Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-chizma. Marketingning qo‘llanish sohalari



Download 1,52 Mb.
bet25/236
Sana05.04.2023
Hajmi1,52 Mb.
#924905
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   236
Bog'liq
Маркетинг-2020

8-chizma. Marketingning qo‘llanish sohalari
Har bir sohada uning tashkil etuvchilari ajratib ko‘rsatilishi mumkin, masalan, iste’mol tovarlari marketingi doimiy «tovarharidor» o‘zaro ta’siriga yo‘naltirilgan marketing ta’sirining ob’ekti bo‘lgan bir turdagi tovarlarning alohida guruhlari (poyafzal, televizorlar, mebel, avtomobillar)ni ham, tovar yaratiladigan, siljitiladigan, uning imiji shakllanadigan «qo‘shimcha», oraliq sohalarni ham o‘z ichiga oladi.
Bozor faoliyatining uslubiyati sifatida marketing tadbirkorlik sohasida keng qo‘llanilmokda. Bu yerda marketing va uning yondashuvlari quyidagi sohalarni qamrab oladi:
bozor tarmoqlari (tovar, pulmoliya, mehnat);
tovar turlari (moddiy boyliklar va xizmatlar);
iste’molchilarning tiplari (yakuniy iste’molchilar, iste’molchikorxonalar);
tadbirkorlik sohalari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, qurilish, transport, bank, sug‘urta, sotish xizmatlari, sport, madaniyat, ta’lim va h.);
bozor sohalari (tashqi va ichki).
Shu bilan marketingning tamoyillari va uslublari notijorat faoliyatida ham keng qo‘llanilmoqda (g‘oyalar marketingi, joylar marketingi, shaxslar marketingi va boshqalar).
Marketingning rivojlanishi ko‘p hollarda tadbirkorlarning zaruriy an’analari va tajribasi yo‘qligi sababli sekinlashtirilmoqda. Vaziyat manfaatlari ko‘pincha bir zumlik xususiyatga ega bo‘lgan va har qanday yo‘l bilan qisqa muddatlarda maksimal foyda olishga yo‘naltirilgan boshlovchi tadbirkorlar psixologiyasining xususiyatlari sababli keskinlashadi. Ko‘pchilik korxonalar marketing roliga yetarlicha ahamiyat bermayaptilar. Ko‘pgina korxonalarning ishlab chiqarish — sotish faoliyatining tashkil etilishi haqidagi ma’lumotlar bu haqda guvohlik bermoqda. Mazkur faoliyat marketingga emas, balki ishlab chiqarish va sotishni alohida tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Biroq O‘zbekiston korxonalarida marketingning rivojlanish amaliyoti hali yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Ammo allaqachon, marketing — bu bozor bilan aloqa qilishda mutlaqo yangi funksiyani bajarish, degan ishonch paydo bo‘lmoqda. Bunda iste’molchilar talabiga korxonaning butun faoliyati yo‘naltiriladi. Bozor munosabatlari rivojlangan sari marketing korxonani boshqarishning umumiy tizimiga tobora ko‘proq kirib bormoqda. Bu vaqtda deyarli barcha ishlab chiqarish, sotish, moliya, ma’muriy va boshqa qarorlarni qabul qilish asosida bozordan kelib tushadigan axborotlar yotadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotida marketingning rivojlanishi qator xususiyatlarga ega. Birinchidan, bu ancha murakkab davrni boshdan kechirayotgan bozorimizning shakllanishiga tegishlidir. Bozor rivojlanishining yuqori bosqichiga tezkor o‘tish, albatta, iste’molchilar talabini yangi sharoitda qondirish uchun korxona potensialidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Ikkinchidan, marketingdan foydalanish jarayoniga iste’molchining xatti-harakati muayyan tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Umumiy holda u g‘arb namunalariga nisbatan noan’anaviydir, shuning uchun iste’molchilar xatti-harakatlarining umumiy qabul qilingan tipologiyasini tavsiflaydigan tendensiyalar va qonuniyatlarni chuqurroq o‘rganish zarur. Uchinchidan, ish munosabatlarida an’anaviy muayyan markazlashuvga intilish odati marketingning foyda olish asosi sifatida muhimligini tushunmaslik bevosita iste’molchining o‘zi bilan ishlashni ikkinchi darajaga tushirib qo‘yadi. Biroq faraz qilish mumkinki, yaqin kelajaqda korxonani boshqarishda fikrlash tarzi va bozorda faoliyat yuritish tarzini shakllantiruvchi marketingning asosiy klassik holatlari respublikamiz korxonalari uchun aktual, fundamental va zaruriy bo‘lib qoladi. Aniq marketing harakatlari, konkret «reseptlar»ga kelganda esa, bu yerda «barcha chet ellik narsalarni qabul qilish»dan «hamma o‘zbekona narsalarni anglab olish»ga o‘tish kerak.
Marketing kuchli qurol bo‘la turib, o‘zining tarafdorlari va dushmanlariga ega bo‘ladi. Tarafdorlar vakillari bo‘lmish Filipp Kotler va marketingning otalaridan biri, boshqaruvchilik konsultatsiyasining asoschisi Piter Drukerlarning asosiy dalillari quyidagilardir:
aynan marketing yondashuvini qo‘llash ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin g‘arb mamlakatlarida yalpi iste’molning doimiy o‘sib borishini ta’minladi;
«sovuq urushda» kam yo‘qotishlar bilan g‘alaba qozonishni ta’minladi;
xilma-xil ehtiyojlarni qondirish;
yuqori texnologiyalarning rivojlanishi;
raqobatchilikni qullab-quvvatlash;
nisbiy narxlarni pasaytirish;
xilma-xil manfaatlarni muvofiqlashtirish va ijtimoiy maqsadlarga jiddiy ichki nizolarsiz erishishni ta’minladi.
Tarixchi Arnold Toynbi va faylasuf Erix Fromm kabi buyuk shaxslar marketingga qarshi bo‘lgan holda ta’sir etishning psixologik usullari bilan qurollangan marketing quyidagilarga olib keladi deb hisoblaydilar:
iste’molchilarni aldash va ma’naviyatning yo‘qolishiga;
moda va iste’molchilik hukmronligining o‘rnatilishiga;
vahima holatini qullab-quvvatlashga;
narx diskriminatsiyasining yengillashuvi va shaxsiy hayotga bostirib kirishga;
inson huquqlarining oyoq osti bo‘lishiga;
ijtimoiy muhim maqsadlardan chetga chiqishga.
Masalaning bunday qo‘yilishi biroz noto‘g‘ri talqin etiladi. Marketing hamma dardlarning davosi emas va uning yutuklari ro‘yxati biroz burttirib ko‘rsatilgan. Lekin uning ayblari ham oshirib yuborilgan. Dunyoqarashning shakllanishiga yordam beruvchi ta’lim va ancha yuqori darajali madaniyat vositasida bundan qutulish mumkin. Ular bir tomonning nomunosib usullarni qo‘llashiga, boshqa tomonning esa aldanishiga, vahimaga tushishga va ijtimoiy maqsadlardan chetga chiqishga qo‘ymaydilar.



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish