Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 0,79 Mb.
bet79/166
Sana25.03.2023
Hajmi0,79 Mb.
#921627
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   166
Bog'liq
Global marketing O\'UM 2022-2023

Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Tashqi savdo narhlarini hisoblashning umumiy uslubiy yo‘nalishlarini aytib bering.
2. Marketingda narxlarni hisoblash usullari qaysilar?
3. Boshlang‘ich, shartnoma va real narxlarning mohiyati nimada?
4. Xalqaro bozorda narx strategiyasi qanday?
5. INKOTERMS narxlar bazasining asosi nimada?

10-MAVZU: GLOBAL MARKETINGDA KOMMUNIKASIYA SIYOSATI MOHIYATI VA MAZMUNI (4 soat)


10.1-ma’ruza: Global marketingda kommunikasion tizimlarning turlari
Reja:
1. Global marketing kommunikatsiya tizimi turlari.
2. Zamonaviy reklama jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, funksiyalari, turlari.
3. Reklamaning faol istiqbolli yo‘nalishlari. Brending, direkt-marketing.
4. Jahon reklama bozori.
5. Reklama byudjetini ishlab chiqish.


1. Global marketing kommunikatsiya tizimi turlari
Kommunikatsiyani turlicha ta’riflash mumkin. Amerikalik iqtisodchilar F.Dens va K.Larson «kommunikatsiya» tushunchasining 126 ta talqinini sanab berganlar. Ularning qayd etishicha, barcha ta’riflarda kommunikatsiya o‘zaro aloqalar sifatida talqin qilinadi yoki masalan, iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish va istalgan narsaga talabni yuzaga keltirish mumkin bo‘lgan barcha jarayonlarni umumlashtiradi. Xalqaro bozorda talabni faol shakllantirishga marketing kommunikatsiya vositalari – keng ma’noda reklama, seylz promoushn, direkt-marketing va homiylik yordamida erishiladi. Bundan tashqari, ular texnik va tijorat hujjatlariga egalik qiladi hamda yarmarka va xalqaro salon kabi tadbirlarda ishtirok etadi.
Reklama – bu xalqaro bozorda chet ellik haridorlarni tovar va xizmatlar bilan tanishtirish maqsadida tovar va xizmatlar haqidagi axborotdir.
Seylz promoushn reklama beruvchining mahsulot va xizmatlarini chet elga sotishni rag‘batlantiruvchi tijorat va ijoliy g‘oyalarni amalga oshirish faoliyatini ifodalaydi. Xususan, u seylz promoushn materiallari upakovka ichida joylashgan holda tovarlarni o‘rash yoki sotuv joylarida maxsus tadbirlar (chegirmalar, ko‘ponlar, musobaqalar va hokazo) yordamida amalga oshiriladi.
Pablik rileyshnz tovar, xizmat yoki firma to‘g‘risida xalqaro bozorda qulay jamoatchilik fikrini shakllantirishga yo‘naltirilgan nufuzli reklamani amalga oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalarining tahririyatlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Pablik rileyshnz tadbirlari asosan tovarning iste’mol xususiyatlarini targ‘ib etishga emas, balki mazkur tovarning chet ellik iste’molchi uchun ijobiy ahamiyatini tushuntirishga qaratiladi. Pablik rileyshnz yordamida firma jamiyat va alohida iste’molchi manfaatlarini o‘z manfaatlaridan ustun qo‘yadi degan g‘oyani amalga oshirishga harakat qilinadi.
Direkt–marketing bu ma’lum bir tovarlarni sotib olish niyatida bo‘lgan firmalar yoki ayrim iste’molchilar bilan doimiy qo‘llab-quvvatlanuvchi yo‘naltirilgan kommunikatsiyalardir. Direkt-marketing sohasidagi faoliyat asosan bevosita pochta orqali yoki tor ixtisoslashgan reklamani tarqatish vositalari yordamida amalga oshiriladi. Direkt-marketing sohasida ishlaganda reklama agentligining daromadlari komission mukofotlar va mijoz tomonidan sarflanuvchi mablag‘lar hisobiga shakllantiriladi.
Ko‘rgazma, yarmarka va salonlarda ishtirok etish xalqaro bozorda juda katta foyda beradi, chunki:

  • ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar o‘zlari haqida ma’lum qiladilar va axborot almashadilar;

  • raqobatchilar, ularning ta’minlanganligi va xulq-atvori muntazam kuzatib boriladi;

  • potensial mijozlar bilan aloqa o‘rnatilib, ularning fikr va mulohazalariga e’tibor qaratiladi;

  • u yerda ishtirok eutvchi firmalarning imidjini yaratish va ommavyilik fenomeni batafsil o‘rganiladi;

  • bozor tendensiyalari kuzatib boriladi;

  • o‘z tashrifi bilan mahalliy agentlar qo‘llab-quvvatlanadi yoki yangi agenlar yollanadi.




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish