Fuqaro muhofazasi tadbirlarini moddiy ta’minlashda ko’chma tizimlarni ahamiyati, tadbirlarni texnik ta’minlashni tashkil etish va amalga oshirish FM MTT ko’chma tizimlar orqali ham tashkil qilinadi:
Ovqatlantirish ko’chma punkti (OKP) (25 kishi) 10 soat ish mobaynida 1200 kishiga yetadigan ovqat tayyorlay olish va tarqatish imkoniyatiga ega. OKP har qaysisi 7 kishidan iborat bo’lganovqat pishirish va tarqatish 2 ta zvenosidan va 11 kishidan iborat ta’minlash zvenosidan iborat. OKP yuk mashinasi, tirkama o’choq komplekti, gavtosisterna bilan ta’minlanadi.
Oziq-ovqat ta’minoti ko’chma punkti (OOTKP). (10 soat davomida 5000 ta quruq payok butlaydi va tarqatadi). OOTKP tarkibi har qaysisi 5 kishidan (zveno komandiri – dozimetrchi, qadoqlovchi-taratuvchisi-3 kishi, transport haydovchi) iborat 2 ta zveno, omborchi va punkt boshlig’i bo’ladi.
Buyuk ta’minoti ko’chma punkti (BTKP). Uning tarkibida har qaysisi 6 kishidan (zveno komandiri – dozimetrchi, payok tarqatuvchi 4 kishi, haydovchi) iborat 2 ta ta’minlash zvenosi, omborchi va punkt boshlig’i bo’ladi. Texnikasi bortli 2 ta yuk mashinasidan iborat. Punkt tarkibi jami 14 kishi. Punkt 10 soat ish mobaynida birinchi tibbiy yordam otryadiga (BTYoO), sanitariya-yuvish punktlariga (SYuP) 1500 tagacha almashtirib kiyiladigan kiyimlar, ich kiyim va poyabzallar keltirishi va tarqatishi imkoniyatiga ega.
Avtoyonilg’i qo’yish ko’chma shaxobchasi (AYoQSh). AYoQSh tarkibida 2 kishidan (zveno komandiri, haydovchi – yonilg’i qiluvchi) iborat 2 ta YoMM keltiruvchi va quyib beruvchi zveno, AYoQSh komandiri bo’lib jami 5 kishini tashkil etadi. Shoxobcha tirkimlari bor 2 ta yonilg’i qo’yish avtomashinasiga ega. Shaxobcha 10 soat mobaynida 400-500 dona texnikaga yonilg’i quyish imkoniyatiga ega.
Suv tashish zvenosi (STZ). STZ tarkibi 6 kishi (zveno komandiri – haydovchi, 5 haydovchi) bo’lib, texnikasi 6 ta avtosisterna yoki bochkalari bor 6 ta yuk mashinasidan iborat. Zveno 10 soat ish mobaynida 75 ming metr litr suv olib kelish imkoniyatiga ega.
Tinchlik davrida viloyat, shahar, tuman FM boshliqlari texnik xizmat bilan birgalikda
texnik ta’minot tashkil etilishni rejalashtiradi, ta’mirlash bazasi imkoniyatlarini o’rganadi;
vazifalarni hal etishga jalb qilingan mashinalarni soni, texnik ahvoliga aniqlik kiritadi;
texnik xizmat tuzilmalari shaxsiy tarkibini butlaydi va ularni moddiy vositalar bilan ta’minlaydi;
zaxira qismlar, ta’mirlash materiallari to’planishini ta’minlaydi hamda ularni hamda ularni ta’mirlash va evakuasiya vositalari o’rtasida taqsimlaydi;
kuch va vositalarni shikastlangan mashinalar to’planadigan punktlarga taqsimlaydi, bundan punktlar yo’lga qo’yiladigan joylarni belgilaydi, zaxira qismlar yetkazib keltirishni va ularni berish tartibini aniqlaydi;
ta’mirlash korxonalari barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqadi va o’tkazadi.
FV xavfi tug’ilganda FM texnik xizmati rejaga va muhofaza muassasalari boshliqlari ko’rsatmasiga ko’ra ta’mirlash vositalarini shaylik rejimiga, qutqarish ishlari o’tkaziladigan zonalarda texnik ta’minotni shay holga keltiradi.
Buzuq mashinlar ta’mirlash – qayta tiklash ko’chma guruhlari (TQTG) tomonidan shikastlangan mashinalar to’planadigan punktlarda (ShMTP) yoki ta’mirlash korxonalarida joriy ta’mirlanadi.
TQTG va evakuasiya guruhi (EG) hamkorlikda ishlaydi va ular bir joyda yo’lga qo’yiladi. Bunda TQTGni boshlig’i umumiy boshliq hisoblanadi.
Qutqarish ishlari davomida texnikani ishdan chiqqan joyning o’zida ta’mirlash-qayta tiklash ko’chma guruhlarning mashina haydovchilari kuchi bilan ta’mirlanadi.
Shikastlangan joyida qayta tiklash imkoni bo’lmagan texnika ShMTPga evakuasiya qilinadi.
Texnik xizmat kuchlari va vositalari ta’mirlash zavodlari ustoxonalari, texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari zaxira qismlari, ta’mirlash materiallari bazalari, omborlari va FM harbiylashmagan tuzilmalari hisoblanadi.
Texnik xizmat ta’mirlash bazalarining asosini viloyat, shahar, tuman hududidagi ta’minlash stansiyalari va texnik xizmat ko’rsatish korxonalari tashkil etadi.
FM tadbirlarini texnik ta’minlash vazifalarini hal etishga jalb qilingan ta’mirlash korxonalari o’zini asosiy tashkilotiga qoladi va unga buysunadi. FM tadbirlarini bajarish davrida ular tegishli texnik xizmat boshlig’iga operativ ravishda itoat etadi va uning buyruq, ko’rsatmalarini bajaradi.
Ta’mirlash-qayta tiklash va evakuasiya guruhlari viloyat, tuman hududdagi vazirlik va idoralarning ta’mirlash muqim korxonalari, avtoxo’jaliklari, texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari, ta’minot bazalari va boshqa ta’mirlash korxonalari negizida tashkil etiladi.
Bular quyidagilar bo’lishi mumkin:
o’z asosiy tashkilotdagi avtomobil texnikasini ta’mirlaydigan
TQTKGI. Ularning tarkibi: 14 yoki 21 kishidan iborat shaxsiy tarkib (ta’mirlovchi mutaxassislar), 2-3 ta ta’mirlash ustoxonasi, 1 ta texnik nazorat agregati, zaxira qismlar joylashtirilgan 1-2 ta avtomashina, 1 payvandlovchi apparatdan iborat.
muhandislik texnikasini ta’mirlaydigan TQTKG (zaruratga qarab
tashkil etiladi);
12 kishidan iborat shgaxsiy tarkibga ega bo’lgan evakuasiya guruhlari (EG).