Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Ko‘rgazma va yarmarkalar haqida ma’lumot va uning turlari



Download 0,79 Mb.
bet86/166
Sana25.03.2023
Hajmi0,79 Mb.
#921627
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   166
Bog'liq
Global marketing O\'UM 2022-2023

4. Ko‘rgazma va yarmarkalar haqida ma’lumot va uning turlari

Zamonaviy marketingda ko‘rgazma va yarmarkalarning o‘rni juda katta. Haridor uchun ko‘rgazmalar tashkil qilinganida, agar unda shou-dasturlar, viktorinalar va lotoreya o‘yinlari tashkil qilinsa yanada taassurotni kuchli qoldiradi. Ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish mehmonxona uchun marketing kommunikatsiyalarini yanada mustahkamlaydi, reklama, shaxsiy sotuv, jamoatchilik bilan aloqalar qay darajada ekanligini aniqlashga yordam beradi.


Yarmarka va ko‘rgazmalarga tashrif buyurganingizda juda qiziq holatga duch kelasiz: chiroyli ko‘rgazmalar, bashang kiyingan omma, rang-barang bukletlar bularga qarab, ish yuzasidan tashrif buyurganigiz bir dam yodingizdan ko‘tariladi.
Tarixda yarmarkalar deganda doimiy o‘tkaziladigan keng miqyosidagi tadbirlar tushinilgan. Yarmarkalar doimiy kelishilgan joyda, an’anaviy tarzda tashkil qilinadigan bozorlar, mavsumiy arzonlashtirilgan tovarlar bilan ajralib turadi.
Yarmarkalar va ko‘rgazmalarning ilk ko‘rinishlari XII asrning birinchi yarmida paydo bo‘la boshlagan. Bu vaqtda yarmarkalar Fransiyada, Angliyada, Shvedsariyada, Rim imperiyalarida keng miqyosda tarqalgan. Bu vaqtgacha yirik yarmarkalar Yaqin Sharqda, diniy bayramlar vaqtida shaharlarning markazlarida o‘tkazilgan.
XIX asrda bu faoliyat ancha faollashdi. Shu yillar butun dunyo miqyosida yarmarkalar va ko‘rgazmalar o‘tkazila boshlandi. Ulardan eng birinchisi 1851 yil Londonda o‘tkazildi.
Ko‘rgazma. Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi ko‘rgazmani ko‘rsatish, demonstratsiya qilish yo‘li bilan insonlar ehtiyojini qondirib yoki ularning kelajakdagi ehtiyojlarini aniqlab, o‘z faoliyatini namoyish qilishdir.
Yarmarka. Xalqaro yarmarkalar birlashmasining aniqlashicha, yarmarka bu –iqtisodiy ko‘rgazmalar namunasi bo‘lib, oldindan kelishilgan vaqtda, ma’lum bir chegaralangan va kelishilgan joyda, o‘sha mamlakatning an’analariga zid kelmagan, o‘zida o‘lkan bozorlarning mahsulotlarini qamrab oladigan, eksponentlarga o‘z mahsulotlarining namunalarini ko‘rsatishga ruxsat beriladigan va har xil shartnomalar imzolanadigan, milliy va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar tushuniladi.
Hozirgi kunda o‘tkaziladigan yarmarka va ko‘rgazmalarning soni bo‘yicha G‘arbiy Yevropa yetakchilik qilmoqda. Yevropa ittifoqining har oltinchi fuqarosi har yili ko‘rgazma va yarmarkalarga tashrif buyurishadi. Eng ko‘p ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkaziladigan davlat esa Germaniya davlati hisoblanadi. Bu mamlakatning ko‘rgazma uchun maydoni taxminan 2 mln. m2 atrofida, bu joy yiliga 80 ming eksponent va 7 mln. tashrif buyuruvchilarni sig‘dira oladi. Ko‘rsatilgan maydon chorak qismi Hannoverga (489900 m2) to‘g‘ri keladi. Germaniyadan tashqari, yarmarka va ko‘rgazmalarni o‘tkazishda Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Belgiya va boshqalar muhim rol o‘ynaydi.
AQSH va Kanadada ham xuddi Yevropadek, yarmarka va ko‘rgazmalar faoliyati keng tus olgan. Janubiy-Sharqiy Osiyo ham ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazish bo‘yicha odim rivojlanmoqda.
Ko‘rgazma tadbirlari qatnashchilar tarkibiga ko‘ra xalqaro, mintaqalar bo‘yicha va milliy ko‘rgazmalarga bo‘linadi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish