3-obyekt. Buxoro bug‘usi
Hurmatli ekskursantlar! Endi Buxoro bug‘usi bilan tanishishni boshlasak! Marhamat! Buxoro bug‘usi, xalq tilida «xongul» (xon guli) nomi bilan tanilgan, katta va chiroyli hayvondir. 100 yii oldin bunday bug‘ulami 0 ‘zbekistonning barcha hududlarida uchratish mumkin edi. 1960-yillarga kelib, Buxoro bug'ularini faqatgina ayrim qo‘riqxonalar hamda hayvonot bog‘larida uchratish imkoni bo‘ldi.
Hozirgi kundagi hisob-kitoblarga qaraganda, Buxoro bug‘ularining soni 1000 tani tashkil etadi. Bu hayvon bugungi kunda yo‘qolib borayotgan tur hisoblanib, Butunjahon qizil kitobi hamda 0 ‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Bu hayvonlarni ov qil ish qonun bilan taqiqlangan.
Zarafshon qo‘riqxonasining g‘ururi bu Buxoro biig‘usidir. Urg‘ochi bug‘uning vazni 300 kilogrammgacha bo‘ladi. Shoxlari har yil o‘zgarib boradi. Tana rangi och kulrang, malla rang bo‘lib, uning rangi qishga nisbatan yozda erkinlashadi. Oyoqlari tana rangiga nisbatan ochroq. Yangi tug‘ilgan bug‘ular ochroq rangda boMib, ularning tana qtsmi yon tomonlarida oq dog‘lari bo‘ladi. Kichik bug‘uchalaming bo‘yi 60 santimetmi tashkil etadi. Tanasi-ning og'irligi esa 9 kilogrammni tashkil etadi.
100 yiliar avval Buxoro bug‘ularini O'zbekistonning barcha bududdarida uchratish mumkin edi. Ular Amudaryo va Sirdaryo daryolarining to‘qayzorlari bo‘ynida ingichka yo‘l bo‘ylab yasha-shadi. Qishloq xo‘jaIigining jadal rivojlanishi, to‘qayzorlarning daiyo yoqasidan yuqotilishi, chorva mollarining ko‘payishi, bug‘doyzorlami kengaytirish va tartibga oiinmagan ovchilik natijasida ularning populatsiyasi XIX asrga kelib kamayib ketdi. 1990-yilgaltelib, butun dunyoda Buxoro bug4ularining soni 300-350 tani tashkil etdi. Hayvonlaming bu turi yo‘qolish xavfi ostida bo‘lib, Qizil kitobga kiritildi. Shundan keyin, Buxoro bug‘ulari yashaydigan qo‘riqxonalar hamda buyurtmaxonalarga Xalqaro ekologik tashkilotlar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
2006-yil 12 - sentabrdan 16 - sentabrga qadar Zarafshon qo‘riqxonasida bir qator ekologik tadbirlar o‘tkazildi. Bu tad-bir «Poisk» nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilib, u Zarafshon qo‘riqxonasi ma’muriyati hamda «Eremurus» ekologik kkibi ko‘magida tashkil etildi.
Shuningdek, 16-sentabr kuni qo‘riqxonada to‘qay o‘ti hamda majnuntol daraxti barglari terimi bo‘yicha aksiya tashkil etilib, aksiyaning maqsadi Buxoro bug‘ulari uchun qish mavsumiga yemish jamiash bo‘ldi. Ayrim bug‘ular maxsus maydonchada saqlanib, ularning qish mavsumida ovqatlanishini tashkil etish muhim masala etib belgilangan. Shuningdek, Butunjahon yovvoyi tabiatni saqlab qolish fondi (WWF) tashabbusi bilan qo‘riqxonaga qo‘shimcha ozuqaJar ham olib kelindi.
Bug‘ularga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytirish maqsadida, seminarJarda eng faol ishtirok etgan yoshlar taklif etildi. Ular ye mish jamiash bo‘yieha o'zlarining hissalarini qo‘shdilar.
(Ekskursantlarga qo‘riqxonadagi Buxoro bug‘ularini tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Savol-larga javob beriladi).
215
11.3-rasm. Zarafshon qo‘riqxonasidagi Buxoro bug‘usi.
Do'stlaringiz bilan baham: |