XULOSA VA TAKLIFLAR Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan yangilash mamlakatimiz iqtisodiyotiga va uning korxonalariga iqtisodiy faoliyatni yanada ivojlantirishni talab qilmoqda. Bunga sanoat korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish va uning samarasini orttirish orqali erishish mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar va “Juma elevatorI” aksiyadorlik jamiyati iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatining tahlili undagi marketing faoliyatini yanada rivojlantirish lozimligini ko‘rsatdi. Shu sababli, bitiruv-malakaviy ishida quyidagi muxim yo‘nalishlarni ishlab chiqdik va ularni ishlab chiqarishga tatbiq etishni tavsiya qilamiz:
1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi korxona va tashkilotlarning faoliyatida marketing faoliyatini keng miqyosda qo‘llash lozimligini ko‘rsatdi va isbotladi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan ilg‘or davlatlarning yirik firmalari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, marketing faoliyati korxona va tashkilotlarning uzoq vaqt yashab qolishiga va unumdorligini orttirib borishiga imkoniyat yaratadi. Marketing faoliyatini amalga oshirish marketing nazariyasi va amaliyotining ravnaqiga bog‘liqdir. Marketing nazariyasi va amaliyotining ravnaqi bevosita marketing izlanishlari va tadqiqotlari yo‘nalishlariga bog‘liq. Har bir sanoat korxonasi o‘zining turli faoliyatlari qatorida marketing foaliyatiga katta e’tibor qaratishi kerak va uni muntazam ravishda takomillashtirib borishi lozim.
2. “Juma elevatorI” aksiyadorlik korxonasida olib boriladigan marketing faoliyatida sotishni rag‘batlantirishga katta e’tibor qaratish darkor. Sotishni rag‘batlantirish bozorga chiqarilgan tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta’minlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir. Sotishni rag‘batlantirishning quyidagi faol shakllari mavjud - ko‘rgazma-savdo, yarmarkalar, maxsus savdo agentlari xizmatidan foydalanish va arzon baholar. Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish jarayonidir. U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha bo‘lgan harakatining har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Korxona bu usullarni har birini hozirgi davr nuqtai nazaridan o‘rganishi va o‘ziga mos keladiganidan oqilona foydalanishi lozim.
3. “Juma elevatorI” aksiyadorlik jamiyatida marketing faoliyatini olib borishda ba’zi bir kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Marketing faolitini takomillashtirish uchun marketing faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va samarali marketing muxitini yaratish lozim. Marketing muxiti - bu korxonaning butun xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy va xuquqiy omillar majmuidir. Marketing muxiti omillari o‘zgarib turuvchi omillardir. Shu sabali, korxona marketologlari va umuman barcha rahbarlari ularni muntazam ravishda tahlil qilib borishlari va undagi o‘zgarishlarni oldindan payqab olishga harakat qilishlari, istiqbolini belgilashga harakat qilishlari lozim. Korxona rahbariyati texnologik jarayonni aniq texnologik rejasini tuzishlari, va unga amal qilishni tashkil etishlari lozim. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida texnologik jarayon takomillashib boradi, shu sababli bu yangiliklarni muntazam ravishda korxonadagi faoliyatda qo‘llab borilishi kerak. Aks xolda raqobat kurashidan ortda qolib, bozor xissasini pasaytirib yuborilishi mumkin.
4. “Juma elevator” aksiyadorlik korxonasida marketing faoliyatini tashkil etishda nazorat qilinmaydigan omillarga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Korxonadagi marketing foaliyatida nazorat kilinmaydigan omillar korxona va uning marketing xizmatlari tomonidan boshqarila olmaydigan faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tarkibiy qismlardir. Nazorat qilinmaydigan omillarning salbiy ta’siri natijasida qanchalik jozibali bo‘lmasin har qanday reja barbod bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tashki muxitni muntazam kuzatish, uning ta’sirini hisobga olish lozim bo‘ladi, kutilmagan vaziyatlar sodir bo‘lganda qilinadigan ishlar rejada ko‘zda tutilishi kerak. “Juma elevator” aksiyadorlik jamiyatidagi marketing faoliyatida quyidagi nazorat qilinmaydigan omillarni xamisha hisobga olishni va oldindan ko‘ra bilishni tavsiya etamiz: iste’molchilar, raqobat, xukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari. Jamiyat faoliyatida bu kabi omillar muhim rol o‘ynaydi. Ba’zi xollarda ularga e’tibor qaratilmaydi. Bu esa iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatining samarasini pasayishiga olib keladi. Buning natijasida hatto, ba’zi bir korxonalar tanazzulga yuz tutganlar.
5. “Juma elevator” aksiyadorlik jamiyati marketingni tashkil etish yo‘nalishida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin, shunga qaramasdan bu yo‘nalishda ba’zi bir kamchiliklar ham mavjud. Shu sababli, korxonada foyda miqdorini ortishi sur’ati unchalik yuqori emas. Ishlab chiqarish rentabelligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanilmayapti. Shu sababli, bu korxonada marketingni tashkil etishni takomillashtirishni taklif qilamiz. Marketingni tashkil qilishni korxonada bir necha yunalishda amalga oshirilishi mumkin:
5.1. Funksional yo‘nalishni takomillashtirish. Bu yo‘nalishda asosiy mas’uliyat taqsimot, sotish, ta’minot va tovar harakatini tashkil qilish doiralariga tushadi. Bu yo‘nalishni takomillashtirish orqali korxonada resurslar taqsimotini optimal xolatga keltirilishi, ta’minot va sotish funksiyalarini amalga oshirishda raqobatdoshlar harakatini obdon o‘rganish va tovar harakatini eng qulay yo‘llarini aniqlash amalga oshiriladi.
5.2. Marketingni tashkil etishni rivojlantirishning yana bir yo‘nalishi sifatida tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etishni taklif qilamiz. Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etishda korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari bo‘yicha marketing xodimi yoki marketing bo‘yicha rahbar qo‘shiladi.
6. “Juma elevatori” aksiyadorlik korxonasida marketingni tashkil etishni takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan yana biri sifatida marketing faoliyatini rag‘batlantirishni taklif qilamiz. “Juma elevator” aksiyadorlik korxonasida marketing faoliyati bo‘yicha samarali ishlayotgan rahbarlar va bo‘limlar rag‘batlantirib borilishi kerak. Ularning faoliyatini baholashda reyting tizimidan foydalanishni tavsiya qilamiz. Har bir harakat va har bir mahsulotni sotilishi hajmining o‘zgarishi natijasida ballar yig‘iladi. To‘plangan ballar bo‘yicha marketing faoliyatini olib boruvchi xodimlar o‘z ballari bo‘yicha o‘rinlarini egallaydilar. Eng yuqori ballarga ega bo‘lgan xodimlar rag‘batlantirib boriladi. Bu katta samaraga erishilishini ta’minlaydi.
7. “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun avvalambor, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish talab etiladi. Bu vazifa, ya’ni mahsulotlar va xizmatlar raqobatbardoshliligini oshirish juda ham murakkab jarayon bo‘lib, uning barcha iqtisodiy sub’ektlar uchun to‘g‘ri keladigan yagona yo‘li mavjud emas. Har bir korxona va tashkilotlar o‘z salohiyati va imkoniyatlari hamda yuzaga kelgan iqtisodiy shart-shartlaridan kelib chiqqan holda harakat qiladi,
8. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish “Juma elevatori” aksiyadorlik korxonasida barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Samarali faoliyat uchun mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat umumdorligini oshirish, fondlar sig‘imini kamaytirib, fondlar samaradorligini oshirish va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni optimallash, korxonadagi ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatini, rejalashtirish va tashkil etish jarayonini takomillashtirish talab etiladi. Biroq barcha xollarda ham ishlab chiqarish samaradorligining asosida korxona foydasini maksimallashtirish va ishlab chiqarish harajatlarini imkoni boricha kamaytirish yotadi.
9. “Juma elevatori” aksiyadorlik korxonasida ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish uchun hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun ilmiy-asoslangan yo‘nalishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
9.1. Bozorga ishlab chiqarilayotgan bir xil mahsulot uchun raqobatchi tashkilotlar bilan daraja bir xil bo‘lgan taqdirda arzimas darajada kichik bo‘lsa ham biron-bir yangilik yaratishga harakat qilish va erishish. Korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlar va xizmatlar raqobatdoshlar mahsuloti yoki xizmatlaridan bir oz farq qiladi, bir oz sifatliroq yoki bir oz chiroyliroq bo‘lishi iste’molchini diqqatini o‘ziga jalb qiladi.
9.2. Korxona ishlab chiqarib bozorga olib chiqqan va taklif mavjud bo‘lgan va tanqisroq bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarib yoki xizmatlarni ko‘rsatib, ularning narxlarini bir oz pasaytirish (juda qisqa muddatga bo‘lsa ham) iste’molchilarni jalb qiladi, korxonaning reytingini oshirishi mumkin va raqobat kurashida yengib chiqishiga sharoit yaratadi.
9.3. Ishlab chiqarish korxonasidagi ishlab chiqarish, xo‘jalik va mahsulot sotuvi bo‘yicha tashkil qilinayotgan barcha ishlarda tijorat sirlarini saqlay bilish. Olib borilayotgan faoliyatni va uning nozik joylarini maxfiy ushlab turish raqiblarga korxona to‘g‘risida ma’lumotlarni bilish qiyinligini bildiradi.
9.4. “Juma elevatori” aksiyadorlik korxonasi ishlab chiqarish va tijorat ishlarida yuqori malakaga ega bo‘lgan xodimlarni ishga jalb qilish, ularning samarali faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirib turish, ular uchun samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berish. Xodimlar mehnatini rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish. Ushbu tadbir yuqori sifatli va raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishda asosiy omillardan sanaladi.
10. “Juma elevator” aksiyadorlik jamiyatida quyidagi marketing vazifalaridan samaraliroq foydalanishni tavsiya qilamiz:
1. Talabni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar.
2. Korxona sohasiga taalluqli vazifalar. Bu vazifalar korxonadagi ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini olib borish, unda texnologiyadan, moddiy resurslardan va mehnat resurslaridan samaraliroq foydalanishni ko‘zda tutadi.
3.Tashqi muxit va jamiyat tashkilotlari bilan bog‘liq masalalar. Bu masala “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyatining atrof-muxitdagi tashkilotlar bilan hamda xudud aholisi bilan munosabatlari qamrab olishi kerak.
Ushbu yo‘nalishlarni korxona faoliyatida qo‘llash uning samaradorlik darajasini orttiradi va yanada yuqoriroq darajada rivojlanishini ta’minlaydi.