Samarqand tamadduni tarixi fanidan bajargan ishlari



Download 2,35 Mb.
bet12/24
Sana21.11.2022
Hajmi2,35 Mb.
#869892
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
3-kurslar uchun QULLANMA

Ruhobod maqbarasi, Ruhobod — majoziy nom, aslida alloma avliyo shayx Burhoniddin Sogʻarjiy (Sogʻarj—Samarqand yaqinidagi qad. kent) maqbarasi. Amir Temur saltanatining dastlabki davrida (14-asrning 70-yillari) shahar Arki (Koʻk saroy, Boʻston saroy, Nuriddin Basir maqbarasi) tomonidan jan.dagi Toshqoʻrgʻon—chaqar (Kichik oqsaroy, Muhammad Sulton meʼmoriy majmui, hozirgi Amir Temur maqbarasi) orasini bogʻlovchi mashxur Shohrohshoh koʻchani ochish va tartibga solish davomida yuzaga chiqqan Sogʻarjiy qabriga bogʻlab, mahobatli baland maqbara tiklangan. Amir Temur maqbara taʼminoti uchun maxsus vaqfnoma (kuyib ketgan vaqfnoma qoldiqlari tarjimasi Oʻzbekiston davlat arxivida saqlanmoqda) chiqargan. Undan maʼlum boʻlishicha, maqbara va yonidagi bogʻ yirik daromad manbai boʻlgan.
Maqbara binosi hozirgi shahar markazi tomonidan koʻzga tashlanadi, galdagi rekonstruksiya davomida maqbara atrofidagi keyingi davr binolari buzib tashlanadi, natijada maqbara qaddiqomatini yaqqol koʻrsatdi. Maqbara chorsixona, ustidagi 8 qirrali poygumbaz va oddiy gumbazdan iborat. Ichkarida nomaʼlum qabrdaxmalar bor. Tashki tomondan (janub) avliyo qabriga tutash devor sirkori sopol bilan peshtoq shaklida hoshiyalangan. Ichkarida naqshin bezak qoldikdari saqlangan. Kirish eshigining (Buxoro amiri nomidan 19-asr oʻrnatilgan) oʻymakor bezaklari orasida baliqlar shaklini kuzatish mumkin. Aholi mazkur avliyoga alohida ixlos va ehtirom bildirib, maqbara va u bilan bogʻliq maskanni Ruhobod deb atagan. 19-asr maqbaraga bogʻlab Madrasa (hozirgi darvozaxona va bir necha hujra saqlangan), masjid va minora qurilgan. Shoʻrolar davrida mazkur maskan diniy ziyoratgoh sifatida eʼtibordan chetda qolgan, tashlandiq holga kelgan edi. Hujralar qisman buzib tashlangan, guzar masjidida korxona joylashgan. Amir Temur tavalludining 660 y.ligi arafasida maqbara atrofida keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. R. maqbarasi qayta gavjum ziyoratgohga aylandi. Poʻlat Zohidov.[1
Xoja Doniyor maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (20-asr boshlarida qurilgan). Afrosiyob qoʻrgʻonining kunchiqar tomonida, Siyob arigʻi yoqasida. Avliyo Xoja Doniyor qabri ustida qurilgan. Choʻziq (15 m ga yaqin) toʻrtburchak tarhli, peshtoq, besh gumbazli xonadan iborat. Peshtogʻi (shim. tomonda) hamda uning ikki yonidagi qubbali, koʻzasimon kursili guldastalari ganch oʻymakorligi bilan bezatilgan, yon tomonlariga ham ravoqlar ishlangan. Maqbara ichida choʻzinchoq daxma bor. Injilda talqin etilishicha, Daniil yahudiy tilidan tarjimasi „Olloh hakam“ maʼnosini bildiradi. Doniyor Iyerusalimda eramizdan avvalgi 603 yilda tugʻilgan boʻlib, shoh Dovud va Sulaymon (Solomon) larning avlodiga mansubdir. Er. avv. 586 yilda Isroil, Bobil shohi Novoxudonosor tomonidan bosib olinganidan soʻng, Doniyor, Bobil (Iroq) ga boshqa zodagonlarning bolalari bilan olib ketiladi. Ular turli xil fanlarni oʻrganishadi. Doniyor eng qobiliyatli yaxudiy yoshlardan hisoblangan. U oʻzining diniy eʼtiqodlari mustahkamligini namoyon qilgan, sharob va may ichishdan, goʻshtli ovqatlardan voz kechib faqat sabzavotlarni isteʼmol qilgan holda diniy qoidalarga rioya qilgan. Shuning uchun uning donishmandligi, dinga taqvodorligi Injilda talqin etilishicha, Ollohning mukofoti deb bayon etiladi. Shoh Novoxudonosorning tushi taʼbirini donishmandlik bilan izohlab bergani uchun uni katta ehsonlar bilan siylaydi va oʻzining yaqin kishilari qatoriga qoʻshadi. Forslar kelishi bilan, shoh Doriy Doniyorni mamlakatni boshqaradigan kishilar qatoriga koʻtardi. Bunday iltifotlar shohga yaqin saroy xodimlarining rashkini keltiradi. Bu kishilar Doniyorga tuhmat uyushtirib, shoh farmoni bilan uni och sherlar chohiga tashlaydilar, lekin hayvonlar unga tegishmaydi ham. Shunda shoh buyrugʻi bilan boʻhtonchilarning oʻzini chuqurlikka tashlashadi va sherlar ularni tilka pora qilishadi. Afsonaviy avliyo yahudiy asirlarning fors shohi tomonidan ozod etilishigacha boʻlgan davrgacha yashagan, lekin keksayganligi sababli vataniga qayta olmaydi va Suz shahrida hozirgi Mosul (Iroq) shahrida izzat-hurmat bilan koʻmiladi. Shundan avliyoning koʻmilgan joyi toʻgʻrisida tarixchilarning baʼzi chalkashishlari kelib chiqqan. Olimlar oʻrtasida haligacha, qachon va qay tarzda Samarqandda Doniyor paygʻambarning maqbarasi paydo boʻlganligi toʻgʻrisida yagona fikr mavjud emas.
Keng tarqalgan afsonaga muvofiq, buyuk sarkarda Amir Temur oʻzining Kichik Osiyoga (1397-1404) yetti yillik yurishi vaqtida, buyuk sarkarda boʻlishiga qaramay, Suzni zabt eta olmagan. Sohibqiron xudojoʻylardan, shaharni avliyo Daniilning tabarruk xoki asrab keladi deb eshitadi. Shunda Amir Temur qamal qilinganlar bilan ahdlashib, ularning mol-mulkiga tegmaslikka va asirlarni qullikka olib ketmaslikka vaʼda berib, buning evaziga avliyoning bir qism xokini, yaʼni oʻng qoʻlini Samarqandga olib ketishni, toki saltanatini har xil ofatlardan saqlasin deb taklif etadi. Avliyo Samarqandga koʻmilganidan soʻng qabrning bosh tarafidan buloq otilib chiqadi va shahar aholisi, uning atrofidagilar bu suvni tabarruk deb biladilar va undan foydalanadilar. Lekin bu afsona islom dini udum va qoidalariga zid boʻlib chiqadi, yaʼni oʻtganlarni bezovta qilish mumkin emasdir. Haqiqatga yaqini balki, buyuk sarkarda Samarqandga Suzdan bir qism xoklarini olib kelgan boʻlsa kerak va uning buyrugʻi bilan maqbara harbiy yurishning muvaffaqiyatli gʻalabasi nishonasi sifatida qurilgandir. Amir Temurning tarjimai holi tadqiqotchilraining yozuvlarida ham bu voqea toʻgʻrisida hech qanday maʼlumotlar yoʻq. Baʼzi tarixchilarning taʼkidlashicha, fors tarixchisi Istahriy Movarounnahrga, Temur tugʻilganidan toʻrt yuz yil oldin kelgan va hazrati Doniyor maqbarasi shaharda oʻsha davrda mavjud ekanligini yozadi. Baʼzi bir tadqiqodchilarning ishonchli asoslariga koʻra esa, Samarqandga hazrati Doniyorning tabarruk xokini islom dinigacha mavjud boʻlgan yahudiylar diniy jamiyati olib kelgan boʻlib, mahalliy otashparastlar bu dindorlarga hurmatda boʻlib, shahar chetida ibodatxona qurishga ruxsat etganlar. Buning tasdigʻi sifatida maqbaraning atrofidagi madaniy qoldiqlar arxeologlar tomonidan er.av. VII-VI asrlarga tegishli boʻlib, Injilda koʻrsatilganidan Doniyor paygʻambarning yashab oʻtgan davriga toʻgʻri keladi. Samarqandga paygʻambarning xokini nasroniylar ham olib kelishlari mumkin edi, chunki maʼlumki, Vizantiya hukmdori Zenon davrida, Doniyorning bir qism xoki Konstantinopolga (hozirgi Istambul) koʻchirilgan edi. Boshqa mulohazalarga qaraganda (bu ingiliz olimi Stounga tegishli) dunyoda oʻsadigan qabrlar bor emish. Va Doniyor Paygʻambarning qabri shu qabrlar sirasiga kiradi. Bu fikrga koʻra, har 100 yilda paygʻambarning suyaklari bir gazga (72 sm) oʻsar ekan, shuning uchun qabr shunday uzunlikka ega ekan. Pirovardida, agar qabrning ikki tomoni aylana shaklida birlashib, yer sharini qamrasa, yer yuzida jannat boʻlar ekan.Doniyor paygʻambar maqbarasi turli davrlarda turlicha koʻrinishga ega boʻlgan. Chor Rossiyasi davrida nashr etilgan kitobda Doniyor Paygʻambarning 1870-1980-yillardagi gravyura surati aks ettirilgan. Undan shu maʼlum boʻladiki, oʻsha davrlarda Doniyor Paygʻambar qabri usti daryo toshlari bilan terilgan va uning atrofida kichik ayvon va xona (masjid) mavjud boʻlib, qabr atrofida ruhoniy va avliyolarning belgisi boʻlgan oltita tugʻ oʻrnatilgan. Tugʻlar maxsus toshlarga oʻrnatilgan boʻlib, hozirda ham ushbu tugʻlarni ushlab turgan toshlar bor, lekin tugʻlar saqlanmagan. XIX asr oxirlarida ushbu qabr ustida maqbara qurildi. Unga boradigan asosiy yoʻl qadimiy Afrosiyob shaharchasidan boʻlib, maqbaradan sal balandroqda kirish darvozaxona-ayvoni qurilgan. Uning qoldiqlari hanuzgacha saqlanib kelinmoqda va u ham maqbara qurilgan paytda bino etilgan. Hazrati Doniyor qabri ustidagi mavjud boʻlgan maqbara XX asrning boshida Samarqand sovunpazlarining ustozi Mahmud oqsoqol tomonidan bunyod etilgan, chunki Hazrati Doniyor sovunpazlarning piri hisoblanadi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, maqbaraning qurilishida Miroshnichenko ismli rus tadbirkor-savdogar ham oʻz hissasini qoʻshgan. Maqbarada koʻpgina taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan. Ziyoratgoh atrofi devor bilan oʻralib, ziyoratgohga chiqish uchun 3 qismli zinapoya qurildi. Shu bilan birgalikda qabr atrofi oniks va qora marmar bilan qoplandi. XX asrning boshlarida olingan bir fotosuratda maqbara olti gumbazli boʻlgan, hozirgi vaqtda esa gumbazlarining soni beshta boʻlib, ular keyinchalik buzilib, qaytatdan tiklangan boʻlishi mumkin. Maqbaraning shimol tomonida imoratning yuqori qismini ikki burchagidan pishiq gʻishtdan terilgan qubbalar bezatadi. Ular yevropacha uslubda qurilgan. Ichki qismida, oʻsha davrda qoʻllaniladigan, qalqonsimon langarlar hamda gumbazlarni koʻtarib turgan ravoqlar ishlatilgan.
2001-yilda majmua atrofida arxeologik qazishlar olib borildi. XIV asrga tegishli masjid qoldiqlari topildi. Masjidning mehrob tokchasi Makka tomoniga qaratilgan. Qariyalarning aytishlaricha, masjit ikkinchi jahon urushi davrida noma’lum sabablarga koʻra buzilgan. Imoratning devorlari choʻpkori uslubida qurilgan boʻlib, tagsinch bolori pishiq gʻishtli asosga yotqizilgan edi. Masjidning shimoliy qismida maydoni 25 kv.m. li ayvoni va masjidga kirish eshigi shu yerdan boʻlgan. Ayvonning shimoli-gʻarbiy burchagida uzunligi 80sm., eni 40sm., qalinligi 20sm. kattalikdagi ikkita toʻgʻri burchakli tosh plitasi topildi. Ular qabr toshlar yasash uchun xomashyo edi.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish