6. Mingbuloq tumani buyurtmaxonasi qaysi viloyatda joylashgan?
Namangan viloyati;
Buxoro viloyati;
Xorazm viloyati;
Samarqand viloyati.
Yozyovon buyurtmaxonasi qaysi viloyatda joylashgan? a) Farg‘ona viloyati;
b) Jizzax viloyati;
d) Surxondaryo viloyati; e) Ajjdijon viloyati.
Ugom-Chotqol Milliy Davlat tabiat parki qaysi viloyatda joylashgan?
Toshkent viloyati;
Farg'ona viloyati;
Jizzax viloyati;
Surxondaiyo viloyati.
12-mavzu. TURIZMNING MAXSUS TURLARIGA EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH
12.1. Turizmdamaxsus turlarning ta’rifi vaularni shakllantirish.
12.2. Turizmdagi maxsus turlarning tasnifi, tavsifi va geografi-
yasi.
12.1.Turizmda maxsus turlarning ta’rifi va ularni
shakllantirish
Turizmning maxsus turlariga biror hududning(mintaqa) o ‘ziga xos, farq qiluvchi xususiyatlari bilan tanishish maqsadidagi sayo-hatlar kiradi. Bu sayohatlar turistlarda(ekskursantlarda) shakllan-gan (havaskorlik va professional) qiziqishlardan kelib chiqadi. Maxsus turlarga turizmning kichik ko‘lamli noan’anaviy turlari kiradi.
Kichik ko‘lamli noan’anaviy turizm turlarining o'rganish obyektlari - xalqimizning qadimdan hayot kechirishi davomida hozirgacha saqlab kelgan va yanada rivojlanib borayotgan ijodkor-lik, yaratuvchanlik mehnati, kasbkorlik yo‘nalishlari sohalari, mil liy urf-odatlari, milliy o‘yinlari, milliy madaniyati va san’ati, shu-ningdek, betakror tabiatimizning tarixiy-ekologik iqlimjarayonlari ta’sirida hosil boMgan mo‘jizakor, hayratomuz ko‘rinishlaridir. Shu jumladan, muzeylarimizni, hayvonot bog‘larini va xotira may-donlarini ham maxsus turlarga kiritishimiz mumkin.
Turizm resurslarini ro‘yxatga olishda va rna’lum bir obyekt-ning turizm resursi bo‘la olishligi o‘rganilgandan keyin bu obyekt-ga yoki tabiiy makonga yoki ishlab chiqarish sohasiga «turizmi» so‘zini qo‘shish bilan hal qilinmaydi. Masalan: hunarmandchilik sohasini «hunarmandchilik turizmi» kabilar.
Ishlab chiqarish resurslarini turizm resurslariga aylantirishda-gi dastlabki talab mamlakatda ichki va tashqi turistlarni birinchi navbatda qiziqtira oladigan soha yoki obyektni o‘rganish to'g'ri
bo ladi. 0 ‘rganiladigan obyekt oddiy iste’molda emasligi xalqi-mizning o‘ziga xos bo‘lgan bejirim buyumlarining boshqa dav~ latlarda ishlab chiqarmasligi, urf-odatlaming milliyligi yoki mil liy o‘yinlaming boshqa davlatlardagi xalqlar hayotida umuman yo‘qligi, milliy san’atkorlik ijodlari mujassam boMishi birinchi navbatda chet ellik turisllami jalb qiladi.
Bur^iay obyektlarga masalan, hunarmandchilik yoki ustachilik-ni olganimizda dastlab dunyoning barcha davlatlarida yashayotgan xalqiarning ham o‘ziga xos milliy hunarmandchilik va milliy us-tachilik sohalari albatta bor. Ekskursiya jarayonida gid o'zimizning hunarmandchilik yoki ustachilik sohalari buyumlarining noyobli-gi, go‘zal-bejirimligi, mustahkamligi, bu buyumlarda ekskursant-iarni hayratga soladigan ijod namunalarining ko‘pligidan, boshqa davlatlardagi xuddi shunday buyumlar, mahsulotlardan ancha us-lunligiga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi.
Masalan, kashtachilikdagi ikki yo‘nalish: oddiy kashtachilik va zardo'zli kashtachilik. 0 ‘zbekistonga kelib ketayotgan davlat rahbarlari, xaiqaro miqyosdagi taniqli sport va san’at yulduzlariga maxsus marosimlarda zardo‘zli to‘n va do‘ppi kiydirilmoqda. Ik-kala buyum ham faqat o‘zbekistonliklar uchun milliy buyum xil-lari hisoblanadi. E’tibor qilsak qozoq, qirg‘iz, turkmanlarning ham to'nlari, do'ppilari, o‘zlarining milliyligini ko‘rsatib turadi.
Binobarin, Markaziy Osiyo xalqlarining kelib chiqishlari deyarli bir, yashash manzillarining yaqin-qo‘shni ekanligidan biz-dagi do‘ppi va zardo‘zi to‘n tikish ularda ham boMishi mumkin edi. Lekin qadimiy tub aholining buyumlar yaratishdagi milliy urf-odatlari va iqlim xususiyatlari, bayram tantanalarda kiyish odatlari va xush ko‘rishlari nuqtayi nazaridan Markaziy Osiyo xalqlari-da qayd qilingan ikkala buyumni tikishda turli uslub, tanlash va yo‘nalish hosil boigan. Demak, bizdagi milliy do^ppichilik va zardo‘zli to‘n tikish qo‘shni davlatlarda rivojlanmagan ekan dun yoning boshqa bironta davlatlarida bizdagidek usullari umuman yo‘q hisoblanadi (Xitoy xalq respublikasidagi uyg‘ur xalqida ham
zardo‘z!i kashtachilik rivojlangan). Bu xulosalardan milliy qo‘l hunarmandchiligidagi do‘ppichilik va zardo‘zi to‘n tikishni xaiqa-ro turizm obyekt- resursi sifatida maxsus turlar ro‘yxatiga qo‘shsa to‘g‘ri bo'ladi.
Xalqimizning milliy o ‘yinlaridan turizm sohasida foydalanish-ning juda katta imkoniyatlari borligini ilg‘ash qiyin emas. Masa-lan, qushlarni urishtirish o ‘yini yoki musobaqasi dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida bor. Bizda qushlaming xo‘roz urishtirish va bedana urishtirish o‘yinlari bor. Bu qushlarni urishtirish muso-baqalari O ‘zbekiston Respublikasida juda ommalashgan. Xo'roz urishtirishning jahon birinchiligi ham o‘tk.aziIadi.
Endi, ichki turizmda bu o‘yinlar hozir ham shaharlar, tuman-larning bozor maydonlarida o‘tkaziladi. Xalqaro turizmda albatta bu «urishtirish» o‘yinlari ommaviylashmaydi. Chet ellarda juda kam sonli ishqibozlar bu o‘yiniarga qiziqib kelishi mumkin. Bo-zorlarda esa asosan vaqti bor va to‘satdan nigohi tushgan, bozorga kelgan kishilar bu o‘yinlami tomosha qilishadi. Bu o'yindan tu rizm maqsadlarida foydalanilsaham «kichik ko‘lamli, noan’anaviy tur» boTib qolaveradi. Bu o‘yin!ami turizmga jalb qilishning eng zarur tomoni shundan iboratki, ichki turizmda ham tashqi - xalqaro turizmda ham qayd qilingan «yangi turdan» yo‘i-yo‘lakay, turist-larning ko'ngilochar o‘yinlami, dam olishni xohlagan vaqtlarida foydalanish, turistlarga taklif qilish mumkin. Albatta, bunday tak-lif xizmatlar pullik bo‘ladi.
Turizmdagi maxsus turlarni aniqlash va ro‘yxatga olish, kuza-tish, ustaxonalardagi hunarmandlar va ustalaming faoliyat va ish lab chiqargan buyumlarini tomosha qilib shunday xulosaga kelish mumkinki, turizmda foydalanish uchun ro‘yxatga olayotgan ak-sariyat turlardan ichki turizmda ekskursiya yoki qo‘shimcha tur manbalari sifatida (turistga taklif qilish, bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazish, suratga yoki tasvirga olish va hokazolar) foydalanish mumkin.
12.2. Tfcirizmdagi maxsus turlarning tasnili, tavsifi va geografiyasi
Biz turizmda maxsus turlar bo‘Iishi mumkinligini hisobga olib, madaniyat sohalari, hunarmandchilik, milliy o'yinlar va ishlab chiqarish sohalari bo'yicha turizmdagi maxsus turlar ro‘yxatini - tasnifini keltirishga harakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |