Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi


Respublika hududlarida va xalq xo’jaligi obyektlarida xabarlash xizmatini tashkil etish



Download 2,79 Mb.
bet34/50
Sana01.12.2022
Hajmi2,79 Mb.
#876687
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Respublika hududlarida va xalq xo’jaligi obyektlarida xabarlash xizmatini tashkil etish
Aloqa fuqaro muhofazasi kuchlarini boshqarishning asosiy vositasi hisoblanadi, u FM boshlig’i qarori, shtab boshlig’i ko’rsatmasi va aloqa bo’yicha yuqori turuvchi shtabning topshirig’iga asosan boshqaruv punktida tashkil etiladi.
Aloqa va xabar berishni tashkil etishga FM boshlig’i mas’ul. Aloqa va xabar berish tizimining doimiy tayorgarligini bevosita FM xabar berish va aloqa xizmati boshlig’i ta’minlaydi.
FM aloqa tizimi muqim, ko’chma boshqaruv punktlarining aloqa uzellari bazasida hamda aloqa tarmog’iga tayangan holda tinchlik davrida oldindan tashkil etib qo’yiladi.
Boshqaruv punktlarining aloqa uzeli - bu boshqarishni ta’minlash uchun ishlatilgan aloqa kuchlari va vositalarining tashkiliy texnik birlashmasidir.
Aloqa uzellari: muqim (muhofaza qilingan va muhofaza qilinmagan) hamda ko’chma bo’ladi.
Muqim aloqa uzellari respublika, viloyat, shahar tuman, vazirlik va idoralarning shahardagi va shahardan tashqari zonalaridagi boshqaruv punktlaridagi muhofaza inshootlarida jihozlanadi. Ko’chma aloqa uzellari avtomobillarda, vertolyotlarda va temir yo’l vagonlarida jihozlanib, muhim aloqa uzellari ishdan chiqqan holda avariya qutqaruv ishlari o’tkazishda va boshqa vazifalarni bajarishda aloqalarni ta’minlab turishga mo’ljallangan.
FM tizimida radio, radiorelye, simli va signal beruvchi aloqa vositalari ishlatiladi.
Radio muhim va ishonchli aloqa vositasi bo’lib FM kuchlari FV joyiga olib borilayotganda, avariya-qutqaruv ishlari o’tkazilayotganda ularni boshqarish uchun ishlatiladi.
Simli aloqa vositalari FM kuchlari o’z asosiy joyida turganda, avariya qutqaruv ishlari o’tkazilayotganda ularni boshqarish uchun ishlatiladi.
Signal beruvchi vositalar - bu axborot berish, bir-birini tanib olish hamda xabarlash, boshqarish signallarini berish uchun ishlatiladigan eshitish, ko’rish, radiotexnik vositalaridir.
Xabar tizimi: marakazlashgan va xabar berish cheklangan qo’yi tizimlarga bo’linadi.
Aloqa va xabar berish markazlashgan tizimi deganda - tinchlik va harbiy harakatlar davrida FM ga mas’ul xodimlarga va aholiga signal va kerakli axborotlarni tezlikda yetkazib berishga mo’ljallangan texnik vositalar, aloqa kanali, radio va televidenik majmuasi tushuniladi.
Markazlashgan xabar berish tizimi Respublika, viloyat, tuman, shahar, inshoot miqyosida tuziladi. Respublika, viloyat, rayon va shahar aholisiga markazlashagan holda axborot berish tizimining maxsus jihozlangan vositalari O’zbekiston pochta va telekommunikasiya agentligi korxonalarida joylashtiriladi. Xabar berish apparatlari FV bo’yicha shahar (tuman) bo’limlarida o’rnatiladi, agarda bunday bo’limlar mavjud bo’lmasa kechayu-kunduz tezkor navbatchilik tashkil qilingan joylarga o’rnatildi.
Markazlashgan xabar berish tizimini sirena ovoza shahar, tuman, viloyatning barcha aholisini e’tiborini jalb qilish imkoniyatini beradi va undan ham tinchlik davrida (tabiiy ofat va avariyalar sodir bo’lganda) ham harbiy davrda qo’llash mumkin. Bundan tashqari aholi markazlashgan xabar berish tizimidan aloqa va radio tarmoqlari orqali og’zaki axborotlar oladi.
Xabar berish markazlashgan tizimi quyidagilarni ta’minlashi lozim:

  • shaharlarda, tumanlarda, xalq xo’jaligi obyektlarida XXO, qishloq joylarda va yirik aholi punktlarida markazlashgan va markazlashmagan tarzda «Hamma diqqat qilsin» signalini berish;

  • simli eshittirish tarmoqlari va mahalliy radio eshittirish stansiyalarida axborot berish yo’li bilan aholini og’zaki xabarlash;

  • signallarni va axborotni Respublika, viloyat, shahar, tuman, vazirlik va idoralarning boshqaruv punktlariga, ichki ishlar shahar, tuman bo’limlariga yetkazish;

  • xonadon va xizmat telefonlarida mansabdor shaxslarga doimiy xabar berish;

  • FM xabar berish signallarini XXO ishchilari xizmatlariga, FM tuzilmalariga va O’zbekiston Respublikasining barcha aholisiga berishni ta’minlashi kerak.

Xabar berishning cheklangan tizimlari yordamida avariya sodir bo’lgan obyektlardagi ishchi va xizmatchilargina emas, balki zaharlanish, vayron bo’lish yoki halokatli suv bosish ehtimoli bor, zonaga tushib qoladigan aholiga ham vaqtida xabar berish mumkin bo’ladi.
Operativlik – cheklangan tizimlarining asosiy afzalligi bo’lib, tezlik bilan xabar berishdan iborat.
Cheklangan tizimlarni beruvchi qurilmalari (datchiklari) kimyo inshootlari yoki to’g’onlar korpusiga o’rnatib qo’yildi. Signal datchiklardan navbatchi nozimga tushadi, nozim esa inshootda ro’y bergan FV haqida P-164 boshqarish pulti elektron qurilmalari, inshootdagi sirkulyar chaqirish qurilmalari va P-164-P uzatgich (peredatchik) orqali telefonlar va radiokornaylar orqali e’lon qiladi. P-164-P uzatgich zaharlanish (suv bosish) ehtimoli bor zonada yashab turgan aholiga xabar berish cheklangan tizimi P/160 apparatini ulab, radiotranslyasiya kanallarini, elektr sirenalarini va ko’chadagi radiokarnaylarni ishga tushiradi.
Fuqaro muhofazasi xavf-xatar haqida yoki uning yuz berishi mumkinligi to’g’risida o’z vaqtida xabar va ma’lumot berishdan boshlanadi.
1998 yilda xabar berish tartibi qayta ko’rib chiqilib o’zgartirildi. Endi har qanday xavf-xatar holatida elektr sirenalari ishga tushiriladi.
Ularning hayqirig’iga korxonalarning uzuq-uzuq gudoklari jo’r bo’ladi. Bu FMning «Hamma diqqat qilsin» degan yangi signalidir.
Sirena ovozi eshitilgan zahoti televizor, radiopriyemnik, radiokarnaylarning ishlatib qo’yib, mahalliy hokimiyat organlarining yoki FV boshqarmasining xabarlarini tinglash lozim.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish