2-jadval
Marketing tadqiqotlarining yo’nalishlarini turkumlash belgilari10
Tadqiqotlarni turkumlash belgilari
|
Tadqiqotlarning yo’nalishlari va ularni amalga oshirish xususiyatlari
|
Tadqiqot maqsadlariga ko’ra
|
Axtarish, tavsiflash, eksperiment o’tkazish yuzasidan tadqiqotlar
|
Marketing elementlari bo’yicha
|
Tovar, narx, distribyutsiya, kommunikatsiya yo’nalishidagi tadqiqotlar
|
Bozordagi tadqiqotlarni amalga oshirish ko’lamiga ko’ra
|
Mahalliy, milliy, xalqaro miqyosida
|
Tadqiqotlarni amalga oshiruvchi sub’yektlar ishtirokiga ko’ra
|
Bevosita firma ishtirokida, marketing vositachisi ishtirokida, tanlangan maxsus ishtirokchilar vositasida
|
Tadqiqotlarni o’tkazish davriyligiga ko’ra
|
Bir marotabali, mavsumiy, favqulodda va boshqa jihatdagi tadqiqotlar
|
Analitik tadqiqotlar sabab-oqibat aloqalari haqidagi gipotezani (farazni, taxminni) tekshirish uchun o’tkaziladi (masalan: mehmonxona tarifini 5 foiz pasaytirilishi, sotuvni miqdori ko’payishi). Analitik tadqiqotlar zamirida mutaxassislarning iste’molchilarning o’zlarini tutishi, korxonaning bozordagi haqi o’zgarishlarining sabablarini tushunishga bo’lgan intilishlari yotadi.
Marketing tadqiqotlarini qidiruv, yoritib berish va analitik turlariga bo’linishi, ular o’rtasida keskin chegara bor degani emas: birinchidan, har qanday tadqiqot oldida bir necha topshiriq turadi; ikkinchidan, tadqiqotning 3 turiga ham bir butun jarayonning pog’onasi deb qarash mumkin.
Yig’ilgan axborotlarning turiga qarab, marketing tadqiqotlari son va sifat turiga bo’linadi.
Sanoq tadqiqotlari kim, qachon, qancha? Savollariga javob olish uchun mo’ljallangan. Ular tadqiqotlar va uning natijalarini (sanoq bahosi, iqtisodiy-matematik va statistik modellarni ishlatish bilan) hisoblaydi.
Sifat tadqiqotlari nima, qanday, nima uchun? Savollariga javob olish uchun o’tkaziladi (sifat baholarini ishlatishni, norasmiy tahlil).
Har bir yuqorida ko’rsatilgan tadqiqotlari o’z yutuq va kamchiliklari bor. Ko’pincha, korxona marketing faoliyatini ta’sir etuvchi aniq dalil, aniq va ishonchli baholarni olish sanoq tadqiqotlari uchun harakterlidir. Shu bilan birgalikda sanoq tadqiqotlari qiyinchiligi, juda katta miqdorda satistik axborotlarni, maxsus taxlam dasturlarni ishlatishni talab etadi.
Norasmiy yondoshuv sifat tadqiqotlariga xos, yetarlicha ishonchli baholarni olishni talab etadi, og’ir matematik apparatlarni ishlatishga muhtoj emas, biroq doimiy ob’ektivmas, yuqori kvalifikatsiyali xizmatchilarni va to’lovni talab etadi.
Sifat tadqiqotlari quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin:
bozor parametrini aniqlashda;
mehmonxona oziq-ovqatini sotib olish jarayoni mohiyatini aniqlash;
mijozlarni fikr va munosabatlari, motivlarni baholari;
mijozlarni mehmonxonada bo’lgan paytda o’zlarini tutish sabablarini o’rganish (qanday qo’shimcha xizmatlardan foydalanayapti, qanday kungil ochar dasturlarga qatnayapti, sport mashg’ulotlariga qancha vaqt sarflayapti va h.k.);
mijozlarni turli ijtimoiy guruhlar va millatlar o’rtasida o’zini tuta bilishini aniqlash;
mijozning mehmonxona va restoran imiji haqidagi fikrini aniqlash va tahlil qilish va hokazo.
Sifat tadqiqotlari bozorga kirib kelgan yangi mahsulotni yoki mijozni o’zini tutishidagi o’zgarishlarni, yangi bozorlarni tavsifini va parametrlarini o’rganishda samaralidir.
Marketing tadqiqotlari qator prinsiplarga rioya qilish orqali natijali va samaralidir.
Birinchidan, tadqiqot tasodifiy yoki fragmentar harakterga ega bo’lmasligi kerak. Hodisa va jarayonlarni to’plamli va tizimli boricha, o’zaro aloqalari va rivojlanishicha o’rganish zarur.
Ikkinchidan, ularni amalga oshirishda ilmiy yondoshuviga, ob’ektivligiga, aniq va sinchkovligiga rioya qilish kerak.
Ob’yektivliylik, tadqiqotchini fikri bilan emas, balki omillarga asoslansa maqsadga erishiladi.
Sinchkovlik marketing tadqiqotlari jarayonida berilgan voqeaning asoslari joizligi, ma’lumligi, mosligi ko’rib chiqilsa, olingan ma’lumotlarni tashlab yubormaslik kerak, agar ular qabul qilingan gipoteza yoki nazariyaga mos kelmasa.
Uchinchidan, marketing va ijtimoiy tadqiqotlar amaliyot bo’yicha Xalqaro kodeksda yoritilgan umumiy axloqiy me’yorlar bilan mos bo’lganda, Xalqaro savdo palatasi va jamiyat fikrini va marketing tadqiqotlarini o’rganish bo’yicha Yevropa jamiyati tomonidan qabul qilingan bo’lsa tadqiqotlar o’tkaziladi.
To’rtinchidan, marketing tadqiqotlar sinchkovlik bilan oldindan rejalashtirilgan va davomli, davriy to’plamdan iborat bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |