Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi



Download 2,79 Mb.
bet39/50
Sana01.12.2022
Hajmi2,79 Mb.
#876687
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

guruhi




birinchi

Shikast darajasi og’ir, najotsizlar. Bular evakuasiya qilinmaydi, ularga tinchlantiruvchi va uxlatuvchi dorilar beriladi.

ikkinchi

Kechiktirmay davolashga muxtoj, birinchi galda turadigan jabrlanganlar

uchinchi

Transportda olib kelish yo’l yo’riqlari tanlanadigan jabrlanganlar

to’rtinchi

Ambulatoriyaga qatnab davolanishlari mumkin

bo’lgan yengil shikastlanganlar. Bular sanitariya transportida evakuasiya qilishga muxtoj bo’lmaydilar.
Shikastlanganlar shaxsi iloji boricha aniqlanishi kerak. Jabrlangan shaxs haqidagi ma’lumotlar falokat o’chog’ida to’ldiriladi va qayd etish uchun maxsus belginoma, birkalar ishlatiladi.
Tibbiyot nuqtalari, poliklinikalarda shikastlanganlarga ilk bor hisobga olish tibbiy varaqalari to’ldirilib unda jabrlangan kishini pasport ma’lumotlaridan tashqari, unga quyilgan tashxis, ko’rsatilgan tibbiy yordam hajmi va uning qayoqqa evakuasiya qilingani ko’rsatiladi.
Barcha davolash-muhofaza muassasalarida shikastlanganlar tibbiy saralab bo’lingandan keyin, jabrlangan shaxs kiyim-boshiga saralash birkasi biriktiladi, unda jabrlangan kishiga navbatda, qaysi bo’linmada tibbiy yordam ko’rsatilishi yozilgan bo’ladi.
Favqulodda vaziyatlarda shikastlanganlarga tibbiy yordam berish, ularni davolash va bunda jalb etiladigan kuch va vositalar
FVdagi davolash evakuasion ta’minoti (DET)ning mohiyati shikastlanganlarga tibbiy evakuasiyani ikki bosqichida tibbiy yordam ko’rsatish va davolash tadbirlarini o’tkazib shikastlanganlarni shikastlarini xususiyatiga ko’ra ularni talofat va ofat o’chog’laridan davolash muassasalariga tezroq jo’natishdan iblrat.
O’zbekiston Respublikasidagi FVda shikastlanganlarni davolashevakuasiya tadbirlari bilan ta’minlab mo’ljallangan joyga evakuasiya qilish ko’zda tutiladigan ikki bosqichli tizim qabul qilingan.
Shikastlanganlarga ofat o’choqlari joylarida tibbiy yordam ko’rsatish shartli ravishda uch davrga: yakkalash (izolyasiya qilish), qutqarish va sog’liqni tiklash davriga bo’lish mumkin.
Shikast o’chog’iga tushib, o’z holiga qoladigan shikastlanganlarni yakkalab olish davrida shikast olingan joyning o’zida hayotiy ko’rsatkchilarga muvofiq beriladigan birinchi tibbiy yordam alohida rol uynaydi (rasm-3.10). Bunda eng avvalo shikastlovchi omillarni to’xtatish, jabrlangan kishining axvolini tez va to’g’ri aniqlash katta ahamiyatga ega. Shikastlangan kishini ko’rib chiqishda shifokor muayan algoritmdan foydalanish mumkin. Bular:

  • og’iz bo’shligi va yuqori nafas yo’llarini tekshirish (begona, yot narsalardan tozalash);

  • nafas olish harakatlarining xususiyati va qanchalik tezligiga baho berish (sun’iy nafas oldirish, yurakni o’qalash);

  • qon tomirlari butunligini aniqlash (ayniqsa arterial tomirlardan qon oqishini to’xtatish);

  • yurak-qon tomir tizimi (tomir urishi) ahvoliga baho berish;- sezgi a’zolari, asosan ko’rish a’zolariga baho berish.

Birinchi tibbiy yordam berishining eng qisqa muddati shikastlangan ondan boshlab 30 daqiqa, nafas olish to’xtagan bo’lsa bu vaqt 5-7 daqiqagacha qisaqartiriladi. Jarohatlangandan so’ng 1 soat davomida yordam ko’rsatilmasa o’lim holati 30%ga, 3 soatgacha yordam berilmasa 60%ga va 6 soatgacha yordam berilmaganda 90%gacha ortadi.
Birinchi tibbiy yordamni shikastlangan kishining o’zi (o’z-o’ziga yordam), yoki uning yonida bo’lganlar, aholi, sandrujinachilar, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining shaxsiy tarkibi ko’rsatadi.
Birinchi shifokor yordami jabrlanganlar hayotiga bevosita havf soluvchi oqibatlarini bartaraf qilish, jarohat infeksiyasi yanada rivojlanishi oldini olish va shikastlanganlarni evakuasiyaga tayyorlash maqsadida tibbiy evakuasiyaning birinchi bosqichida shifokorlar bajaradigan davolash-muhofaza majmuidir. Bunday yordamni umumshifokorlik tayyogarligi bo’lgan va ixtisosligi jarroh-shifokor ko’rsatadi. Shikastlangan ondan keyingi 3 soat, eng ko’pi bilan 6 soat birinch shifokor yordami ko’rsatish uchun eng qisqa muddat hisoblanadi.

a)

b) v)

g)
Rasm-3.10. Qon oqishida birinchi tibbiy yordam usullari: a – arteriya qon tomirini bosish yordamida; b – burama bog’lam yordamida; v – tizzani bukish yordamida; g – qattiq qisib bog’lash yordamida.
Malakali tibbiy yordam davolash muassasalarida tegishli iztisoslashgan shifokorlar amalga oshiradigan, shikast oqibatlarini, birinchi galda hayot uchun xavfli oqibatlarini bartaraf qilishga, ehtimoli bor og’irlashuvlar oldini olishga va rivojlana boshlagan salbiy oqibatlariga qarshi kurashish, shikastlanganlarni o’zil-kesil natijagacha davolashga qaratilgan jarohlik va terapevtik tadbirlar majmuidir.
Ixtisoslashgan tibbiy yordam ixtisoslashgan davolash muassasalarida odamning ba’zi a’zolari va tizimlaridagi buzulishlarni tiklash maqsadida maxsus apparatlar va uskunalardan foydalanib mutaxassis shifokorlar bajaradigan davolash-muhofaza tadbirlari majmuidir.
FVda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatish uchun ko’chma tuzilmalar tashkil etiladi:

  • shoshilinch tibbiy yordam brigadasi (ShTYoB) – FVda shikast o’chog’i va uning hududida birinchi shifokor yordami berish, tibbiy saralash hamda jabrlanganlar evakuasiyasini tashkil etish va o’tkazishga mo’ljallangan ShTYoB shahar, tumandagi markaziy va tumanlararo davolash-muhofaza muassasalari negizida sog’liqni saqlash hududiy organlarining qarorlariga muvofiq tashkil etiladi. ShTYoB tarkibi 5 kishidan iborat bo’lib unga shifokor (1 ta), tibbiy hamshira (2 ta), sanitar (1 ta) va sanitar haydovchi kiradi. ShTYoB FVdan tashqari vaqtda uni tashkil etgan muassasa rahbari tasarrufida bo’ladi.

  • ixtisoslashgan doimiy shay shoshilinch tibbiy yordam brigadasi (IDShTYoB) shikast o’chog’laridan tashqarida, ya’ni tibbiy evakuasiyaning ikkinchi bosqichida malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam tashkil etishga mo’ljallangan. U o’z ishini amaliy sog’liqni saqlash, davolash – muhofaza muassalari bazasida gospital modullari, maxsus xonalar va boshqa shunga o’xshash vositalardan foydalanib olib boradi.

IDShTYoBning tashkiliy bo’linmalari:

  1. Saralash-evakuasiya guruhi (jami 11 kishi);

  2. Jarrohlik (neyrojarrohlik) guruhi (jami 6 kishi);

  3. Qon-tomir jarrohlik guruhi (jami 6 kishi);

  4. Travmotologiya guruhi (jami 5 kishi);

  5. Reanimasiya-anesteziologiya guruhi (jami 6 kishi).

Shoshilinch tibbiy yordam viloyat markazining IDShTYoBsi markazning ko’chma tuzilmasi sifatida jabrlangan aholiga bevosita ofat o’chog’larida kechiktirib to’lmaydigan malakaviy va ixtisoslashgan tibbiy yordam elementlari bor birinchi shifokor yordami berishga mo’ljallangan.
Ushbu brigadani tarkibi O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining 1990 yil 24 dekabrdagi 1334-buyrug’iga asosan 14-17 kishidan ibrat bo’lib unga toksikolog, epidemiolog, jarroh, travmatolog, neyrojarroh-travmatolog, anesteziolog-reanimatolog, tibbiy hamshira, anesteziyachi hamshira, jarrohlik hamshiralari, jadal terapiya xonalari hamshiralari va sanitarkalar kiritiladi.

  • ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam brigadasi (IShTYoB) FV da shikastlanganlarga kasalxona sharoitida ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishga mo’ljallangan ko’chma tuzilmadir. IShTYoB tarkibiga jarrohlik, neyrojarrohlik, travmatologiya, kuyuklarni davolash, transfuziologiya, akusherlik-ginekologik, bolalar jarrohligi, taksiologik, psixoterapiya, radiasion va yuqumli kasalliklar, pediatriya, radiologiya, sanitariya profilaktika brigadalari kiritilgan.

  • Tez tibbiy brigadalari (TTYoB) O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirining 1993 yil 13 oktyabrdagi 10 buyrug’i bilan tasiqdlangan nizomga asosan tashkil etiladi va ishlaydi. TTYoB (muntazam shifokorlar va feldsherlar brigadalari)ni faoliyati jabrlanganlarga shikast o’chog’ining bevosita o’zida tibbiy saralash o’tkazish hamda birinchi shifokor yordami berishga mo’ljallangan bo’ladi.


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish