Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “servis” fakulteti



Download 0,63 Mb.
bet3/16
Sana04.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#635847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2.Gulmurodov Zuxriddin

REJA:
Kirish
1. Marketing faoliyati va uni tashkil etish asoslari.
2. Sanoat korxonalarining faoliyatida maqsadni qo‘yish va unga erishishda marketing faoliyatidan foydalanishning nazariy asoslari.
3. “Juma elevatori”AJ iqtisodiy-ijtimoiy faoliyati tahlili.
4. Korxonaning marketing faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish yo‘llari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ilovalar


Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda olib borilayotgan oqilona iqtisodiy siyosat tufayli jadal rivojlanish sur’atlari saqlanib qolmoqda. Jahonning qo‘plab mamlakatlarida iqtisodiy tanazzul davom etib kelayotgan bugungi sharoitda, jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan, 2012 yilda O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o‘z pozitsiyasini mustahkamladi.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida “…yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha kiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish...” 1 ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu esa sohani yanada rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni, zamonaviy ilmiy-fan yutuqlarini sanoat tarmoqlariga jadal joriy qilish orqali jahon xo‘jaligi tizimida milliy iqtisodiyotning ixtisoslashuvini kengaytirish va sanoat ishlab chiqarishi tarkibini diversifikatsiya qilish imkonini beradigan yangi raqobat ustunliklarini yaratish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi daromadlarni oshirish zaruriyatini keltirib chiqarish mavzuning dolzarbligi bo‘lib hisoblanadi.
Darxaqiqat, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha belglangan prognoz ko‘rsatkichlar bajarildi. Iqtisodiyotning rivojlanishida yangi bosqichga chiqildi. Jahon mamlakatlarining iqtisodiyoti nisbatan past sur’atlarda rivojlanib turgan paytda mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida erishilgan yutuqlar xalqimizning va mamlakatimiz rahbariyatining tinimsiz mehnati va sa’y-harakatlari evaziga erishildi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning boshqa sohalari qatori sanoat sohasi ham jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy omillardan hisoblangan hamda mamlakat iqtisodiyotining boshqa sohalari va tarmoqlarining rivojlanishiga katta turtki beradigan sanoatning rivojlanishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Boshqa sohalar va tarmoqlarda bo‘lgani kabi, sanoat sohasida ham, uning turli tarmoqlari va korxonalarida ham modernizatsiyalashga, texnik-texnologik yangilanishga e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz bu tarmoqlar va korxonalarda amalga oshirilayotgan modernizatsiyalash, texnik-texnologik yangilanishning ahamiyati nihoyatda kattaligini quyidagicha ta’rifladilar:
Sanoat korxonalarida modernizatsiyalashni amalga oshirish, texnik-texnologik yangilash masalalari va ularda marketing faoliyati samaradorligini oshirish masalalari bugungi kundagi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida dolzarb masalalardan bo‘lganligi sababli, uni bitiruv-malakaviy ishiga mavzu sifatida qabul qilindi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish