2.1. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning auditi.
uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning
belgilanadi.
Yuqorida
ta’kidlanganidek, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi
o‘tkazish mumkin emas. Amalda, investitsiyalar auditini rejalashtirish jarayoni
auditorlik tashkiloti bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasida shartnoma
tuzilgunga qadar boshlanadi. Bu holat ko‘p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma
tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan
mablag‘ bilan ta’minlanishi to‘g‘risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik
shartnoma tuzilgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati
o‘tkaziladigan auditorlik xizmatining umumiy qiymatiga qo‘shiladi, aks holda u
auditorlik tashkilotining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi lozim.
Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, auditorlar reja
tuzilgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim. Standartga
muvofiq auditni rejalashtirish quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
a) auditni dastlabki rejalashtirish;
b) auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
v) audit dasturini tayyorlash va tuzish.
Bugungi kunda korxonalarda moliyaviy investitsiyalar auditini o’tkazishda
auditning dastlabki va umumiy rejasini tuzishda turli xildagi yondashuvlar mavjud.
Hozirda moliyaviy faoliyat korxonalarning asosiy bo’lmagan faoliyatiga kiradi va
ushbu faoliyat bilan bog’liq operatsiyalar uncha ko’p bo’lamaganligi sababli
auditni dastlabki va umumiy rejalarini tuzish muhim ahamiyat kasb etmaydi.
Auditor faqatgina auditning dasturini tuzib unga muvofiq auditni o’tkazishi ham
mumkin va amaliyotda bunday holatlarni ko’plab uchratamiz. Biroq bozor
munosabatlarining tobora rivojlanib borishi moliya bozorining birlamchi va
ikkilamchi bozorlarini vujudga kelishi, moliyaviy faoliyat bilan shug’ullanuvchi
bir qancha yirik korxonalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Jumladan, banklar,
investitsiya kompaniyalari va investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi sug’urta
kompaniyalarida moliyaviy investitsiyalar auditi o’tkazilganda auditning dastlabki,
umumiy rejalari va dasturini tuzish g’oyat muhim ahamiyatga ega. Biroq, biz
bugungi kunda ko’proq ishlab chiqarish korxonalarining investitsiya faoliyatining
auditi masalalariga to’xtalib, xo’jalik yurituvchi subyektlarda uzoq muddatli
moliyaviy investitsiyalar auditi masalalarini kengroq yoritamiz.
18
Biz quyida MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIK misolida uzoq muddatli
moliyaviy investitsiyalar auditini ko’rib chiqamiz. Ushbu korxona to’g’risidagi
batafsil ma’lumotlar 4-5-6 ilovalarda keltirilgan.
Korxona bilan tanishish va uni o’rganish jarayonida shu narsa ma’lum
bo’ldiki, ushbu korxonada moliyaviy investitsiyalar bo’yicha audit o’tkazilmagan.
Buning asosiy sababi korxonaning uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarining
so’nggi yillarda keskin kamayib ketishidir (2.1.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: