2.savol Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g‗oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta‘limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning barchasini to‗la o‗rganish alohida mavzu, maxsus muammo.Shu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil etish va umumlashtirib e‘lon qilish zarur, bu yaqin kelajak vazifasi sifatida qabul qilinishi mumkin. Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‗oyalarni ma‘lum tizimga solish va shu asosida o‗rganish maqbuldir. O‗tgan davr hodisalari va g‗oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‗rma- zo‗raki kelishtirish, moslashtirsh mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamonaviylashtirishga, o‗rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.
Institutsionalizm- tarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko‗ra xo‗jalik yurituvchilar o‗rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta‘sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga muassasaviy o‗zgarishlar orqali ham ta‘sir ko‗rsatish mumkin.
Taniqli davlat arbobi Uingston Cherchill(1874-1965) «Qayerga borishimizni bilish uchun qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu g‗oya nihoyatda ahamiyatli bo‗lib, bosib o‗tilgan yo‗lni to‗g‗ri baholash va kelajak istiqbolini ko‗zlash haqida fikr yuritishga undaydi.
Keynschilik – rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratiladi. Jon Meynard Keyns «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomli kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orqali inflyatsiya va bandlikka ta‘sir ko‗rsatishini asoslaydi.
Neoklassik maktab (asoschisi Alfred Marshall)- bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g‗oyasini ilgari suradi.
Bozor mexanizmining buzilishi monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko‗rsatadi. Funksional bog‗lanish g‗oyasini asoslaydi, bozor bahosini belgilovchi omillar talab va taklifdan iborat, deb hisoblaydi. Bu maktab vakillaridan L.Valras umumiy iqtisodiy muvozanatlik modelini ishlab chiqishga, I.Shumpeter esa iqtisodiy tizimlar o‗zgarishining ichki kuchlarini ko‗rsatib berishga harakat qilgan hamda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik, degan xulosaga kelgan.
3. Qo„shimcha qiymat nazariyasi. Qiymatni aniqlab va qiymat qonunini ta‘riflab bergach, K.Marks qo‗shimcha qiymatni tahlil qilishga o‗tdi. Bu uning nazariyasida markaziy tushuncha hisoblanadi. Bu yerda asosiy savol tug‗iladi: agar «ekvivalentli ayirboshlash» tamoyili bo‗yicha barcha mahsulotlar o‗z qiymatiga olinsa va sotilsa, unda qo‗shimcha qiymat qanday hosil bo‗ladi? Marks ta‘limoti bo‗yicha, u quyidagicha ishlab chiqariladi.
Tovar ishlab chiqarish taraqqiyotining ma‘lum bosqichida pul kapitalga aylanadi. Tovar muomalasining formulasi T-P-T (tovar-pul- tovar), ya‘ni boshqa bir tovarni sotib olish uchun tovar sotishdir.
Kapitalning umumiy formulasi P-T-P, ya‘ni sotish uchun tovarni sotib olishdir. T-P-T mazmuni: odamlar o‗rtasida har xil foydalilik ayirboshlanadi. P-T-P doiraviy aylanishda maqsad foyda olish hisoblanadi. Demak, P>P bo‗lishi kerak. Bu o‗sish qayerdan keladi? (Marks uni «qo„shimcha qiymat» deb ataydi). Qo‗shimcha qiymat tovarlar muomalasida paydo bo‗lmaydi, chunki tovar ekvivalentli ayirboshlanadi, qo‗shimcha qiymat bahoning ustiga qo‗shib sotishdan ham kelib chiqmaydi, chunki bunday bo‗lganda xaridor va sotuvchilarning o‗zaro yutuq va yutqiziqlari bir-birini qoplagan bo‗lar edi, holbuki, gap ayrim hodisa ustida emas, balki ommaviy, o‗rtacha, ijtimoiy hodisa ustida boradi. Qo‗shimcha qiymat olish uchun «pul egasi bozordan shunday bir tovar topish baxtiga erishmog‗i kerakki, bu tovar iste‘mol qiymatining o‗zi qiymat manbayi bo‗lishdek original bir xususiyatga ega bo‗lsin», u shunday tovar bo‗lishi kerakki, bu tovarni iste‘mol qilish jarayoni ayni paytda qiymat yaratish jarayoni ham bo‗lsin. Bunday tovar – ishchi kuchidir. Ishchi kuchining iste‘mol qilinishi mehnatdir, mehnat esa qiymat yaratadi. Pul egasi ishchi kuchini uning o‗z qiymati bo‗yicha sotib oladi. Ishchi kuchi tovarining qiymati ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo‗lgan tirikchilik vositalari qiymati bilan belgilanadi.
4. Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida va Fransiyada bozor munosabatlarining shakllanishida P.Buagilberning hissasi katta bo‗ldi.
Aynan uning asarlari merkantilistik g‗oyalarning batamom obro‗sizlanishi va Fransuz klassik iqtisodiy maktabining shakllanishi uchun nazariy-metodologik asos bo‗lib xizmat qildi. P.Buagilber mamlakatning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha foydali narsa va ne‘matlardan tashkil topadi, degan konsepsiyani ilgari surdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |