Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini tashkil qilish


-obyekt. Do‘ppido‘zlik namunalari



Download 9,52 Mb.
bet121/150
Sana13.07.2022
Hajmi9,52 Mb.
#784804
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   150
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini t

4-obyekt. Do‘ppido‘zlik namunalari

Hurmatli ekskursantlar! Do‘ppido‘zlik san’ati kashtado‘zlikning ajralmas qismidir. Do‘ppilarga kashtado'zlik usullari namunalari-dan foydalanilgan.


0 ‘zbek milliy an’anaviy kiyimlari orasida ko‘rinishi jihatidan kichkina, lekin eng qadimiy, ko‘p, keng tarqalgani, bu umriboqiy-o‘zbek do‘ppisidir. U erkaklar, ayollar va bolalar milliy kiyimi-ning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanib, xalqning hayot tarzi va an’analariga chuqur kirib borgan.



241

Do‘ppi -yengil bosh kiyimi bo‘lib, islom tarixi va aqidalariga ko‘ra katta yoshdagi mo‘min-musulmonlar odatda boshyalang yurmaganlar. Yilning issiq fasllarida uyda, ko‘cha-kuyda, meh-mondorchilik va ishxonalarda do'ppi, qalpoq, kallapo‘sh deb har joyda har xil ataladigan bosh kiyim kiyishgan. Dastlab Eronda va turkiy xalqlarda rasm bo‘lib, keyin boshqa xalqlarga o‘tgan. XIII asrda Rossiyada ham paydo bo‘la boshlagan.

12.4-rasm. Erkaklar do‘ppisi.


Do'ppi turkcha «tepa» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, nafaqat o‘zbeklar, balki Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlaming ham milliy bosh kiyimidir. Boshqa xalqlar do‘ppilaridan o‘zbek do‘ppilari o‘ziga xos shakli, bezagi bilan farqlanadi. Qadim­ dan erkaklar do‘ppilarini juda qadrlashgan. Birovning do‘ppisini boshidan tushirib yuborish uni haqoratlash bilan teng bo‘lgan.


0 ‘zbek xalqining milliy kiyimlar orasidado‘ppining tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Miloddan avvalgi 519-yilga oid deb hi-soblangan, Behustun qoyatoshiga o‘yib tushirilgan bo‘rtma odam suratlaridan birining bosh kiyimi hozirgi do‘ppimizgajudao‘xshar ekan.


Do‘ppini eslatuvchi bosh kiyimlarning qadim o‘tmishda ham mavjud bo‘lganligini tasdiqlovchi dalillami arxeologik yodgor-liklar, devoriy yozuvlar, terrakota haykalchalar, XV-XVI asrlarga



242

oid sharq miniaturalarida ko‘rishimiz mumkin. Panjikent tasviriy san’atida ham bir nechta bosh kiyim tasvirlari saqlanib qolgan. Movarounnahr (XV-XV1I asrlar) va Samarqand (XVI asming birinchi yarmi) miniaturalarida ayollaming turli-tuman bosh kiyimlari uchraydi. Marg‘ilon va Chust (tus) do‘ppilarining tarixi shubhasiz Xitoy bilan bogMiqdir. Chunki ola do‘ppi o‘zbek madani-yatini xitoy va butun sharq xalqlari madaniyati bilan bog‘lasa, iroqi do‘ppilar esa uzoq g‘arb mamlakatlari, Iroq madaniyati bilan bog‘laydi. Masalan, iroqi do‘ppi 0 ‘zbekistonda dastlab Shahri-sabzda urf bo‘lib, so‘ngra boshqa shahar va qishloqlarga tarqalgan, keyinchalik bu do‘ppi ham har bir shahaming o‘ziga xos bezak usulida yaratila boshlangan (rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur Iroqdan turli hunarmandlar qatorida do‘ppido‘zIami ham keltir-gan, shu sababli ular tikkan do‘ppi iroqi deb nom olgan).

Har bir do‘ppi o‘zining yaratilish uslubiga ega bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi. 0 ‘zbekistonda ommaviy bosh kiyimi asosan uch xil shaklga ega, ular «Kuloh», «Aroqchin», «Tusdo‘ppi» lar-dir.




Kuloh -konussimon erkaklar bosh kiyimidir. U asosan darvesh-lar bosh kiyimidir. Uning matoxi toq uchburchak parchalaridan bi-chilib tikiladi. Kuloh hozir juda kam uchraydi.



Download 9,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish