2022 yil, 15-yanvar kuni pedagogik amaliyot yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:
Amaliyotimizning so`ngi kuni. Texnikumga guruhimiz bilan kelib yig’ilishdik. Biz amaliyotimizning hisoboti uchun barcha kerakli xujjatlar kollejning pasporti, kollejning ustavi, kafedralar to`g`risida ma’lumot, dars o`tishda kerak bo’ladigan miyoriy xujjatlar o’quv dasturi, ishchi dasturi, taqvim mavzular rejasi, tadbirlar bayyonnomasi, dars tahlili biz dars bergan fan bo’yicha jurnal sahifasining nusxasi kabilarni to’pladik. Kollej uslubchisi Artiqov Rustam va amaliyot rahbarim Eshonqulov.A domlo birgalikda tayyorlagan xujjatlarimizni ko’rib chiqib kamchiliklarini bartaraf etdik. Shundan so’ng amaliyot rahbarim kundalik daftarchamga tavsifnoma yozib imzolab berdi.
Ushbu amaliyot davomida institutimizda olgan nazariy bilimlarimizni amaliyot bilan birgalikda mustaxkamladik.
Amaliyot davrimizda kollejning o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Zafar Mallayev, kollejning uslubchisi Rustam Artiqov, “Bank ishi” bo’limi boshlig`i Abrayev, axborot resurs markazi mudiri E.Xoshimova, kollej xotin qizlar raisi Umarova Jamila, amaliyot rahbarim Omonova Dilfuza, iqtisod fani o’qituvchisi kamolot yetakchisi To’ynazarov Xaydar, Qudratov ustozlarimizdan ko’plab pedagogik maslahatlar bilan bir qatorda hayotiy maslahatlar olib o’rgandik.
Yozgan xisobotlarim bilan o’quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Mallayev ko’rib chiqib xujjatlarizga muxr bosib tavsifnoma yozib berdilar. Bizni kelajakda namunali pedagog, o’z sohamizning yetuk mutaxassisi bo’lishimizga ishon bildirdilar.
Biz KTB-118 guruh talabalari pedagogik amaliyotning oxirgi kunida Samarqand Iqtisodiyot kollejini rahbariyati va kollejdan bizga biriktirilgan ustozlarning barchasiga minnaddorchiligimizni bildirib, ular bilan xayirlashib, Samarqand Iqtisodiyot va servis institutiga qaytib keldek.
Amaliyot jarayonidan fotolavhalar.
Xulosa
Ta’lim qonuniyatlari pedagogning faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, tegishli ko‘nikma va malakalar xosil qilishning asosiy qonun va yo‘l-yo‘riqlarini o‘z ichiga oladi. SHu bilan bir vaqtda ta’lim tamoyillari har ikkala faoliyatning ya’ni pedagog va talaba tomonidan o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi. SHunga ko‘ra ta’lim qoidalari o‘qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. Ta’lim tamoyillari tor tushuncha bo‘lish uchun mo‘ljallanmagan, lekin samarali amliyot tamon yo‘naltiradi. Ta’lim tamoyillari o‘z ichiga quyidagilarni oladi: samarali ta’lim va o‘qitishning aniq tasviri O‘qituvchilar uchun strategiyalar va raxbar xarakatlari o‘qituvchilarning auditoriya amaliyoti uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |