Samarqand tamadduni tarixi fanidan bajargan ishlari


Ikkinchi jahon urushi yillarida Samarqand



Download 2,35 Mb.
bet9/24
Sana21.11.2022
Hajmi2,35 Mb.
#869892
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
3-kurslar uchun QULLANMA

Ikkinchi jahon urushi yillarida Samarqand
Samarqandliklar fashizmga qarshi kurashda o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar. Moskva ostonalarida, Kursk mudofaasida, Varshava, Praga, Belgradni ozod qilish uchun bo’lgan janglarda kurashgan samarqaidlik jangchilar oz emas edi. 1941 yil noyabrda alohida milliy o’qchi brigada, 1943 yil iyulda esa alohida; 17-avtomatchilar bataloni tuzilib, batalonga "Samarqand" NOMI berilgan edi. Samarqandlik Q. Suyunov, M. Hamroyev, K. Mixaylovlarga Qahramon unvoni berildi. Ko’plar jang maydonlarida) qaytib kelmadi. Frontga ko’ngilli bo’lib ketgan Samarqand universiteti rektori Aziz Valiyev Stalingrad ostonalaridagi jang-larda qahramonlarcha halok bo’ldi.Urush yillarida front chizig’idan respublikaga yuzdan ortiq sa-noat korxonasi evakuasiya qilingan edi. Ular orasida Samarqand shahriga joylashtirilgan "Krasnsh dvigatel", "Serp i molot", "Kinap" singari o’ndan ortiq korxonalar bor edi. 1941-yil noyabr oyida Samarqandga Novosibrskdan , Leningrad va Odessadan kinok aparatura zavodlari,Poltavadan trikotaj fabrikasi – jami 12 ta korxona ko’chirib keltirildi.Samarqandliklar bu korxonalarni yangi joyga tiklab ishga tushirishga zo’r g’ayrat va matonat bilan kirishdilar.Korxonalar tegishli mutaxassislar bilan ta’minlandi.Bu zavod va fabrikalar tez vaqtda mudofaa uchun zarur mahsulotlar yetkazib bera boshladi.Ularning orasida “Krasnыy dvigatel” yirik zavod mudofaa sanoatiga o’ziga xos o’rin tutdi.
1942-yilning yanvar oyiga kelib Samarqand korxonalari ishlab chiqargan dastlabki mahsulotlar- kuchli projektorlar, stvollar, granatalar, snaryadlar, o’q-dorilar va boshqa harbiy aslahalar bilan frontga jo’natildi.O’sha yili sanoat korxonalarida ham ishchi kuchi bilan ko’p mahsulot ishlab chiqarish , topshiriqni ortig’I bilan bajarish harakati boshlandi.1944-yilga kelib, shahar korxonalarida 4889 ishchi staxanovchasiga ishladi,1885 kishi zarbdor, 112 kishi ko’pstanokchi ishchi nomini oldi va 68 ta frontcha brigadalar faoliyat ko’rsatdi.296 nafar ilg’or ishchi respublika hukumatining faxriy yorlig’I bilan mukofotlandi.
Urush yillarida sanoat korxonalari ishlab chiqarishi frontni hamma narsa bilan ta’minlashga qaratilgan ekan , “Kolxozchi “ zavodining jamoasi harbiy texnikani remont qilib turdi.Samarqand shahrining Siyob tumanida 1941-yilgacha 12 ta zavod 14 ta artel va 2 ta kombinat faoilyat ko’rsatgan bo’lsa,urush yillarida Kuybishev nomli zavod,Kenap zavodi,sok ishlab chiqarish zavodlari ishga tushirildi.Samarqand korxonalarida o’sha yillar 1500dan ortiq yangi sexlar qurilib, 200dan ortiq mahsulot turini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Ishlab chiqarishning umumiy ko’rsatkichi ikki barobar ortdi.
Shahar mehnatkashlari g’oyat og’ir sharoitlarda, oziq-ovqat, yonilg’i, birinchi navbatdagi zarur maxsulotlar yetishmasligiga qaramay, frontni hamma kerakli narsalar bilan uzluksiz ta’minlab turdilar. Shu bilan birga bosib olingan hududlar va front chizig’i yaqinidan evakuatsiya qilingan fuqarolarni joylashtirish borasida ham har tomonlama g’amxo’rlik ko’rsatildi. Samarqand viloyati va shaharning o’ziga 165 mingdan ortiq evakuatsiya qilingan aholi joylashtirildi va ish bilan ta’minlandi. Ota-onasidan ajragan bolalar haqida alohida g’amxo’rlik ko’rsatilib, 1942 yil boshigacha Samarqand bo’yicha 150 bola tarbiya qilish uchun olindi. 56 bolaga homiylik qilina boshlanib, korxonalar, maktablar, bolalar bog’chalari yuzdan ortiq bolani jamoaviy tarbiyalash uchun qabul qilishdi.Samarqandlik ayol Fotima Qosimova 10 ta bolani,Niyoz fuzaylov esa 7 ta bolani,Kattaqo’rg’onlik Hamid Samadov esa 16 ta bolani tarbiyasiga oldi.Jomboy,Bulung’ur,Forish,Narpay,Pastdarg’om va viloyatning boshqa tumanlarida 8 ta bolalar uyi tashkil qilinib,ularda 4270 ta bola tarbiyalash uchun olindi.1942-yil boshlariga kelib,Samarqand shahridagi 10 ta bolalar uyida 1512ta bola tarbiyalandi,shundan 590 nafari front oldi hududlaridan ko’chirib keltirilgan edi.
Urush Samarqand viloyati qishloq xo’jaligi xodimlarini ham qattiq sinovdan o’tkazdi.Qishloq ahli oldida sanoatni xomashyo bilan, aholini oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan uzluksiz ta’minlashdek ulkan vazifa turar edi.Bu davrda vaziyatning murakkabligi shunda ediki, birinchidan Respublika qishloq xo’jaligi asosan paxta yetishtirishga mo’ljallangan bo’lsa, ikkinchidan, bu vaqtda evakuatsiya qilingan aholi hisoboga shahar aholisining ko’payishi oziq-ovqatga bo’lgan talabni yanada oshirdi.Uchinchidan, kuch-quvvatga to’lgan dehqonlar frontga va harbiy sanoatga ishlashga safarbar etilgan. Dehqonchilikning mashaqqatli ishlari keksalar, ayollar va o’smirlar zimmasida qolgan edi.To’rtinchidan,MTS va savxozlarga g’arbdan yangi traktorlar, qishloq xo’jaligi mashinalari va ularga ehtiyot qismlar keltirish to’xtab qoldi. Undan tashqari, xo’jalikdagi traktorlar, avtomobillar va otlarning bir qismi armiya ehtiyojlari uchun olib ketilgan edi.Shunga qaramasdan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish dolzaeb vazifaga aylangan edi.Bu davrda Samarqand shahriga ko’chirib keltirilgan Temiryazov nomli qishloq xo’jaligi akademiyasining professeri Seleznev boshchiligida qand lavlagi quritish tajribasini o’tkazdilar.Bu davrda Zirabuloqdagi qand zavodi 5 ta tumanga xizmat qilgan.Zavod qabul punktlari 1942-yil 1 million 328600 sentner lavlagini qabul qilib olish uchun 7 joyda tashkil qilingan.Kolxozchi dehqonlar sanoat sohasidagi umumxalq qurilishlarida ham faol ishtirok etgan.Masalan,Farhod GES qurilishining o’zidagina Samarqand viloyatidan 12 mingdan ziyod kolxozchi qatnashgan. Umuman, urush yillarida Samarqand mehnatkashlari frontni oziq-ovqat, kiyim-bosh, harbiy qurol-yarog’ va o’q-dorilar bilan ta’minlashga munosib hissa qo’shdi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Samarqand ziyolilari ham fashistlarga qarshi olib borilgan kurashda chetda turmadilar.Ko’ngilli professor o’qituvchilar, madaniyat va maorif xodimlari va talabalar frontga safarbar etildi.Samarqand kooperativ instituti bilan Toshkent Moliya Iqtisodiyot instituti, Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlari,O’zbekiston davlat universiteti (hozirgi SamDU) va O’rta Osiyo davlat universitetlari birlashtirildi.Bu o’quv yurtlarining bo’shagan binolariga harbiy muassasalar va gospitallar joylashtirildi.1941-yil 8-iyulda Samarqand olimlar uyida shahar ilmiy xodimlarining yig’ilishi bo’lib o’tdi.Yig’ilish “Olimlarning butun kuchi front xizmatiga!” shiori ostida o’tdi.
Urush yillarida Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg), Moskva, Odessa, Xarkov va Krasnodardan ko’plab oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari Samarqandga ko’chirib kelinib, joylashtirilgan edi. Bu yerda 7ta akademiya (shu jumladan, harbiy akademiyalar), 15 ta oliy o’quv yurti, 9 ta ilmiy-tadqiqot instituti va 20ga yaqin texnikum faoliyat olib bordi.1941-yilning oxirida Samarqandga Moskva zooveterinariya instituti, Moskva rejalashtirish istituti,Moskva rassomchilik istituti, SSR fanlar akademiyasining bir qancha tadqiqot institutlari ko’chirildi.1944-yil iyun oyida avval birlashtirilgan Samarqanddagi oily o’quv yurtlari tiklandi.Bu davrda Samarqandda 18 ta oily o’quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlari faoliyat ko’rsatgan.Samarqand shahri maktablari va barcha ta’lim muass5asalari og’ir sharoitda bo’lsada ishlashga majbur bo’lgan.Samarqand adabiyoti va san’ati g’alaba uchun xizmat qilgan.Samarqandlik shoirlar Sharof Rashidov, Said Nazar,Ra’no Uzoqova,Burhon Tursunovlar o’zining she’rlarida qahramonlikni tarannum etgan.San’atkorlar ham asarlari bilan xalq ko’nglidan joy olgan

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish