Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-chizma. «Nestle» korporatsiyasi mahsulotlarni boshqarish va marketing xizmatlari bo‘limining tashkiliy strukturasi



Download 0,79 Mb.
bet94/166
Sana25.03.2023
Hajmi0,79 Mb.
#921627
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   166
Bog'liq
Global marketing O\'UM 2022-2023

1-chizma. «Nestle» korporatsiyasi mahsulotlarni boshqarish va marketing xizmatlari bo‘limining tashkiliy strukturasi

Mahsulot dasturlari direktorlarining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:



  • ayrim mahsulot turlari bo‘yicha mintaqaviy va global bozor strategiyalarini aniqlash;

  • yangi mahsulot g‘oyalarini izlash va ularni ishlab chiqishni tashkil etish;

  • mintaqa va bozorlar o‘rtasida mahsulotlar to‘g‘risidagi axborot almashinishni ta’minlash;

  • istisno hollarda mintaqalar o‘rtasida axborot almashinishda yordamga muhtoj bozorlarga tezkor yordam ko‘rsatilishini ta’minlash.

Mahsulot dasturi direktori bundan tashqari, mahsulot markasi, upakovkasi, mahsulotni sotish joyini aniqlash va reklama sohasida ham rahbarlik ko‘rsatmalarini beradi. Oliy rahbariyat bu ko‘rsatmalarni tasdiqlagandan so‘ng mintaqaviy boshqaruvchilarga yuboradi, ular esa mahsulot direktorlari strategiyalarini mahalliy bozor sharoitlariga moslashtiradilar. Bir qator hollarda bir turdagi mahsulotlar guruhi uchun turli xil bozor segmentlari tanlangan va ularning mahsulotni harakatlantirish bo‘yicha faoliyati bitta mamlakat doirasidan chetga chiqqanda mahsulot direktori turli mamlakatlardan ikki yoki undan ortiq tashkilotning marketing harakatlarini muvofiqlashtirishga harakat qilib ko‘rishi mumkin.
Mahsulot direktorlari shuningdek, mavjud tovarlarni yangi bozorlarga kiritish mkoniyatlarini ham izlaydilar. Iste’molchilar mahsulotlardan foydalangan yoki mahalliy xom-ashyo materiallari o‘ziga xos bo‘lgan hollarda mahsulot direktori tadqiqotchilik kompaniyalari bilan mahsulotni yangi sharoitlarga moslashtirish ustida ishlashi zarur. Mahsulot direktori mintaqaviy boshqaruvchini zarur investitsiyalar kiritishga undashi lozim.
Mintaqaviy boshqaruvchilar joriy faoliyat davomida investitsiya tavakkalchiligiga borishga javoban ularga yordam ko‘rsatilishini so‘rashi mumkin.
Mahsulot direktorlari shuningdek, tomonlar o‘rtasida bilim va tajriba almashish bilan ham shug‘ullanadilar. Marketing xizmatlari bilan birgalikda ular muayyan vaziyatlar bo‘yicha har oylik ichki «Marketing kommunikatsiyalari» nashri uchun maqolalar tayyorlaydilar. Bilim va tajriba almashish korporatsiya shtab-kvartirasi xodimlarining turli mamlakatlarda joylashgan tashkilotlarga tashrif buyurishi va marketing xizmati xodimlarining malakasini oshirish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi.
Marketing xizmati rahbarlari marketing xizmatining alohida funksiyalari uchun ma’qullangan korporativ siyosatni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalarni bajarish doirasida mahalliy marketing tashkilotlari, mintaqaviy boshqaruvchilar va mahsulot direktorlarining maslahatchilari vazifasini bajaradi.
Reklama va sotuvni rag‘batlantirish bo‘linmasi o‘z rahbarini hisobga olganda 4 kishidan iborat bo‘ladi. Upakovka bo‘limining asosiy vazifasi sifatli va arzon o‘rov materiallarini ishlab chiqishdan iborat. «Nestle» korporatsiyasi upakovka va etiketkalarining uchdan ikki qismi (yiliga 2000ta upakovka va 3000ta etiketka loyihasi) mazkur bo‘linma tomonidan ishlab chiqilgan. Ko‘p hollarda bu bo‘linma xodimlari mahsulot direktorlariga va istisno tariqasida bevosita operatsion kompaniyalarga xizmat ko‘rsatadi. Ular shuningdek, korporatsiya shtab-kvartirasi tomonidan amalga oshiriluvchi savdo markasiga oid siyosatni ishlab chiqishda ham ishtirok etadilar.
Yuqorida aytilganlarni umumlashtirgach, marketing rahbarining quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • marketing strategiya va maqsadlarini tanlash, buning uchun zarur resurslarni aniqlash;

  • marketing faoliyatining, jumladan, sotuvning detallashtirilgan rejalarini ishlab chiqish;

  • marketing faoliyati natijalarini baholash;

marketing xizmati xodimlarini tanlash, o‘qitish va ularga maslahat berish.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish