Nazorat va muhokama uchun savollar: 1. Marketing dasturi to’g’risida nimalarni bilasiz?
2. Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligini ayting.
3. Marketing dasturining asosiy bo‘limlari qaysilar?
4. Global marketing dasturi qanday amalga oshiriladi?
5. Global marketing dasturining o’ziga xos xususiyatlari nimalar?
11.2-ma’ruza: Chet el hamkorlari bilan kelishuv aloqalari va bojxona rejimi. Reja: 1. Tovar va bozor tamoyili bo‘yicha marketing xizmatini xususiyatlari. 2. Funksional tamoyili bo‘yicha marketing xizmatini xususiyatlari. 3. Marketing xizmatini yaratishning xorijiy tajribalari. 4. Global marketingda bojxona rejimi.
1. Tovar va bozor tamoyili bo‘yicha marketing xizmatini xususiyatlari
Marketing bo‘limini tovar yondashuvi bo‘yicha tashkil etish marketingni ayrim yiriklashgan tovar guruhlari bo‘yicha taqsimlash tamoyillariga asoslanadi. Har bir tovar (tovar guruhi) bo‘yicha sektor boshlig‘i va mazkur tovarning barcha funksional marketing vazifalarini bajaruvchi xodimlar mavjud.
Marketing bo‘limini tovar-funksional tamoyil bo‘yicha tashkil etish funksional va tovar yondashuvlarining uyg‘unlashuvi bo‘lib, bunda bo‘limning barcha xodimlari belgilangan tovar guruhi bo‘yicha o‘zlari uchun belgilangan vazifalarni bajarishda hatti-harakatlarini muvofiqlashtirib boradilar.
Marketing bo‘limini bozor tamoyili bo‘yicha tashkil qilish bu — bo‘limdagi ayrim shaxs yoki guruhlar majburiyatlarini alohida bozorlar bo‘yicha taqsimlashdir. Bozorni taqsimlash tamoyillari bozorni sengmentlashdagi bilan bir xil bo‘ladi, ya’ni bozorlarni ajratish ular real voqelikni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bozorlarning geografik joylashuvi bo‘yicha tashkil qilish korxona cheklangan turli tovarlar ishalb chiqarib, ularni bir-biridan tovarni sotish sharoitlari bo‘yicha farq qiluvchi ko‘p sonli bozorlarda sotgan hollarda samarali bo‘ladi.
Tovar va bozor tamoyillari bo‘yicha tashkil etishdagi cheklanganlikni bartaraf qilish uchun tovar nomenklaturasi keng bo‘lgan va ko‘plab bozorlarda faoliyat ko‘rsatuvchi yirik korxonalar marketing bo‘limini tovar-bozor tamoyillari bo‘yicha tashkil etishdan foydalanadi.
Marketing bo‘limini tovar-bozor tamoyillari bo‘yicha tashkil etish bu — quyidagi matritsa tamoyilidan foydalangan holda tovar va bozor yondashuvlarining uyg‘unlashuvidir: tovar bo‘yicha boshqaruvchilar sotuvni rejalashtirish va tovarni sotishdan olinuvchi foyda uchun, bozorlar bo‘yicha sektorlar boshqaruvchilari esa ajratilgan segmentlar doirasida bozorni rivojlanitirish istiqbollari uchun javobgar bo‘ladi.
Shunday qilib, korxonada marketing bo‘limini tashkil etishning har biri o‘z kuchli va zaif tomonlariga ega bo‘lgan ko‘plab variantlari mavjud. Marketing rejalarini amalga oshirishda ko‘p hollarda ishlab chiqilgan reja va dasturlardan chetga chiqish kuzatiladi, shu sababli marketing bo‘limi tadbirlar rejasiga kiritilgan vazifalarning bajarilishi muntazam nazorat qilib borishi zarur.