Samarqand tamadduni tarixi fanidan bajargan ishlari



Download 2,35 Mb.
bet3/24
Sana21.11.2022
Hajmi2,35 Mb.
#869892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
3-kurslar uchun QULLANMA

Shimoliy devor. Oʻng tomondan boshlanadigan shimoliy devorning kompozitsiyalari esa boshqa olamga chorlaydi. Biz goʻyoki Samarqandda emas, Xitoydamiz. Chap tomonda ikkita sayr qayiqlarida ayollar tasvirlangan, birinchisi yaxshi saqlangan. Qayiqning quyruq tomonida musiqachilar turli musiqa asboblar bilan tasvirlangan, boshqalariga qaraganda yirikroq tasvirlangan ayol-xonzoda (kirolicha) boʻlgan. Oldinda esa boshqa sahna koʻrinadi: ya’ni xizmatkor ayol boshqasining qoʻlidan tutib, yarashmoqchi boʻlyapti va xonzodaga ishora qilyapti, u esa ikkalasini tinchlantirib, yarashtirib qoʻymoqda. Marko Polo davrida Xitoyni ajib jonivorlarsiz tasavvur qilib boʻlmaganidek, bu yerda ham VII asrga mansub, suvda har xil gʻayritabiiy jonivorlar: echki boshli va ilon dumli ajdaholar suzib yuribdi. Oʻngroqda soxta soch kiygan odam, suvda suzayotgan otning dumidan ushlab turibdi. Toʻlqinli chiziq tasvirni ikkiga ajratib turibdi, aftidan ikki togʻ etagini eslatadi. Bu yerda Tan davriga oid mos kiyingan xitoyliklar, qoplon ovlamoqdalar. Yana oʻngroqda boshqa shakllarga nisbatan yirikroq tasvirlangan, lekin yomon saqlangan asosiy otlik kishi tasviri bor. Sugʻd madaniyatining sharti boʻyicha, rasmlardagi nomutanosiblik xudolar va shohlarni bildiradi. Bu yerda Xitoy shohi imperatori haqida gap ketadi, uning xotinini biz yuqorida koʻrdik.
Janubiy devor. Kirishdan chapdagi janubiy devor boʻyoqlari yaxshi saqlanganligi bilan, izohlashda qiyinchilik tugʻdiradi. Avval bu devor rasmini chet el elchilarining Samarqandga tantanali kirishi tasvirlangan deb taxminan qilingan. Professor B.I. Marshak (Ermitaj, S. Peterburg) yaqinda yanada ishonchliroq izohni berdi.
Marosimning alohida oʻrni shundaki, harakat qilayotganlar markaziy sahna tomon emas, undan qarama-qarshi tomonga, sharq tomon uzoqlashmoqda. Tantanali yurishning soʻnggi joyi (chap tomonga qaralsin) shahar emas, alohida turgan bino boʻlib, u yerda bir necha kishi turibdi. Xitoy yilnomalaridan ma’lumki, har yili zardushtiylar yangi yilda (Navroʻz ayyomida), sugʻd hukmdorlari, avlodlari (ota-onalari) qabrlarini ziyorat qilar edi. Bu qabrlar poytaxtdan janubiy sharq tomonda boʻlib, bu tomon jannat tomon yoʻl hisoblangan. Ziyoratning oxirida jonivorlar soʻyilib, qurbonlik qilingan, kompozitsiyaning markaziy qismida shu marosimlar aks ettirilgan. Devordagi suratda ogʻzi bogʻlangan ikki kishi tasvirlangan. Bu yerda zardushtiylar kohini (qurbon qiluvchi) emas, balki bayramona kiyingan, qurollangan aslzodalar tasvirlangan, ular qurbonlik jonivorlarini olib bormoqdalar. Bu jonivorlardan biri kulrang ot boʻlib, u egarlangan, lekin chavandozsiz; yana biri toʻrtta gʻoz koʻtarib boryapti, ularning qanotida sugʻd yozuvi keltirilgan. Har xil hujjatlarda koʻrsatilishicha, egarlangan ot qurbonlik qilishda foydalanilgan va u aftidan quyosh xudosi va oʻliklar hakami Mitraga atalgan. Gʻozlarga kelganda esa, ular cheksiz davr xudosi Braxmaga taqqoslanadigan Zurvanga baxshida etilgan. Zurvan toʻrt xil shaklda boʻlib, uning ramzi yovvoyi gʻozlar edi. Qurbonliklar oldidan ikkita chavandoz tuyada qoʻlida aso bilan bormoqda. Bu marosimiy yurishning oxirida sariq ot ustida boʻynida tumor va qoplon terisi tashlangan, qizil koʻylakda ulkan odam, shoh Varxuman tasvirlangan. Shoh tasvirlangan joyda, xuddi shimoliy devordagi Xitoy imperatorining turgan joyi bilan mos keladi. Shohning avlodlari yotgan joy yaqinida, oq fil tasviri boʻlib, uning ustidagi taxtiravonda yuqori mansabdagi ayol oʻtiribdi, u shoh Varxumanning xotini boʻlsa kerak. Uning orqasidan egarlangan otlar ustida uchta yosh juvonlar tasvirlangan, ayollarning birining bilagida «mansabdor beka-xonim» yozuvi saqlanib qolgan. Bundan yuqorida esa mansabdor chavandozlar safi boʻlib, faqat otlarining oyoqlari koʻrinmoqda, ular aftidan turk gvardiyasi boʻlishi kerak.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish