2-chizma. Qiymatni shakllantirayotgan logistika va atrof muhit bilan bog’liqligi
ISO 9000 standartlari
Umumiylik
Sifat
Boshqarish
ISO 9000 – xalqaro standartlash tashkilotining beshta standarti mavjud(Jeneva, Shveysariya):
ISO 9000- barcha seriya uchun yo’l ko’rsatuvchi, qolgan to’rta standartni birlashtiruvchi
ISO 9001- eng keng standartlash, ta’minotni loyihalash ishlab chiqish, ishlab chiqarish, o’rnatish va xizmat ko’rsatish.
ISO 9002- loyihalash va ishlab chiqishni inobatga olmaydi( xizmatlar ko’rsatuvchi firmalar)
ISO 9003-mahsulotni tekshiruvchi va sinov o’tkazuvchi firmalarga
ISO 9004- Sifatni boshqarish tiizmini qo’llash.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Qanday tovar brendlarini bilasiz?
2. Brendga qo’yilgan talablar nimadan iborat?
3. Mashxur firmalar loganlarini namuna tariqasida keltiring.
4. Zamonaviy bozor tovar va xizmat sifatiga qanday talablar qo’yadi?
5. Standart deganda nimani tushunasiz?
13-MAVZU. GLOBAL ELEKTRON TIJORAT (4 soat)
13.1-ma’ruza. Global elektron tijorat tendensiyalari va huquqiy asoslari.
Reja:
1. Sanoat iqtisodiyoti (tabiiy bozor) va raqamli iqtisodiyotni (bozor makoni) taqqoslash.
2. Global elektron tijoratning jadal rivojlanishi, elektron tijoratning qonunchilik asoslari.
1. Sanoat iqtisodiyoti (tabiiy bozor) va raqamli iqtisodiyotni (bozor makoni) taqqoslash
Internet yoki umumdunyo to’ri (WWW) tufayli onlayn tijorat faoliyati rivojlanish bosqichlarida davom etmoqda. Elektron tijorat asosiy elementlari elektron sotuvlar (Internet-bozorlar, elektron bozorlar, E-markets) orqali amalga oshiriladi.
Elektron tijorat – ishbilarmon xamkorlar o’rtasidagi tijorat aloqalarining samaradorligini oshiradigan ilg’or axborot texnologiyalardan foydalanib biznes yuritish usullariga aytiladi.
Elektron sotuvlar namunalari quyidagidan iborat:
Internet orqali shaxs kitobni xarid qilishi;
Internet orqali mexmonxona xonasini egallash;
Bepul qo’ng’iroq imkoniyatini beruvchi sotuvchining interfaol telefon tizimidan foydalanib kompyuter orqali buyurtma berish;
Elektron almashuv tizimi yoki ta’minotchining ekstranetidan foydalanib chakana korxona tovarni xarid qilishga buyurtma berishi;
Ichki korporativ intranetdan foydalanib, ishlab chiqarish korxonasi shu kompaniyaning boshqa korxonasidan elektron qismlariga buyurtma berish;
Avtomatik kassa apparati (AKA)dan foydalanib fuqaro naq pulni olishi.
Elektron bozori quyidagi turlarga taqsimlanadi:
Jismoniy maxsulotlar (interfeys va tizimli muxit) ;
Sof raqamli tovarlar va xizmatlar (moliyaviy axborot; yangilik agentliklar xizmatlari; savolnoma va o’quv materiallari; ko’ngilochar va multimediya maxsulotlari; dasturiy ta’minotni taqsimlash xizmatlari; masofaviy ma’lumotlarni qayta ishlash) ;
Onlayn o’yinlar, diskussiya forumlari, onlayn reklamasi, sertifikasiya xizmatlari va boshqalar.
Elektron tijorat mijozlarning individual talablarini qondirishga yordam beradi. 1-jadvalda jismoniy va onlayn magazinlar o’rtasidagi farqlarida ushbu talablarni qondirish ustunliklari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |