2021 yil, 22- dekabr kuni pedagogik amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar: Bugun meni Rahmonqulov Oybek domloning darsining tahlili uchun olib kirdi. Dars 003 auditoriyada BH-101 guruhida tarix fanidan ekan. O’qituvchi xonaga kirib kelib talabalar bilan salomlashib, xonani darsga tayyor ekanligini kuzatdi. Jurnal bo’yicha talabalar davomadini oldi. Darsda olti nafar talaba ishtirok etmadi, o’qituvchi bunday vaziyat yana takrorlansa qatiy chora ko’rilishini ta’kidlab o’tdi. O’tilgan mavzuni takrorlab olish uchun talabalarga vaqt berib, jurnalga bugungi mavzuni yozib quydi. O’tilgan mavzuni to’rt beshta talaba javob berdi va o’qituvchi doskaga baliq skeliti sxemasini chizib unga mavzu yuzasidan savollar yozdi, talabalarga o’n daqiqa vaqt berib, savollarga xar bir talaba aloxida javob yozishini so’radi. Talabalar tezlik bilan oq qog’oz olib, chizmani chizib savollarga javob yoza boshladi. O’qituvchi ularni nazorat qilib bordi. Qog’ozlarni yig’ib olib to’g’ri noto’g’ri ekanliklarini tekshirdi. Eng to’g’ri qilib qabul qilingan javob varaqlari egalarini ism familiyasini e’lon qilib, yana bal yig’ib borishlarini aytdi. Undan so’ng o’qituvchi yangi mavzuni rejalar asosida doskaga yozib mavzuni tushuntirib berdi. Darslik kitoblaridan kanspekt yozdirdi. Mavzu: Nashriyot tizimlari pagimaner dasturi va unda ishlash asoslari. Uyga vazifa shu o’tilgan yangi mavzu bo’yicha jadval tuzib krasvord tayyorlab kelish berildi. Darsning so’ngida darsga faol qatnashgan talabalarga a’lo savol javobda ishtirok etgan talabalarga yaxshi baholar quyildi O’qituvchi men bilan dars bo’yicha fikrlar berib tahlil bilankam bilan tanishib, imzolab berdi.
2021 yil, 23- dekabr kuni pedagogik amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar: Bugun men texnikumga kelib, SST-101 guruhga Yuridik shaxslarni soliqqa tortish faniga dars tahlili va pedagogik mahoratni o’rganish uchun kirdik. Darsni Toshpo’latov.D domlo o’tdi. Darsning tashkiliy qismi uchun besh daqiqa ajratilib, unda talabalar bilan salomlashib jurnal bo’icha familiyalar o`qilib, davomad olindi. Xonaning darsga tayyorligi o’qituvchi tamonidan kuzatilib, talabalar formasi xaqida suxbatlashib oldi. O’tilgan mavzuga tayyorlanib kelgan talabalardan mavzu so’ralib darsni takrorlab olishdi. Yangi mavzu bayoni o’qituvchi tomonidan doskaga yozilib ,rejalar asosida tushuntirilib kanspekt yozdirldi.
Mavzuni mustaxkamlash uchun talabalarga savollar berilib talabalar javob bera olmagan savollarga o’qituvchi javob berib qayta tushutrilib mavzu mustaxkamlandi. Darsda faol talabalar baholandi va uyga vazifa berildi.
Shundan so’ng men BH-102 guruhga dars tahlilga kirdim. Banklarda buxgalteriya hisobi fanidan qisqa muddatli kredit varaqalarini ochish mavzusida dars bo’lib o’tdi. Darsning tashkiliy qismi uchun besh daqiqa ajratilib, unda talabalar bilan salomlashib jurnal bo’icha familiyalar o`qilib, davomad olindi.Xonaning darsga tayyorligi o’qituvchi tamonidan kuzatilib, talabalar formasi xaqida suxbatlashib oldi.O’tilgan mavzuga tayyorlanib kelgan talabalardan mavzu so’ralib darsni takrorlab olishdi. Yangi mavzu bayoni o`qituvchi tomonidan doskaga yozilib, rejalar asosida tushuntirilib kanspekt yozdirldi.
Mavzuni mustaxkamlash uchun talabalarga savollar berilib talabalar javob bera olmagan savollarga o’qituvchi javob berib qayta tushutrilib mavzu mustaxkamlandi. Darsda faol talabalar baholandi va uyga vazifa berildi.