Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 0,79 Mb.
bet89/166
Sana25.03.2023
Hajmi0,79 Mb.
#921627
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   166
Bog'liq
Global marketing O\'UM 2022-2023

Nazorat va muhokama uchun savollar:

  1. Kommunikatsiya deganda nimani tushunasiz?

  2. Xalqaro marketing kommunikatsiya vositalarini ta’riflab bering.

  3. Reklamaning vazifalari nimadan iborat?

  4. Reklamaning asosiy yo‘nalishlaridan qaysilarini bilasiz?

  5. Xalqaro kommunikatsiya vositalarida reklama turlarini tavsiflab bering.

  6. Seylz promoushnning vazifalari nimalardan iborat?

  7. Pablik releyshnz tushunchasini ta’riflab bering.

  8. Xalqaro kommunikatsiyalarda ko‘rgazma, yarmarka va salonlarning ahamiyati qanday?

  9. Xalqaro marketingda sotuvni rag‘batlantirishning mohiyati nimada?

  10. Tovar belgilarining turlarini sanab bering.

  11. «Pablik rileyshnz» maqsadlari nimadan iborat?

  12. Tovar belgisining assotsiativ sig‘imi deganda nimani tushunasiz?


11-MAVZU. GLOBAL MARKETING DASTURLARINI AMALGA OSHIRISH VA XUSUSIYATLARI (6 soat)


11.1-ma’ruza. Global marketing dasturlari.
Reja:
1. Marketing dasturi to’g’risida tushuncha.
2. Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy bo‘limlari
3. Global marketing dasturi va uning o’ziga xos xususiyatlari.


1. Marketing dasturi haqida tushuncha
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo‘lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko‘rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashirishga yo‘naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (5 yilgacha) va o‘zok muddatli (10 yilgacha va undan ko‘proq) bo‘ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxo‘jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo‘g‘ini uchun qaror qabul qilishni asosidir. Marketing dasturini asosiy mazmuni - bu korxonani o‘tgan davrdagi faoliyat natijalari bo‘lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik yo‘li, tovar, narx, sotish va rag‘batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlarini mazmuni, harajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo‘yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o‘z imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali harakterga ega bo‘lsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko‘riladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori boshqaruv bo‘g‘ini ( joriy rejalashtirish , direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
Marketing dasturini strategik yo‘nalishi bozordagi mavqyosidan va korxonani o‘z holatini bog‘ligiga qarab o‘z ichiga turli variantlarni oladi.
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentatsiyalash, hujum va himoya strategiyalari bo‘lishi mumkin.
Marketing dasturini ishlab chiqarishda ko‘p variantlilik tamoyillari ishlatiladi. Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturini va rejasini bir necha varinatlari: ikki yoki uch, ya’ni minimal, optimal va maksimal turlari bo‘ladi. Dasturni minimal varianti, dasturni og‘ir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni, maksimal variantida esa yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda xaqiqiy muvaffaqiyatga iqtisodiy va ijtimoiy hamda psixologik samarani olishni maqsad qilib erishadi. Shuningdek dasturni o‘rtacha yoki optimal variantlari keng tarqalgan.
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo‘nalishiga qarab markekting dasturi yuqori va pastki bug‘in uchun bo‘lishi mumkin. Agar dastur yuqori bug‘in uchun bo‘lsa, u qisqa va lunda tuzilgan bo‘lishi lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib ko‘rsatiladi. Pastki bo‘g‘in uchun tuzilgan dasturlarda esa har bir savollar yoritilib beriladi.
Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, o‘rta va uzoq muddatli turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar.
Qamrab olayotgan vazifasiga qarab oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo‘linadi.
Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha funksiyalarni savollarini yechishga yo‘naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o‘zlashtirish, firma siyosatini rag‘batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.
Ob’yektiga bog‘ligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar bo‘yicha va ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha bo‘lishi mumkin.
1. Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi quyidagi maqsadga ega:

  • tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy nomenklaturasini aniqlash;

  • innovatsiya bo‘yicha qarorni asoslash;

  • chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish;

  • tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o‘rnatish;

  • ishlab chiqarishni ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha harajatlarni umumiy hajmi va ularni tuzilishini hisoblash;

  • moliyalashtirish manbalarini topish;

  • ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;

  • ishlab chiqarish va muomala harajatlarini hisoblash;

  • ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.

Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi firmaning to‘liq ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish bo‘yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo‘limining xo‘jalik faoliyatini jami ko‘rsatkichlari to‘plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
2. Mahsulot bo‘yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega:

  • mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;

  • mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini ko‘p variantli hisob-kitobini o‘tkazish;

  • yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligini va zarurligini asoslash;

  • chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash;

  • iste’molchilarni maqsadli bozorda ko‘zlagan maqsadlarini hisobga olgan holda har bir tovar bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarini o‘rnatish;

  • har bir mahsulotni integral baholash (harajatlari, narx va foydani solishtirish);

  • maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o‘xshash tovarlarini hisobga olgan holda har bir tovar bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish