Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “servis” fakulteti


-jadval “Juma elevatori”AJ tomonidan tovar assortimenti bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar8



Download 0,63 Mb.
bet12/16
Sana04.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#635847
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2.Gulmurodov Zuxriddin

2-jadval
Juma elevatori”AJ tomonidan tovar assortimenti bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar8

Mahsulot turi

2020 yil

Sotildi

Xaqiqatda kelib tushdi

Farqi

tonna

summa

tonna

summa

tonna

summa

A

1

2

3

4

5

6

Un mahsuloti

2 313

1 445 438

2 313

1 406 699

-

-38 739

Don mahsuloti

2 781

841 070

2 781

1 005 000

-

163 930

Makaron mahsuloti

-

-

-

-

-

-

Non mahsuloti

33

27 489

33

27 173

-

-316

Omuxta yem

751

208 363

751

95 793

-

-112 570

Jami

5 877

2 522 359

5 878

2 534 665

-

12 306

Jahonda ro‘y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatlarini samarali ravishda bartaraf etish avvalambor, mamlakatimizning barcha korxona va tashkilotlari ishlab chiqaradigan mahsulotlar hamda yaratilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshlilik darajasini orttirishga bog‘liqdir. Mahsulotlar va xizmatlarning raqobatbardoshliligi esa ularning sifatiga bog‘liqdir. Mahsulotlarning sifatini boshqarish orqali ularning raqobatbardoshliligi ta’minlanadi.


Mamlakatimiz va Samarqand viloyatining sanoat korxonalari bozor islohotlarini amalga oshirib borib, o‘z faoliyatlarini takomillashtirib bormoqdalar. Ular yangi texnika va samarali texnologiyalarni joriy etish orqali, sifatli xom ashyo va materiallarni qo‘llash orqali eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lida harakat qilmoqdalar.
Mahsulot sifati9 - bu shu mahsulotdan ma’lum maqsadda foydalanish uchun uning yaroqlilik darajasi, mahsulotning iqtisodiyot ehtiyojlarini, iste’molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir.
Donmahsulotlari ishlab chiqarish tarmog‘i mahsulotining sifati tarmoqning, korxonaning faoliyatini rejalashtirishda va uni aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi, mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi. Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste’mol qiymatining o‘lchovi va foydalanish darajasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Mahsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning munosabatlarini, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, reja topshiriqlarini bajarish hamda mahsulotga baho belgilash bo‘yicha korxonaning davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, mahsulot sifati sifatli mahsulot uchun moddiy rag‘batlantirish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgani uchun moddiy javobgarlikka tortish bo‘yicha korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.
Mahsulot sifati texnika taraqqiyotining sur’atlarini, mehnat unumdorligini va shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta’riflovchi iqtisodiy kategoriyadir. Mahsulot sifatini muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xalq farovonligini o‘stirishni asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mahsulotning miqdori va sifati o‘zaro dialektik bog‘liqdir. Yuqori sifatli mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq darajada qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha xarajatlarsiz oshirish demakdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va miqdorining o‘zaro bog‘liqligi mahsulot sifatini oshirish, jamiyat ehtiyojlarini to‘la qondirishga imkon beradi, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlari o‘sishining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Sifatli mahsulot doimo o‘z xaridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur talab qondirilgandagina mahsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko‘paytirish orqali yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga va uni sotishga erishgan yengil sanoat korxonasi esa o‘z ishlab chiqarish salohiyatini yanada yuksaltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday sub’ektlarning ko‘payishi esa mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa uning aholisini daromadlari va demak turmush darajasining ham yuksalishiga olib keladi. Natijada sifatli mahsulot va yuqori darajada ko‘rsatilgan xizmatlarga talab ko‘payadi. Ya’ni, sifatli mahsulot (taklif) o‘zining sifatli iste’molchisini (talab)ni yaratadi. Pirovardida jamiyatda yanada yuqoriroq darajada iqtisodiy o‘sish ta’minlanadi.
Don mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining mahsulotlari tabiiy xususiyatlariga ko‘ra har xil me’yor va xilma-xil sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Lekin, ma’lum mahsulotlarning muayyan guruhi uchun umumiy ko‘rsatkichlar ishlatilishi, boshqa guruhi uchun esa o‘ziga xos ko‘rsatkichlar qo‘llanilishi mumkin.
Mahsulot sifatiga va uning texnikaviy xususiyatlariga baho berish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi:
Iste’mol qilish xususiyatlari bo‘yicha talabni qondirish ko‘rsatkichlari. Bunday ko‘rsatkichlar mahsulotdan tayinli, belgilangan ravishda foydalanish natijasida kerakli (zaruriy) samarani tavsiflaydi. Ishlab chiqarish - texnik vazifani bajaruvchi mahsulot uchun mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi xizmat qilishi mumkin. U baholanayotgan mahsulot yordami bilan qanday hajmdagi mahsulotni tayyorlash yoki ma’lum davr ichida qanday hajmdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishi mumkinligini ifodalab beradi.
Mustahkamlik ko‘rsatkichlari - mahsulotlarning buzilmasligi, yaxshi saqlanishidir. Texnologik ko‘rsatkichlar mahsulotni tayyorlash va ta’mirlash jarayonida yuqori mehnat unumdorligini ta’minlash uchun konstruktor-texnologik yechimlarning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. Aynan texnika va texnologiya yordamida mahsulot ishlab chiqarishning ommaviyligi, material xarajatlarini, mablag‘lar, mehnat va vaqtni oqilona taqsimlash ta’minlanadi.
Standartlashtirish va unifikatsiyalash ko‘rsatkichlari - bu mahsulotning standartli, unifikatsiyalashgan va original, ya’ni ajoyib, ajralmas qismlar bilan qondirilganligi, to‘ydirilganligi, shuningdek, boshqa buyumlarga nisbatan unifikatsiyalashganlik darajasi.
Transportabellik ko‘rsatkichlari mahsulotning tashish uchun moslashganligini ifodalaydi.
Patent-huquqiy ko‘rsatkichlar mahsulotning patentli himoyasini va patentli sarxilligini (asilligini) tavsiflaydi va raqobatbordoshligini aniqlashda muhim omil hisoblanadi. Patent-huquqiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda buyumlarda yangi texnik omillar borligini, shuningdek, mamlakatda patentlar bilan himoyalangan yechimlarni hisobga olish kerak bo‘ladi.
Ekologik ko‘rsatkichlar - bu atrof-muhitga xavfli ta’sir ko‘rsatish darajasi, qaysiki mahsulotni ekspluatatsiya qilish yoki iste’mol qilishda yuzaga keladi. Masalan, zararli qotishmalarning bo‘lishi, mahsulotni saqlash, tashish va iste’mol qilishda zararli qismlar, gazlar va nurlarni chiqarish mumkinligi.
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan ko‘rsatkichlarning yig‘indisi mahsulot sifatini tashkil etadi. Hozirgi zamon ishlab chiqarishi sharoitida “Juma elevator” aksiyadorlik jamiyati mahsulotining sifati - korxona samaradorligining, rentabelligining muhim tashkil etuvchisidir, shu sababli unga doimo e’tibor bermoq zarur. Sifat bilan barcha - korxona direktoridan tortib, aniq ish bajaruvchigacha shug‘ullanishi kerak.
Shunday qilib iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimida sifat ko‘rsatkichlari muhim o‘rin egallaydi. Barcha ko‘rsatkichlar miqdorni va darajani belgilasa, sifat mahsulotning barcha xossalarini ifodalaydi.
Mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini to‘la-to‘kis ta’minlash uchun ularning bajarilish muddatlari, mas’ul kishilar, muayyan xarajatlar va ularning iqtisodiy samaradorligi, raqobatbardoshligi hamda boshqa ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Viloyatning sanoat korxonalaridagi iqtisodiy xolat, ularda mahsulot sifatini boshqarish bo‘yicha ishlar yetarli darajada samarali ravishda tashkil etilmaganligini ko‘rsatmoqda. Mahsulotlar va xizmatlar sifati bo‘yicha ishlar samarali ravishda tashkil etilganida, bu korxonalarda va viloyatda olinadigan samara darajasi yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin edi.
Korxonalar va tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish natijalari ulardagi sifat masalasiga e’tibor kam ajratilganligini ko‘rsatmoqda. Namangan viloyati va uning hududlari, korxona va tashkilotlarining mahsulot eksport qilish bo‘yicha faoliyati hamda ortish sur’atlari keyingi yillarda bir oz pasaydi.
Mahsulot sifati ma’lum talablar bo‘yicha shakllanadi. Mahsulot sifatiga bo‘lgan talablar shu mahsulot uchun o‘rnatilgan andozalar bo‘yicha hamda iste’molchilar tomonidan belgilanadigan talablar bo‘yicha o‘rnatiladi. Shu nuqtai nazardan olganda, mahsulotlar sifatini boshqarish mahsulotlarga qo‘yilgan ushbu talablarni bajarilishini ta’minlashi lozim. Mahsulotlar sifatiga qo‘yilgan talablarning bajarilishini tashkil etish, amalga oshirish va eng muhimi bajarilishini nazorat qilib borish zarur.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat:

  • mahsulot sifati darajasini belgilash;

  • mahsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi buyum va uni ishlab chiqarish jarayonining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va o‘rganish;

  • mahsulot sifatini boshqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va ob’ektga ta’sir ko‘rsatishga tayyorlanish;

  • boshqaruvga tegishli buyruqlarni berish;

  • boshqarish natijasida mahsulot sifatining o‘zgarishi haqidagi axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish.

Sanoat korxonalarida iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatining asosiy masalalaridan biri korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni va yaratilgan xizmatlarni sotilishi masalalasidir. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishda turli usullardan foydalaniladi. “Juma elevator” aksiyadorlik jamiyati oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lganligi va uzoq vaqt davomida deyarli bir xil mahsulotlarni ishlab chiqarganligi sababli bu korxonada sotishning bir xil usuli qo‘llaniladi. Korxonaning asosiy mahsuloti hisoblangan un mahsulotlarini tovar-xom ashyo birjasi orqali sotiladi. “Juma elevator” aksiyadorlik jamiyatining un mahsulotlarini birja orqali “Bunyodkorlik Mo‘jizasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Samarqand Ozik-ovkat Agro” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Fayz ulgurji savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati va boshqa savdo va ishlab chiqarish korxonalari oladilar.
“Juma elevator” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini birja savdolariga qo‘yiladi va u yerda savdolar amalga oshiriladi. malga oshirilgan savdolar natijasida o‘zaro shartnomalar tuziladi. Shu shartnomalar bo‘yicha un mahsulotlari yetkazib beriladi. Bunda mahsulot birja savdolariga qo‘yilgan sana, birja savdolariga qo‘yilgan mahsulot miqdori, bu mahsulotlarning boshlang‘ich narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi.
“Juma elevator” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini ko‘plab iste’molchilar xarid qiladilar. Korxonada 2019 yilning birinchi choragida 6198044,6 ming so‘mlik mahsulotlar sotilgan. Bu mahsulotlarning 3639131,3 ming so‘mligi tashqi tizimga sotilgan un bo‘lsa, korxona qoshidagi makaron va non mahsulotlari ishlab chiqarish sehiga 75000 ming so‘mlik un chiqarilgan. Korxonaning un tayyorlash jarayonidan chiqadigan kombikorma, kepak va shunga o‘xshash mahsulotlar birinchi chorak davomida 732577,1 ming so‘mlik xajmda sotildi. Korxona tomonidan sotilgan mahsulotlarni mahsulot turlari bo‘yicha xissasini aniqladik. 58,8 foiz tashqi tizimga sotilgan un mahsuloti bo‘lsa, 28,2 foizi ichki tizimga berilgan bug‘doy bo‘ldi. Korxona tomonidan sotilgan mahsulotlarning 11,8 foizini ikkilamchi mahsulotlar tashkil etgan bo‘lsa, 1,2 foizi eksport qilingan un mahsulotlari bo‘ldi.
Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar hajmini oylar bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, bu yerda ham notekis faoliyat ko‘zga tashlanadi. Yanvar oyida 1908905,9 ming so‘mlik mahsulotsotilgan bo‘lsa, fevral oyida 2665144,7 ming so‘mlik mahsulot sotilgan. Ammo mart oyida sotish hajmi pasaygan, ya’ni 1623994 ming so‘mni tashkil qildi yoki yanvar oyidagidan 284911,9 ming so‘mlik mahsulotlar kam miqdorda sotildi. Bu xolat korxonada marketing bo‘yicha bir maromda ishlar olib borilmayotganini ko‘rsatmoqda.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish