«Marg‘ilon hunarmandlar maskani» nornli ekskursiya xizmatining DASTURI
Davomiyligi: 3 soat
YoMga sarf etiladigan vaqt: Farg‘onadan 10 km uzoqlikda
Ekskursiya maqsadi: o‘zbek milliy hunarmandchiligi namu-nalarini ko'rsatish
Ekskursiya o‘tkaziIishi rejalashtirilgan guruh: xorijdan tashrif buyurgan turistlar
Ekskursiyaning vazifasi: Farg‘ona vodiysidagi Marg‘ilon shahri, uning tarixi, tnavjud hunarmandchiligi namunalari, rivqj-lanishi tarixi bilan yaqindan tanishtirish-
GIDNING INDIVIDUAL MATNI NAMUNASI
Marg4Ion - 0 ‘rta Osiyodagi madaniyati gullab-yaslinagan eng qadimgi vohalardan biri hisoblanadi. Bu hududda azaldan ko‘plab xalq amaliy san’ati turlari rivoj topgan. Marg‘ilon yog‘och o‘ymakorligi, noyob gumbazlar ijodkorlari, naqqoshlar hamda at las to‘qishning mashhur ustalari vatanidir. Bu jihatdan MargMlon shahri vodiyda o‘ziga xos o‘ringa egadir. Uning xalqi o‘z mehnat-sevarligi, ishbilarmonligi hamda mehmondo‘stligi bilan tarixiy taraqqiyotimizning har bir davrida chuqur iz qoldirib kelmoqda.
234
2007- yil YUNESKO qaroriga binoan shahaming 2000-yiIlik tantanalari o'tkazildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va qo‘llab-quwatlash borasidagi ishlari o‘zining amaliy samaralarini bermoqda. Davlatimiz rahbarining 2010-yil
30 martda qabul qilingan «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’alinf rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatIash to‘g'risida»gi PF-4210-sonli Farmoni bu borada yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
1-obyekt. Mar'ilon atlas va adraslari
Hurmatli ekskursantiar! Siz Marg‘ilon atlaslari bilan yaqindan tanishib olasizlar. Farg‘ona vodiysiga shoyi to‘qish qachon kel-ganligi noina’lum, lekin Buyuk ipak yoMida joylashgan Marg‘ilon aholisi qadimdan ipakchilik va atlas to‘qish bilan shug‘ullanib kel-gan. Bu to ^risid a tarixchilar shunday deb yozib qoldirgan: «X asrda Marg‘ilonda to‘qilgan bir darparda uchun Buxoroning butun yer xirojini bersa arziydi». Marg'ilonlik ipakchilar o‘z mahsulotla-rini qadimdan dunyo bo‘ylab namoyish etganlar.
XIX asr oxirlarida Rossiyaning ko‘plab shaharlarida bo‘iib o‘tgan sanoat va qishloq xo‘jaligi ko‘rgazinalarida margMIonlik nafis rnatolar ustasi Muhammad Siddiq Ahmedov kichik kumush medal biian, ustalar esa bronza medal lari biian taqdirlanganlar.
Marg‘ilonning shoyi matolari Misr, Eron, Yunoniston va Qashg‘ar savdogarlari tomonidan ko‘plab xarid qilingan. Ipakdan tayyoriangan tayyor mahsulotning eng jozibali, eng maftunkor matosi bu - atlasdir.
Atlas turlari. Atlas - arabcha «tuksiz», «silliq» degan ma’nolarni anglatib, arqog‘i ham tabiiy jpakdan to‘qiladigan, abr usulida rang-barang naqshlar bilan bezatiladigan bir yuzlama mayin matodir. Atlas to‘qish, undan foydalanish tarixi miloddan avvalgi I ming yillikning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelsada, bu
235
san’atning rivojlanishi va oinmalashuvi o‘rta asrlarga borib taqa-ladi. Bu davrda Marg‘ilon atlasining nomi va turlari yetti iqlim-ga mashhur bo‘lib ketgan edi. Shuning uchun ham shahar - ipak shahri deb nomlangan.
Atlasning tabiiy ipakdan to‘qilgan eng oliy navi «Sakkiztepki» atias yoki «Xonatlas» deb yuritiladi. «Xonatlas»ning barcha siri uning to‘qilishida boMib, u sakkiz tepkiii dastgohda to‘qiladi.
12.1 -rasm. Atlas turlari.
Adras —yarim ipak gazlama va shoyi to‘qishda Marg‘ilon yur-timizning yirik shaharlaridan Buxoro va Samarqand singari dun-yoga tanildi. Sohaning eng rivojlangan davri XVIII asr oxiri XIX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Shu davrlardan hozirgi kunimizgacha saqlanib kelinayotgan «Sirg‘a», «Tomchi», «Sayqal», «Gulno-mozshom», «Yahudiy», «Xosiyatxon» kabi atlas matolarining to‘qi!ishi jihatidan bir-birlarini takrorlamaydigan rang-barang tur lari yaratildi. Shulardan «sirg'a», «oltin teri», «bodom nusxa» kabi turlari butun dunyoga mashhur.
MargMlon atlaslarining o‘z yaratilish tarixi va ma’no-mohiyati bor. «Navro^z» nomli atlas shod-xurramlik xuddi bayramona ruhni aks ettirgan bo‘lsa, «Sohibqiron Amir Temur» nomli nusxada ikki xil tasvir bor. Birida toju taxt saltanati namoyon etilsa, ikkinchisida go‘zaI Samarqand tasviri tushirilgan. Buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligiga atalgan atlasga alohida jilo
236
berilgan. Uning gullari sokin, lojuvard osmon gumbazida, xuddi allomaning jahonga dong‘i ketgan shonu shuhrati kabi charaqlab turgan quyoshning zarin nurlarini namoyish etadi.
12.2-rasm. Adras tnrlari.
Momolarimiz sevib kiygan «Bodom nusxa», «Adras», «Nigo-ra», «Parpasha», «Qora atlas», «Bargi karam», «Chaqirim», «No-mozshomgul», «Qora ko‘zim» xonatlas nusxalari hozirgi zamon ruhiga moslanib qaytadan ta’mirlandi. Natijada, ko'pchilik suyib kiyadigan pishiq va puxta matolar yuzaga keldi. Ulaming har biri shunday mahorat bilan ishlanganki, kishi e’tiborini beixtiyor o‘ziga jalb etadi.
Bir xil nusxadagi xonatlas to‘qilib tayyor holga kelgunga qadar
20 xildan ortiq mehnat jarayonini bosib o‘tadi. Ayniqsa, atlasning xaridorgir chiqishida rang tayyorlashning ahamiyati katta. Ma hal liy xomashyo ham arzon, ham tabiiy mahsulotlardan bo‘lgan anor po‘stlog‘i, yong‘oq, shotut, tuxmak daraxtlaridan olinadi-gan bo'yoqlardan tezda o‘ng‘imaydigan, sifatli ranglar tayyorlash mumkinligini mohir hunarmandlar ota-bobolarimiz tajribasidan foydalanib o‘zlashtirdi!ar.
Atlasni dastlab to‘qib chiqargan usta, undagi naqshlami qu-yosh botishi paytida ufqdagi tararn-taram bulutlaming turlicha tovlanishidan olgan, degan rivoyat bor. Zero, «Abr» so‘zi forscha so‘zdan olingan bo‘lib, bulut degan ma’noni anglatadi. Shu bois
237
ham atlasga gul soluvchi, nusxa yaratuvchiga «Arbandchi», ya’ni «Bulut bog‘lovchi» deb nomlanadi.
Ko‘hna Marg‘ilonda qanchadan-qancha ustoz arbandchilar o‘tgan. Shulardan Abdusamad ota, usta Xolmatjon, Muhammad-jon Sobirov, Sharifjon Husanov, Solijon ota ToshpoMatovlardir.
(Ekskursantlarga atlas turlarini tomosha qilish va rasmga tu-shishlari uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Savollarga javob beriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |