘targan Samarqand shahrining g‘arbiy qismida davlat mahkamasi uchun Arki Oliy quriladi. Bu yangi arkda Temurning qarorgohi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy bunyod qilinadi. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Ko‘k saroy to‘rt qavatli bo‘lib, gumbazlari va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun shu nom bilan atalgan.
O‘sha davrlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining borishi haqida Sharafuddin Ali Yazdiy shunday deydi: «801 yil ramazon oyining 4-kuni yakshanbada mohir me’morlar va so‘z san’atida benazir ustalar baxtli soatda va yulduzlar uchun qulay paytda shahar jome’ masjidiga asos solindi. ...Ozarbayjon, Eron, Hindistondan 500 toshtarosh masjidning o‘zida ishlar, boshqalari esa tog‘da tosh yo‘nib, shaharga jo‘natish bilan band edi. Butun yer yuzidan poytaxtga... turfa san’at mutaxassislarining uyushmalari va musav­virlar to‘planishdi. Qurilish ishlarini nazorat qilishni Temur shahzodalar va amirlarga topshirdilar... Qurilishga shaxsan o‘zi keldi va o‘sha kezlari vaqtining ko‘p qismini shu yaqin atrofda - Xonim madrasasi va Tuman Og‘a maqbarasida o‘tkazdi... Bino balandligi binokorlarning mahorati yanglig‘ ko‘k gumbaziga yetishguncha va hovli ozodaligi... jannat bog‘larining chiroyini unuttirar darajada bo‘lmaguncha davom etdi... Osmon gumbazi bo‘lmaganda bu gumbaz yagona bo‘lardi, Somon yo‘li bo‘lmaganda peshtoq yagona bo‘lardi. Devorlar tutashgan to‘rtta burchakning har birida minora qadko‘tardi. Muazzinlar dunyoning to‘rt tomoniga qarab azon aytishadi.
Masjidning yetti xil ma’dandan qo‘yilgan buyuk darvozalarining ovozi yetti iqlimdagi mo‘minlarni tangri uyiga chorlaydi. Devorlari ichki-tashqi tarafidan va ravoq atrofi toshga o‘yilgan bitiklar bilan bezatilgan... Minbar bag‘oyat go‘zal qilib bezatildi, mehrob temirdan yasaldi».
Amir Temur o‘z davrida mamlakatni obod qilishda ilm-fan vakillari g‘oyalariga tayangan va ularga tez-tez murojaat qilib turgan. Bu haqda Amir Temur o‘z o‘gitlarida: «Ilm va dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan bunday qilmayapsizlar. Mening maqsadim – mamlakatda adolat o‘rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqaroning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishni kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirishdir. Sizlar bu ishlar­ni amalga oshirishda menga o‘z maslahatlaringiz bilan ko‘maklashishingiz kerak» - deb uqtiradi.
Amir Temur shaharlardagi qurilishlardan tashqari, Samarqand atro­fida o‘zining xeshu aqrobalariga atab ko‘pgina ko‘rkam ko‘shklar, go‘zal bog‘lar qurdirdi. Mohir me’mor, tajribali sohibkorlarning aql-zakovati, mehna­tiyu mahorati bilan barpo etilgan Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Chinor, Bog‘i Baland, Bog‘i Nav, Davlatobod, Bog‘i Shamol kabi chorbog‘lar va ulardagi go‘­zal ko‘shklar o‘sha davr bog‘dorchilik san’atining namunalaridandir. Manbalarda ta’rif etilishicha, shahar atrofi o‘sha vaqtlarda Samarqandning eng go‘zal va eng hashamatli qismi hisoblangan.
Shu bilan birga Amir Temurning qaysi mamlakatni zabt etmasin, u yerdan olimu fozillar, elga tanilgan san’at ahlini va turli-tuman kasb-hunar egalarini Samarkandga olib kelganligi tarixdan ma’lum. Masalan, Ibn Arabshohning «Ajoyib ul-maqdur fi tarixi Taymur» («Temur tarixida taqdir ajoyibotlari») nomli asarida ana shunday olimlardan ba’zilari haqida qisqa, lekin o‘ta qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, «O‘z saltanati kunlarida Temur Samarqandga faqih olimlardan mavlono Abdul­malikni hosil etgan edi – u «Hidoya» sohibi (Burhoniddin al-Marg‘i­noniy)ning avlodidan bo‘lib, mudarrislik qilar, shatranj va narddan ta’lim berar hamda yagona bir holatda she’r va nazm etardi».
Ali ibn Muhammad Sayyid Sharif Jurjoniy (1339-1413) mashhur faylasuf, mantiqshunos, astronom, she’rshunos va tilshunos olim bo‘lib, uning tug‘ilgan joyi ba’zi manbalarga ko‘ra Jurjon viloyatining Tog‘u qishlog‘i deb ko‘rsatilsa, Ibn Arabshoh asariga yozilgan izohda esa uning Sherozda tug‘ilganligi va 1388 yilda Temur Sherozni zabt etganida Jurjoniyni Samarqandga olib kelganligi keltiriladi. Yoshligidan ilm-fanga qiziqqan Jurjoniy dastlab Hirotga so‘ngra Turkiyaga boradi va taniqli faylasuf Muhammad Fanoriydan mantiq ilmidan saboq oladi. Keyinchalik Jurjoniy Sherozga kelib, «Dorushshifo» madrasasida dars beradi. 1387 yilda yuqorida aytganimizdek Temur Sherozni zabt etgach, Jurjoniyni boshqa olimu hunarmandlar qatori Samarqandga olib keladi. Samarqandga kelgach, olim ilm-fan bilan shug‘ullanish bilan birga Idigu Temur madrasasida mudarrislik qiladi.
Uning «Sharh ul-mulaxxas», «Usul ul-mantiqiya», «Tarjimon al-Qur’on», «Fan ulmuammo», «Odob ul-munozara», «Risolai vujudiya» va boshqa asarlari musulmon Sharqidagi barcha madrasalarda talabalar tomonidan mutolaa qilib kelingan va ular uchun dastur vazifasini o‘tagan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, u Movarounnahr va Xurosonda yashagan olimlar (Ibn Sino, Asiriddin Abxariy Nasriddin Tusiy) ning mantiqqa bag‘ish­langan risolalariga sharhlar yozgan, ularning g‘oyalarini rivojlantirgan. U o‘zining falsafiy qarashlarida borliq, osmon sayyoralari, to‘rt unsur haqida so‘z yuritib, barcha narsa va hodisalar sababiy bog‘langanligi, ularni aql yordamida bilish mumkinligiga ishonadi.
Shunday qilib, Temur davrida Samarqandda fanning barcha sohalari gurkirab o‘sdi, tabiiy va gumanitar fanlar sohasida bir qator buyuk olimlar yetishib chiqdi, ular jahon fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shdilar. Ayniqsa, bu davrda atoqli manbashunos B.Ahmedov ta’kidlaganidek, tarix fani ham taraqqiy etib, Sharafuddin Ali Yazdiy, Hofizi Abru, Tojiddin as-Salmoniy, Nizomiddin Shomiy, mavlono Abdujabbor, G‘iyosiddin Ali Yazdiy va boshqalar tarixnavislik sohasida barakali ijod qildilar.
Ulug‘bek astronomiya maktabi vakillarining tadqiqotlari natijasi bo‘lgan buyuk meros - "Ziji jadidi Ko‘ragoniy"dan keyingi yuz yillar mobaynida faqat Sharq emas, balki G‘arb mamlakatlari ko‘pgina yirik rasadxonalarining olimlari dasturul-amal sifatida keng foydalandilar.
Rasadxona qurilishi tarixi. Odatda, o‘rta asrlarda, har bir podshoh saroyida munajjimlar bo‘lgan. Munajjimlar astrologik maqsadlarda osmon jismlarini kuzatib, Oy, yulduz va sayyoralarning holatlarini aniq o‘rganish, shularga ko‘ra, saroy a'yonlari, mamlakat hamda podshohlik taqdiri haqida "bashorat" qilish bilan shug‘ullanganlar. Jumladan, Amir Temur saroyida ham Mavlono Ahmad va Mavlono Abdulloh kabi munajjimlar ishlagani tarixiy manbalardan ma'lum. Shulardan saroyda hakimlik ham qilgan Mavlono Ahmad sayyoralarning 200 yillik holatlarini oldindan belgilab, ulardan turli maqsadlarda foydalanish uchun jadvallar tayyorlagan. Binobarin, o‘rta asrlarda munajjimlar uchun sayyoralarning oldindan hisoblangan holatlari bilan kuzatishdan olingan natijalarning mos kelishi juda muhim ahamiyat kasb etgan.
Shuni e'tiborga olib, IX-XII asrlarda Sharqda ishga tushirilgan rasadxonalarda olib borilgan kuzatishlarning natijalari asosida tuzilgan jadvallarni yangilashga ehtiyoj tug‘ildi. Bu esa, o‘z navbatida, yangi, aniq samaralar beradigan quvvatli astronomik asboblar bilan jihozlangan rasadxonalar qurilishini taqozo etardi. Natijada Chingizxonning nevarasi Huloguxon saroyining munajjimi taniqli olim Nasiriddin at-Tusiy XIII asrda Ozarboyjonning hozirgi Tabriz(Eron) yaqinidagi Marog‘a shahrida rasadxona qurdirdi. Ko‘pyillik kuzatishlar asosida Tusiy yangi astronomik jadvallar tayyorladi va uni Huloguxonga bag‘ishlab, "Ziji Elxoniy" deb atadi. Biroq, ko‘p o‘tmay, ya'ni XIV asrning oxirlariga kelib Nasiriddin tuzgan jadvallarda keltirilgan ma'lumotlar ham kuzatish natijalaridan sezilarli farq qila boshlagani ma'lum bo‘ldi. Shu munosabat bilan yanada aniq ma'lumotlar olish imkonini beradigan, oldingilaridan afzalroq va aniqroq astronomik qurilmalarga ega bo‘lgan rasadxona bunyod etish ehtiyoji tug‘ildi.
Shularni e'tiborga olib, Ulug‘bekning otasi Shohrux hukmron bo‘lgan mamlakatning Koshon shahrida istiqomat qilayotgan matematik va astronom G‘iyosiddin Jamshid "Ziji Xoqoniy" dar takmil "Ziji Elxoniy" ("Xoqon ziji" - "Ziji Elxoniy"ning takomillashtirilgani) degan mashhur risolasini bitdi. 1413 yili yozib tugallangan bu asar Ulug‘bekning otasi Shohruxga bag‘ishlangan edi. "Xoqon Ziji"ning nazariy qismi va astronomik jadvallari "Ziji Elxoniy"ning bunday qismlaridan biroz farq qilib, yangi ma'lumotlar bilan boyitilgan edi.
Samarqand rasadxonasi tadqiqot ishlarining asosiy mahsuli "Ziji Ko‘ragoniy" so‘zboshi, nazariy qism va zijdan(jadvallardan) iborat bo‘lib, ja'mi 430 sahifani egallaydi. "Zij"ning jadvallarsiz matnli qismi 60 sahifani, qolgan 370 sahifasi esa, astronomik, trigonometrik, geografik va astrologik jadvallarni tashkil qiladi.
So‘zboshi atigi ikki sahifadan iborat. Unda rasadxona va "Zij"ni tayyorlashda ishtirok etgan olimlar haqida gap boradi. Nazariy qism esa to‘rt bo‘limdan(maqoladan) iborat bo‘lib, birinchi bo‘lim o‘sha paytda asosiy taqvimlardan hisoblanmish - hijriy, Yezdigird, Jaloliy(Umar Xayyom loyihasi bo‘yicha XI asrda Malikshoh tomonidan isloh qilingan taqvim), xitoy, uyg‘ur va boshqa bir qancha taqvimlar hamda ularning biridan ikkinchisiga o‘tish haqidagi hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi bo‘lim sferik va amaliy astronomiya masalalaridan tarkib topib, yoritgichlarning azimutlarini, Makkaga tomon yo‘nalishni aniqlash hamda yerda aholi punktlarining geografik uzunlama va kenglamalarini hisoblash usullarini bayon qiladi. Bu yerda mazkur jadvallarning tarkibi, ularning ishlatilishiga doir metodik ko‘rsatma va maslahatlar beriladi.
Uchinchi bo‘lim Quyosh, Oy va boshqa sayyoralarning harakat nazariyasiga bag‘ishlangan. Ularning astronomik uzunlama va kenglamalar bo‘yicha o‘rinlarini aniqlash va u bilan bog‘liq hodisalar, xususan, Quyosh va Oy tutilishlari haqida gap boradi.
Nihoyat, to‘rtinchi bo‘lim uncha katta bo‘lmay, "boshqa astronomik ishlar haqida"gi ma'lumotlarga, jumladan, bir necha sahifasi astrologiyaga oid jadvallarga bag‘ishlangan.
Bular ichida Quyoshning yulduzlar fonidagi yillik ko‘rinma harakati nazariyasi bilan bog‘liq muhim astronomik doimiylik-Quyoshning yillik ko‘rinma yo‘li tekisligining(ekliptikaning) osmon ekvatori tekisligiga (Yer ekvatori tekisligiga parallel tekislik) og‘ish burchagining kattaligi bo‘lib, uni aniqlash bilan o‘rta asr astronomlarining juda katta ko‘pchiligi shug‘ullangan. Quyida ularning ayrimlarini tanishtirib, Ulug‘bek rasadxonasi erishgan natija bilan solishtiramiz:
Navoiyning zamondoshi astronom Birjandiy "Ziji Ko‘ragoniy»ga sharh"ida: "Faxriy sekstanti yordamida(astronomik kuzatishlarni) yoy sekundlarigacha aniqlikda o‘lchash mumkin. Samarqandlik astronomlar eslatilgan og‘ishni(ekliptikaning osmon ekvatoriga og‘ishini - M.M.) Faxriy sekstanti yordamida o‘lchadilar. Unda Quyoshning zenitdan uzoqligi uning kulminatsiyasi paytida(ya'ni aniq tush paytida) aniqlanadi. Bu yoy masofani o‘lchash asosida vaqt o‘tishi bilan mazkur og‘malikning kattaligi o‘zgarib borishini topdilar", - deb yozadi.
1417-1420 yillarda qurib bitkazilgan Ulug’bek madrasasining birinchi mudarrisi Mavlono Xavofiy bo’lgan. Keyin bu madrasaga uzoq vaqt mobaynida mashhur alloma Qozizoda Rumiy mudarrislik qilgan. Tarixiy manbalarda Qozizoda Rumiyning ma’ruzasini eshitish uchun Abdurahmon Jomiy Hirotdan Samarqandga maxsus kelgani aytilgan.Mirzo Ulug’bek hukmronlik qilgan davrda poytaxt Samarqand, Mova­rounnahr xalqining iqtisodiy ahvoli birmuncha yaxshilangani ma’­lum. Ulug’bek, xuddi bobosi Amir Temur kabi, «tamg’a» solig’ini joriy qi­lib, boshqa soliqlarni yengillashtirdi. Ulug’bekning adolatli siyosati tufayli 1449 yilgacha Movarounnahrda biror marta ham xalq qo’zg’oloni bo’lmagan.
Xulosa qilib aytganda, Samarqand shahrining 2750 yillik tarixidan 130 yili temuriylar saltanati poytaxti sifatida sha’nu shav­kat­ga yo’g’rilgan holda o’tdi. Ayniqsa, Amir Temur va Mirzo Ulug’bek hukmron­ligi davrida bu yerda bunyodkorlik, ilm va madaniyat misli ko’rilmagan darajada rivojlanib, keyinchalik bu davr butun dunyoda «Temuriylar Renessansi» deb nom oladi. Shu sababli Samarqand 1370 yildan to 1500 yillargacha bo’lgan davr shahar tarixining eng yorqin sahifasiga aylandi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish