Vositachilar. Bu bozor ehtiyojlarini qondirish va foyda olish uchun tovarlarni qayta sotadigan mustaqil savdo tashkilotlari, korxonalar va shaxslardir. Ular ulgurji va chakana sotuvchilar, brokerlar, savdo agentlari, komissionerlar, kommivoyajerlar va boshqalardir. Vositachilarni jalb qilishning maqsadga muvofiqligi asosan bozor kon’yunkturasining o‘zgarishlari, tovarlarni yetkazib berish muddatlarining qisqarishi, servis va xizmat ko‘rsatishning rivojlanishini tez sezish imkoniyatlaridan iborat.
3. Vertikal marketing tizimining asosiy turlari.
Vertikal marketing tizimining uchta asosiy turi mavjud:
Korporativ vertikal marketing tizimi. Korporativ vertikal marketing tizimining doirasida tovar ishlab chiqarish va taqsimlashning ketma-ketlikdagi bosqichlariga bir kishi egalik qiladi.
Shartnomaviy vertikal marketing tizimi. Shartnomaviy vertikal marketing tizimining shartnoma munosabatlari bilan bog‘langan, yakka holda erishish mumkin bo‘lgan tijorat muvaffaqiyatlariga nisbatan ko‘proq yutuqlarga erishish va mablag‘larni ko‘proq iqtisod qilish uchun o‘z faoliyatini tartibga soluvchi dasturlar bilan bog‘liq mustaqil firmalardan iborat. Shartnomaviy VMT oxirgi paytlarda keng tarqalib, xo‘jalik faoliyatidagi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Shartnomaviy VMT uch turga bo‘linadi:
Chakana savdogarlarning ulgurji savdogarlar egidasi ostida ko‘ngilli maqsadlari. Ulgurji savdogarlar mustaqil chakana savdogarlarning ko‘ngilli birlashmasini tashkil etib, bu birlashma ularga yirik taqsimlash tarmoqlari bilan raqobatchilik kurashida o‘z o‘rnini yo‘qotmasligiga ko‘maklashishi lozim bo‘ladi;
Chakana savdogalar kooperativlari. Chakana savdogarlar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishi hamda ulgurji operatsiyalar va ehtimol, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yangi mustaqil xo‘jalik birlashmasini tuzishlari mumkin. Birlashma ishtirokchilari o‘z asosiy haridlarini kooperativ orqali amalga oshiradilar va reklama faoliyatini birgalikda rejalashtiradilar. Olingan foyda kooperativ a’zolari o‘rtasida ularning amalga oshirgan haridlari hajmiga proporsional ravishda taqsimlanadi;
Imtiyoz egalari tashkiloti. Imtiyoz egasi deb nomlanuvchi kanal a’zosi ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarining ketma-ketlikdagi bir qator bosqichlarini o‘z qo‘lida jamlashi mumkin. Oxirgi yillarda keng tarqalib borayotgan savdo imtiyozlarini berish tajribasi chakana savdo sohasining eng qiziqarli omillaridan biri hisoblanadi. Imtiyozlarning uch xil turi mavjud:
Ishlab chiqaruvchi egidasi ostida chakana savdo imtiyoz egalari tizimi avtomobil sanoatida keng tarqalgan. Masalan, «Ford» firmasi o‘z avtomobillari bilan savdo qilish huquqini mustaqil dilerlarga beradi, ular esa mahsulotni sotish va unga xizmat ko‘rsatishda belgilangan shartlarga amal qilishga rozilik bildiradilar.
Ishlab chiqaruvchi egidasi ostida ulgurji savdo imtiyoz egalari tizimi alkogolsiz ichimliklar bilan savdo qilish tizimida keng tarqalgan. Masalan, «Koka-kola» firmasi turli bozorlarda ichmlikni idishlarga quyish zavodlari egalariga (ulgurji savdogarlarga) savdo qilish uchun litsenziya beradi, ular esa firmadan ichimlik konsentratini sotib olib, uni gazlaydilar va shisha idishlarga quyib mahalliy chakana savdogarlarga sotadilar.
Xizmat ko‘rsatish firmasi egidasi ostida chakana savdo imtiyoz egalari. Bu holda xizmat ko‘rsatish firmasi asosiy maqsadi xizmatlarni iste’molchilarga eng samarali usul bilan yetkazishdan iborat bo‘lgan kompleks tizimni shakllantiradi. Bunday tizimlarga avtomobillar prokati sohasi («Xers» va «Avis» firmalari), umumiy ovqatlanish tizimi («Makdonalds») va model biznesida («Govard Djonson», «Ramada inn» firmalari) bir talay misollar keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |